PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № ISSUE 9 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 13 LOYIHALANAYOTGAN HUDUDDA AHOLINING HARAKATCHANLIGINI ANIQLASH ASOSLARI Qutliyev Abrorbek Anvrbek o‘g‘li Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ―Qurilish‖ kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)
[email protected] Annotatsiya:Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 7600 o‘ringa mo‘ljallangan mikrorayon hududida loyihalanayotgan master reja qismida aholining harakatchanligini aniqlash va bundan kelib chiqgan holda aholining shahar transportiga bo‘lgan extiyojini qondirishda aholining sutkalik, o‘rtacha sutkalik haraktchanliklaridan kelib chiqib loyihaviy yechimlari taklif etilgan. Ushbu takliflar asosida yo‘lovchi transportining eng qulay masofalarini tanlash orqali undagi bekatlarga kelish intervalari va boshqalarni nazariy jixatdan tahlil qilishga qaratilgan. Аннотaция:В данной статье в части генерального плана, проектируемого на территории микрорайона на 7600 мест Китобского района Кашкадарьинской области, предложены проектные решения с учетом суточной и среднесуточной мобильности населения. определить мобильность населения и на основе этого удовлетворить потребности населения в городском транспорте. На основе этих предложений ставится задача проанализировать интервалы прибытия на станции и другие с теоретической точки зрения путем выбора наиболее удобных расстояний пассажирского транспорта. Abstract:This article discusses the master plan of a projected residential area with a capacity of 7,600 people in the Kitab district of the Kashkadarya region. based on an assessment of population mobility, the proposed design solutions aim to meet the population’s needs for urban transportation by analyzing the indicators of daily and average daily mobility, the plan suggests optimal distances for passenger transport and determines the intervals of arrival at stops. These proposals are intended for theoretical analysis of transport accessibility and optimization of transport routes. Kalit so‘zlar:Aholining sutkalik, o‘rtacha sutkalik harakatchanlik, shahar transporti, master reja, mexnat va madaniy-maishiy maqsaddagi harakatchanlik, yo‘lovchi tashish, bekat. Ключевые слова:Суточная, среднесуточная подвижность населения, городской транспорт, генеральный план, мобильность социально-культурно-бытового назначения, пассажирский транспорт, вокзал. Keywords.Daily, average daily mobility of the population, urban transport, master plan, mobility for social and cultural and household purposes, passenger transport, station. Asosiy qism Yo‗lovchilar oqimiga transport xizmati ko‗rsatish, mazkur jarayonlarni baholash va bashorat qilish yo‗nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Respublikamizda logistik tizimlarda yo‗lovchilar oqimiga transport xizmati
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № ISSUE 9 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 14 ko‗rsatishga qaratilgan mazkur jarayonlarni baholash, bashorat qilish masalalariga yo‗naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari ustuvor xususiyatga ega bo‗lmoqda. Keyingi yillarda yo‗lovchilar oqimiga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlari avtobuslarning bekatdan chiqishda kutish vaqti bilan oqimda harakatlanayotgan avtomobillar jadalligi va kritik intervallari o‗rtasidagi funksional bog‗liqlik, shahar jamoat transporti harakat tezligi o‗zgarishining analitik bog‗lanishi, tashish jarayonining iqtisodiy samaradorligini oshirish kabi muammolarni hal etishga yo‗naltirilmoqda [1]. Hozirgi vaqtda Kitob tumanida loyihalanayotgan master reja qismida shahar jamoat transporti mavjud emas. Yo‗lovchi tashish shahar ichidagi transportning bir qismi shahar yo‗nalishsiz taksi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu loyihalanayotgan master reja 7600 aholiga mo‗ljallangan shahar transporti xizmatini loyihalashda avtobus hamda mikroavtobuslardan foydalaniladi. Shahar transportini rivojlantirish masalasini ko‗rib chiqishda, aholiga transport xizmati ko‗rsatish tizimini tanlashga ta‘sir qiluvchi omillar quyidagicha: - yo‗lovchi transportining mavjud turlari; - shaharning istiqbolli rivojlanishi, aholi sonining ko‗payishi va shaharning rejalashtirish tuzilmasining o‗zgarishi; - turar-joy tumanlari, sanoat korxonalari, tashqi transport markazlari, ishbilarmonlik va madaniy-maishiy markazlari o‗rtasida uzluksiz aloqa zaruriyati. Aholining harakatchanligi hisob-kitob davri uchun [2] belgilangan talab me‘yorga asosan har biri jonga 950 ta harakat yiliga qabul qilinadi. So‗ngra aholining o‗rtacha sutkalik harakatchanligi quyidagicha aniqlanadi [3]: = =2,53 aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan harakatchanlik (1) Bu yerda 1,03tumanga tashrif buyuruvchi aholining ulushi. O‗rtacha aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan sutkalik harakatchanlik quyidagicha aniqlanadi. aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sutkalik harakatchanlik (2) Bu yerda 1,04ish kunlaridagi harakatchanlikning o‗rtacha yillik sutkalik harakatchanligiga nisbati. O‗rtacha sutkalik harakatchanlikning umumiy sonini quyidagicha aniqlanadi: =N* (3) =7,6*2,63=19,98 ming. aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha sutkalik harakatchanlik. Bu yerda N-Loyihalanayotgan master reja qismidagi aholi soni. Xar ikki yo‗nalishda (to‗g‗ri va teskari yo‗nalish) ham o‗rtacha sutkalik mexnat maqsadidagi harakatchanligining umumiy sonini quyidagicha aniqlanadi. =P*K*T*1,04; (4) Bu yerda P-Akademik litsey, Kollej, Texnikum va Oliy ta‘limdagi o‗quvchilarni hisobga olgan holdagi umumiy soni [2] manbaga
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № ISSUE 9 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 15 asosan loyihalanayotgan hududagi aholi sonining 25% olinadi; K-1,84teskari yo‗nalish koeffitsiyenti; T-0,936kasal va ta‘tildagilarni hisobga oluvchi koeffitsiyent. =P*K*T*1,04=1,9*1,84*0,936*1,04= 3,40 ming. aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan sutkalik harakatchanlik 1-sutkadagi aholining madaniy-maishiy xizmatlari uchun harakatlanish miqdori quyidagicha aniqlanadi: = - (5) =19,98-3,4=16,58 ming. . aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan sutkalik harakatchanlik Bu yerda -aholining mexnat maqsadlarida harakatchanligi. Kun davomida mehnat faoliyati bilan bog‗liq harakatlarning 70% qismi ―tig‗iz‖ soatga to‗g‗ri keladi, bu esa soatiga 2,38 ming.harakatni tashkil etadi. Madaniy-maishiy harakatlarning kun davomidagi ulushining 40% qismi ―tig‗iz‖ soatga to‗g‗ri keladi, bu esa soatiga 6,63 ming.harakatni tashkil etadi. ―Tig‗iz‖ soatdagi umumiy yo‗lovchi tashish hajmi quyidagicha aniqlanadi: = * (6) =4,88 ming. aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan tig‗iz vaqtdagi soatlik harakatchanlik. Bu yerda -transportdan foydalanish koeffitsienti; 1,84teskari yo‗nalish koeffitsiyenti. Kitob tumanida yo‗lovchi tashish quyidagicha amalga oshiriladi: 60% – shaxsiy yengil avtotransport va idoraviy avtomobillar bilan 20% – avtobuslar orqali 20% – fuqarolarning shaxsiy foydalanishdagi mikroavtobuslar orqali Yo‗lovchi transporti ishlari quyidagi formula bo‗yicha hisoblanadi: ; (7) Bu yerda -o‗rtacha masofa, km; =1,1peresadka koeffitsienti. O‗rtacha masofa hisoblash: =K*√ =0,78*√ =0,4 km. (8) K – hududning ixchamlik koeffitsienti V – loyihalanayotgan master reja qismidagi umumiy maydoni, km2; L – transport yo‗lining umumiy uzunligi (bekatlar orasidagi masofa). Loyihalanayotgan master reja qismi va Kitob tuman markaziy dehqon bozori o‗rtasida amalga oshiriladigan mehnat va madaniy-maishiy harakatlarni hisobga olgan holda, o‗rtacha masofa 4,0 km sifatida belgilanadi. Yo‗lovchi transportining tig‗iz vaqtlardagi ishlari quyidagi formula bo‗yicha hisoblanadi = =17,75 ming. yo‗lovchi.km. (9) Harakatlanuvchi tarkibdagi soatlik miqdori quyidagi formula bo‗yicha hisoblanadi: = ; (10) Bu yerda:
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № ISSUE 9 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 16 - yo‗lovchi transportining tig‗iz vaqtlardagi ishlari, ming. yo‗lovchi.km; α – transportning tegishli turi uchun yo‗lovchi tashish ulushini hisobga oluvchi koeffitsient; =1,6-yo‗nalish bo‗yicha yo‗lovchi oqimining notekislik koeffitsienti; =0,8-transportdan foydalanish intensivligi yoki boshqa koeffitsient; =24 km/soat-ekspluatatsion tezlik; =0,8- ―tig‗iz‖ soatda tezlikning kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, bu harakat intensivligi va bekatlarda to‗xtash vaqtining ortishini ko‗rsatadi; - harakatlanuvchi tarkib birligining o‗rtacha sig‗imi. Avtobuslar uchun: = =8 avtobus soatiga. Yo‗nalishli taksilari uchun: = = 10 yo‗nalishli taksi soatiga. Loyihalanayotgan master reja qismi va Kitob tuman markaziy dexqon bozoriga keladigan mehnat va madaniy-maishiy migratsiya markaziy ko‗chalaridan biri bo‗lmish Ipak Yo‗li orqali amalga oshiriladi. O‗rtacha harakat intervali quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi: ; (11) Avtobuslar uchun: =6,6 min. Yo‗nalishli taksilari uchun: =4,2 min. Loyihalanayotgan master reja qismi va Kitob tuman markaziy dexqon bozoriga keladigan yo‗nalishdagi bekatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi: = ; (12) Bu yerda Zyo‗nalishning umumiy uzunlig, km; dbekatlar orasidagi o‗rtacha masofa 300700 m. = =10 ta bekat. Xulosa Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida loyihalanayotgan master reja qismi va Kitob tuman markaziy dexqon bozoriga olib boruvchi yo‗lovchi transportiga 1 ta yo‗nalish lozimligi aniqlandi. Bundan kelib chiqgan holda ushbu yo‗nalishda 1 soat mobaynida 8 ta avtobus va ushbu yo‗nalish bo‗yicha 10 ta yo‗nalishsiz taksi xizmatlarini shakillantirish orqali hududdagi aholini extiyojini qondira olish aniqlandi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Nazarov Anvar Aripovich. ― Logistik tizimlarda yo‗lovchilar oqimiga transport xizmati ko‗rsatish jarayonlarini baholash va bashorat qilish ‖ mavzusidagi DSc dissertatsiya, 252 bet, 2020 yil, Toshkent. 2. SHNQ 2.07.01-23 ―Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish‖// O‗zbekiston Respublikasi Qurilish va Uy-joy kommunal xo‗jaligi vazirligi // Toshkent, 2023111 b.
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № ISSUE 9 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 17 3. Косцов А.В., Бахирев И.А., Боровик Е.Н., Транспортная планировка городов. Учебное пособие. Москва. А-проджект 2017 г. 4. A.A. Qutliyev Tarixiy shaharlarda avtotransport harakatini rejalashtirishda shaharsozlik usullarini takomillashtirish (Xiva shahri misolida) mavzusidagi PhD dissertatsiyasi, 235-bet, T. 2025y.