O'QUVCHILARNING AMALIY KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA GEOGRAFIK TOPSHIRIQLARNI AHAMIYATI
Abstract
Geografik bilimlarni nazariy o‘zlashtirish bilan bir qatorda, ularni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati zamonaviy ta’lim talablaridan biri sanaladi. Mazkur maqolada geografik topshiriqlarning umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdagi roli yoritilgan, turli tipdagi geografik topshiriqlar – xaritalar bilan ishlash, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, kuzatuv asosida xulosa chiqarish va joyning geografik holatini baholash kabi topshiriqlar misolida o‘quvchilarda analitik tafakkur, muammo yechish va qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarning shakllanishi tahlil qilingan.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 20 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us O‘QUVCHILARNING AMALIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA GEOGRAFIK TOPSHIRIQLARNI AHAMIYATI Yermatov Muzaffar Kenjabayevich, Toshkent shahar Chilonzor tumani 357-maktab Annotatsiya. Geografik bilimlarni nazariy o‘zlashtirish bilan bir qatorda, ularni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati zamonaviy ta’lim talablaridan biri sanaladi. Mazkur maqolada geografik topshiriqlarning umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdagi roli yoritilgan, turli tipdagi geografik topshiriqlar – xaritalar bilan ishlash, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, kuzatuv asosida xulosa chiqarish va joyning geografik holatini baholash kabi topshiriqlar misolida o‘quvchilarda analitik tafakkur, muammo yechish va qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarning shakllanishi tahlil qilingan. Tayanch so‘zlar. geografik topshiriq, amaliy ko‘nikma, o‘quv faoliyati, xarita bilan ishlash, analitik tafakkur, statistik tahlil, mustaqil fikrlash, pedagogik yondashuv, muammo yechish, ta’lim jarayoni. ЗНАЧЕНИЕ ГЕОГРАФИЧЕСКИХ ЗАДАНИЙ В РАЗВИТИИ ПРАКТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ УЧАЩИХСЯ Аннотация. Наряду с теоретическим усвоением географических знаний, умение применять их на практике является одним из современных требований к образованию. В данной статье освещается роль географических заданий в формировании и развитии практических навыков учащихся в системе общего среднего образования. На примере различных типов географических заданий ‒ работы с картами, анализа статистических данных, формулирования выводов на основе наблюдений и оценки географического положения местности ‒ рассматривается формирование у учеников аналитического мышления, навыков решения проблем и принятия решений. Ключевые слова. географическое задание, практический навык, учебная деятельность, работа с картой, аналитическое мышление, статистический анализ, самостоятельное мышление, педагогический подход, решение проблем, образовательный процесс. THE IMPORTANCE OF GEOGRAPHICAL TASKS IN DEVELOPING STUDENTS’ PRACTICAL SKILLS
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 21 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Abstract. Alongside the theoretical acquisition of geographical knowledge, the ability to apply it in practice is considered one of the key requirements of modern education. This article highlights the role of geographical tasks in developing and enhancing students' practical skills in general secondary education. It analyzes how various types of geographical tasks ‒ such as working with maps, analyzing statistical data, drawing conclusions based on observation, and assessing the geographical location of an area ‒ contribute to the development of analytical thinking, problem-solving, and decisionmaking skills in students. Keywords. geographical task, practical skill, learning activity, map reading, analytical thinking, statistical analysis, independent thinking, pedagogical approach, problemsolving, educational process. Zamonaviy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri ‒o‘quvchilarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Ayniqsa, geografiya fanini o‘qitishda bu yondashuv alohida o‘rin tutadi. Geografik bilimlar hayotiy voqelik bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni real hayotda qo‘llay olish qobiliyati o‘quvchining fanni chuqur anglaganligini ko‘rsatadi. Amaliy topshiriqlar yordamida o‘quvchilar xarita bilan ishlash, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, kuzatish asosida xulosa chiqarish, joyning geografik holatini baholash kabi muhim kompetensiyalarni egallaydilar. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga, mantiqiy va tizimli tahlilga yo‘naltiradi. Shu jihatdan geografik topshiriqlarning turlari va ularning to‘g‘ri tanlanishi, ularni dars jarayonida bosqichma-bosqich qo‘llash orqali o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada aynan shu masala ilmiypedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi hamda samarali yondashuvlar yoritiladi. Asosiy qism. Ta’lim jarayonida fanlar o‘rtasida geografiyaning ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Buning asosiy sababi ‒ geografiya fani nafaqat tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni tushuntirishga xizmat qiladi, balki o‘quvchilarda hayotiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishda esa geografik topshiriqlarning o‘rni beqiyosdir. Geografik topshiriqlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ularni real voqelik bilan bog‘lash, mustaqil fikrlashga undash, tahliliy yondashuvni shakllantirish kabi vazifalarni bajaradi. Bugungi kunda ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosiy tamoyilga aylangan bo‘lib, har bir o‘quvchining egallagan bilimini amalda qo‘llay olishi muhim sanaladi. Shunday sharoitda geografik topshiriqlar o‘quvchilarni faollashtirish, ularni izlanishga, kuzatishga va o‘z fikrini asoslay olishga o‘rgatishda asosiy vosita hisoblanadi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 22 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Geografik topshiriqlar turlari jihatidan juda xilma-xildir. Ularga xarita bilan ishlash topshiriqlari, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, muammoli vaziyatlar yechimini topish, kuzatuv va ekskursiya asosida bajariladigan topshiriqlar, loyiha ishlariga asoslangan topshiriqlar kiradi (1-rasm). Har bir topshiriq turi o‘ziga xos tarzda o‘quvchining fikrlash darajasi, ko‘nikmasi va bilimini sinovdan o‘tkazadi [3]. 1-rasm. Geografik topshiriq turlari Statistik ma’lumotlarga asoslangan topshiriqlar esa o‘quvchilarda analitik fikrlashni shakllantiradi. Bu topshiriqlar orqali o‘quvchi berilgan ma’lumotlar asosida o‘z xulosasini chiqaradi, turli davrlar yoki hududlar bo‘yicha taqqoslashlar o‘tkazadi, sabab-oqibat aloqalarini aniqlaydi. Misol uchun, aholi sonining o‘zgarishi, tabiiy resurslar taqsimoti yoki iqlim ko‘rsatkichlari kabi statistik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali o‘quvchilar voqelikni chuqurroq anglaydi va mantiqiy fikrlashga o‘rgatiladi. Kuzatuvga asoslangan topshiriqlar esa o‘quvchini bevosita atrof-muhitni o‘rganishga, o‘z mustaqil fikrini shakllantirishga yo‘naltiradi. Darsdan tashqari tashkil etiladigan ekskursiyalar, dala mashg‘ulotlari yoki maktab hududidagi oddiy kuzatuvlar orqali o‘quvchilar tabiat hodisalari, relyef shakllari, suv obyektlari yoki antropogen omillarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, kuzatish asosida tahlil qilishni o‘rganadilar. Bu esa ularning bilimlarni real hayotga bog‘lashiga xizmat qiladi. Muammoli vaziyat asosidagi topshiriqlar esa o‘quvchilarni mustaqil ravishda qaror qabul qilishga, muqobil yechimlarni taklif etishga undaydi. Masalan, “Aholining haddan tashqari zich yashashi qanday muammolarni keltirib chiqaradi va bu muammolarni qanday hal etish mumkin?”, “Iqlim o‘zgarishi qaysi hududlarga ko‘proq
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 23 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ta’sir ko‘rsatadi?” kabi savollar asosidagi topshiriqlar o‘quvchining tanqidiy fikrlashi, mantiqiy tahlil qilish, sabab va oqibatni ajrata olish salohiyatini oshiradi. Bunday topshiriqlarning samaradorligi, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarida yaqqol ko‘zga tashlanadi [5]. Loyiha ishlariga asoslangan topshiriqlar esa chuqur o‘rganish, izlanish, jamoaviy faoliyat va taqdimot ko‘nikmalarini shakllantiradi. Masalan, “Hududiy turizm imkoniyatlari”, “Mintaqamizdagi ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari” kabi loyihalar o‘quvchilarni muayyan mavzuni mustaqil o‘rganishga, ma’lumot to‘plashga, natijalarni tahlil qilish va taqdimot qilishga undaydi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, axborot texnologiyalaridan foydalanishga va jamoada ishlashga o‘rgatadi. Xarita bilan ishlash topshiriqlari o‘quvchidan joylashuvni aniqlash, koordinatalarni topish, muayyan obyektlarning o‘zaro joylashuviga baho berish kabi amaliy harakatlarni talab qiladi. Bu orqali o‘quvchi fazoviy tafakkurni rivojlantiradi, xarita sharti, masshtab, izox belgilar bilan ishlash ko‘nikmasini egallaydi. Shuningdek, geografik topshiriqlarni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Har bir dars mavzusi o‘z mohiyatiga ko‘ra mos topshiriq turi bilan boyitilishi kerak. Masalan, “Yer sharining ichki tuzilishi” mavzusida xarita va modeldan foydalanilgan topshiriqlar, “Iqlim o‘zgarishi” bo‘yicha esa statistik tahlilga asoslangan topshiriqlar samaraliroq natija beradi. Darsda interfaol metodlar asosida tashkil etilgan geografik topshiriqlar o‘quvchini faollikka undaydi, bilimlarni mustahkamlashda samarali vositaga aylanadi. Bu orqali ta’lim jarayonining sifati ortadi, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi kuchayadi. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda yana bir muhim jihat – o‘quvchining mustaqil ishlashini tashkil etishdir. Bu borada individual topshiriqlar, uyga vazifalar, kichik tadqiqot ishlariga asoslangan mashqlar muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchi o‘zi mustaqil topgan ma’lumotga ko‘proq ishonadi, uni chuqurroq o‘zlashtiradi. Shu sababli, geografik topshiriqlarning faqat darsda emas, balki darsdan tashqari faoliyatda ham qo‘llanilishi zarur [4]. Amaliy ko‘nikmalar o‘quvchining nafaqat fanga oid bilimini, balki umumiy kompetensiyalarini – muammoni anglash, yechim izlash, qaror qabul qilish, ma’lumotni taqdim etish, jamoada ishlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kabi ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Bugungi kunda bu ko‘nikmalar har qanday kasb egasi uchun muhim hisoblanadi. Shu bois geografik topshiriqlarning o‘quvchilarning kelajakdagi hayotida ham amaliy ahamiyati katta. Yuqorida keltirilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, geografik topshiriqlarning turlitumanligi va ularning to‘g‘ri tanlanib, o‘z o‘rnida qo‘llanilishi o‘quvchilarning
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 24 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us faolligini oshirish, bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda beqiyos rol o‘ynaydi. Geografiya fani orqali o‘quvchi nafaqat tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarga ega bo‘ladi, balki bu bilimlarni real hayotga tatbiq etishni, muammolarni yechishni, fikrini asoslashni va o‘z pozitsiyasini ifodalashni o‘rganadi. Bu esa zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlariga to‘liq mos keladi. Xulosa. Geografiya fanida o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish hamda hayotiy muammolarga amaliy yechim topishga yo‘naltirishda geografik topshiriqlarning o‘rni juda muhim va beqiyosdir. Zamonaviy ta’lim jarayonida nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki bu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil tahlil qilish, muammoni aniqlash va uni hal etish yo‘llarini izlash asosiy maqsad sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, geografik topshiriqlar o‘quvchilarning bilimlarini real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lab, ularni faollikka, mustaqil fikrlashga, izlanishga rag‘batlantiradi. Geografik topshiriqlar turli shakllarda bo‘lib, ular orasida xarita bilan ishlash, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni kuzatish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va yechish, shuningdek, loyiha asosida ishlash kabi ko‘plab amaliy usullar mavjud. Ushbu turli xil topshiriqlar o‘quvchilarda nafaqat geografik bilimlarni chuqurlashtiradi, balki ularni tizimli fikrlash, mas’uliyatni his qilish, vaqtni samarali boshqarish va jamoada ishlash ko‘nikmalari bilan ham boyitadi. Ta’lim jarayonida geografik topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning fan va atrof-muhitga bo‘lgan qiziqishini jonlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarda nafaqat qog‘ozda yozilgan bilimlar emas, balki real dunyo hodisalarini anglash va ularni amalda qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada, o‘quvchilar o‘z fikrini mantiqiy asoslab, xulosalar chiqarish va amaliy yechimlar topish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularni kelajakda murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlaydi. Zamonaviy ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida geografik topshiriqlardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarda faqatgina fan doirasida emas, balki ularning kundalik hayotida va kelajakdagi kasbiy faoliyatida ham zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi. Masalan, analitik fikrlash, muammolarni tizimli ko‘rib chiqish, vaqt va resurslarni boshqarish, hamda ijodiy yondashuv orqali yangi g‘oyalar ishlab chiqish kabi ko‘nikmalar bu jarayonda rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida, yoshlarni jamiyatning faol, ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli va tanqidiy fikrlaydigan a’zolariga aylantiradi. Geografik topshiriqlarning o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati mavzusidagi ushbu maqolaning asosiy mazmunidan kelib chiqib quyidagu takliflarni keltirib o‘tmoqchiman:
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 25 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us – maktab geografiya o‘qituvchilari uchun sinf va mavzular kesimida amaliy topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilishi zarur. – har bir mavzuga mos ravishda xarita asosida savollar va mashqlar kiritilishi lozim. – rasmiy statistik ma’lumotlarga asoslangan topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tahliliy fikrlash qobiliyati rivojlantirilishi kerak. – o‘quvchilarni ekologik, ijtimoiy-geografik va iqtisodiy mavzularda mustaqil loyiha ishlarini bajarishga jalb etish. – interaktiv xaritalar, raqamli atlantar, Google Earth kabi vositalar asosida topshiriqlar tuzish. – amaliy topshiriqlarni samarali tuzish va qo‘llash bo‘yicha muntazam seminar va treninglar o‘tkazish. – geografiya bilan bog‘liq matematika, tarix, biologiya kabi fanlar bilan integratsiyalashgan topshiriqlarni joriy etish. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. (23.09.2020) 2. Geografiya fanining davlat ta’lim standarti. ‒ T.: 2021. 3. Tursunov A. “Geografiya ta’limida interfaol usullar”. ‒ T.: O‘qituvchi, 2020. 4. Rasulova N. “Geografiyada amaliy mashg‘ulotlar”. ‒ Samarqand: 2021. 5. Karimov S. “Zamonaviy geografik ta’limda topshiriqlardan foydalanish usullari” // Geografiya va tabiiy fanlar, 2022, №4.