Full text
135 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 BACHADONDAN ANORMAL QON KETISHI PALM - COEIN SABABLARINING TASNIFI Choʻliyeva Dildora Erkinjonovna Bazarova Gulnora Rustamovna Toʻlqinov Hamidullo Xamdam oʻgʻli ALFRAGANUS UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, Tashkent, Uzbekistan. https://doi.org/10.5281/zenodo.17308332 Annotatsiya. Bachadondan anormal qon ketishi (AUB) reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan eng keng tarqalgan ginekologik muammolardan biridir. Uning tashxis va davolashini yengillashtirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) va FIGO tomonidan PALM-COEIN tasnifi ishlab chiqilgan. Ushbu tasnifda sabablar ikki katta guruhga bo‘linadi: strukturaviy (PALM) va nonstrukturaviy (COEIN). PALM (Polip, Adenomyoz, Leiomioma, Malignansiya va giperplaziya) — bachadonning tuzilishiga bog‘liq patologiyalar. COEIN (Koagulyopatiya, Ovulyator disfunksiya, Endometriy, Iatrogen, Nomutaxassislashtirilgan) — funksional yoki boshqa tashxis bilan aniqlanadigan omillar. PALM-COEIN tasnifi shifokorlarga AUB sabablarini tizimli ravishda baholash va mos davolash usullarini tanlash imkonini beradi. Kalit so’zlar: Bachadondan anormal qon ketishi (AUB), PALM-COEIN tasnifi, Polip, Adenomyoz, Leiomioma, Malignansiya va giperplaziya, Koagulyopatiya, Ovulyator disfunksiya, Endometriy, Iatrogen, Nonspefik sabablar. PALM-COEIN CLASSIFICATION OF CAUSES OF ABNORMAL UTERINE BLEEDING Abstract. Abnormal uterine bleeding (AUB) is one of the most common gynecological problems among women of reproductive age. To simplify diagnosis and treatment, the World Health Organization (WHO) and FIGO developed the PALM-COEIN classification. The causes are divided into two main groups: structural (PALM) and non-structural (COEIN). PALM (Polyp, Adenomyosis, Leiomyoma, Malignancy and hyperplasia) — structural pathologies of the uterus. COEIN (Coagulopathy, Ovulatory dysfunction, Endometrial, Iatrogenic, Not otherwise classified) — functional or other non-structural causes. The PALM-COEIN classification helps physicians systematically evaluate AUB causes and choose appropriate treatment strategies. Keywords: Abnormal uterine bleeding (AUB), PALM-COEIN classification, Polyp, Adenomyosis, Leiomyoma, Malignancy and hyperplasia, Coagulopathy, Ovulatory dysfunction, Endometrial, Iatrogenic, Not otherwise classified. КЛАССИФИКАЦИЯ ПРИЧИН АНОМАЛЬНЫХ МАТОЧНЫХ КРОВОТЕЧЕНИЙ PALM-COEIN Аннотация. Аномальное маточное кровотечение (АМК) является одной из самых распространённых гинекологических проблем у женщин репродуктивного возраста. Для упрощения диагностики и лечения Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ) и FIGO разработали классификацию PALM-COEIN. Причины делятся на две основные группы: структурные (PALM) и неструктурные (COEIN).
136 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 PALM (Полип, Аденомиоз, Лейомиома, Малигнизация и гиперплазия) — структурные патологии матки. COEIN (Коагулопатия, Овуляторная дисфункция, Эндометрий, Ятрогенные, Неуточнённые) — функциональные или другие неструктурные факторы. Классификация PALM-COEIN помогает врачам систематически оценивать причины АМК и выбирать оптимальные методы лечения. Ключевые слова: Аномальное маточное кровотечение (АМК), классификация PALM-COEIN, Полип, Аденомиоз, Лейомиома, Малигнизация и гиперплазия, Коагулопатия, Овуляторная дисфункция, Эндометрий, Ятрогенные, Неуточнённые. Kirish Oʼtkir endometrit (Endometritis). Bachadon shilliq pardasining yalligʼlanishi boʼlib, hamma turdagi hayvonlar uchraydi va hayoti davomida yuzaga keladigan bepushtlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yalligʼlanish mahsulotlarning taʼsirida jinsiy hujayralar nobud boʼladi yoki zigota fagotsitozga uchraydi. Bachadon shilliq pardasining yalligʼlanishi natijasida tuxumdonlar koʼpincha ikkilamchi tartibda shikastlanadi (sariq tana turib qoladi, follikulalar yorilmaydi, yalligʼlanishga uchraydi va h.k.) va follikullarning yetilishi izdan chiqadi. Oʼtkir endometrit giperemiya va bachadon shilliq pardasining shishi bilan kechadi. Giperemiyaning zoʼrayishi bilan tomirlarning ektravazatsiyasi, yaʼni qon zardobi va hatto, shaklli elementlarining tomirlar devori orqali bachadon hujayralari orasidagi boʼshliqqa sizib chiqishi kuzatiladi. Sabablari. Bachadon shilliq pardasi koʼpincha mikroorganizmlar (streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi va b.)ning qindan yoki qon tomirlari orqali oʼtishidan yalligʼlanishi mumkin. Patologik tugʼishlarda bachadonning jarohatlanishi, ajralmay qolgan homila pardalarining chirishi, bachadon involyutsiyasining sekinlik bilan (bachadon atoniyasi) kechishi endometrit paydo boʼlishiga sasa boʼladi. Hayvonlarni notoʼgʼri asrash va parvarishlash, oziqalar tarkibida vitaminlar va mineral moddalar yetishmasligi va matsionning yetarlicha boʼlmasligi oqibatida koʼpincha bachadonning involyutsiyasi sekinlashadi. Hayvonni sunʼiy urugʼlantirishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmasligi, shuningdek, kasal hayvonlarni urugʼlantirgan erkak hayvon urugʼlantirganda ham jinsiy yoʼllarga infektsiya tushishi mumkin. Kechishi. Bachadon shilliq pardasining yalligʼlanishi tashqaridan qaraganda mahalliy jarayon tarzida oʼtadi. Lekin organizm rezistentligining pasayishi, qon va limfa tizimiga mikroorganizmlar tushganda umumiy kasallik sepsis (septietsmiya, piemiya) vujudga keladi. Vaginal tekshirishda bachadon boʼynining shilliq pardasi tiqinga oʼxshab doʼppayib turadi, qizargan va bir oz boʼrtgan boʼladi, bachadon boʼyni kanali ochiq turadi, qin tubida ekssudat toʼplanib turadi. Kataral endometritda ekssudat xira, kul rang va yopishqoq, yiringli endometritda esa sargʼish rangli, baʼzan qoʼlansa hidli boʼladi. Kasallik oqibati. Oʼz vaqtida, toʼgʼri davolansa, kasallik oʼtib ketadi. Аks holda surunkali kataral yoki yiringli-kataral endometritga aylanadi. Kasallikni davolash. Endometrit bilan ogʼrigan hayvonlarga antibiotikoterapiya: (penitsillin, streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, eritromitsin va boshqalar) tavsiya etiladi. Penitsillin koʼpincha streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan birgalikda qoʼllanadi.
137 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Penitsillin dozalari (1 kg tana vazniga ming TB hisobida): otlarga - 1-2, qoramollarga - 23, qoʼylarga - 4-10, choʼchqalarga - 2-3 hisobida muskul orasiga yuboriladi. Streptomitsinning oʼrtacha sutkalik dozasi qoramol uchun 1 g - 100 ming TB (500 ming TB/kg dozada kuniga ikki mahal). Kasal hayvonning ahvoliga qarab, har 3-6 soatda 1 marta inʼektsiya qilinadi. Аntibiotiklar, odatda, kasallik oʼtib tana harorati meʼyoriga kelganidan keyin ham 3-4 kun davomida qoʼllaniladi. Аntibiotiklar bachadon ichiga ham yuboriladi. Mikroorganizmlar antibiotiklarga chidamli boʼlsa sulьfanilamid preparatlari: sulьfidin, sulьfazol, sulьfatsil va norsulьfazol ishlatish kerak. Bu preparatlar 2-3 kun davomida kuniga 1-2 marta qoʼllanadi. Oʼtkir endometritlarda umumiy davolash bilan birga bachadon qisqarishini kuchaytirish va bachadon boʼshligʼini ekssudatdan boʼshatishga qaratilgan davolash tadbirlarini ham koʼrish zarur. Bachadonni yuvib, ekssudatni chiqarib tashlash yaxshi samara beradi. Bachadonni yuvish uchun quyidagi eritmalar: rivanol, xinozol, tripaflavin yoki akriflavin eritmalari (1:1000), kaliy permanganat eritmasi (1:10000), soda eritmasi (1-2%-li), osh tuzi (1 va 3-10%-li), sut kislota (0,5%-li), borat kislota (2-3%-li), ixtiol (3%-li), tanin eritmasi (0,5%-li) va boshqalar ishlatiladi. Eritmalar 40°S gacha iliq holda ishlatiladi. Yuvish bachadondan eritma ragidagi suyuqlik oqib chiqguncha davom ettiriladi. Bir marta yuvish uchun yalligʼlanish jarayonining turi va darajasiga koʼra, 2 l dan 10 l gacha dezinfektsiyalovchi eritma ishlatiladi. Bachadonda ekssudatning toʼplanishiga qarab, har kuni yoki kun ora yuviladi. Аjratmalar ancha kamayib qolgandan keyin uch-toʼrt kunda bir marta yuvilsa boʼladi. Yuvish vaqtida yuborilgan eritmaning hammasini bachadondan chiqarib tashlash zarur. Bachadonni yuvishdan oldin irigator yoki maxsus nasos bilan yalligʼlanish ekssudatini tortib olish tavsiya etiladi. Bachadondan ekssudatni chiqarib tashlashga yordam beradigan, uning qisqarishini kuchaytiradigan boshqa davo usullaridan ozokerit, parafin, applikatsiyalar qoʼyishni, balchiq bilan davolash va bachadonni massaj qilishni aytib oʼtish zarur. Barmoqlarning yumshoq joyi bilan silab, massaj qilinadi. Limfa va vena tomirlari boʼylab, yaʼni shoxlarining uchidan boʼyniga qarab, 3-5 daqiqa davomida massaj qilib boriladi. Qon quyilgandan keyin, gematomalar, yirik qon tomirlarining tromboz iva barcha turdagi yiringli yalligʼlanish jarayonlarida hamda yomon sifatli oʼsmalarda bachadonni massaj qilish yaramaydi. Bachadonning qisqarishini kuchaytirish uchun teri ostiga pituitrin, pregnantol yoki belladona ektrakti yuboriladi (yirik hayvonlarga 5-10 ml). Endometritlarni davolash uchun gormonal va neyrotrop preparatlar: sinestrol, stilbestrol, karboxolin, prozerin va boshqalar ishlatiladi. Sinestrolning oʼsimlik moyi yoki spirtdagi 1%-li eritmasi 3-5 ml yoki 1,5-2,5 ml stilbestrol 24 soat oralatib 3-4 marta teri ostiga yuboriladi. Neytrotrop preparatlar (0,1%-li karboxolin 2-3; 0,5%-li prozerin 2-3 ml) teri ostiga yuboriladi. Toʼqima preparatlari bilan davolash yaxshi natija beradi (G.I.Pronin). Koʼchirib oʼtkazish uchun sigir yoki choʼchqa tuxumdoni, buqalar, erkak choʼchqa, taka yoki qoʼchqorlar urugʼdonining toʼqimasi yoki sigir tuqqan paytidagi amnion toʼqimasi ishlatiladi. Аmnion quyidagicha tayyorlanadi: avval vodoprovod suvida yuviladi, keyin mayda kesilib, 1%-li osh tuzi eritmasida yuviladi va 2%-li xloramin eritmasiga solinib, 2-4°S gacha haroratda 8 sutka saqlanadi.
138 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Saqlash paytida xloramin eritmasi birinchi sutkada 2 marta, keyinchalik, har 24 soatda almashtirib turiladi. Urugʼdon va tuxumdonlarning toʼqimasi avval 1%-li osh tuzida 30-40 daqiqa saqlanadi, keyin 2%-li xloramin eritmasiga solinib, amnion toʼqimasi qancha muddat saqlanadigan boʼlsa bu eritma ham shuncha muddat saqlanadi. Toʼqima preparati boʼyin sohasining oʼrtadagi uchdan bir qismiga, boʼyin qirrasidan 8-10 sm pastroqda teri ostiga oʼtkaziladi. Buning uchun teri kesilib, teri osti klechatkasi ochiladi, keyin skalpel tigʼi bilan teri osti klechatkasi qirqiladi va oʼtmas uchi bilan xaltacha hosil boʼladigan qilib fastsiyalardan ajratiladi. Koʼchirib oʼtkazish uchun tayyorlab qoʼyilgan amnion toʼqimasi, tuxumdon yoki urugʼdon boʼlagi sterillangan pintset bilan xaltachaga solinadi va jarohat chetlari choklab qoʼyiladi, choklar 9-10kuni olib tashlanadi. Oʼtkir va surunkali endometritlarni davolashda biostimulgin toʼqima preparatini ishlatish mumkin. Biostimulgin boʼyin sohasida terisi ostiga bir marta oʼng tomondan va bir marta chap tomondan quyidagicha yuboriladi: birinchi uch kunda kuniga bir marta, keyin kunora ikki-uch marta va keyin hayvon tuzalib ketguncha, 2 kun oralatib 1 marta 30 ml dan inʼekiya qilinadi. Surunkali endometrit. Kasallik, odatda oʼtkir endometrit oqibatida kelib chiqadi va endoteliyning kuchli oʼzgarishi hamda bachadon bezlarining kuchli sekretsiyasi bilan kechadi. Ekssudatning xarakteriga koʼra, kataral, yiringli-kataral va yiringli surunkali endometritlar farqlanadi. Surunkali endometritlarda, baʼzan bachadon boʼynining juda shishib ketishi tufayli ekssudat bachadon boʼshligʼida toʼplanib qoladi. Ekssudat suvga oʼxshagan suyuq boʼlsa (kataral ekssudat) bachadon istisqosi (Hydrometria) deb ataladi. Bachadonda koʼp miqdorda yiringli ekssudat toʼplanganda piometra (Piometria) vujudga keladi. Yashirin oʼtadigan surunkali endometrit surunkali kataral endometritning bir turidir. Yashirin surunkali endometrit. Kasal sigirlarda kuyikishlar orasidagi davrda klinik belgilar sezilmaydi va toʼgʼri ichak orqali hamda qin orqali tekshirishda ham normadan tashqari oʼzgarishlarni topib boʼlmaydi. Hayvon kuyikkan paytida esa bachadondan odatdagidan koʼra koʼproq loyqalangan, baʼzan yiringli ekssudat aralashgan suyuqlik chiqadi. Biyalarda yashirin surunkali endometritda kuyikish belgilari yaxshi bilinmaydi va kuyikish vaqtida qinda oʼlgan toʼqimalar aralashgan loyqa, yopishqoq shilimshiq toʼplanib qoladi. Diagnostikasi. Sigirlar odatdagicha kuyukib turgani bilan qisir qolishiga, shuningdek, hayvon kuyikkan davrda jinsiy yoʼllardan koʼp miqdorda yiring aralash loyqa shilimshiq suyuqlik oqishi diagnoz uchun asos boʼladi. Biyalarda bu kasallik toʼgʼri ichak orqali tekshirish bilan aniqlanadi. Bunda bachadon tanasining yoki koʼpincha ikkala shoxining hamma joyida yoki qisman qalinlashganligi topiladi, ular qoʼlga zichlashgan, atoniya holida seziladi, baʼzan hayvonda ogʼriq sezish kuzatiladi. Oqibati. Oʼz vaqtida davolanganda hayvonning urugʼlanishi asliga keladi. Davolash. Hayvonni yetarlicha oziqlantirish va parvarishlash, yayratib turish. Davolashda bachadon massaj qilinadi, qin orqali 3-4 l dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan (harorati 42-43°S boʼladi) vanna qilinadi. Massaj va qin orqali vannalar har 1-3 kunda bir marta, kamida 4-5 marta oʼtkaziladi. Hayvonni urugʼlantirishdan bir necha soat ilgari bachadonni 0,9%-li natriy xlorid (4042°S) eritmasi bilan yoki tuz-soda-qand eritmasi bilan (100 ml distillangan suvga 1,0 natriy xlorid, 3,0 natriy bikarbonat va 90,0 qand) yuvib, keyin massaj qilish tavsiya etiladi (А.Yu.Tarasevich). Bu eritmadan bachadonga 250-500 ml gacha yuborish kerak.
139 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Tuxumdonlаrning kаsаlliklаri. Tuxumdonlarning yalligʼlanishi (Ovaritis). Kasallik hamma turdagi hayvonlarda uchrab, oʼtkir va surunkali oʼtishi mumkin. Sabablari. Yalligʼlanish jarayoni virulent mikroorganizmlar tufayli kelib chiqadi, bu mikroorganizmlar yoʼldosh ajralmay qolganida yoki bachadon shilliq pardasi yalligʼlanganda bachadon shoxlarining uchidan tuxum yoʼllari orqali tuxumdonga tushadi. Mikroorganizmlar baʼzan qon yoki limfa yoʼllar bilan oʼtadi. Haddan tashqari zoʼr berib massaj qilinishi yoki tuxumdon kistalarining teshilishida yuzaga keladigan shikastlanishlar baʼzan tuxumdonning yalligʼlanishiga sabab boʼladi. Belgilari va aniqlash. Oʼtkir ovaritda hayvonning tana harorati koʼtariladi, boʼshashadi, ishtahasi pasayadi. Ikkala tuxumdon shikastlangan boʼlsa jinsiy sikllar ritmi buziladi, tuxumdon bir tomonlama shikastlanganda esa jinsiy sikl buzilmasligi mumkin. Tuxumdonlar toʼgʼri ichak orqali tekshirilganda oʼtkir yalligʼlanishida kattalashgan, ogʼriqli, butun yuzasi silliq, shishgan va yumshagan, surunkali yalligʼlanishda tuxumdonlar biriktiruvchi toʼqimaning oʼsishi hisobiga qattiqlashgan, abstsess paytida tuxumdonlar ogʼriqli, pufakchasimon shaklda boʼlib, fluktuatsiyasi seziladi. Prognoz. Tuxumdonlar yalligʼlanishining har qanday xilida ham oqibati jihatidan ehtiyot boʼlish kerak. Mikroorganizmlarning taʼsiri kam, organizmning himoya kuchlari esa kuchli boʼlgan hollarda oʼtkir jarayon astasekin soʼnib, tuxumdon asliga kelib qoladi. Tuxumdonlardagi kasallik jarayoni choʼzilib, surunkaliga oʼtadigan boʼlsa toʼqimasida chuqur oʼzgarishlar yuzaga keladi. Davolash. Haroratining koʼtarilish bilan birga davom etadigan oʼtkir yalligʼlanishda antiseptik moddalardan (sulьfanilamid preparatlar, antibiotiklardan) foydalanish kerak. Retikuloendotelial sistemani faollashtirish va organizmining qarshiligini oshirish maqsadida vena orqali 20%-li spirt yuboriladi. Kasallikning surunkali kechishida tuxumdonlarni toʼgʼri ichak orqali 2-3 hafta davomida kuniga 5 daqiqadan massaj qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, 5%-li moychechak damlamasiga 2%-li ixtiol qoʼshish bilan tayyorlangan ixtiol-moychechak suyuqligi 42-45°S haroratda ishlatiladi. Suyuqlik axlatdan tozalanib, qalin qilib vazelin surtilgan toʼgʼri ichakka kuniga 1 l, olti kun davomida yuboriladi. Xulosa Bachadon va tuxumdon kasalliklari ayollar reproduktiv salomatligiga eng ko‘p ta’sir etuvchi ginekologik muammolardan hisoblanadi. Ushbu kasalliklar orasida bachadondan anormal qon ketish, mioma, adenomioz, endometriyal giperplaziya, poliplar, shuningdek tuxumdonlarning kistalari, policistik tuxumdon sindromi (PTOS), o‘sma va yallig‘lanish jarayonlari ko‘p uchraydi. Bachadon kasalliklari ko‘pincha hayz siklining buzilishi, ko‘p va og‘riqli qon ketish, bepushtlik hamda kamqonlik bilan kechadi. Tuxumdon kasalliklari esa ayol organizmida gormonal muvozanatni buzadi, ovulyatsiyaning to‘xtashiga, natijada bepushtlik va turli endokrin muammolarga sabab bo‘ladi. Bunday patologiyalarni erta aniqlash va davolashda ultratovush diagnostikasi, gormonal tekshiruvlar, laborator va instrumental usullar muhim ahamiyatga ega. Davolash choralariga gormonal terapiya, medikamentoz davo, fizioterapiya, zarur hollarda esa jarrohlik aralashuvi kiradi.
140 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Profilaktika choralariga muntazam ginekologik ko‘rikdan o‘tish, hayz siklini nazorat qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, infeksion kasalliklarni o‘z vaqtida davolash va stressni kamaytirish kiradi. Xulosa qilib aytganda, bachadon va tuxumdon kasalliklari nafaqat ayollarning reproduktiv salomatligini, balki umumiy hayot sifatini ham pasaytiradi. Shu bois bu kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va samarali davolash har bir ayolning sog‘lom hayot kechirishi va ona bo‘lish imkoniyatini saqlab qolish uchun muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jo‘rayev A. va boshq. Akusherlik va ginekologiya. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Fan nashriyoti, 2019. 2. Karimova M., To‘xtayeva D. Ayollar reproduktiv salomatligi. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2018. 3. Nazarova G. Ginekologiyada uchraydigan qon ketishlar va ularni davolash. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2020. 4. Qo‘ziyev S., Omonova S. Akusherlik va ginekologiya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2016. 5. Yusupova M. Ayollarda hayz sikli buzilishlari va anormal qon ketishlar. Ma’ruza matnlari. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2021. 6. Toshpo‘latova D. Ayollar salomatligi va ginekologik kasalliklar. – Samarqand: SamDTI nashriyoti, 2017. 7. O‘zbekiston Respublikasi SSV. Ayollarda anormal bachadon qon ketishlarini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokol. – Toshkent, 2022. 8. Qodirova N. Endokrin ginekologiya asoslari. – Toshkent: TTA nashriyoti, 2015. 9. Usmonova D. Ginekologiyada shoshilinch yordam. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019. 10. Matyoqubova H. Ayollarda hayz buzilishlari etiologiyasi va klinikasi. – Toshkent, 2018.