Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 47 DOI: https://10.5281/zenodo.17312329 MAHMUD QOSHGʻARIYNING QOMUSIY GEOGRAFIK ASARI Nodirjon Abdulahatov tarix fanlari doktori, Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazi professori. E-mail:
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada alloma Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asarining X – XI yuz yilliklardagi turk ellarining tili, oʻtmishi, joʻgʻrofiyasi, madaniyati kabi koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha topilmas bilimlarni beruvchi bitik ekanligi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Binobarin “Devonu lugʻotit turk” oddiy lugʻat kitobi boʻlmay, balki tilshunoslik, tarix va kartografiya ilmi taraqqiyotiga juda katta hissa boʻlib qoʻshilgan qomusiy asardir. Aasarda turkiy xalqlarning kundalik turmush tarzi, hunarmandchilik turlari va madaniy haѐtga oid soʻz va atamalar keltirilgan. Bu esa bizga oʻsha davrdagi madaniy-maishiy hayot qay darajada taraqqiy etganligini koʻrsatadi. Shuningdek, davlat boshqaruv tizimi, darajaviy unvonlar, tabaqalar, harbiy taktikasigacha tasavvurga ega boʻlish mumkin. Kalit soʻzlar: tarix, meros, qadriyat, durdona, tabobat, yodgorlik, qomus, afsona, eʼtiqod, madaniyat. АННОТАЦИЯ В данной статье рассказывается о выдающемся труде великого учёного Махмуда Кашгари — «Девону луготит-турк», который является ценнейшим источником знаний о языке, истории, географии и культуре тюркских народов X–XI веков. Эта книга представляет собой не просто словарь, но и энциклопедический труд, внёсший значительный вклад в развитие таких наук, как лингвистика, история и картография. В произведении приведены слова и термины, связанные с повседневной жизнью тюркских народов, их ремёслами и культурным бытом. Всё это позволяет получить представление о высоком уровне развития культурно-бытовой жизни того времени. Кроме того, через данный труд можно понять особенности системы государственного управления, иерархических титулов, общественных слоёв и даже военной тактики.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 48 Ключевые слова: история, наследие, ценность, жемчужина, медицина, памятник, энциклопедия, легенда, вера, культура. ABSTRACT This article discusses the outstanding work of the great scholar Mahmud alKashgari — "Divan-u Lughat-it-Turk", which serves as a valuable source of knowledge about the language, history, geography, and culture of the Turkic peoples of the 10th–11th centuries. This book is not merely a dictionary, but an encyclopedic work that made a significant contribution to the development of such sciences as linguistics, history, and cartography. The work includes words and terms related to the daily life, crafts, and cultural practices of the Turkic peoples. All of this provides insights into the advanced level of cultural and social development of that era. Moreover, this work offers an understanding of the state governance system, hierarchical titles, social classes, and even military tactics of the time. Keywords: history, heritage, value, gem, medicine, monument, encyclopedia, legend, belief, culture. KIRISH Ajdodlar merosini oʻrganish, bu xalqning turmushi, tarixi, buguni va kelajagi, tafakkur tarzi hamda ruhiyatini oʻrganish demakdir. Unda millatning oʻzini bilishi, anglashi, namoyon etishi ajdodlar merosi va milliy qadriyatlari aks etgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Umar Hayyomning “Navroʻznoma”, Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk”, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlarida ajdodlar merosining timsoli namoyon etilgan. Oʻzining qadimiy va boy madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga hissa qoʻshgan ajdodlar merosi va milliy qadriyatlari sanalmish tafakkur durdonalarida eng oliyjanob, ulugʻvor maqsadlarga yoʻnaltirilgan qarashlar oʻz ifodasini topgan[1:399]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Jahon tamadduni tarixida koʻplab nodir va bebaho yodgorliklar borki, ular nafaqat bir millat, balki butun insoniyat uchun ham beqiyos maʼrifiy va madaniy ahamiyat kasb etadi. Naqshbandiya tariqatining buyuklaridan Abdulloh Dehlaviy (1744-1824) shunday degan edilar: “Uch kitobning yoʻldoshi yoʻqdir. Bular Qurʼoni karim, Muhammad bin Ismoili Buxoriyning “Jomʼiyi sahih” va Jaloliddin Rumiyning
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 49 “Masnaviy” kitobidir. Avliyolik yoʻlining kamolotini bildiradigan kitoblarning eng ustuni “Masnaviy”dir”[2:38]. Aslida oʻxshashi yoʻq kitoblar jumlasiga noyob yodgorliklardan biri XI asrda yaratilgan – Mahmud Qoshgʻariy qalamiga mansub كرتلا تاغل ناويد “Devonu lugʻotit turk” (“Turkiy soʻzlar toʻplami”) asarini kiritish mumkin. Zotan mashhur turkolog A. M. Shcherbak (1926-2008) bu haqda shunday yozgan edi: “Mahmud Qoshgʻariyning “Devon”iga na materialning hajmi jihatidan, na muallifning filologik bilimi jihatidan bas keladigan biron asar yoʻq. “Devon” ning lugʻat deb atalishi uning asl mazmuniga uncha mos kelmaydi. Bunda turkiy tillar grammatikasidan juda keng maʼlumotlar bor... Yana unda turkiy tillar leksikasi, fonetikasiga doir keng maʼlumotlar, qabilalarning joylanish xususiyatlari, geografik va boshqa xil maʼlumotlar mavjud”[3:29]. Shu sababdan mashhur turkolog olim Basim Atalay “Devonu lugʻotit turk” xazinadir. Uning ustida uch-besh kishi ishlasa ham kamlik qiladi. Devon ustida yuzlab odamlar ishlaydi va har bir ishlagan kishi yangi marvarid topadi” degan edi. Mahmud Qoshgʻariyning hayoti va ijodi, “Devonu lugʻotit turk” asari, muallifning maʼrifiy, ilmiy-nazariy qarashlari muammolari boʻyicha dunyodagi yirik ilmiy markazlar, oliy taʼlim muassasalarida, jumladan, Brendis universiteti, Chikago universiteti (AQSH), Breslau universiteti (avvalgi Germaniya, hozirgi Polsha), Myunix universiteti (Germaniya), M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Ufa davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining lingvistik tadqiqotlar instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining sharq qoʻlyozmalari instituti (Rossiya Federatsiyasi), Anqara universiteti, Istanbul universiteti (Turkiya), Boshqird davlat pedagogika universiteti, Ozarbayjon fanlar akademiyasi huzuridagi Nasimiy nomidagi tilshunoslik instituti (Ozarbayjon), Pavlodar davlat universiteti, Arkaliq davlat pedagogika instituti (Qozogʻiston), Qirgʻiziston milliy universiteti, Bishkek davlat universiteti, Oʻsh davlat universiteti (Qirgʻiziston), shuningdek, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Samarqand davlat universiteti (Oʻzbekiston)da olib borilmoqda[4:5]. YUNESKO “Devonu lugʻotit turk” asarning tarixiy ahamiyatini eʼtirof etib, “Dunyo xotirasi” roʻyxatiga kiritdi. YUNESKOning 42 sessiyasida 2024-yilda uning yozilganligining 950-yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Butun turk dunyosining ardoqli bilgasi Mahmud Qoshgʻariyga tegishli “Devonu lugʻotit turk” ning 950-yilligini oʻtkazish uchun Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkma-niston va Oʻzbekistonning qoʻshma arizasi YUNESKO tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, dunyo boʻylab bayram qilinmoqda.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 50 NATIJALAR Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston chuqur oʻylangan, har tomonlama muvozanatli, avvalo xalqimiz uchun manfaatli tashqi siyosat yuritmoqda. Barcha sherik davlatlar va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirib bormoqda. Ulardan biri – Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi. Bu tashkilot 2009-yilda tuzilgan. Mamlakatimiz unga 2019-yilda qoʻshilgan. Kengashning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishdir. Oʻxshash til va bir din, tarixiy va madaniy rishtalar asosida shakllangan bu tashkilot mintaqaviy hamkor-likning samarali mexanizmiga aylanib bormoqda. Oʻzbekistonning qoʻshilgani uning qamrovini ham, salohiyatini ham oshirdi. Yurtimizda turkiy xalqlarning iftixori boʻlgan buyuk allomalar Mahmud Qoshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Muso al-Xorazmiy merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiyalar oʻtkazilganligi buning yorqin misolidir. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Mahmud Qoshgʻariy merosiga katta eʼtibor qaratganligining asosiy sabablaridan biri shundaki, Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari bilan yaqindan tanishgan oʻquvchi: - ming yil avval Markaziy Osiyo hududlarida istiqomat qilgan turk qabilalari haqida maʼlumotga ega boʻladi. Har bir turk qabilasi joylashgan geografik hududlarning xususiyatlarini oʻrganadi; - qadimgi turk yozuvi, alifbosi, nima uchun alifboda 18 ta harf borligi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishadi; -turk, yunon, fors, xitoy va arab tarixi haqida qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻladi; -turkiy xalqlarning afsonalari, maqollari, sheʼrlari, shevalari haqida boy maʼlumotlarga boʻladi; -turkiy tillarning boshqa tillardan oʻziga xos jihatlari; grammatikasi, semantikasi va boshqa xususiyatlari va diniy eʼtiqodlaridan voqif boʻladi; - turkiy xalqlardagi tabobat, hunarmandchilik, kiyinish madaniyati, taomlar va taomlanish odobi, bola tarbiyasi haqida muhim maʼlumotlarni oʻzlashtiradi; - turkiylar taqvimi, yaʼni turklarning yil, oy, hafta va kun bilan bogʻliq qarashlari toʻgʻrisida tushuncha hosil qiladi[5:10].
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 51 MUHOKAMA “Devonu lugʻotit turk” asarida Mahmud Qoshgʻariyning “oʻzlik” va “oʻzga”ni tasvirlashda etnik, til, din va geografiya boʻyicha turli mezonlardan foydalanganiga guvoh boʻlamiz. Tabiiyki, bu mezonlar markazida etnik millat sifatida turk, til sifatida turk, din sifatida islom, geografiya sifatida Turkiston turadi [6:15]. Asarda turkiy xalqlarning kundalik turmush tarzi, hunarmandchilik turlari va madaniy haѐtga oid soʻz va atamalar keltirilgan. Bu esa bizga oʻsha davrdagi madaniymaishiy haѐt qay darajada taraqqiy etganligini koʻrsatadi. Shuningdek, davlat boshqaruv tizimi, darajaviy unvonlar, tabaqalar, harbiy taktikasigacha tasavvurga ega boʻlish mumkin”[7:53-56]. Mahmud Qoshgʻariyning geografik merosi sharqshunoslarda, geograflarda juda katta qiziqish tugʻdirganligidan uni oʻrganish davom ettirilmoqda[8:102-103]. Uning eng koʻp tekshirilgan doiraviy xaritasining siri hali toʻla ochilganicha yoʻq. Bu haqda atoqli olim H. Hasanov shunday yozgan edi: “Qoshgʻariy asarlaridagi geografiya terminlari. “Devonu lugʻotit turk” kitobini varaqlar ekansiz, tabiat va tabiiy hodisalarga, chunonchi, yer va suv, togʻ va choʻl, iqlim va osmon, hayvon va oʻsimliklarga taalluqli maqol, iboralarni, xilmaxil, sodda va sermazmun terminlarni topasiz. Mahmud Qoshgʻariy bu terminlarni yigʻish uchun koʻp yillar sayohat qilgan, har bir hodisaga, har bir qabilaning tiliga eʼtibor bergan. Qoshgʻariy ishlatgan terminlar ichida jumladan mana bu soʻzlar ham bor: ariq, buz (muz), bulut, yoz, yomgʻir, kechik, kent, kuz, kun, koʻk, koʻl, oy, ort (dovon), oqin va oqindi, sel va selindi, suv va suvloq, tosh, togʻ, tuz (tekis), tuman, ungur, chaqmoq, yayloq, yashin, qayir, qaq, qir, qish va qishloq, qor, qoʻltiq, qum va boshqalar. Bu soʻzlar XI asrdan ancha ilgari paydo boʻlgan. Ularning baʼzilari VII asrga mansub oʻrxun yozuvlarida, Kultegin yodgorliklarida ham uchraydi. Oʻrta Osiyoda XI asrdayoq bu soʻzlar boʻlganligi va ularning hozirda ham ishlatilishi tilimizning asosiy lugʻat sostavida ekanligidan dalolat beradi. Baʼzi soʻzlar oʻzbek tilining aktiv fondidan tushib qolgan, ular ayrim toponimlar (joy nomlari) tarkibidagina saqlangan. “Devon””da yer va tuproqqa oid izohlarda ishlatilgan soʻzlardan misollar keltiramiz: Chalang yer — qora yer, beoʻt, shoʻr yer. Sagʻizlik yer — sogʻ tuproqli, yaxshi yer, sagʻiz tuproq — toza tuproq, sogʻ tuproq. Toz yer — oʻsimligi kam yer, oriq, hosilsiz yer. Qayir yer — yumshoq tuproqli yer, tekis yer, qumloq yer (daryo boʻyida yashaydigan aholiga bu soʻz juda tanish. Xorazmliklar qayir deb, daryo toshganda
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 52 vaqtincha suv bosadigan pastlik va qumloq tuproqli yerlarga aytishadi. Bu soʻz hatto rus terminologiyasiga ham kirib ketgan: “Kairnыye zemli”)[9:121]. Qazgʻan yer — oʻnqir-choʻnqir, botqoqlik, yorilib ketgan yer. Yerlarning yovuzi oʻnqir-choʻnqir yer. Aziz togʻ— oshib oʻtib boʻlmaydigan baland togʻ. Boldirtogʻ — togʻ burniga oʻxshash koʻtarilib chiqqan narsa, togʻ boldiri — togʻ burni (Surxondaryo oblastidagi Boldir nomli joy, balki Koʻhitang togʻlarining bir uchi — burni boʻlganligidan shunday atalgandir). Ort— orqa, boʻyin, gardon, togʻ tepasi, dovon (Oʻrta Osiyoda ort soʻzi bilan ishlatiladigan toponimlar anchagina: Badalort Kukort, Muzort, Oqort, Toʻrugʻort, Qizilort va hokazo). “Devon”da hatto maqol ham keltirilgan: “Yalqovga eshik ort boʻlur” (yalqovga ostona ham togʻ tepasidek koʻrinadi, maʼnosida). Ungur — gʻor. Sekrik — togʻdagi jarlik va daralardan sakrab oʻtiladigan joy; sirt — kichikroq tepalar. Soʻzuk suv — koʻm-koʻk suv. Suvlogʻ — suv yoʻli, hayvonlar suv ichadigan joy. Sogʻ suv — shirin suv, toza suv. Tamgʻa — tarmoq, dengiz, koʻl va daryolarga quyiladigan suvning bir tarmogʻi. Daryo qirgʻogʻida qayiq toʻxtaydigan joy ham tamgʻa deyiladi (Issiqkoʻlning janubida va Amudaryo boʻyida Tamgʻa nomli qishloqlar bor; ehtimol, bu yerlar qachonlardir kema toʻxtaydigan joy boʻlgandir). Koʻrugʻ— amirlarning moli boqiladigan koʻkatzor; atrofi qurshalgan joy (“Bobirnoma”da ham bu soʻz bor. Budagovning lugʻatida: qoʻrugʻ— begonalar uchun man qilingan joy; xon yozda koʻchib chiqadigan joy). Bu soʻz keyinchalik tojik shevalariga ham oʻtgan: Qoʻrugʻ mol —ekinlar qoʻriqchisi; qoʻruq kardan — biron narsani oʻz mulki qilib bosib olish. Qoʻruq soʻzi IX asrda Narshaxiy tarixida uchraydi. Bu soʻz keyinchalik daxlsiz, yopiq, man qilingan joy maʼnosida ishlatila boshlagan; masalan, xon mozori, mulklari, xon haramxonasiga nisbatan ishlatilib turdi. Qoʻrugʻning hozirgi maʼnosi zapovednik, zakaznik. Toponimika uchun ayniqsa muhim boʻlgan oʻkuz soʻziga alohida toʻxtab oʻtmoqchimiz. Urxun yozuvlarida Artich oʻkuzi tilga olingan, “Devon”da ham bu soʻz bir necha marta takrorlangan.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 53 Muhammad Solihning “Shayboniynoma”sida (XVI asr boshi) Amudaryo ilgari Ukuz deb atalgan: “Aytingiz suvdan oʻtormen filhol, Har qancha boʻlsa oʻkuz molomol (Saroy shahridan Qunduzga oʻtishda) Sol ila kechti oʻkuzdan sulton. Solu mah koʻrmadi andoq davron. Chunki lashkar bori suvdin oʻtti. Shoh Qunduz yoʻlini tutdi”[9:122]. Yevropa sharqshunoslaridan G. Vamberi bu soʻzga taxminiy izoh berib: “Oksus, ehtimol, yogyus — daryo soʻzidan olingandir”. degan. S. P. Tolstov ham oʻkuzning qadimda suv, daryo maʼnosida ishlatilganligini, turkiy tillarda uning oʻguz shaklida yozilib, ikki xil turdosh maʼnoni (“daryo” va “hoʻkiz”) anglatganini, yunonlarda Oʻquv soʻzi Oks deb, Gerodotda Akes deb yozilganligini, Urta Osiyo aholisi Amudaryoni XVII asrga qadar Ukuz deb ataganligini, buning massagetcha soʻz ekanligini, massagetlar esa Oʻrta Osiyo turkiy xalqlarining etnogeziga qoʻshilganligini aytgan. Bunday misollar juda koʻp. Mahmud Qoshgʻariyning “Devoni”dan biz quyidagilarni aniqladik: Oʻkuz— Jayxun, Frot kabi daryolarga berilgan nom. Oʻgʻuzlar bu soʻzni oʻzlarining shaharlari joylashgan Banokat vodiysi (daryosi) maʼnosida qoʻllanganlar. Turkiy mamlakatlardagi bir qancha boshqa daryolar ham shu nom bilan yuritilgan. Har bir oqar soy shu nom bilan atalgan. Tovushqon oʻkuz— Uch shahridan oqib oʻtadigan bir soyning nomi. Baliqlik oʻkuz — baligʻi koʻp soy. Argʻular botqoq yerlarni ham oʻkuz deyishgan. “Ul oʻkuzni tarilmadi — u, daryoni kechdi, bir oroldan ikkinchi orolga hatlab oʻtdi”[9:123]. Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, 700 satrdan oshiq sheʼriy parchalar ushbu asar sahifalaridan oʻrin olgan. Sheʼriy parchalarning koʻp qismi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodiga xos toʻrtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan sheʼriy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri sheʼriyatiga xos boʻlgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, gʻazal, qitʼa parchalari boʻlib, ularni Qoshgʻariy oʻzi ham koʻpincha “bayt” deb ataydi. Yana bir taʼkidlanishi kerak boʻlgan masala, “Devon”da 11-asr musulmon turk dunyosidagi koʻplab diniy atamalarning bugungidan farqli ravishda turkiy tilda qoʻllanilganligi haqidagi topilmalardir. Shu doirada olib borilgan tadqiqotlardan biriga koʻra, “Bu asar Islom dinining asosiy tushunchalarining koʻpini qamrab oladigan lugʻatga ega[6:15]. Masalan, bu asarda eʼtiqod, ibodat, axloq va boshqa diniy tushunchalarning koʻpchiligining muqobillari borligi aniqlangan”[10:172].
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 54 XULOSA Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari orqali uni tilshunoslik sohasida chuqur ilmga egaligini, uning birgina nomshunoslik boʻyicha, yaʼni antroponim, toponim, etnonim, gidronim, kosmonimlar haqidagi lingvistik qarashlari va ularga bergan izoh va taʼriflaridan ham bilsa boʻladi[11:28-31]. Turkiyalik olim Salohiddin Yagmur “Devonu lugʻotit turk”dagi maʼlumotlarga tayangan holda 13 ta davlat va oʻlka, 27 ta viloyat, 46 ta shahar, 11 ta shaharcha va qishloqlar, 33 ta manzil va mavzelarning nomini qayd etgan[12:36]. Bu haqda K.Marqayev shunday yozadi: “Typkiy etnonimlar tarixini tadqiq qilishda qoʻl keluvchi bebaho manbalardan biri “Devonu lugʻoti-t-turk” asaridir. Ushbu asarda turkiy etnonimlar haqida nihoyatda qimmatli maʼlumotlar mavjud. Mahmud Qoshgʻariy turli turkiy qabilalar nomiga toʻxtalgan. U bu haqda yozadi: “Turklar aslida 20 qabiladir. …Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urugʻlari bor. Men bulardan asosiysini, ona urugʻlarini yozdim. Shoxobchalarini tashladim”[13:65]. Mahmud Qoshgʻariy maʼlumot bergan turkiy urugʻlar quyidagilar: beyenek, qipchoq, oʻgʻuz, yamak, boshgʻirt, basmil, qay, yoboqu, tatar, qirgʻiz, chigil, toʻxsi, yagʻmo, igʻroq, yorugʻ, yumul (shumul), uygʻur, tangut, tovgʻoch. Baʼzi tadqiqotchilarning kuzatishlariga koʻra “Devon”da uchraydigan qabila va urugʻ nomlari 30 dan oshadi va shulardan 10 tasi oʻzbek etnonimlari tarkibida uchraydi. M. Qoshgʻariy asarida bir qator toponimlar, antroponimlar, laqablar, zoonimlar haqida ham tahlillar mavjud boʻlib, ularning paydo boʻlishida etnonimlar maʼlum rol oʻynagan. “Devonu lugʻoti-t-turk” dagi maʼlumotlarga koʻra bir qator joy nomlari oʻsha hududda yashagan qabila (entik guruh) nomi bilan ataladi. M. Qoshgʻariy 22 oʻgʻuz qabilasining nomi uchun oʻsha etnosning tamgʻalari xususiyati motiv boʻlganligini ham qayd qilgan[13:59-60]. Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari fanlar uchun asqotadigan nodir fakt va materiallar jamlangan. Jumladan, mineralogiya, kimyo, botanika, geografiya, biologiya, zoologiya, tarix, adabiyot, sanʼat, etnografiyaga doir tushuncha va atamalar tizimini esga olish mumkin[14:27]. Yevropalik olima Ingeborg Xauenshildning yozishicha “Devonu lugʻotit turk”da 166 ta botanikaga doir atamalar mavjud[15:100]. Turkiyalik olima Nigar Oturakchiga koʻra ushbu botanikaga doir atamalarning ellik foizdan ziyod qismi hozirgi turkiy xalqlarning soʻzlashuvida saqlanib qolgan[16:212]. Lugʻatshunos va tilshunos, etnograf va folklorchi, tarixchi va geograf Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari qoraxoniylar davrida yashagan turklar, turkmanlar, oʻgʻuzlar, yagʻmolar, chigʻalay va qirgʻizlar haqida tarixiy va jugʻrofiy
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 55 maʼlumotlari bilan birga bu tillarning fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid noyob tadqiqotlari va xulosalari bilan ham qimmatlidir[17:129]. “Devonu lugʻotit turk” X – XI yuz yilliklardagi turk ellarining tili, oʻtmishi, joʻgʻrofiyasi, madaniyati kabi koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha topilmas bilimlarni beruvchi bitikdirki, alloma ushbu durdona asari orqali turkiy xalqlarning ildizi qadim va bir ekanini, barchasi bir millat, bir oilaga mansubligini va ularning tili, madaniyati, urf-odatlari bir-biriga juda yaqinligini koʻrsatib berdi. “Devonu lugʻotit turk” asarining bugungi kundagi muhim ahamiyatlaridan biri shu boʻlib, turkiy xalqlarning bir oila vakili ekanini har dam va har vaqt bizlarga eslatib turadi. Oʻzaro hamkor va doʻstbirodar, ahil-inoq boʻlishga chaqiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Yoʻldosheva S. “Alpomish” dostoni – ulugʻlangan milliy qadriyat. // Oʻzbek folklorshunosligi. – T.: “Oʼzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017.– B. 399. 2.Yusufiy J. Mashrabning badiiy meroslari.// Mashrab. Devon.– T.: “Yangi asr avlodi”, 2006. 3. Sherbak A.M. Grammaticheskiy ocherk yazыka tyurskix teksto v X-XIII vv. Iz Vostochnogo Turkestana. M —L . , 1961. 4. Roziqova G.Z. “Devonu lugʻotit turk” asaridagi ot leksemalarning semantik, funksional va uslubiy xususiyatlari” filologiya fanlari doktori (DSc) diss... avtoreferati. Fargʻona, 2021. 5. Abdulahatov N. “Devonu lugʻotit turk turkiy xalqlar merosi” – Fargʻona: “Classic” nashriyoti – 2025. 6. Özarslan M., Yalin A. Dîvânu lugâtiʻt-türkʻte “ben” ve “öteki” kavramlari üzerinden millet anlayişi. // Türük uluslararasi dil, edebiyat ve halkbilimi araştirmalari dergisi. 2022, Yıl/Year: 10, Sayı/Issue: 30. 7. Salayeva M., Kislisыna I. Mahmud Qoshgʻariy taʼlimotida turkiy va sharq tillarni oʻrganish masalalari. // Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Koshgʻariy va Alisher Navoiyning lingvistik merosi hamda uning turkiy tillarni oʻrganishdagi oʻrni. xalqaro ilmiy konferensiya materiallari (2018-yil 8-11-noyabr, Samarqand), Samarqand, 2018. 8. Abbosov S. Mahmud Koshgʻariyning geografik merosi / Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni. Xalqaro konferensiya materiallari. –Samarqand, 2002. 9. Hasanov H. Sayyoh olimlar. – T.: “Oʻzbekiston”, 1981. 10. Erdoğan, İsmail (2016). “Divânu Lugâtiʻt-Türk”te Yer Alan Bazı Dinî Kavramlar”, İslamî Araştırmalar Dergisi/