scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTONATSIYA, MIMIK, KINESTIK VOSITALARNING O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI O'RNI

Yusupova Zarina Tuxtamurodovna

Abstract

Ushbu maqolada etik muloqot vositalarining lingvopragmatik tizimi doirasida intonatsiya, mimika va kinestik (tana-harakat) vositalarning o‘zbek va ingliz tillaridagi o‘rni tadqiq etiladi. Maqola nazariy va empirik jihatdan yondashuvni uyg‘unlashtiradi: mualliflar avvalo intonatsion va noverbal nazariyalarni (display rules, proxemics, facial expression theory) tahlil qiladi, so‘ngra o‘zbek va ingliz tilidagi og‘zaki muloqot matnlari, sahna dialoglari va videokorpus namunalarini lingvopragmatik metodlar orqali taqqoslaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek muloqot madaniyati kinestik va mimik vositalarni duo, hurmat va ijtimoiy ierarxiyani mustahkamlash vositasi sifatida kengroq ishlatadi; ingliz tilida esa yuz ifodasi va imo-ishoralar ko‘proq individuallik, aniqlik va ijtimoiy masofani belgilashda xizmat qiladi. Intonatsiya esa har ikki tillarda etik mazmunni modulyatsiya qiladi: iltimoslar va uzrlar yumshatiladi, dramatik nutqda esa noverbal elementlar semantik va pragmatik yukni sezilarli darajada kuchaytiradi. Maqola nazariy jihatdan lingvopragmatika va noverbal kommunikatsiya tadqiqotlarini boyitadi hamda amaliy jihatdan til o‘qitish, tarjima, madaniyatlararo kommunikatsiya va sahna amaliyotlari uchun tavsiyalar beradi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 41 INTONATSIYA, MIMIK, KINESTIK VOSITALARNING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI O‘RNI Yusupova Zarina Tuxtamurodovna Webster universiteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.17310963 Annotatsiya. Ushbu maqolada etik muloqot vositalarining lingvopragmatik tizimi doirasida intonatsiya, mimika va kinestik (tana-harakat) vositalarning o‘zbek va ingliz tillaridagi o‘rni tadqiq etiladi. Maqola nazariy va empirik jihatdan yondashuvni uyg‘unlashtiradi: mualliflar avvalo intonatsion va noverbal nazariyalarni (display rules, proxemics, facial expression theory) tahlil qiladi, so‘ngra o‘zbek va ingliz tilidagi og‘zaki muloqot matnlari, sahna dialoglari va videokorpus namunalarini lingvopragmatik metodlar orqali taqqoslaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek muloqot madaniyati kinestik va mimik vositalarni duo, hurmat va ijtimoiy ierarxiyani mustahkamlash vositasi sifatida kengroq ishlatadi; ingliz tilida esa yuz ifodasi va imoishoralar ko‘proq individuallik, aniqlik va ijtimoiy masofani belgilashda xizmat qiladi. Intonatsiya esa har ikki tillarda etik mazmunni modulyatsiya qiladi: iltimoslar va uzrlar yumshatiladi, dramatik nutqda esa noverbal elementlar semantik va pragmatik yukni sezilarli darajada kuchaytiradi. Maqola nazariy jihatdan lingvopragmatika va noverbal kommunikatsiya tadqiqotlarini boyitadi hamda amaliy jihatdan til o‘qitish, tarjima, madaniyatlararo kommunikatsiya va sahna amaliyotlari uchun tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: intonatsiya, mimika, kinestika, noverbal kommunikatsiya, lingvopragmatika, etik muloqot, proxemika, yuz ifodasi, dramatik nutq, madaniyatlararo tafovut. Abstract. This article examines the role of intonation, facial expressions (mimics), and kinesic signals within the linguopragmatic system of politeness and ethical communication in Uzbek and English. Combining theoretical review and empirical analysis, the study first outlines key frameworks (display rules, proxemics, facial expression universals) and then conducts comparative analyses of spoken interaction samples, theatrical dialogues, and video-corpus excerpts from both languages. Findings indicate that in Uzbek communicative practice kinesic and facial signals are extensively used to convey communal values — blessing, respect, and deference — whereas in English-speaking contexts such signals more often index individuality, interpersonal distance, and information clarity. Intonation systematically modulates pragmatic meanings in both languages: it softens imperatives and requests, marks apology strategies, and— together with facial and bodily cues—substantially enhances the pragmatic force of dramatic utterances. The study contributes theoretically to linguopragmatics and nonverbal communication research and offers practical implications for language teaching, translation, intercultural communication, and performance practice Keywords: intonation; facial expression; kinesics; nonverbal communication; linguopragmatics; politeness; proxemics; facial cues; dramatic speech; cross-cultural variation. Kirish Insonlar o‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy va ruhiy aloqalarni tartibga soluvchi murakkab jarayon etik muloqotdir. Bu jarayon til vositalari bilan bir qatorda, intonatsiya, mimika, kinestika, ya’ni tana harakatlari kabi noverbal unsurlar orqali ham amalga oshadi. Tilshunoslikda bunday Oktabr, 2025-Yil 42 vositalar lingvopragmatik tizimning ajralmas qismi sifatida qaraladi, chunki ular so‘zlovchining maqsadini, hissiyotini, munosabatini va muloqotdagi etika me’yorlarini aniqlashtiradi. O‘zbek madaniyatida etik muloqot faqat “so‘z” bilan emas, balki “ohang” va “harakat” orqali ham baholanadi. Shu bois etik muloqotni faqat verbal sathda emas, balki intonatsion va noverbal sathlarda o‘rganish zamonaviy lingvopragmatikaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Etik muloqotning lingvopragmatik mohiyati — bu nutqiy faoliyatda axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda muloqot o‘rnatish va uni saqlash jarayonidir. Uning lingvopragmatik mohiyati quyidagi omillar orqali belgilanadi: Pragmatik maqsad: suhbatdoshga hurmat, samimiyat, yoki uzr ifodalash; kommunikativ kontekst: ijtimoiy maqom, yosh, jins, muhit; noverbal ishoralar: ovoz ohangi, mimika, tana harakati kabilar hisoblanadi. Masalan, “Kechirasiz” so‘zi tinch ohangda aytilsa — samimiy, keskin ohangda aytilsa — majburiy yoki sovuq tarzda qabul qilinadi. Demak, ohangning lingvopragmatik vazifasi mazmunni to‘liq shakllantiradi. Asosiy qism Intonatsiyaning etik muloqotdagi roli bu - nutqning melodiya, urg‘u, temp va pauza orqali shakllanadigan akustik va ma’no uzatuvchi tizimidir. Etik muloqotda intonatsiya quyidagi funksiyalarni bajaradi: emotsional-funksional vazifa – suhbatdoshga nisbatan samimiylik, hurmat, ehtirom, achinish yoki iltifotni ifodalaydi. Masalan: “Rahmat” so‘zi baland ohangda – quvonchni,past ohangda – muloyimlikni bildiradi. Ijtimoiy-pragmatik vazifa – muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi maqom farqini ko‘rsatadi.Masalan, o‘qituvchi bilan suhbatda baland ohang noo‘rin; sokin, tinch ohang esa odob belgisi sifatida qabul qilinadi.Estetik vazifa – nutq madaniyati va so‘zlashuv ohangidagi chiroy, e’tibor, madaniyat darajasini belgilaydi. Shunday qilib, intonatsiya so‘zlovchining axloqiy pozitsiyasini aks ettiruvchi lingvopragmatik belgi hisoblanadi. Mimika – bu yuz mushaklari orqali hissiy holatni ifodalovchi vosita. Etik muloqotda mimika so‘z ma’nosini to‘ldiradi yoki yumshatadi. O‘zbek xalqining milliy etikasi tabassumni hurmat, iliqlik va mehmondo‘stlik belgisi sifatida qadrlaydi. Ingliz tilidagi “smile culture” bilan o‘xshash jihatlari bo‘lsa-da,o‘zbek madaniyatida tabassum ko‘proq axloqiy qadriyat bilan bog‘liq. Mimika va kinestik vositalarning kommunikativ funksiyasining nutqqa ta’siri: semantika, pragmatika, persvaziv effekt kabilar yordamida so‘zlar qatlamiga qo‘shimcha kontekst qo‘shiladi: masalan, “Rahmat” so‘zining yuz ifodasi (samimiy tabassum vs majburiy jilmayish) xabarning sincerity (samimiylik) darajasini belgilaydi. Ingliz tilida “Thank you” ning yengil, yuzga surtgan tabassumi bilan aytilishi — rasmiy emas, do‘stona — deb o‘qiladi. Pragmatik funktsiyalar quyidagi holatlarni ifodalaydi: xushmuomalalik (politeness): yuz ifodasi yordamida hurmat yoki kamtarlik signallari beriladi (bosh egish + muloyim tabassum); kinoya(ironiya),yolg‘onni oshkor etish: gapning yuz ifodasi bilan mos kelmasligi ironiyani yoki noaniqlikni ochib beradi (“I’m fine” — ammo yuzda qayg‘u), so’z amaliyoti (speech act support)ni (iltimos, uzr, buyruq) kuchaytiradi yoki yumshatadi.Persvaziv (ishontirish) ta’sirida tadqiqotlar yuz ifodasining samimiy ko‘rinishi nutqning ishontirish kuchini oshirishini ko‘rsatadi (Ekman; Mehrabian). Masalan, dalilni taqdim etayotgan nutqchining yuz ifodasi ishonchli bo‘lsa, auditoriya fikrini o‘zgartirish osonroq, deb hisoblashadi. O’zbek va ingliz tillarida o‘xshash va farqli mimikalar — aniq misollar kuzatiladi. Quyidagi aniq, amaliyot asosidagi misollarni keltiramiz. Har bir misolda verbal matn → tipik Oktabr, 2025-Yil 43 mimika → pragmatik o‘qish holati ifodalangan. Masalan, minnatdorchilik: o‘zbek tilida: “Rahmat sizga.” → yumshoq tabassum + boshni biroz egish → samimiy hurmat, chuqur minnatdorchilikni ifodalasa, ingliz tilida: “Thank you very much.” → ochiq tabassum + ko‘z bilan to‘g‘ri aloqa → do‘stona va rasmiy ravishda qalbiy minnatdorchilikni ko’rsatadi.Ular orasidagi tafovut: o‘zbekcha ifodasida duo, iltijo, past ton bilan, ingliz ifodasi esa ko‘proq egalikdagi minnatdorchilikni bildiradi. Uzr so‘rash o‘zbek tilida: “Kechirasiz, men kech qoldim.” → pastga qarash + bosh egish + qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish → aybni qabul qilish va hurmatni ifoda qilsa, ingliz tilida: “I’m sorry I’m late.” → ko‘z bilan qisqa aloqa + yengil tabassum yoki og‘ir yuz → aniq xatosini ta’kidlash yoki romantik ifodalarni anglatadi. O‘zbek tilida kinestik elementlar (bosh egish, qo‘l ko‘ksga) aybni tan olishni kuchaytiradi; inglizda verbal ravishda ko‘proq izoh berish kabi odatiy ma’nolarni ifoda etadi. Hayrat va e’tiroz ma’nolari ifodalangan holatlarga ham duch kelish mumkin. O‘zbek tilida: “Voy, nima gap?” → ko‘zlarini keng ochish + qo‘lni peshonaga qo‘yish → dramatik hayrat, afsus mazmunini ifodalaydi. Ingliz tilida: “Oh my goodness!” → ko‘zlarni keng ochish + qo‘l yengil ochilishi → hayrat va aniqlik kabilarni bildiradi.Tafovutni kuzatadigan bo’lsak, ikkala madaniyatda ham yuz ifodasi keng ochish (hands-to-face) ishlatiladi; ammo o‘zbek dramatik holatlarda qo‘lni peshonaga qo‘yish — an’anaviy, dramatik effektni oshiruvchi element hisoblanadi. Iltimos , yumshatish mazmuni o‘zbek tilida: “Surilib o‘tirolmaysizmi?” → ko‘zda muloyimlik + boshni biroz egish + kaftni oldinga siqish → buyruqni yumshatish, ehtiromni anglatsa, ingliz: “Could you please move a little?” → iltimos bilan tabassum + bosh bilan nodding (balkaning) → indirect request, ya’ni bilvosita iltimos mazmunini ifodalaydi. Ikkala tilda ham mimika iltimosni yumshatadi; o‘zbekda bosh egish va qo‘l harakati madaniy jihatdan ko‘proq e’tibor talab qiladi. Dramatik nutqdagi (sahna/teatr) mimikaning o‘rni eng kuchli vositalardan biridir: sahna ijodida yuz ifodasi qahramonning ichki holatini so‘zsiz ochib beradi. Masalan, o‘zbekcha dramatik misollarda o’ta ekspressivlik ko’zga tashlanadi. “Men seni kechirmayman!” Mimika esa bunday o’rinlarda qattiq ko‘z qarashi, tishlarni siqish, jag‘ni oldinga chiqarish, badanni himoyalovchi pozitsiya (qo‘lni ko‘krakka yaqinlashtirish kabilar bilan ifodalanadi.Ta’siri shundan iboratki, so‘zning tajovuzkorligi kuchayadi; tinglovchi qahramonning qat’iyatliligi va ichki qizg‘inligini sezadi — bu ifoda o‘zbek sahna an’analarida kuchli dramatik effekt beradi. Inglizcha dramatik misol keltiradigan bo’lsak, “I will never forgive you.” (Men seni hech qachon kechirmayman!) Mimikada fixed stare (bir nuqtaga tikilib qarash, qotib qolgan nigoh, odam uzoq vaqt ko’zini uzmay qaraydibu g’azab, diqqat, yoki tajovuz belgisi bo’lishi mumkin), tightened lips (qattiq qisilgan lablar – bu odatda g’azab, norozilik va sabrni yo’qotmaslikka urinish belgisi), forward-leaning posture (gavdaning oldinga egilgan holatibu tananing oldinga engashishida hujumkorlik, qiziqish yoki tayyorgarlikni bildiradi), minimal blinking, ya,ni ko’z qaroqlarining qotib qolgan holati,ko’zni deyarli pirpiratmaslik, kiprik qoqmaslik, bu harakatda kuchli diqqat, stress yoki naoratni yo’qotmaslik belgisidir), demak, keltirilgan misollardagi tana tilini yuqoridagicha izohlash mumkin. Bunday nutq shakllarida so’z orqali inkor etish(leksik inkor)dan tashqari mimikaning qo’shilishi qat’iylik va sovuqqonlokni ifodalaydi. Yuzda hissiy ifodalarni sovuq ko’rsatish orqali kulmasdan, qosh-qovoq, ko’z harakatsizligi kabilar qat’iylik va sovuqqonlik belgilarini ko’rsatadi. G’arb madaniy sahna san’atida bu kombinatsiya – hissiy befarqlik (emotional detachment) va qasos olish, intiqom (retributive intent)ni ko‘rsatadi. Oktabr, 2025-Yil 44 O‘zbek sahnada kinestik elementlar (qo‘lni ko‘krakka qo‘yish, peshonaga qo‘yish) ham madaniy an’anaga asoslangan dramatik signallar — tomoshabinning empatiyasini uyg‘otadi. Ingliz sahnada yuzning “holding” (emotional restraint) usuli — minimal mimika + kat’iy lablar — ko‘proq “control” va “coldness”ni ifodalaydi.Ikkala madaniyatda ham mimika dramatik xabarni kuchaytiradi, lekin madaniy display-rules (qoidalar) tafovutlari tufayli tomoshabin interpretatsiyasi farq qiladi. Mimika universallarni o‘z ichiga olsa ham, uning madaniy displayqoidalari o‘zbek va ingliz tillarida aniq farq qiladi. Mimika nutq mazmunini semantik va pragmatik jihatdan boyitadi: samimiylik, aybni tan olish, qattiqlik, yumshoqlik kabi ishlarni yuz ifodasi yordamida yetkazish mumkin. Dramatik nutqda mimika — dramatik effekt (pathos, ethos) yaratishda markaziy o‘rin tutadi; lekin sahna interpretatsiyasi madaniy kontekstga mos bo‘lishi zarur. Kinestika - til orqali muloqot jarayonida faqat so‘zlarning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Insonning tana harakati, mimika, ko‘z qarashi, qo‘l ishorasi kabi noverbal belgilar mazmunni to‘ldiruvchi, kuchaytiruvchi yoki yumshatuvchi vositalar sifatida faol ishlaydi. Shunday belgilar kinestik vositalar deb ataladi. Ular til tizimi bilan birga ishlovchi, lekin undan mustaqil bo‘lgan kommunikativ kod bo‘lib, har bir madaniyatda o‘ziga xos shakl va ma’no oladi.Kinestik belgilar lingvopragmatik tizimning ajralmas qismi hisoblanadi, chunki ular so‘zlovchining niyatini, hissiyotini, ijtimoiy mavqeini va muloqotdagi pozitsiyasini noverbal tarzda bildiradi. Shu jihatdan, ularning tahlili madaniyatlararo kommunikatsiyada ham katta ahamiyatga ega. Kinestika — bu tana, qo‘l, bosh yoki gavda harakatlari orqali ma’no ifodalash tizimi.O‘zbek tilida “boshi bilan tasdiqlash”, “qo‘lni yurakka qo‘yish”, “bosh egish” kabi harakatlar ehtirom, minnatdorchilik yoki uzr ma’nosini beradi.Masalan: qo‘lni yurakka qo‘yish – chuqur hurmat ifodasi; bosh egish – uzr yoki ehtirom belgisi;qo‘l silkitish – samimiy salomlashuv; qo‘lni orqaga qo‘yish – kamtarlik, o‘zini tiyish belgisi.Bu kinestik belgilar milliy muloqot etikasining madaniy semiotikasini tashkil etadi. Ular so‘zsiz axborot uzatish vositasi sifatida til birliklariga teng keladi. O‘zbek va ingliz tillarida kinestik vositalarning mazmunga ta’siri sezilarli bo’lib, bu tillarda kinestik vositalar verbal nutqning mazmunini to‘ldiruvchi funksiyani bajaradi. Masalan:o‘zbek tilida “Xush kelibsiz!” deyilganda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish va boshni egish so‘zning semantik doirasini kengaytirib, samimiylik va hurmat ohangini hosil qiladi.Ingliz tilida esa “Welcome!” deganda tabassum, boshni qimirlatish, yoki qo‘l siqish orqali samimiy kayfiyat bildiriladi, ammo bu harakatlar individual va shaxsiy erkinlik doirasida bo‘ladi. Bu farq jamoaviyik (O‘zbekiston) va individualistik (Angliya, AQSh) madaniyat turlarining kommunikativ madaniyatiga bevosita bog‘liqdir. Mazmunni yumshatish yoki kuchaytirishdan tashqari kinestik vositalar ko‘pincha so‘zning keskinlik darajasini o‘zgartiradi. O‘zbek tilida “Surilib o‘tirishingiz mumkinmi?” deganda, bu buyruqning yumshatilgan shaklidir. Gap aytilayotganda bosh egish, tabassum, kaft bilan joy ko‘rsatish mazmunni yumshatadi. Ingliz tilida “Could you please move a little?” deganda so‘zlovchi yumshoq intonatsiya va tabassum bilan iltimos ohangini kuchaytiradi.Bu o‘rinda kinestik vosita so‘zning pragmatik qiymatini o‘zgartirib, nutqni etik chegarada ushlab turadi. Kinestik belgilar, ayniqsa, emotiv nutqda mazmunni chuqurlashtiradi: o‘zbek tili nutqida qo‘lni peshonaga qo‘yish — afsus yoki charchoq belgisi (“Voy, unutibman!”). Ingliz tilida esa boshni orqaga tashlab “Oh no!” deyish – hayrat yoki pushaymonlik ifodasi. Bu belgilar so‘zning Oktabr, 2025-Yil 45 emotsional yukini ikki madaniyatda turlicha ifodalaydi.Uslublar kesimida kinestik vositalarning qo‘llanishi ham alohida til hodisasi hisoblanadi, jumladan, og‘zaki so‘zlashuv uslubida kinestik vositalar eng faol qo‘llanadi. O‘zbek suhbatlarida bosh, qo‘l, yelkalar orqali emotsional munosabat bildirish tabiiy hol. Masalan,“Ha, bo‘ladi”, “Mayli” so‘zlari boshni qimirlatish, ko‘z bilan tasdiqlash bilan birga kechadi. Ingliz tilida “Sure”, “Okay” so‘zlari bilan bosh barmoqni yuqoriga ko’tarish (thumbs up), bosh irg’ash (nodding) yoki yengil yarim tabassum (half smile) birga ishlatiladi. Bu vositalar muloqotning tabiiyligini ta’minlaydi, lekin ularning ko‘lam va intensivligi madaniyatga bog‘liq. Badiiy matnlarda kinestik vositalar obrazlilikni kuchaytiradi. Masalan: Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarida “Kumush yuzini yerga solib sukut saqladi” jumlasi kinestik ifoda orqali hayo va muloyimlikni bildiradi. Ingliz adabiyotida esa J. Austen “She folded her hands quietly” (u qo‘llarini tinchgina tutdi) ifodasi sokinlik va kamtarlikni aks ettiradi. Bu holatda kinestik belgilar matnning psixologik fonini yaratadi. Ilmiy nutqda kinestik vositalar cheklangan tarzda ishlatiladi. Lektor yoki ma’ruzachi qo‘l ishorasi yoki bosh harakati orqali urg‘u beradi, lekin hissiy ifodalardan qochadi. Ingliz akademik nutqida esa hand gestures for emphasis (qo‘l harakati orqali urg‘u berish) va eye contact with audience (ko‘z bilan aloqa) — tinglovchini diqqatda ushlab turuvchi vosita sifatida muhim sanaladi. Sahna uslubida, teatr va kino matnlarida kinestik belgilar semantik og‘irlikka ega. O‘zbek sahna tilida qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish, bosh egish — milliy timsol; ingliz teatrida esa facial expression (mimika) asosiy yukni bajaradi. Qiyosiy misollar tahlili uchun quyidagi jadvalga nazar tashlaymiz: Holat O‘zbek tilida ifoda Ingliz tilida ifoda Farq va mazmuniy ta’sir Hurmat Qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish bilan “Rahmat” Tabassum bilan “Thank you” O‘zbekcha ifoda samimiy, tanaviy, diniy ohangda; inglizcha neytral, sotsial tarzda Uzr Bosh egish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish — “Uzr so‘rayman” Ko‘z bilan aloqa, qo‘l harakati bilan “I’m sorry” O‘zbekcha o‘zini past qo‘yish; inglizcha tushuntirish yoki pushaymonlik ifodasi Vidolashuv “Xayr, sog‘ bo‘ling” – bosh egish, qo‘l silkish “Goodbye”, “See you” – qo‘l silkitish, tabassum O‘zbek madaniyatida rasmiy va hissiy ohang; ingliz madaniyatida engil, ijobiy ohang Hayrat Qo‘lni peshonaga urish: “Voy, bu nima!” Ko‘zlarni kattalash, “Oh my God!” O‘zbekcha dramatik, inglizcha emotsional, lekin nazorat ostida Kinestik vositalar lingvopragmatik tizimning universal, lekin madaniy jihatdan farqlanuvchi elementi hisoblanadi. Ular mazmunni boyitadi, emotsiyani kuchaytiradi va so‘zlovchi-intentni ifodalaydi.O‘zbek madaniyatida kinestik belgilar sokinlik, hurmat, samimiyat bilan uyg‘un bo‘lsa, ingliz madaniyatida ular ochiqlik, mustaqillik va ekspressivlik bilan tavsiflanadi. Har ikki tilda ular etik muloqot madaniyatining poydevorini tashkil etadi va ularni to‘g‘ri talqin etish madaniyatlararo aloqa samaradorligini oshiradi.Bu kinestik belgilar milliy muloqot etikasining madaniy semiotikasini tashkil etadi. Ular so‘zsiz axborot uzatish vositasi sifatida til birliklariga teng keladi. Oktabr, 2025-Yil 46 Intonatsiya, mimika va kinestikaning lingvopragmatik uyg‘unligi etik muloqot tizimida verbal (so‘z) va noverbal (intonatsiya, mimika, kinestika) vositalar o‘zaro semantik uyg‘unlikda ishlaydi.Masalan, “Kechirasiz” iborasini: yumshoq ohangda + tabassum bilan + bosh egib aytilsa — samimiy uzr; baland ohangda + jiddiy yuz bilan aytilsa — rasmiy yoki sovuq kechirim. Demak, lingvopragmatik ma’no faqat so‘z orqali emas, balki intonatsion va kinestik kontekst orqali ham belgilanadi. Shu sababli, etik muloqot madaniyatini o‘rganishda noverbal komponentlarni alohida tahlil qilish zarur. Etik muloqot vositalarining lingvopragmatik tizimida intonatsiya, mimika va kinestika nutqning emotsional, axloqiy va estetik qirralarini ifodalovchi asosiy unsurlardir. O‘zbek tilida bu vositalar milliy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kamtarlik, ehtirom, samimiyat bilan chambarchas bog‘langan. Ular yordamida so‘zlovchi suhbatdoshga bo‘lgan munosabatini, axloqiy pozitsiyasini va madaniy darajasini namoyon etadi. Demak, etik muloqotni to‘liq anglash uchun verbal va noverbal tizimlarni birgalikda o‘rganish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ekman, P. (1992). Emotions Revealed: Recognizing Faces and Feelings to Improve Communication. Times Books. 2. Birdwhistell, R. L. (1970). Kinesics and Context: Essays on Body Motion Communication. University of Pennsylvania Press. 3. Kendon, A. (2004). Gesture: Visible Action as Utterance. Cambridge University Press. 4. Goffman, E. (1967). Interaction Ritual: Essays on Face-to-Face Behavior. Anchor Books. 5. Hall, E. T. (1966). The Hidden Dimension. Anchor Books. 6. Leech, G. (2014). The Pragmatics of Politeness. Oxford University Press. 7. Mahmudov, N. (2004). Til va nutq madaniyati. Toshkent: Fan. 8. Xudoyberganova, Z. (2015). Noverbal muloqotning lingvopragmatiK xususiyatlari. Toshkent: TDPU nashriyoti. 9. Abdurahmonov, G‘. (1998). Nutq madaniyati asoslari. Toshkent: O‘qituvchi 10. Karimov, N. (2010). O‘zbek madaniyatida nonverbal muloqot vositalari. Samarqand: SamDU. 11. Jo‘raev, M. (2018). Kommunikativ kompetensiya va noverbal ifoda. Samarqand: SamDU nashriyoti.