scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUBSTANTIATION OF FACTORS INFLUENCING THE MODELING OF CONTAINER TRANSPORTATION IN RAILWAY TRANSPORT

Akhmatov Navruz Bakhtiyorovich Tashkent state transport university, Tashkent, Uzbekistan

Abstract

The main objective of the work is to study the justification of factors affecting the organization of container transportation in railway transport. In this article, an analysis of influencing factors, their description and impact was carried out, and on this basis, relevant information on the topic under consideration was identified. In addition, the article presents the possibilities of building a mathematical model by substantiating influencing factors. Influencing factors, economic growth, modern technologies, political stability, environmental demand, terminal structure, modeling.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 48 SUBSTANTIATION OF FACTORS INFLUENCING THE MODELING OF CONTAINER TRANSPORTATION IN RAILWAY TRANSPORT Akhmatov Navruz Bakhtiyorovich Tashkent state transport university, Tashkent, Uzbekistan Abstract: The main objective of the work is to study the justification of factors affecting the organization of container transportation in railway transport. In this article, an analysis of influencing factors, their description and impact was carried out, and on this basis, relevant information on the topic under consideration was identified. In addition, the article presents the possibilities of building a mathematical model by substantiating influencing factors. Keywords: Influencing factors, economic growth, modern technologies, political stability, environmental demand, terminal structure, modeling. Temir yo‘l transportida konteyner tashishlarni modellashtirishga ta’sir qiluvchi omillarni asoslash Axmatov Navruz Baxtiyorovich Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O‘zbekiston Annotatsiya: Ishdan asosiy maqsad temir yo‘l transportida konteyner tashishlarni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillarni asoslashni tadqiq qilishdan iborat. Ushbu maqolada ta’sir qiluvchi omillar, ularning tavsifi va ta’siri bo‘yicha tahlillar olib borildi hamda buning asosida ko‘rilayotgan mavzudagi tegishli ma’lumotlar aniqlandi. Bundan tashqari maqolada ta’sir qiluvchi omillarni asoslash orqali matematik model tuzish imkoniyatlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: Ta’sir qiluvchi omillar, Iqtisodiy o‘sish, zamonaviy texnologiyalar, siyosiy barqarorlik, ekologik talab, terminallar tuzilishi, modellashtirish. Kirish. Dunyoda konteyner tashish tizimining rivojlanishi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida o‘zaro bog‘liqdir. Iqtisodiy o‘sish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, siyosiy barqarorlik va ekologik talablar konteyner tashish jarayonlarini yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 49 Shuningdek, bu omillar konteyner tashish tizimini global miqyosda raqobatbardosh qilishga yordam beradi. Yuklarni yetkazib berish jarayonida zamonaviy texnologiya yutuqlaridan foydalanish orqali intermodal tashishni rivojlantirish hamda tashish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Konteyner tashish tizimi temir yo‘l va avtomobil transportlari o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlash bo‘yicha muvaffaqiyatli zamonaviy tashish tizimi sanaladi [1]. Asosiy qism. Dunyoda konteyner tashish tizimining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ko‘plab faktorlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular iqtisodiy, texnologik, siyosiy va ekologik omillarni o‘z ichiga oladi. 1-jadvalda bu omillar haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. 1-jadval. Konteyner tashish tizimining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar Iqtisodiy omillar Xalqaro savdo o‘sishi Xalqaro savdo hajmining o‘sishi konteyner tashish talabini oshiradi. Sanoat va ishlab chiqarish Katta ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini global bozorlarga chiqarishga intiladi. Sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishi konteyner tashishni talab etadi. Transport xarajatlari Transport xarajatlari va tariflarining pasayishi konteyner tashish tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik omillar Zamonaviy texnologiyalar Tashish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konteyner tashishni yanada samarali qiladi. Transport infratuzilmasi Portlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining zamonaviylashtirilishi konteyner tashish tizimining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Konteynerlarning turlari Har xil turdagi konteynerlar (masalan, sovutkichli, maxsus) yangi tashishlarni qo‘llash imkonini beradi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 50 Siyosiy va huquqiy omillar Siyosiy barqarorlik Mamlakatlar o‘rtasidagi barqarorlik va kelishuvlar tashish tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro savdo kelishuvlari Savdo kelishuvlari va integratsiya jarayonlari konteyner tashishni osonlashtiradi. Ekologik omillar Atrof-muhitga ta’sir Ekologik muammolar konteyner tashish tizimi kabi ekologik toza usullarga o‘tishini talab qiladi. Yashil logistika Yashil logistika strategiyalari, energiya samaradorligi va chiqindilarni kamaytirish jarayonlari konteyner tashishni takomillashtirishga qaratilgan. Tashish jarayonlarini modelini ishlab chiqishda keltirilgan omillarni inobatga olish talab etiladi. Transport jarayonlarini modellashtirishda qo‘llanilgan ehtimollar nazariyasi, Petri tarmoqlari modeli, to‘plamlar nazariyasi, taqsimot qonuni, kombinatorika elementlari va tasodifiy oqimlar nazariyasi kabi usullarini ishlatish mumkin [2]. Bir xil davomiylikdagi turli vaqt oraliqlariga tushadigan hodisalar soni doimiy qiymat bo‘lmasdan, ikkita vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladigan hodisalar soni sezilarli darajada farqlanadi. Shuning uchun konteyner poyezd tarkibiga yig‘iladigan tarkib birliklari statsionar bo‘lmagan oqimlar hisoblanadi. Hozirda transport sohasida modellashtirish vositalari va usullari keng tarqalgan. Ushbu jihat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini hisoblashning dastlabki bosqichi (resurslar hajmi, texnologik uskunalar va h.k.) doirasida dolzarb bo‘lib qolmoqda. Asosiy modellashtirish vazifalari ro‘yxati tashkiliy va texnologik ishlab chiqarish rejasini tanlash uchun dalillar, turli xil ishlab chiqarish tarkibiy qismlarini birlashtirish samaradorligi darajasini tahlil qilish, texnologik uskunalarga yukning nostandart ko‘rsatkichlari sharoitida transport va moddiy oqimlarga nisbatan tahlilini o‘z ichiga oladi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 51 Konteyner terminallarining mintaqaviy komplekslari bozor tebranishlarining logistika zanjirlariga salbiy ta’sirini minimallashtirishga imkon beradi. Samarali terminal majmuasini joylashtirishga yordam beradigan modelni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: transport va ombor xarajatlarining potensial ko‘rsatkichlaridan ma’lum konteyner mexanizmlari bo‘yicha real xarajatlarga o‘tish, mintaqaviy hududlardagi konteyner terminallarini bosqichma-bosqich takomillashtirish modelini ishlab chiqish, bog‘liqliklarni aks ettirish va aloqa kabi tashqi ta’sirlarning ta’sirini hisobga olish. Konteyner tashishlardan foydalanish va ularni ishlatishda qulayliklarga qaramay, inson mehnatidan foydalanishni, yuk operatsiyalarining davomiyligini, xavfsizlik xarajatlarini kamaytirishni va mahsulotlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirishni ta’minlashi kerak. Ushbu usul boshqa tashishlardan yuklarni yetkazib berish jarayoni bitta transport vositasi yordamida amalga oshirilishi, qayta yuklash jarayonining qulayligi, tashish hujjatlari va boshqalar bilan farqlanadi [3]. Konteyner tashishni takomillashtirishda qayta ishlanmay muntazam harakatlanadigan yo‘nalishlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Doimiy harakatlanadigan yo‘nalishlarni yuk oqimlarining o‘sishini inobatga olgan holda amalga oshirish tavsiya qilinadi. Tashish jarayonida konteyner tashish tizimidan foydalanish tashish sifatining ortishiga va yuk tashishning yanada rivojlanishiga imkon yaratadi. Ushbu tashish texnologiyasini mukammal tashkil qilish hamda takomillashtirish orqali hozirgi kunda temir yo‘l va avtomobil transportida mavjud bo‘lgan bir qator muammolarni hal etishga erishiladi. Tashish jarayoni tartibi tahlili amalga oshirilishi natijasida eng ko‘p muammo va kamchilikka ega bo‘lgan bosqich aniqlanib, bartaraf etish bo‘yicha choratadbirlar ko‘riladi. Konteyner tashish tizimi yer usti transportlarining hamkorligini ta’minlab, xalqaro va ichki tashishlarda tezkor va tejamkor hisoblanadi. Yuk ortishtushirish uchun kam vaqt sarflanishi orqali manyovr ishlari vaqtining qisqarishi ta’minlanadi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 52 Yuk tashishda konteyner tashishlar qo‘llana boshlanganidan bugungi kunga qadar muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Konteyner tashish tizimining parametrlarini hisobga olgan holda, texnologiyaning matematik modeli ishlab chiqiladi. Yangi texnologiyaning ishlashini ta’minlash uchun texnik vositalarning tahlilini ko‘rib chiqish ishonchlilikni yanada oshiradi. Konteyner tashishlarning modelini yaratishda xavfsizlik, ishonchlilik, samaradorlik, tashish masofasi, vaqt va xarajatlar kabi asosiy parametrlarni inobatga olish shart (1-rasm). Texnik samaradorlik Vaqt Xarajatlar Xavfsizlik va ishonchlilik tashish hajmi Model ishlab chiqishda asosiy parametrlar transport vositasining harakatlanish vaqti transport narxi harakat xavfsizligi va muntazamligi tezlik va muddat lokomotivlarning aylanish muddati kapital qo’yilmalar Mahsulotlar va atrof-muhit xavfsizligi transport manevri yoqilg’iga talab tashish jarayoni xarajati transport funksiyalarini bajarish qobiliyatini saqlab qolish yuk tariflari atrof muhitga zarar yetkazish 1-rasm. Iqtisodiy va matematik model ishlab chiqishda asosiy parametrlar Konteyner tashish tizimining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va xalqaro aloqalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu tashish tizimi tranzit yuklarni tashishda jahon tizimiga mos kelish imkoniyatini yaratadi. Hozirda bozor munosabatlarining o‘zgarishi sharoitlariga moslashuvchanlik va yetarli darajada sifatli tashishni tashkil etish uchun konteyner tashish tizimi yetarli darajada ustunliklarga ega [4]. Konteynerler tashish tizimining terminallari ish texnologiyasi va tuzilishi bilan farqlanadi. Shu boisdan, texnologiyaning terminallar tuzilishiga chuqur e’tibor qaratish lozim. Hozirgi davrda chet el mamlakatlarida konteyner tashish tizimi ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 53 uchun turli xil terminallar va unga mos keluvchi harakat tarkiblari qo‘llanilib kelmoqda. Konteyner terminallarini aniq tahlil va hisoblar orqali tanlangan joylashuvlarda tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda yangi terminallarni loyiha asosida mavjud terminallar o‘rnida qayta qurish ishlari bilan shakllantirish mumkin. Konteyner terminallarini tashkil etishda kapital xarajatlarni kamaytirish uchun bir nechta loyiha variantlarini tuzish va optimalini tanlab olish tavsiya etiladi. Yangi texnologiya yordamida yuk tashishni yagona transport orqali tashishni tashkil etish mumkin. O‘z navbatida, konteyner tashishlarni tashkil etishda eng asosiy vazifalardan biri tashish uchun mo‘ljallangan platformalar to‘plamini shakllantirish va terminallar bilan ta’minlash lozim. Tashishni tashkil etish esa bir nechta marshrut turlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bunda harakat tarkiblari faqat boshidagi bekatda ortilib so‘ngi bekatda tushirilishi yoki jo‘natish va belgilangan bekatlar oralig‘idagi boshqa bekatlarda qayta ortish-tushirish ishlari bilan tashkil qilinishi mumkin. Bundan tashqari, xalqaro va mahalliy tashishlardagi transport aloqalarini mustahkamlash uchun mavjud magistral temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ham ko‘rib chiqish kerak. Xulosa. Konteyner tashish tizimini mamlakatimiz hududida keng joriy qilish orqali mahalliy tashishlardagi mavjud ba‘zi muammolar o‘z yechimini topadi. Bundan tashqari konteyner tashish tizimini qo‘llash mamlakat uchun iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Yangi texnologiya transport aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga keng imkoniyat yaratib beradi. Mamlakatimiz hududida konteyner tashish texnologiyasini joriy qilish temir yo‘l transportida mahalliy va davlatlararo yuklarni yetkazib berish sezilarli darajada yaxshilanadi. Konteyner tashish texnologiyasi transport turlari hamkorligini ta’minlaydi hamda temir yo‘l transportining imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bundan tashqari, konteyner tashish tizimi orqali bir transport turidan boshqa transport turiga yuklarni qayta ortish vaqtlari qisqaradi va ortib-tushirishdagi yo‘qotishlarning kamayishiga erishiladi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 54 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Z. Adilova (Mukhamedova), D. Boboev, N. Akhtamov. Mathematical model of fastening conditions in piggyback transport, taking into account different conditions. Journal of transport scientific-technical and scientific innovation journal volume 1, issue 3 september, 2024, 98-103. 2. Muhamedova Z.G., Boboyev D.Sh. Yuklarni yetkazib berish jarayonida zamonaviy tashish tizimini takomillashtirishni tadqiq qilish // Railway transport: topical issues and innovations, №3(1), 2022/3/28, 15–24. 3. Жамол Шихназаров, Диёр Бобоев. Темир йўл транспортида юкларни етказиб бериш жараёнидаги вагонлардан самарали фойдаланишни таҳлил қилиш // Academic research in educational sciences volume 2 | Issue 5 | 2021, 210-216. 4. Muhamedova Z.G., Boboyev D.Sh. Zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar orqali yuklarni yetkazib berishni tashkil qilish. Transportda resurs tejamkor texnologiyalar // 2021, 23-25.