MUSIQA PEDAGOGIKASI TA'LIMINING SHAKL VA METODLARI
Abstract
Ushbu maqolada musiqa pedagogikasida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari va metodlari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining samaradorligini oshirishda zamonaviy va an’anaviy yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligi, o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘qituvchining roli yoritiladi. Shuningdek, interfaol metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va individual yondashuvlar orqali musiqiy ta’limni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola musiqa o‘qituvchilari, pedagoglar hamda san’at ta’limi sohasidagi tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot MUSIQA PEDAGOGIKASI TA’LIMINING SHAKL VA METODLARI Muallif: Abdujalilova Marjona Abdurahmon qizi 1 Affiliatsiya: Xalqaro Nordik universiteti 2-bosqich magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17310366 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada musiqa pedagogikasida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari va metodlari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining samaradorligini oshirishda zamonaviy va an’anaviy yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligi, o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘qituvchining roli yoritiladi. Shuningdek, interfaol metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va individual yondashuvlar orqali musiqiy ta’limni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola musiqa o‘qituvchilari, pedagoglar hamda san’at ta’limi sohasidagi tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit soʻzlar: musiqa pedagogikasi, ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, interfaol metodlar, ijodiy rivojlanish, musiqa ta’limi, estetik tarbiya, amaliy mashg‘ulotlar. Bugungi kunda darslarimiz zamonaviy yondashuv asosida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari vositasida tashkil etilmoqda. Bu darslar mazmu nini boyitishga xizmat qilishi, ammo musiqa madaniyatining asosiy faoliyat turlari bajarilishida sifat va samaradorlikning kamayishiga olib kelmasligi zarur. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, ayrim o‘qituvchilarning dars jarayonida o‘rgatiladigan bir mavzu yoki musiqiy faoliyat turi uchun ikki va undan ko‘p pedagogik texnologiyalardan o‘rinsiz foydalanish holatlari ham kuzatiladi. Bu esa musiqa ta’limidagi jamoaviy aytim, tinglash va tahlil qilish, savodxonlik, musiqiy ijodkorlik kabi malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga e’tiborni kamayishiga olib kelmoqda. Musiqa madaniyati mashg‘ulotlarining o‘zi barcha faoliyat turlari bilan yaxlit bir texnologiyani tashkil etadi. Shuning uchun darslarning to‘g‘ri tashkil etilishi, ta’limning shakli mazmuni va metodlari o‘quvchilarda fanga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Maktabda musiqa madaniyati fanini o‘qitish muayyan o‘quv mavzu reja va dasturlar asosida amalga oshirilsa-da, ta’lim maz muni bevosita ta’lim beruvchi tomonidan tashkil etilib, peda gogik boshqariladigan quyidagi musiqiy faoliyatlarda amalga oshiriladi. Bular: 1. Musiqa tinglash va tahlil etish . 2. Jamoaviy aytim . 3. Musiqiy savodxonlik . 4. Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish va musiqiy-rit mik harakatlarni bajarish. 5. Musiqa ijodkorligi . Musiqa tinglash va tahlil etish - muhim faoliyat sifatida ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi. Darslarda o‘quvchilar o‘zbek xalq musiqasi, bastakor va kompozitorlarning musiqiy asarlari bilan birga Sharq xalqlari va Yevropa mumtoz musiqasi san’atidan eng sara namunalarini ham tinglashadi. Shuningdek, musiqa “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot tinglash yakkanavozlik va jo‘rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar, ularning temb rini bir-biridan ajrata olish musiqiy did va idrokni rivojlantirish, ta’lim mazmunini tashkil etadi. Dars mashg‘ulotlari faoliyatlari ichida musiqa idroki yetakchi bosqich sifatida muhim o‘rin egallaydi. Tinglash musiqiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib, darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini o‘rganish musiqa ni badiiy-g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri idrok etishga va badiiy estetik zavqlanishga imkon beradi. Bu darsning barcha faoliyatlarida, ayniqsa, musiqa ting lash va tahlil qilish, jamoa bo‘lib kuylash, nota yordamida kuylash jarayonida amalga oshirilib boriladi. Musiqa tinglash faoliyati metodlari: 1.Og‘zaki metod. 2.Ko‘rgazmali metod . 3.Amaliy metod. O‘qituvchi har bir musiqa asarida ma’lum voqelik, his-tuyg‘u va mazmun bo‘lishi haqida o‘quvchilarga hayotiy misollarga tayangan holda tushuncha berib boradi. Bu esa sekin-asta o‘quvchilarda musiqiy taassurot hamda tinglash tajribalarini rivojlantiradi. Musiqa madaniyati darslarida tinglanadigan asar musiqiy tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va o‘quv dasturiga mos bo‘lishi talab etiladi. Tinglash jarayonini quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin: 1. O‘qituvchining asar haqidagi kirish so‘zi . 2. Asarni o‘qituvchi ijrosida yoki CD yozuvida tinglash . 3. Asar tahlili, o‘quvchilarning musiqiybadiiy tassuroti . 4. Asarni takror, to‘liq holda tinglash. Musiqa savodi mashg‘ulotlarida avval milliy cholg‘ular bilan tanishtirgan holda keyinchalik notalar haqida nazariy bilimini boyitib borishlari maqsadga muvofiqdir. Turli kartochkalar, kichik musiqiy mashqlar, mashq daftari bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘stirish o‘quvchilarning musiqiy savodxonligini shakllanishiga yordam beradi. Musiqa savodining asosiy negizi - berilgan mavzularni kuylash va tinglashga doir asarlarni savodli tahlil qilish orqali amalga oshirila di. Ular o‘quvchilarni kundalik hayotidan olayotgan taassurotlari hamda musiqiy tajribalari asosida singdiriladi. O‘quvchilarning musiqiy bilimi boyib borishi asta-sekin ularda musiqiy savodxonlik va madaniyat asoslarining shakllanishi, rivojlanishiga omil bo‘ladi. Zamonaviy musiqa madaniyati darslarida axborot kommunikatsiya texnologiyalar, jumladan, kompyuterning sibelius dasturidan foydalangan holda musiqa savodxonligi faoliyatini samarali amalga oshirish mumkin. Bu o‘quvchilarning nota savodxonligi malakalarini mustahkam o‘zlashtirishda samarali yordam beradi. Shuningdek, mavzuga oid slaydlar, multimedia vositalari, ko‘rgazmali, tarqatma materiallardan unumli foydalanish lozim. Musiqiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning barcha muammolari yechishga ko‘maklashish kerak. Ta’lim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va o‘quvchilar jamoasi hamkorligi, demokratiya va bag‘rikenglik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo‘lishlariga erishiladi. Sinfdagi barcha o‘quvchilarga bir xil muomala va munosabat, hamkorlikdagi ta’lim, o‘quvchi, o‘qituvchi va ma’muriyat orasida do‘stona munosabat ustuvorligi asosida sifatli ta’lim berish jarayoni vujudga keladi. O‘quvchilarga nisbatan
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot do‘stona munosabat muhiti o‘zaro adolatli munosabatlar asosida o‘zaro hurmat muhiti yaratiladi. O‘quvchi va o‘qituvchi orasida o‘zaro hurmat shakllangan musiqiy ta’lim jarayonida esa do‘stona munosabat, mehr-muruvvat tuyg‘ulari shakllanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi musiqiy o‘quv-biluv jarayonini tashkil etar ekan, har bir o‘quvchi ning san’at va uning ijrochiligi sohasida iqtidorini u yoki bu qobili yati mavjud ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi, ruhiy kechinma lari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishini unutmasligi lozim. Musiqa pedagogikasi – bu nafaqat musiqiy bilimlarni o‘rgatish, balki o‘quvchilarning estetik didini, ijodiy tafakkurini, hissiy-emotsional dunyosini shakllantirishga qaratilgan murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Mazkur maqolada musiqa ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan turli shakl va metodlar tahlil qilinib, ularning har biri o‘ziga xos didaktik imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlandi. An’anaviy ta’lim shakllari (ma’ruza, suhbat, amaliy mashg‘ulotlar) bilan bir qatorda, zamonaviy interfaol metodlar (klaster, brainstorming, loyihaviy ishlar, rolli o‘yinlar)ni qo‘llash musiqiy ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, musiqa darslarida individual va guruhiy yondashuvlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda musiqa san’atiga nisbatan chuqur qiziqish uyg‘otish mumkinligi isbotlandi. Ta’lim jarayonining mazmuni, metodikasi va shakllari o‘zaro uyg‘unlashgan holda olib borilgandagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. Musiqa o‘qituvchisi nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi, ilhomlantiruvchi va ijodiy jarayonni boshqaruvchi shaxs sifatida faoliyat yuritishi zarur. Xulosa qilib aytganda, musiqa pedagogikasining shakl va metodlarini to‘g‘ri tanlash va ularni didaktik maqsadlarga mos holda qo‘llash, zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan barkamol, musiqiy-estetik jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalashning muhim omillaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Ashurov B. Sh. XV1XV11 asrlarda milliy musiqiy tafakkur rivojining zamonaviy talqini. San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PnD) dissertatsiyasi. –T., 2019 2. Begmatov S. Musiqa. Darslik. 6-sinf. –T., 2017. Buxoro mavjlari // - Buxoro 2004 № 3. – B. 29. 26. “Buxoro haqiqati” gazetasi. 1993. 18 fevral. 3. ,,E’tibor zarur” // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gaze tasi. 1989. 30 iyun 4. ,,Fayziev O., Rahimov Q. Borbad - Sharq san’ati asoschila ridan biri // San’at yo‘nalishlaridagi yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash: izlanish, yechim va istiqbollar. Respublika il miy amaliy konferensiya materiallari to‘plami. - Buxoro. 2013. –B. 5. Shodmonov, B. (2017). O‘quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. Toshkent: Ma’naviyat. 6. Назарова, Д. (2022). San’at ta’limida kreativ metodlardan foydalanish. “Pedagogik izlanishlar” jurnali, №4. 7. Orff, C. (1991). The Schulwerk Approach to Music Education. London: Schott Music.