scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ANA'NAVIY MOYLI O'SIMLIK MOYLARINI NOAN'ANAVIY MOYLI O'SIMLIK MOYLAR BILAN KOMPOZITSIYASINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY ASOSLARI

Davlyatov, Azizbek Abdikasimovich; Xudayberdiyev, Absalom Abdurasulovich; Talabova, Barno Sherzod qizi

Abstract

Maqolada ana’naviy moyli o‘simliklardan olingan moylarni noan’anaviy moyli o‘simliklardan olingan moylar bilan kompozitsiyasini ishlab chiqishning ilmiy jihatdan asoslash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdak har ikki turdagi moylarning inson salomatligi uchun foydali sifat belgilari haqida ham ma’lumot berilgan. Bundan tashqari moylar kompozitsiyasini ishlab chiqishda ahamiyat beriladigan moyning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilgan.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 4 DOI: https://10.5281/zenodo.17308073 ANA’NAVIY MOYLI O‘SIMLIK MOYLARINI NOAN’ANAVIY MOYLI O‘SIMLIK MOYLAR BILAN KOMPOZITSIYASINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY ASOSLARI Davlyatov Azizbek Abdikasimovich, “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Namangan filiali mutaxassisi, t.f.f.d.,PhD E-mail: [email protected] Xudayberdiyev Absalom Abdurasulovich Namangan davlat texnika universiteti, t.f.d., professor Talabova Barno Sherzod qizi Namangan davlat texnika universiteti, 1-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Maqolada ana’naviy moyli o‘simliklardan olingan moylarni noan’anaviy moyli o‘simliklardan olingan moylar bilan kompozitsiyasini ishlab chiqishning ilmiy jihatdan asoslash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdak har ikki turdagi moylarning inson salomatligi uchun foydali sifat belgilari haqida ham ma’lumot berilgan. Bundan tashqari moylar kompozitsiyasini ishlab chiqishda ahamiyat beriladigan moyning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: kungaboqar moyi, paxta moyi, raps moyi, soya moyi, danak (olcha, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, gilos, bodom) moylari, sovuq presslash, rafinatsiya, kompozitsiyalangan moylar ABSTRACT The article substantiates, from a scientific perspective, the development of oil compositions formulated by combining oils derived from conventional oil-bearing crops with those obtained from non-conventional sources. Particular attention is devoted to elucidating the beneficial properties of both categories of oils in relation to human health. Furthermore, the study provides a comprehensive analysis of the critical quality parameters of oils, which are essential considerations in the design and optimization of such compositions. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 5 Key words: sunflower oil, cottonseed oil, rapeseed oil, soybean oil, kernel oils (cherry, peach, apricot, plum, sweet cherry, almond), cold pressing, refining, composite oils. KIRISH Hozirgi global iqtisodiyotda aholi sonining ortib borishi, sanoat sohalaridagi innovasion rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘simlik moylariga bo‘lgan talabning tobora o‘sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda biologik qimmatga ega va inson salomatligi uchun muhim nutritiv moddalar manbai bo‘lgan o‘simlik moylari nafaqat oziq-ovqat sanoatida, balki qator nooziq-ovqat tarmoqlarida ham muhim xomashyo sifatida qo‘llanilmoqda. O‘simlik moylari oziq-ovqat sanoatida donli mahsulotlardan keyin eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulot hisoblanadi. U konserva, non va qannodchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda, turli souslar va margarin tayyorlashda asosiy komponent sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, moyning sanoat miqyosida qo‘llanilish sohalari juda keng bo‘lib, lak-bo‘yoq, parfyumeriya, linolium va bosmaxona mahsulotlari ishlab chiqarishda, tibbiyot va asbob-uskunalarni moylash jarayonlarida ham undan samarali foydalaniladi. Shunday qilib, o‘simlik moylari ishlab chiqarish va iste’moli nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Jahon miqyosida o‘sib borayotgan aholi soni, turmush darajasining yuksalishi va sanoat tarmoqlaridagi kengayish o‘simlik moylariga bo‘lgan talabning barqaror o‘sishini ta’minlamoqda. Biroq, an’anaviy yog‘li o‘simlik turlari (kunjut, zig‘ir, soya, va boshqalar)dan olinadigan mahsulotlar hajmi mazkur talabni to‘liq qondirish imkonini bermayapti. Shuningdek, ularning ayrim fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va biologik qiymati zamonaviy iste’molchi talabiga to‘liq javob bermasligi ham muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari, mahalliy xomashyo manbalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani, noan’anaviy yog‘li o‘simlik turlarining tadqiq etilmaganligi va ular asosida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalari yetarli darajada rivojlanmagani sohadagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotning asosiy maqsadi – noan’anaviy yog‘li o‘simlik turlaridan samarali foydalanish, ularning tarkibiy va biologik xususiyatlarini o‘rganish Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 6 hamda mavjud an’anaviy yog‘lar bilan uyg‘unlashtirgan holda yangi avlod yuqori sifatli yog‘ mahsulotlarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iboratdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Yurtimizda vino, konserva zavodlarida uzum, anor urug‘laridan, o‘rik, shaftoli danaklaridan yog‘ ajratib olishni yo‘lga qo‘yilishi, o‘simlik moyiga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondiribgina qolmay, balki xorijga eksport qilish imkoniyatini ham yaratadi. O‘rik danagi mag‘izi tarkibida 35 %dan 45 %gacha, olxo‘rida 30%dan 60% gacha, shaftolida 35%dan 46%gacha, bodomda 50%dan 60% gacha, gilos urug‘larida 20% dan 39% gacha, uzum urug‘larida 32% dan 36% gacha yog‘ mavjud. Bundan tashqari, pomidor urug‘idan 25%dan 29% gacha, tarvuz urug‘idan 46,6% dan 51% gacha, oshqovoq urug‘idan 45% dan 49% gacha, qovun urug‘idan 50%dan 55 %gacha yog‘ olish mumkin []. Endi, bizning O‘zbekiston Respublikasida tadqiqotlarimizga ko‘ra, yetishtirilgan barcha meva sabzavotlar 12000,0 ming tonnani tashkil qilib, shundan 1500,0 ming tonna meva va sabzavot chiqindilarni hosil qiladi. Ulardan 375 ming tonna o‘simlik yog‘ini olishimiz mumkin. 2244,9 ming tonna qovun va qovoqdan 280,4 ming tonna chiqindilar, 3342,8 ming tonna mevalaridan 668,6 ming tonna chiqindilar ishlab chiqarildi, shundan 230,6 ming tonna yuqori o‘simlik moylarini olish mumkin. 1885,8 ming tonna uzumdan 235,7 ming tonna chiqindi olinib, shundan 102,4 ming tonna uzum moyini olishimiz mumkin[1]. Agar barcha meva va sabzavotlar chiqindilaridan o‘simlik moylari olinadigan bo‘lsa, yil davomida quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishimiz mumkin: 375 ming tonna sabzavot, 140,3 ming tonna qovun, 230,6 ming tonna meva, 102,4 ming tonna uzum ya’ni jami 848,3 ming tonna qimmatbaho o‘simlik moylari mavjuddir. Ulardan 300 ming tonnasi ichki bozorga, qolgan 548,3 ming tonna esa jahon bozoriga eksport qilinishi mumkin. Bu respublika aholisiga qo‘shimcha daromad keltiradi, hamda aholini qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. O‘simlik yog‘i miqdori uch baravar ko‘payadi. Bundan tashqari, chet elga eksport qilish va iqtisodiyotimiz ravnaqiga katta xissa qo‘shishimiz mumkin[1]. NATIJALAR Noan’anaviy va an’anaviy yog‘lar turli nisbatlarda aralashtirilib, yangi yog‘ kompozisiyalari tayyorlandi. Kompozisiyalarning organoleptik ko‘rsatkichlari (ta’m, hid, rangi) ekspert baholash yo‘li bilan o‘rganildi. Olingan tajriba natijalari matematikstatistik usullar asosida qayta ishlanib, ishonchlilik darajasi aniqlanadi. Tadqiqot davomida noan’anaviy yog‘li o‘simliklardan ajratilgan moylar fizik-kimyoviy va Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 7 biologik jihatdan tahlil qilindi. Olingan natijalar ularning an’anaviy yog‘lardan farqli jihatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. 1-jadval Danak moylarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari № Ko‘rsatkichlar nomi O‘rik moyi Shaftoli moyi Achchiq bodom moyi Olxo‘ri moyi 1 Nur sindirish ko‘rsatkichi, nD=20 ˚C 1,472 1,470 1,471 1,4680 2 Zichligi, g/ml, 25 ˚C 0,908 0,912 0,912 0,914 3 Sovunlanish soni, mg KOH/g 191 190 192 190 4 Yod soni, g J2 /100 g 101 100 100 101 5 Perekis soni, mol aktiv kislorod 2,82 3,0 3,85 1,12 6 Kislota soni, mg KOH/g 1,7 1,3 1,1 0,81 7 Namlik va uchuvchan moddalar miqdori, % 0,4 0,5 0,4 4,5 8 Moyning chiqishi, mag‘izga nisbatan % 29,6 29,3 27,8 43,8 2-jadval Meva danaklaridan olingan moylarning ѐg‘ kislota tarkibi № Kislota nomi Moy turi, % O‘rik moyi Shaftoli moyi Achchiq bodom moyi Olxo‘ri moyi 1 Palmitin 5,56 4,93 6,35 5,91 2 Stearin 1,94 2,18 2,05 1,26 3 Olein 63,76 61,46 68,6 74,91 4 Linol 26,15 26,44 20,11 16,82 5 Linolen 1,01 0,10 0,38 0,05 6 Araxin 0,50 0,46 0,19 0,02 7 Boshqa 1,08 4,43 2,32 7,19 8 Jami 100 100 100 100 Yuqoridagi har ikki jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, sovuq presslash usulida olingan danak moylarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda yog‘ kislotalar tarkibi yuqori foizlarda ifodalanga. Bu bilan bu turdagi moylarni ana’naviy usulda issiq presslash usulida olingan moylar bilan kompozisiyalarini ishlab chiqish orqali, insonlarni kunlik iste’mol qiladigan o‘simlik moylarini tarkibini boyitish mumkin [2,3,4,5]. Bugun insoniyat ana’anaviy moyli o‘simliklardan olingan moylarni iste’molidan chetlashmoqda, ularni o‘rniga esa noan’anaviy o‘simliklardan olingan moylarni avzal ko‘rmoqda. Buning sababi esa hammamizga ma’lum bo‘lgan o‘simlik moylari takibidagi to‘yingan yog‘ kislotalar hamda, bu turdagi moylarni olish jarayonidagi moyga berilgan issiqlik ta’sirlari natijasida moyning foydali belgilari pasayishi asosiy sabab bo‘ladi. Masalaning ikkinchi tomoni ham bor, aholing quyi Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 8 qatlami tannarxi qimmat bo‘lgan ya’ni noan’anaviy moylarni iste’mol qilishga imkoniyati bo‘lamsa sifati past bo‘lgan moyni iste’mol qila oladi holosmi kabi savollar tug‘ilishi tabbiy. Bu kabi maummolarni bartaraf qilish uchun mavjud o‘simlik moylarini turli nisbatlarda noan’anaviy o‘simlik moylariga kompozisiya qilish natijasida bu muammoni hal qilish mumkin. Dastlab bir turdagi o‘simlik moyini danak moylari bilan keyin esa, turli o‘simlik moylarini danak moylari bilan turli nisbatlarda aralashtirib ko‘rildi. Moylar kompozisiyani ishlab chiqishda bir nechta me’zonlarga asosan tajribalar olib borildi. Masalan moy tarkibida yog‘ kislotalar miqdori kam bo‘lgan moylarni tarkibida yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan moy bilan kompozisiya qilindi, keyin esa moyning tarkibidagi vitaminlar miqdoriga qarab moylar aralashtirildi. Shu tartibda past sifat ko‘rsatkichga ega o‘simlik moylarini yuqori sifatli moylar bilan aralashtirildi. 3-jadval. Sovuq press usulida olingan olxo‘ri moyi bilan boyitilgan kungaboqar moyining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar nomi Kungaboqar moyi Olxo‘ri moyi Turli nisbatlardagi kompozisiyalar 85:15 90:5 95:10 Rangi, mg yod soni 12 Och sariq Och sariq Och sariq Och sariq Xidi va ta’mi Xidsiz, ta’mi moyga o‘xshash Namlik va uchuvchan moddalar % 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 Nur sindirish ko‘rsatkichi nD20 1,475 1,475 1,475 1,473 1,476 Kislota soni, mg KOH/g 0,4 0,3 0,3 0,4 0,45 Sovun (sifat ko‘rsatgichi) Mavjud emas Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Unga ko‘ra noan’anaviy yog‘lar tarkibidagi peroksid soni va kislotalik ko‘rsatkichi me’yor doirasida ekanligi ularning tabiiy tozaligi va tez oksidlanishga moyil emasligini tasdiqladi. Yod soni esa yuqori bo‘lib, bu yog‘larning ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy ekanligini ko‘rsatdi [2,3,4,5]. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 9 Yog‘ kislotalari tarkibini xromotogrof uskunasida tekshirib aniqlandi. Gaz xromatografiyasi natijalariga ko‘ra, noan’anaviy yog‘larda linol va linolen kislotalari ulushi an’anaviy yog‘larga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Bu esa ularning biologik qimmatini oshiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga, to‘yingan yog‘ kislotalari nisbati past bo‘lib, bu mahsulotlarning inson salomatligi uchun maqbulligini ko‘rsatadi [6,7,8]. Kompozisiya tayyorlash natijalari va tahlili. An’anaviy va noan’anaviy yog‘larni turli nisbatlarda uyg‘unlashtirish natijasida organoleptik ko‘rsatkichlari yaxshi, to‘yinmagan yog‘ kislotalari ulushi yuqori va barqaror fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega yangi yog‘ kompozisiyalari olindi. Bunda 90:5 va 90:10 nisbatlaridagi aralashmalar eng maqbul deb topildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, noan’anaviy yog‘li o‘simliklardan samarali foydalanish orqali an’anaviy yog‘lar sifati yaxshilanishi, mahsulotning biologik va texnologik qimmati oshishi mumkin. Bunday yondashuv mahalliy xomashyo bazasidan unumli foydalanish, importga bog‘liqlikni kamaytirish va ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortadi. [7,8] MUHOKAMA Ilmiy yangilik va amaliy ahamiyati sifatida xamda natijasida noan’anaviy yog‘li o‘simlik turlaridan olingan yog‘larning tarkibiy va funksional xususiyatlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Ular asosida turli an’anaviy yog‘lar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuqori biologik qimmatga ega bo‘lgan yangi avlod yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Bu jarayonda yog‘larning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari muvozanati hamda inson salomatligi uchun zarur nutritiv omillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ilmiy yangilik sifatida, noan’anaviy yog‘li o‘simlik turlaridan samarali foydalanish orqali mahsulotning biologik va texnologik ko‘rsatkichlarini yaxshilash usullari taklif etiladi. Shuningdek, mazkur tadqiqot an’anaviy va noan’anaviy yog‘larni uyg‘unlashtirish orqali mahalliy xomashyodan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan texnologiya asosida yuqori sifatli, inson salomatligi uchun foydali va iqtisodiy jihatdan maqbul yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, import o‘rnini bosish va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot usullari, Ushbu tadqiqot ishida qator zamonaviy fizik-kimyoviy, bioximik va texnologik tahlil usullaridan foydalanildi. Xomashyoni tayyorlash va moy ajratish, Noan’anaviy moyli o‘simlik donlari va urug‘lari laboratoriya sharoitida tozalandi, maydalandi va namligi me’yorlashtirildi. Yog‘ ajratish jarayoni sovuq va Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 10 issiq presslash usullari hamda organik erituvchilardan foydalangan holda amalga oshirildi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash; Yog‘larning qovushqoqligi, yo‘qotish harorati, sindirish ko‘rsatkichi kabi parametrlar standart GOST va ISO talablariga asosan o‘lchandi, Peroksid son, kislotalik son va yod soni kabi asosiy ko‘rsatkichlar titrimetriya va spektrofotometriya usullari bilan aniqlandi, Yog‘ kislotalari tarkibini tahlil qilish, Gaz xromatografiyasi (GX) usuli orqali to‘yingan, yakka to‘yinmagan va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari ulushi tahlil qilindi, Olingan natijalar etalon an’anaviy yog‘lar bilan solishtirildi. XULOSA Noan’anaviy yog‘larning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari me’yoriy talablarga javob beradi. Ular to‘yinmagan yog‘kislotalariga, ayniqsa linol va linolen kislotalariga boy. An’anaviy yog‘lar bilan uyg‘unlashtirilganda yangi mahsulotlar yuqori organoleptik va nutritiv ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. 60:40 va 70:30 nisbatlardagi aralashmalar eng maqbul deb topildi. Noan’anaviy yog‘li o‘simlik turlarini mahalliy sharoitda yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha ilmiy ishlar rivojlantirilishi lozim. Yangi avlod yog‘ kompozisiyalari sanoat miqyosida joriy etilishi, import o‘rnini bosish va mahalliy bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari asosida aholi salomatligi uchun nutritiv jihatdan maqbul yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI REFERENCES 1. Додобоев Ю.Т., Ибрагимов О.Ю., Карабаева Р.Б. Социально – экономический значение инновационный проект по производству импортозамещающий продукции в сфере АПК. // I Международной научно-практической конференции “Актуальные проблемы внедрения инновационной техники и технологий на предприятиях по производству строительных материалов, химической промышленности и в смежных отраслях”. ФерПИ IV том.-24-25 мая 2019 г.- С.198-202. 2. Davlyatov А.A, Xamdamov A.M, Xudayberdiyev A.A. Meva danaklaridan olingan moylarni fizik-kimyoviy xossalarini tahlil qilish// Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlik” ilmiy-texnika jurnali. - Andijon, 2022, № 6 Maxsus son. - с. 370-375. ( OAK Rayosatining 2021 yil 30 dekabrdagi 310/14.2-son qarori). 3. Davlyatov А.A., Xamdamov A.M, Xudayberdiyev A.A, Qadirov A.A. Изучения методы эффективного использования семян сливы// Qo‘qon davlat pedagogika institutining Ilmiy xabarlari. Qo‘qon, 2022. Dekabr soniga ilova. - NamMTI, Maxsus son №4. - с. 44-46. ( OAK Rayosatining 2021 yil 31 martdagi 295/6-son qarori) Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 11 4. Davlyatov А.A, Xudayberdiyev A.A. Olxo‘ri mag‘izidan sovuq presslash usulida yog‘ olish. Educational Research in Universal Sciences (ERUS) Vol. 1. №. 7 (2022). February. 2023. - pp. 315-319. (12) Index Copernicus 5. Davlyatov, A., Khudaiberdiev, A., Khamdamov A. (2024). 664.34.063.8 Physicalchemical indicators of plum oil obtained by the pressing method: Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 9 (1), -pp.- 102–108. (05.00.00, № 33). 6. Davlyatov Azizbek, Khudaiberdiev Absalom, Khamdamov Anvar Justification of technological processes of extracting oil from plum kernels // Universum: технические науки. 2024. №3 (120). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/justification-of-technological-processes-of-extracting-oil-from-plum-kernels c.-21-27 7. Azizbek Davlyatov, Absalom Xudayberdiyev, Anvar Khamdamov, Bekhzod Adashev and Zilola Madaminova Physico-chemical properties of oil from plums and prospects for its use//E3S Web of Conferences 486, 02014 (2024), https://doi.org/10.1051/e3sconf/202448602014 , (3) Scopus. 8. Ibragimov A.A., Mamajanova I.R., Davlyatov A.A. Study of physical chemical composition of local (Prunus cerasus L.) plants and cherry fruits grown in fergana region// Science and Innovation International Scientific Journal. Volume 3 Issue 10. October 2024. ISSN: 2181-3337. Impact Factor: UIF=8.2. - рр.266-271. https://doi.org/10.5281/zenodo.14030888. (12) Index Copernicus.