scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"KUTUBXONA PSIXOLOGIYASI. KITOBXON VA KUTUBXONACHI O`RTASIDAGI MULOQOTNING YANGI YONDASHUVI''

O'rinboyeva Durdona Usmon qizi

Abstract

Maqolada kutubxona psixologiyasining mohiyati va uning zamonaviy kutubxonachilik faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan.Kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi muloqotning yangi yondashuvlari, xususan, psixologik muloqot texnalogiyalari, xizmat ko‘rsatishda shaxsiylashtirilgan yondashuv va raqamli kommunikatsiyalar va vositalarni roli tahlil qilinadi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 49 “KUTUBXONA PSIXOLOGIYASI. KITOBXON VA KUTUBXONACHI O`RTASIDAGI MULOQOTNING YANGI YONDASHUVI’’ O‘rinboyeva Durdona Usmon qizi Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish fakulteti Kutubxona axborot faoliyati talabasi Tel:+998500709281 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17310996 Annotatsiya. Maqolada kutubxona psixologiyasining mohiyati va uning zamonaviy kutubxonachilik faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan.Kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi muloqotning yangi yondashuvlari, xususan, psixologik muloqot texnalogiyalari, xizmat ko‘rsatishda shaxsiylashtirilgan yondashuv va raqamli kommunikatsiyalar va vositalarni roli tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Kutubxona psixologiyasi, empatiya ,individual yondashuv, gamfikatsiya. Abstract. The article highlights the essence of library psychology and its significance in modern library activities. It analyzes new approaches to communication between readers and librarians, particularly psychological communication technologies, personalized service approaches, and the role of digital communications and tools. Keywords: Library psychology, empathy, individual approach, gamification. Аннотация. В статье раскрывается суть библиотечной психологии и её значение в современной библиотечной деятельности. Анализируются новые подходы к общению между читателем и библиотекарем, в частности, технологии психологического общения, персонализированный подход в обслуживании и роль цифровых коммуникаций и инструментов. Ключевые слова: Библиотечная психология, эмпатия, индивидуальный подход, геймификация. Kirish Kutubxona insoniyatning ilmiy, madaniy va ma’naviy rivojlanishda muhim maskan bo‘lib kelgan.Kitobxonalarning ehtiyojlarini to‘g‘ri anglash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish va ijobiy taasurot uyg‘otish esa bevosita kutubxonachi mahoratiga bog‘liq. So‘ngi yillarda kutubxona psixologiyasi alohida yo‘nalish sifatida shakllanib, kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi muloqotni chuqurroq o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bugungi kunda muloqotning yangi yondashuvi – empatiyaga asoslangan xizmat, interaktiv muloqot usullari, raqamli platformalarda individual maslahat berish, shaxsiylashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqish kabi usullar keng qo‘llanilmoqda. https://unilibrary.uz Bu esa kutubxonani nafaqat bilim manbai, balki ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantiradi. Kutubxona psixologiyasi – bu kitobxonlarning ruhiy ehtiyojlarini, kitob va axborotga bo‘lgan qiziqishlarini , shuningdek, ularning kutubxonadagi xatti-harakatilarini o‘rganadigan fan sohasi hisoblanadi. Bu yo‘nalish kutubxonachiga nafaqat ilmiy yoki texnik bilimlar, balki Oktabr, 2025-Yil 50 psixologik yondashuvlar orqali ham xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.Chunki kitobxon bilan to‘g‘ri muloqot qilish, uning kayfiyatini tushunish, psixologik ehtiyojini hisobga olish xizmat samaradorligini oshiradi. Kutubxonachi kitobxon bilan muloqot jarayonida bir vaqtning o‘zida bilim tarqatuvchi, maslahatchi, hatto ba’zan psixolog sifatida ham maydonga chiqadi. Empatiya – kitobxonning ruhiy holatini tushunish va unga mos ravishda javob qaytarish. Individual yondashuv – har bir kitobxonning yoshi, bilim darajasi va qiziqishlariga qarab tavsiyalar berish. So‘ngi yillarda kutubxona xizmatlarida yangi kommunikatsiya texnalogiyalari keng qo‘llanilmoqda. Raqamli maslahat xizmati – onlayn chatlarva mobil ilovalar orqali yordam ko‘rdsatish. Shaxsiylashtirilgan tavsiyalar – foydalanuvchilarning qidiruv tarixiga va qiziqshlariga asoslanib kitoblar va manbalar tavsiya qilish. Gamfikatsiya – o‘quv jarayonini o‘yin shaklida tashkil etish orqali yosh kitobxonlarni jalb qilish. https://unilibrary.uz Xulosa Xulosa qilib aytganda, kutubxona psixologiyasi zamonaviy axborot muhitda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi muloqot faqat axborot almashunuvi emas, balki ijobiy psixologik tajriba yaratish jarayoni sifatida ko‘rilmoqda. Empatyaga asoslangan yondashuv, shaxsiylashtirilgan maslahatlar va raqamli kommunikatsiyadan foydalanishkutubxona xizmatini sfatini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduazizova M. Kutubxona psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan va texnalogiya, 2021. 2. Nazarova D. Kutubxonachilik va axborot madaniyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019. 3. Ganieva S. Axborot-kutubxona xizmatida inavatsion yondashuvlar. – Samarqand, 2022.