scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ANTIK DAVRDA O'RTA OSIYO KO'CHMANCHI XALQLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI

Sultonov H.Q

Full text

53 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz ANTIK DAVRDA O‘RTA OSIYO KO‘CHMANCHI XALQLARINING IJTIMOIYIQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI Sultonov H.Q. Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17313648 Mavzuni dolzarbligi: antik davrda O‘rta Osiyo hududida yashagan ko‘chmanchi xalqlarning (saklar, massagetlar, daxlilar, yuechjilar va boshqalar) ijtimoiy tuzilishi, iqtisodiy faoliyati va siyosiy tizimi tahlil qilish. Tatqiqotning maqsadi: ushbu xalqlarning urug‘- qabila asosida tashkil topgan jamiyatlari, chorvachilikka asoslangan iqtisodiy hayoti, savdo aloqalari va tashqi siyosiy munosabatlari yoritib berish. Usul va uslublar: O‘rta Osiyo hududida yashagan ko‘chmanchi xalqlarning harbiy yurishlari, siyosiy mustaqillik uchun olib borgan kurashlari va boshqa sivilizatsiyalar bilan bo‘lgan madaniy almashinuvi arxeologik va yozma manbalar asosida ko‘rib chiqish. Tadqiqot davomida O‘rta Osiyo tarixining ilk bosqichlaridagi ko‘chmanchi xalqlarning umumiy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi ochib berishdan iborad. Antik davrda O‘rta Osiyo hududi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xalqlar yashagan muhim makonlardan biri bo‘lgan. Ular orasida saklar, massagetlar, daxlilar, yuechjilar va boshqa ko‘plab etnoslar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ularning ijtimoiy tuzilmasi, iqtisodiy faoliyati va siyosiy tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Ko‘chmanchi jamiyatlarda urug‘-qabila tuzumi asosiy ijtimoiy birlik bo‘lgan. Bunday tizimda hokimiyat odatda qabila boshlig‘i-sardorlar qo‘lida jamlangan, ularning obro‘-e’tibori harbiy salohiyat va siyosiy ittifoqlar orqali belgilanar edi. Harbiy kuch va yurishlar, ayniqsa, ko‘chmanchi xalqlarning siyosiy hayotida hal qiluvchi o‘rin egallagan. Iqtisodiy faoliyatda chorvachilik ustun bo‘lib, ayniqsa, ot, qo‘y, tuya va sigir boqish keng tarqalgan edi. Ko‘chmanchilar savdo-sotiq orqali o‘z mahsulotlarini dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalqlar bilan almashgan, bu esa iqtisodiy aloqalarning kengayishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li shakllanishining dastlabki bosqichlarida ular muhim vositachilar sifatida ishtirok etganlar. Natijalar: Arxeologik va yozma manbalar (gerodot, strabon, arrian va boshqalar asarlari) ko‘chmanchi xalqlarning hayoti, urf-odatlari va tashqi siyosiy aloqalari haqida muhim ma’lumotlar beradi. Shuningdek, ularning madaniy ta’siri va harbiy qudrati O‘rta Osiyoning keyingi tarixiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Xulosa: Umumiy olganda, antik davrdagi O‘rta Osiyo ko‘chmanchi xalqlari nafaqat o‘z mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, balki umumiy tarixiy jarayonlarda ham muhim o‘rin tutadi.Ularning fa’oliyati mintaqa taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatib, keying davirlardagi sivilizatsiyalarning shakillanishiga zamin yaratadi.