scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JINOYAT PROTSESSIDA DALILLAR VA ISBOTLASH INSTITUTINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Normamat Ramazonovich Mallayev; Qayumova Etibor Haydar qizi

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar va isbot qilishning mazmuni, huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinib, dalil tushunchasi, mutaxasisslarning konsepsiyalari va uning turlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga tayangan holda yoritib, guvoh ko’rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, yozma va elektron hujjatlar kabi isbot vositalari o’rganiladi. Shuningdek, isbotlash jarayonining boqichlari – dalillarni to’lash, mustahkamlash, tekshirish va baholash tartibi izohlanadi. Maqolada dalillarning qonuniyligi va ichonchliligi tamoyillari, ularning sud qarorlari qabul qilishdagi roli va xorijiy davlatlar tajribasidagi elektron dalillarni isbotlash amaliyotini ham yurtimizda qo’llash bo’yicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari jinoyat ishlarini ko’rib chiqishda adolat va haqqoniylikni ta’minlashda dalilar va isbot qilish intitutini shakllantirish beqiyos o’rin tutadi.

Full text

159 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 JINOYAT PROTSESSIDA DALILLAR VA ISBOTLASH INSTITUTINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI Normamat Ramazonovich Mallayev Yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Qayumova Etibor Haydar qizi Termiz davlat universiteti Advokatlik faoliyati mutaxasisligi tinglovchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17308563 Annotatsiya. Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar va isbot qilishning mazmuni, huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinib, dalil tushunchasi, mutaxasisslarning konsepsiyalari va uning turlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga tayangan holda yoritib, guvoh ko’rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, yozma va elektron hujjatlar kabi isbot vositalari o’rganiladi. Shuningdek, isbotlash jarayonining boqichlari – dalillarni to’lash, mustahkamlash, tekshirish va baholash tartibi izohlanadi. Maqolada dalillarning qonuniyligi va ichonchliligi tamoyillari, ularning sud qarorlari qabul qilishdagi roli va xorijiy davlatlar tajribasidagi elektron dalillarni isbotlash amaliyotini ham yurtimizda qo’llash bo’yicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari jinoyat ishlarini ko’rib chiqishda adolat va haqqoniylikni ta’minlashda dalilar va isbot qilish intitutini shakllantirish beqiyos o’rin tutadi. Kalit so’zlar: dalil, isbotlash, jinoyat protsessi, guvoh ko’rsatuvi, ekspertiza, ashyoviy dalil, elektron dalil, sud amaliyoti. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ИНСТИТУТА ДОКАЗАТЕЛЬСТВ И ДОКАЗЫВАНИЯ В УГОЛОВНОМ СУДОПРОИЗВОДСТВЕ Аннотация. В статье анализируются содержание, правовые основы и практическое значение доказательств и доказывания в уголовном судопроизводстве, освещаются понятие доказательств, понятия экспертов и их виды на основе Уголовнопроцессуального кодекса Республики Узбекистан, изучаются такие средства доказывания, как показания свидетеля, заключение эксперта, вещественные доказательства, письменные и электронные документы. Также раскрываются стадии процесса доказывания - порядок представления, закрепления, проверки и оценки доказательств. В статье анализируются принципы законности и достоверности доказательств, их роль в принятии судебных решений, а также практика доказывания электронными доказательствами по опыту зарубежных стран и в нашей стране. Результаты исследования свидетельствуют о том, что становление института доказательств и доказывания играет неоценимую роль в обеспечении правосудия и справедливости при рассмотрении уголовных дел. Ключевые слова: доказательства, доказывание, уголовное судопроизводство, показания свидетелей, экспертиза, вещественные доказательства, электронные доказательства, судебная практика. THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF THE INSTITUTION OF EVIDENCE AND PROOF IN CRIMINAL PROCEEDINGS Annotation. This article analyzes the content, legal foundations and practical significance of evidence and proof in criminal proceedings, sheds light on the concept of evidence, the concepts of experts and its types based on the Criminal Procedure Code of the Republic of Uzbekistan, and studies such means of proof as witness testimony, expert opinion, material evidence, written and electronic documents. It also explains the stages of the proof 160 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 process - the procedure for presenting, strengthening, verifying and evaluating evidence. The article analyzes the principles of legality and reliability of evidence, their role in making court decisions, and the practice of proving electronic evidence in the experience of foreign countries in our country. The results of the study indicate that the formation of the institute of evidence and proof plays an invaluable role in ensuring justice and fairness in the consideration of criminal cases. Keywords: evidence, substantiation, criminal proceedings, witness testimony, examination, physical evidence, electronic evidence, judicial practice. Dalil tushunchasi dalil va isbot qilishning asosiy tushunchasi hisoblanadi. Ba’zi olimlar bu ikkita tushunchani bitta tushuncha sifatida qarashadi, lekin bu ikkisi alohida tushuncha hisoblanib quyidagi olimlarning konsepsiyalarida bilib olishingiz mumkin. Dalillarni arxaik konsepsiyasi. {A.Y.Vishinskiy va L.Y.Vladimirovlar}. Sud dallilariga odatiy faktlar, hayotdagi hodisalar, narsalar, odamlar, odamlarning harakatlari deb qaralgan. Dalillarning mantiqiy modeli. {S.A.Golunskiy, S.M.Kaz va M.A. Chelsovlar}. Real voqelikda mavjud bo’lgan ma’lumotlarni jinoyat ishlari bo’yicha dalilllar deb qaraydi. Dalillarning “ikki yoqlamalik” konsepsiyasi. {A.I.Trusov, V.D. Arsenov}. Dalil deb faktlarga ular olingan manbalarga aytiladi. Dalillarning information modeli. {V.Y.Doroxov, L.M. Karneyeva A.A. Xmirovlar}. Dalil deb ma’lumot [axborot] va uning tashuvchisi birligiga aytiladi. Dalillarning aralash (sintezlashgan) konsepsiyasi. {Y.K.Orlov, I.I. Muxin va F.N. Fatkulinlar}. Dalil deb faktlarga ham ular to’risdagi ma’lumotlarga ham, shuningdek, ularning manbalariga ham aytiladi. JPKda esa dalil va isbot qilish tushunchasiga alohida ta’rif berilib ikkalasi alohida institut ekanligi keltirib o’tilgan. Dastavval dalil tushunchasiga ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumotlar jinoyat ishi boʻyicha dalil hisoblanadi (81-m 1-q), isbotlash tushunchasi esa bu maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi (81-m 2-qism). Bundan shunday fikrga kelish kerakki, jinoyat ishi uchun har qanday faktik ma’lumot dalil sifatida e’tibof etilavermaydi, qachonki ular tezkorqidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan boʻlsa, JPK normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud boʻlganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin. Dalillarning xususiyati shunday zarur belgilarki, ularsiz dalillardan dalil sifatida foydalanish mumkin emas. Bular; 1. Aloqodorlik. 2. Ishonchlilik. 3. Maqbullik. 4. Yetarlilik. 5. Ahamiyatlilik. 161 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Aloqodorlik – dalilning ishga aloqodorligi aynan ishga kerakli, mazmunan yaroqli, isbotlanayotgan holatlarga bevosita yoki bilvosita aloqodor bo’lgan dalillar. Masalan, jinoyat agar o’g’irlik bo’lsa, o’g’irlangan telefon ayblanuvchining uyidan chiqda bu ish uchun bevosita aloqodor dalil hisoblanadi, lekin telefon ayblanuvchining qo’shnisini uyidan chiqsa bu ish uchun aloqador bo’lmagan dalil hisoblanadi. Ishonchlilik – haqqoniy dalillar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudda shubha tug’dirmaydigan ya’ni soxtalashtirilmagan, noto’g’ri talqin qilinmagan va ishonchli manbadan olingan bo’lishidir. Guvoh jinoyat sodir bo’lgan joydan o’z ko’zi bilan ko’rgan voqeani aniq, izchil, va boshqa dalillar (masalan, videoyozuv, barmoq izi, fotosurat) bilan mos tarzda bayon qilsa, uning ko’rsatuvi ishonchli dalil bo’ladi. Maqbullik – bu dalilning shakl jihatdan qonuniy bo’lishidir ya’ni dalilning qonun yo’li bilan jinoyat-protsessual qonun talablari asosida ruxsat berilgan shaxslar tomonidan ruxsat berilgan usullar orqali olingan dalillarga aytiladi. Agar tergovchi tintuvni sud sanksiyasiga asosan o’tkazib, o’g’irlangan buyumni topgan bo’lsa – bu ashyoviy dalil maqbul (qonuniy) hisoblanadi. Qonun talablari asosida olinmagan dalil uni nomaqbul dalil deb topish uchun asos bo’ladi. Yetarlilik – deb dalillar jamlanmasi asosida, xulosa chiqarish mumkin bo’lgan ish bo’yicha ular asosida ayblov va oqlov xulosasini chiqarish uchun yetarli darajada to’planganini bildiradi. Masalan, o’g’irlik ishida:  guvoh voqeani ko’rgan,  videoyozuvda ayblanuvchi aks etgan,  o’g’irlangan buyum uning uyidan topilgan, Agar bitta dalil gumonlanuvchining tan olinmagan iqrorligi mavjud bo’lsa, bu yetarli dalil hisoblanmaydi. Ahamiyatlilik – uning daliliy qimmati, jinoyat ishini hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi, ya’ni isbotlanayotgan holatlarga bevosita ta’sir ko’rsatishini anglatadi. Agar jinoyat – qotillik bo’lib jinoyat joyidan topilgan barmoq izlari yoki ayblanuvchining kiyimidagi qon izi jinoyat uchun ahamiyatli dalildir, ammo, jinoyat joyidan topilgan turli xil buyumlar (begona sigaret qutisi) jinoyat ishi uchun ahamiyatsiz hisoblanadi. O’z navbatida dalillarni tasniflash ya’ni guruhlar va kategoriyalarga bo’lib o’rganish ularni yanada chuqurroq tushunish imkoniyatini beradi. Dalillar ayblov predmetiga ko’ra, ayblov va oqlov dalillarga bo’linadi. Ayblov dalillar ayblanuvchini aybini tasdiqlovchi, jazoni og’irlashtiruvchi dalillar. Oqlov dalillar ayblanuvchini aybini inkor qiluvchi, jazodan ozod qiluvchi yoki jazoni yengillashtiruvchi, ayblanuvchiga qo’yilgan aybni shubha ostiga oluvchi dalillar. Olinish manbasiga ko’ra dalillar dastlabki va hosila dalillarga bo’linadi. Dastlabki dalillar – bevosita guvohlar tomonidan to’plangan axborotlar va ma’lumotlar. Hosila dalillar – jinoyat shohidi bo’lgan guvohning axboroti qabul qilish bosqichi bilan bu axborotning tergovchi tomonidan olinishi o’rtasidagi yana bir manba eshitgan guvoh kirishidir. Bu ikki dalilni qabul qilish bosqichida ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki axborot birinchidan ikkinchisiga o’tganda buzilish va o’zgarishlarga uchrashi tabiiy. Hosila dalillardan dastlabki dalillarni topish, ularni tekshirish va ular yo’qolganda foydalaniladi. Isbot qilinayotgan tezisga nisbatan dalillar to’g’ri va egri dalillarga bo’linadi. To’g’ri dalilda xulosa bitta egri dalilda esa bir nechta xulosaga kelish mumkin. Masalan, Adan topilgan buyumni Bning buyumini A sotib olgan yoki o’g’irlagan degan xulosaga kelinsa egri dalil, Adan topilgan narkotik modda uni A qay yo’l bilan qo’lga kiritganidan qat’i nazar jinoyat subyekti hisoblanishi to’g’ri dalildir. Jinoyat-protsessual qonunchliligidadalillar o’z navbatida ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga bo’linadi (Jpk 203, 204, 204-m 2-q). 162 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qoʻldan-qoʻlga oʻtganligi yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi. Ashyoviy dalil — bu jinoyat ishi uchun moddiy (jismoniy) ahamiyatga ega bo‘lgan buyum yoki predmet, ya’ni jinoyat izlari o‘zida saqlanadigan yoki jinoyat vositasi bo‘lgan narsa va buyumlar. 1. Qotillik ishida ishlatilgan pichoq yoki o‘qotar qurol — bu jinoyat quroli, shuning uchun ashyoviy dalil hisoblanadi, lekin jinoyat quroli bilan ashyoviy dalil o’rtasidagi farq shundaki jinoyat quroli bevosita dalil sifatida e’tirof etilgan narsa pichoq, qurol va to’pponcha shaklidagi ashyoviy dalil bo’lishi mumkin. Ashyoviy dalil esa jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo’lgan har qanday buyum ashyoviy dalil bo’lishi mumkin. 2. O‘g‘irlik ishida topilgan o‘g‘irlangan telefon yoki tilla buyum — bu ham ashyoviy dalil. 3. Firibgarlikda foydalanilgan soxta hujjat yoki muhr — moddiy shaklda bo‘lgani uchun ashyoviy dalil sifatida qo‘llaniladi. 4. Ayblanuvchining kiyimidagi qon dog‘lari yoki jinoyat joyidagi barmoq izlarini o‘z ichiga olgan buyumlar ham ashyoviy dalil bo‘lishi mumkin. Yozma dalil – mansabdor yoki shaxslar tomonidan yozilgan ish uchun ahamiyatli bo’lgan hujjatlat, tilxatlar, so’zlar va boshqa yozma hujjatlar shuningdek, tergov, sud bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalillardir. Raqamli dalil – jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir. Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, qachonki uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi ta’sir qilmasdan ko’chirish imkoni mavjud bo’lganda, yoʻl qoʻyiladi. Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilganda uning asli saqlanadi. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunday holatlarda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil sifatida kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonida tuzilgan tergov va sud bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio-, videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi. Bunda dalillarning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi. Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish orqali: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni soʻroq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun koʻrsatish; koʻrsatuvni hodisa roʻy bergan joyda tekshirish; olib qoʻyish; tintuv; koʻzdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment oʻtkazish; ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan toʻplanadi. Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir. Har bir sodir bo’lgan ijtimoiy xavfli qilmish isbotlanishidan avval uni jinoyat alomatlari tekshirilishi kerak. 163 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Agar jinoyat hodisa yuz bermagan bo’lsa, jinoyat tarkibi bo’lmasa (obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon) yoki jinoyatga daxli bo’lmasa bu ish Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi reabilitatsiya uchun asoslar majvudligi bilan ish yopiladi. Isbotlash predmet – bu jinoyat ishida aniqlashi isbotlanishi kerak bo’lgan vodea hodisalar majmuidir. Oddiy qilib aytganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan narsa. Bunda guvoh, ekspert, mutaxasiss, tarjimon, xolislar shuningdek, boshqa shaxslarni ham jalb etish mumkin. Isbotlash predmetiga kiradigan quyidagi asosiy holatlar: 1. Jinoyat sodir etilgan yoki etilmaganligi; 2. Jinoyatni kim sodir etgani; 3. Ayblanuvchining aybi, aybining darajasi va shakli; 4. Jinoyatning sabablari, maqsadi va oqibatlari; 5. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar miqdori; 6. Ayblanuvchining shaxsiga doir holatlar (yoshi, ruhiy holati, oldingi sudlanganligi va h.k.); 7. Jinoyatni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar; Xulosa qilib aytganda, avval ish uchun ahamiyatli va yaroqli ma’lumotlar yig’iladi va ular surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan dalillar baholanib tekshirib isbotlanadi. Dalil va isbotlash huquq tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, adolat qaror topishining asosi hisoblanadi. Har qanday ish xoh u jinoyat bo’lsin, xoh u fuqarolik yoki ma’muriy bo‘lishidan qat’i nazar dalillar orqali isbotlanadi va haqiqatni aniqlash aynan dalillarning to‘g‘riligi, qonuniyligi hamda ishonchliligiga aniqlashi bilan bog’liqdir. Dalil bu faktlarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi axborot, isbotlash esa ushbu dalillarni yig‘ish, tahlil qilish va ularning haqiqatga mosligini aniqlab sodir etgan jinoyatni adolatli hal qilish jarayonidir. Isbotlashda dalillarning ishonchliligi, yetarliligi, maqbulligi va ahamiyatliligi muhim o‘rin tutadi. Agar xorijiy tajribalar bilan solishtiradigan bo’lsak, rivojlangan davlatlarda dalillar bilan ishlash jarayoni qat’iy protsessual qoidalar bilan tartibga solinadi. Masalan, AQShda dalilning qonuniy yo‘l bilan olinganligi va ekspert tomonidan tasdiqlanishi shart, Buyuk Britaniyada esa barcha dalillar oshkora taqdim etiladi va har ikki taraf ularni tekshirish huquqiga ega bo’ladi. Bu tajribalar bizga dalillar bilan ishlashda shaffoflik, aniqlik va qonuniylikni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston qonunchiligi ham shu yo‘nalishda takomillashib bormoqda — sud-tergov amaliyotida dalillarni to‘plash, saqlash va baholash qoidalari tobora aniq belgilab qo‘yilmoqda. Eng muhimi, har bir isbotlash jarayonida haqiqatni aniqlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, adolatni ta’minlash asosiy maqsad bo‘lishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2024. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2021. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ–336-son qarori “Sudhuquq tizimini yanada isloh qilish to‘g‘risida” 5. Nematov J.A. Jinoyat protsessida dalillar va ularni baholashning nazariy asoslari. – Toshkent: TYYuI nashriyoti, 2022. 164 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 6. Ismoilov I.M. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual huquqi. – Toshkent: TDYuU, 2020. 7. Rasulov A.X. Dalillar nazariyasi va isbotlash jarayoni. – Termiz: Termiz DU nashriyoti, 2023. 8. Tulyaganov B.A. Jinoyat protsessida dalillarning maqbulligi va ishonchliligi muammolari. // Yuridik fanlar axborotnomasi. – 2022, №2. 9. Yo‘ldoshev S., Karimov A. Sud amaliyotida dalillar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari. – Toshkent: TDYuU, 2021. 10. Archbold, J. Criminal Pleading, Evidence and Practice. – London: Sweet & Maxwell, 2023. 11. Nikolay Krechet, Evgenia Naumchenko. Criminal Procedure of Uzbekistan. – Moscow, 2017. 12. Henderson, I. & Dyer, A. Evidence in Criminal Trials. – Oxford University Press, 2020. 13. International Commission of Jurists (ICJ). International Fair Trial Standards and Criminal Procedure in Uzbekistan. – Geneva, 2022. 14. “On Proof and Evidence in Criminal Proceedings (Experience of Uzbekistan)”, Neliti Journal, 2023. 15. “Admissibility of Electronic Evidence in Criminal Proceedings”, Tashkent Law Review, 2022.16. https://lex.uz (https://lex.uz/) – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. 16. https://inlibrary.uz (https://inlibrary.uz/) – O‘zbekiston ilmiy maqolalar elektron kutubxonasi. 17. https://icj.org (https://icj.org/) – Xalqaro sud adolat komissiyasi (ICJ) huquqiy materiallari. 18. https://neliti.com (https://neliti.com/) – Xorijiy ilmiy maqolalar bazasi. 19. https://nrm.uz (https://nrm.uz/) – O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari ma’lumotlar bazasi.