scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BODIRINGNING SOXTA UN-SHUDRING KASALLIKLARI

Guliston Davlat Universiteti Musurmonov Xasan Sherqul o'g'li Axnazarova Sevinch Shavkat qizi

Abstract

Bodiringning soxta un-shudring kasalligi (Peronospora cubensis) ochiq va yopiq maydonlarda yetishtiriladigan bodringlarning asosiy qo‘ziqorin kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik barglarda sariq-yashil dog‘larning paydo bo‘lishi va ularning quruqshiga olib kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Nam va salqin sharoitlar patogen rivojlanishi uchun qulay bo‘lib, o‘simlik hosildorligini sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu tezisda kasallikning etiologiyasi, tarqalish mexanizmi, alomatlari, zarar yetkazish darajasi va samarali kurash choralari ko‘rib chiqiladi. Kasallikni oldini olish uchun agrotexnik tadbirlar, chidamli navlardan foydalanish va fungitsidlar bilan ishlov berish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: bodiring, soxta un-shudring, Peronospora cubensis, kasallik alomatlari, himoya choralari.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 33 BODIRINGNING SOXTA UN-SHUDRING KASALLIKLARI. Guliston Davlat Universiteti Musurmonov Xasan Sherqul o’g’li Axnazarova Sevinch Shavkat qizi Anotatsiya;Bodiringning soxta un-shudring kasalligi (Peronospora cubensis) ochiq va yopiq maydonlarda yetishtiriladigan bodringlarning asosiy qo‘ziqorin kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik barglarda sariq-yashil dog‘larning paydo bo‘lishi va ularning quruqshiga olib kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Nam va salqin sharoitlar patogen rivojlanishi uchun qulay bo‘lib, o‘simlik hosildorligini sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu tezisda kasallikning etiologiyasi, tarqalish mexanizmi, alomatlari, zarar yetkazish darajasi va samarali kurash choralari ko‘rib chiqiladi. Kasallikni oldini olish uchun agrotexnik tadbirlar, chidamli navlardan foydalanish va fungitsidlar bilan ishlov berish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: bodiring, soxta un-shudring, Peronospora cubensis, kasallik alomatlari, himoya choralari. Kirish Bodiring ko‘pchilik hududlarda muhim sabzavot ekini bo‘lib, hosildorligi kasalliklar ta’sirida sezilarli darajada kamayishi mumkin. Soxta un-shudring kasalligi ayniqsa nam va salqin ob-havo sharoitlarida keng tarqaladi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi Peronospora cubensis obligat parazit bo‘lib, bodiringning barglarini zararlaydi va fotosintez jarayonini buzadi. Kasallikning etiologiyasi va tarqalishi.Soxta un-shudring kasalligi Peronospora cubensis qo‘ziqorini tomonidan chaqiriladi. Patogenning sporalari havo orqali tarqalib, namlik yuqori bo‘lgan sharoitlarda tez rivojlanadi. Optimal harorat 15–22°C bo‘lib, uzoq davom etuvchi yomg‘irlar va shudring hosil bo‘lishi kasallikning avj olishiga sabab bo‘ladi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 34 Kasallik alomatlari.Dastlabki bosqichda barglarning ustki qismida och sariqyashil dog‘lar paydo bo‘ladi.Keyinchalik dog‘lar kengayib, jigarrang tusga kiradi va barglar quriy boshlaydi.Barglarning pastki tomonida binafsha-kulrang qo‘ziqorin sporatsiyasi ko‘rinadi.O‘simlik fotosintez qila olmaydi va hosildorlik sezilarli kamayadi. Himoya choralari: O‘simliklarni shamollatish yaxshi bo‘lgan joylarda ekish,sug‘orish usullarini o‘zgartirib, tomchilatib sug‘orishdan foydalanish,ekish almashlab ekish (siderat ekinlari bilan). Biologik va kimyoviy kurash: Chidamli navlardan foydalanish,fungitsidlar bilan profilaktik ishlov berish (mis tarkibli preparatlar, mankozeb, propamokarb),kasallik aniqlangan o‘simliklarni yo‘q qilish va tuproqni dezinfeksiya qilish. Xulosa Bodiringning soxta un-shudring kasalligi hosildorlikni kamaytiruvchi jiddiy omillardan biri hisoblanadi. Kasallikka qarshi kurashishda kompleks yondashuv – agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarning uyg‘un qo‘llanilishi samarali natijalar beradi. Profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali bodiring yetishtirishda yuqori hosil olish va iqtisodiy zararlarning oldini olish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Zaprometov N.G. Diagnostika i sostav bolezney s.x. rasteniy Uzbekistana i Sredney Аzii (1950-1973gg.). TashSXI. Str. 139-143 v sb.: Materialы yubileynoy respublikanskoy konf. po mikrobiologii, alьgologii i mikologii, posvyaщennoy 50-letiyu UzSSR i KP Uzbekistana. Tashkent: «Fan», 1974,199 s. 2. Gaponenko N.I., Аxmedova F.G., Ramazanova S.S., Sagdullaeva M.Sh., Kirgizbaeva X.M. Flora gribov Uzbekistana. Tom 1. Muchnisto-rosyanыe gribы. Tashkent: «Fan», 1983, 362 s. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 35 3. Kirgizbaeva X.M., Sagdullaeva M.Sh., Ramazanova S.S., Gaponenko N.I. Flora gribov Uzbekistana. Tom 2. Nizshie gribы. Tashkent: «Fan», 1985, 200 s. 4. Sagdullaeva M.Sh., Ramazanova S.S., Kirgizbaeva X.M., Gulyamova M., Fayzieva F.X. Flora gribov Uzbekistana. Tom 5. Gifalьnыe gribы (Moniliaceae). Tashkent: «Fan», 1989, 284 s. 5. Sagdullaeva M.Sh., Kirgizbaeva X.M., Ramazanova S.S., Gulyamova M., Fayzieva F.X. Flora gribov Uzbekistana. Tom 6. Gifalьnыe gribы (Dematiaceae). Tashkent: «Fan», 1990, 132 s. 6. Sattarova R.K., Raximov U.X., Xakimova N.T. Virusologiya, bakteriologiya va mikoplazma. (Talabalar uchun maʼruza matnlari). Toshkent: ToshDАU nashr tahririyat boʼlimi, 2003, 63 b. 7. Boʼriev H., Joʼraev R., Аlimov O. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. Toshkent: “Mehnat”, 2002, 184 b. Mavlyanov O. Gallovыe nematodы – opasnыe parazitы rasteniy. Tashkent.