PROFESSIONAL MUHITDA MUVAFFAQIYATLI BO'LISH
Abstract
Ushbu maqolada professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy omillari va shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Kasbiy muvaffaqiyat insonning bilim va malakasigagina emas, balki uning mas’uliyati, muloqot madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmasi va shaxsiy fazilatlariga ham bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zini rivojlantirish, vaqtni boshqarish, ijodkorlik va kasbiy etiketning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Natijada professional muhitda barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar va strategiyalar ochib beriladi.
Full text
210 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 PROFESSIONAL MUHITDA MUVAFFAQIYATLI BO‘LISH Zarifa Normurodova Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. O‘g‘ilshod Ramazonova Termiz davlat universiteti 3-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17315484 Annotatsiya. Ushbu maqolada professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy omillari va shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Kasbiy muvaffaqiyat insonning bilim va malakasigagina emas, balki uning mas’uliyati, muloqot madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmasi va shaxsiy fazilatlariga ham bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zini rivojlantirish, vaqtni boshqarish, ijodkorlik va kasbiy etiketning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Natijada professional muhitda barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar va strategiyalar ochib beriladi. Kalit so‘zlar: professional muhit, kasbiy rivojlanish, mehnat intizomi, jamoaviy ish, liderlik, kommunikatsiya madaniyati, kasbiy axloq, etiket, motivatsiya. BEING SUCCESSFUL IN A PROFESSIONAL ENVIRONMENT Abstract. This article analyzes the main factors and conditions for success in a professional environment. It highlights the fact that professional success depends not only on a person's knowledge and skills, but also on his responsibility, communication culture, teamwork skills and personal qualities. The article also discusses the importance of self-development, time management, creativity and professional etiquette. As a result, the qualities and strategies necessary for achieving sustainable success in a professional environment are revealed. Keywords: professional environment, professional development, work discipline, teamwork, leadership, communication culture, professional ethics, etiquette, motivation. ДОСТИЖЕНИЕ УСПЕХА В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ СРЕДЕ Аннотация. В статье анализируются основные факторы и условия достижения успеха в профессиональной среде. Подчеркивается, что профессиональный успех зависит не только от знаний и навыков человека, но и от его ответственности, культуры общения, навыков командной работы и личностных качеств. В статье также обсуждается важность саморазвития, тайм-менеджмента, креативности и профессионального этикета. В результате раскрываются качества и стратегии, необходимые для достижения устойчивого успеха в профессиональной среде. Ключевые слова: профессиональная среда, профессиональное развитие, трудовая дисциплина, командная работа, лидерство, культура общения, профессиональная этика, этикет, мотивация. Professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish masalasi bugungi kunda har bir soha vakili uchun dolzarb hisoblanadi. Chunki zamonaviy davrda mehnat bozori tobora raqobatbardosh bo‘lib bormoqda va har bir mutaxassisdan nafaqat kasbiy bilim, balki shaxsiy fazilat, muloqot madaniyati, madaniy nutq sohibi bo‘lishni hamda professional vazifasiga mas’uliyatli yondashuvni talab qilinadi. Professional muhit – bu inson o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshiradigan ijtimoiy muhit bo‘lib, unda mehnat intizomi, axloqiy qadriyatlar, hamkorlik, o‘zaro hurmat va jamoaviy ishlash tamoyillari ustuvor o‘rinda turadi. Professional muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillaridan biri bu – chuqur kasbiy bilim va amaliy tajribadir. Mutaxassis o‘z sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi, malakasini
211 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 doimiy oshirib borishi kerak. Bilim bilan bir qatorda, insonning mas’uliyatli bo‘lishi, ishni vijdonan bajarishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishi ham muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Muloqot madaniyati professional muhitda alohida ahamiyat kasb etadi. Har qanday kasbiy faoliyatda insonlar o‘rtasidagi sog‘lom muloqot, o‘zaro hurmat va samimiylik muhimdir. Samimiy muloqot o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, jamoada ijobiy muhit yaratadi va ish samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kasbiy etiket va axloq qoidalariga rioya qilish, har bir hamkasb bilan odob doirasida muomala qilish zarurdir. Professional muhitda muvaffaqiyatga erishishda shaxsiy fazilatlarning o‘rni katta. Mehnatsevarlik, sabr-toqat, intizom, qat’iyat, o‘ziga ishonch, ijobiy fikrlash kabi sifatlar insonni kasbiy va hayotiy jihatdan bardavom qiladi. Ayniqsa, o‘z ustida ishlash, doimiy intellektual rivojlanishga intilish, o‘z xatolarini tan olish va ularni vaqtida bartaraf etish kabi fazilatlar professional yetuklikni shakllantiradi. Bundan tashqari, ijodkorlik va tashabbuskorlik ham muvaffaqiyat kalitlaridan biridir. Har bir mutaxassis o‘z ishida yangicha yondashuvlarni qo‘llasa, innovatsion g‘oyalarni ilgari sursa, bu nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki tashkilotning ham taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Zamonaviy dunyoda fikrlar xilma-xilligi, yangi g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati eng qadrlanadigan jihatlardan sanaladi.Jamoaviy ishlash professional muhitda muvaffaqiyatni ta’minlovchi yana bir muhim omildir. Chunki har bir inson yakka holda barcha natijalarga erisha olmaydi; jamoada esa hamkorlik, o‘zaro yordam, fikr almashish orqali murakkab masalalarga yechim topish osonlashadi. Jamoaviy ishda ishtirok etish insonni ijtimoiy faollikka, mas’uliyat va hamkorlik madaniyatiga o‘rgatadi.Kasbiy axloq va etiket professional obro‘ni shakllantiradi. Ish joyida odob, halollik, xushmuomalalik, tartiblilik, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish – bularning barchasi insonning ichki madaniyatini ifodalaydi. Axloqiy qadriyatlarni hurmat qilgan shaxs doimo jamoa e’tiborida bo‘ladi, ishonchni qozonadi va bu uning kasbiy muvaffaqiyatini yanada mustahkamlaydi. Etiket qoidalariga nafaqat davlatlar, jamiyatning har bir a’zosi va kasb guruhlari a’zolari tomonidan ham rioya qilishlari lozim. O‘zini madaniyatli hisoblaydigan har bir kishi etiket qoidalarining asosiylarini nafaqat bilishlari, ularga itoat qilishlari ham kerak, chunki muomala qilishda o‘zini tuta bilish va toʻgʻri xatti-harakat qilish aloqa qilishni osonlashtiradi, bir-birlarini tezroq tushunish uchun imkoniyat yaratadi, barqaror aloqa o'rnatish garovi bo‘lib hisoblanadi 1 . Professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun yana bir muhim jihat — bu vaqtni to‘g‘ri boshqarishdir. Har bir shaxs o‘z faoliyatini rejalashtirishi, ustuvor vazifalarni aniqlashi, vaqtni behuda o‘tkazmasligi lozim. Rejalashtirish va intizom muvaffaqiyat sari ishonchli qadamlardir. Shuningdek, professional muvaffaqiyatda rahbarlik fazilatlari ham muhim rol o‘ynaydi. Rahbarlik faqat boshqalarni boshqarish emas, balki jamoaga yo‘l ko‘rsatish, ularga turtki berish, har bir xodimni qadrlash va ilhomlantirish san’atidir. Adolatli va bilimli rahbar professional muhitni sog‘lom saqlaydi, xodimlarning muvaffaqiyatga erishishiga sharoit yaratadi. Bugungi kunda har qanday sohada muvaffaqiyat kaliti moslashuvchanlik, innovatsion fikrlash va muloqot madaniyati hisoblanadi. Chunki zamon o‘zgarar ekan, bir paytlar yetarli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bugun eskirgan bo‘lishi mumkin. Shu bois har bir mutaxassis o‘z sohasida yangiliklarni o‘rganib borishi, o‘zini muntazam ravishda rivojlantirishi zarur. Professional muhitda insonning obro‘si nafaqat kasbiy yutuqlari, balki uning axloqiy qiyofasi bilan ham belgilanadi. Ish joyida halollik, mas’uliyat, va’daga sodiqlik va vaqtni 1 Xudayshukurov T., Shukurov L., Mamarasulov Z. Kasbiy etika va etiket. Darslik. – Toshkent: IQTISODMOLIYA, 2021. 14-b.
212 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 qadrlash kabi qadriyatlar katta ahamiyatga ega. Agar xodim ishini vijdonan bajarsa, rahbar va jamoa ishonchini qozonadi. Natijada, u faqatgina malakali kadr emas, balki jamoa uchun namuna bo‘lgan shaxs sifatida baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, muvaffaqiyat – bu faqat natija emas, balki jarayon davomida o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan samimiy munosabatdir. Har bir inson professional hayotida turli bosqichlarni bosib o‘tadi: o‘rganish, tajriba orttirish, xatolardan saboq olish va o‘z yo‘lini topish. Shuning uchun ham muvaffaqiyatni o‘lchashda faqat tashqi belgilar lavozim, maosh yoki mukofotlar emas, balki insonning ichki qoniqish darajasi ham muhim. O‘z ishidagi ma’no va qadriyatni his qilgan inson haqiqiy muvaffaqiyat egasidir. Bu fikrni ko‘plab psixologlar ham tasdiqlaydi: agar inson o‘z ishini sevsa, u nafaqat natijaga erishadi, balki atrofdagilarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ish bozori juda raqobatbardosh bo‘lib, har bir sohada o‘z o‘rnini topish uchun nafaqat bilim, balki ko‘nikmalar ham zarur. Bular jamoada ishlash, muloqot o‘rnatish, muammoni hal qilish, stressni boshqarish va moslashuvchanlik kabi fazilatlardir. Ba’zan eng bilimdon xodim emas, balki jamoa bilan yaxshi til topisha oladigan, boshqalarni tinglay oladigan inson muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Chunki har qanday ish joyida insonlar bilan muloqot – bu muvaffaqiyatning kalitidir. Professional muhitda muvaffaqiyatga erishish uchun inson o‘zini tahlil qilishni ham bilishi lozim. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini bilgan shaxs o‘z ustida samaraliroq ishlaydi. Masalan, agar kimdir muloqotda sust bo‘lsa, u bu ko‘nikmasini rivojlantirish uchun treninglarda qatnashishi yoki til ilmini rivojlantirishi, nutqi ustida ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar qilishi mumkin. Shuningdek, o‘zini tahlil qilish insonni haddan tashqari tanqid qilish degani emas, balki o‘zini yaxshilash yo‘lidagi tabiiy jarayondir. Muvaffaqiyat kaliti sifatida xushmuomalikni o‘rni beqiyos. Buyuk shoir Alisher Navoiy hazratlari “Mahbub ul-qulub” asarida xushmuomalikni ulug‘lab, insonning husniga ko‘rk beruvchi go‘zal va chidamli matosi deya ta’riflaydi. Shuningdek, xushmuomalalik qat’iy tartibga asoslangan axloqiy me’yor hisoblanadi: u o‘zgani ranjitmaslik, birovga yomon so‘z aytmaslik, bahs-m unozaraga kirishganda muxolifni hurmat qilish, qo‘rslik va chapanilikdan xoli bo‘lish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi 2 . Muvaffaqiyatli insonlar odatda vaziyatni nazorat qiladigan odamlardir. Ular xatolardan qo‘rqmaydi, aksincha, ularni tajriba sifatida qabul qiladi. Chunki har bir xato o‘sish uchun imkoniyatdir. Muvaffaqiyatli insonning yana bir muhim fazilati vaqtni qadrlashdir. Ular vaqtni rejalashtirish, ustuvorliklarni aniqlash va energiyani to‘g‘ri taqsimlash orqali samarali ishlashadi. Bunday insonlar har kuni o‘z oldiga kichik, ammo aniq maqsadlar qo‘yishadi va ularga muntazam erishib borishadi. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati bеqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi 3 . Shuningdek, professional muhitda insonning emosional intellekti ham katta rol o‘ynaydi. Bu tushuncha o‘z hissiyotlarini va boshqalarning hissiyotlarini anglay olish, boshqarish hamda mos munosabat o‘rnatishni anglatadi. Yuqori emosional intellektga ega insonlar ko‘pincha mojarolardan uzoq turishadi, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishadi va jamoada ishonchli muhit yaratishadi. Muvaffaqiyatning yana bir asosiy omili — bu motivatsiya. Ichki motivatsiya (ya’ni insonni ichki istak, qiziqish va maqsadlar harakatga undashi) uzoq muddatli natijalarni beradi. Tashqi motivatsiya — maosh, lavozim yoki e’tirof kabi rag‘batlar esa vaqtinchalik turtki bo‘lishi mumkin, lekin doimiy motivatsiya manbai ichkaridan kelishi kerak. 2 B. Husanov, V. G‘ulomov. Muomala madaniyati. Darslik. –Toshkent, 2009. – B. 24. 3 N.A. Mirashirova, I.G. Raximova, D.K. Muxamеdjanova. Kasb etikasi va kommunikatsiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti. 2014. B. - 47-b.
213 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Shuning uchun ham har bir inson o‘z ishining mohiyatini, maqsadini va foydasini anglab ishlasa, u muvaffaqiyat sari barqaror qadam tashlaydi.Ish joyida axloqiy qoidalarni buzish, boshqalarni hurmat qilmaslik yoki shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish insonning obro‘siga katta putur yetkazadi. Shu sababli professional muhitda to‘g‘rilik, halollik va mas’uliyat doimo yetakchi o‘rinda bo‘lishi zarur. Bu nafaqat shaxsiy obro‘ni mustahkamlaydi, balki butun jamoa samaradorligini oshiradi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish insonning kasbiy bilim, malaka, madaniyat, axloqiy qadriyatlar hamda ijtimoiy faollik jihatidan mukammal shakllanish jarayonidir. Muvaffaqiyatli mutaxassis har doim o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lib, o‘z ustida ishlaydi, yangi tajribalarni o‘rganadi va o‘zini rivojlantirishga intiladi. Bugungi kunda mehnat bozorida raqobatning kuchayib borayotgani sharoitida har bir insondan ijodkorlik, moslashuvchanlik va yangiliklarga ochiqlik talab etiladi. Kasbiy muvaffaqiyat nafaqat bilim va ko‘nikmalarga, balki shaxsning ruhiy barqarorligi, emotsional aql darajasi va jamoa bilan hamkorlikda ishlash madaniyatiga ham bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun zamonaviy professional inson o‘z faoliyatini nafaqat o‘z manfaatlari, balki jamiyat taraqqiyoti, kasbiy axloq va insoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borishi zarur. Xulosa qilib aytganda, professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish – bu bir kunlik natija emas, balki uzluksiz mehnat, o‘zini tahlil qilish, ijobiy fikrlash, muloqot madaniyatini rivojlantirish va o‘z kasbini sevishdan iborat uzoq davom etuvchi jarayondir. Har bir yosh mutaxassisning vazifasi – o‘zining ichki imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishi, o‘z yo‘lini topishi va kasbiy jihatdan yetuk inson sifatida jamiyat rivojiga hissa qo‘shishi muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jo‘rayev M., Tursunov D. Kasbiy muloqot etikasi. – Toshkent: Fan, 2020. 2. Mirashirova, I.G. Raximova, D.K. Muxamеdjanova. Kasb etikasi va kommunikatsiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti. 2014. 128-b. 3. Xudayshukurov T., Shukurov L., Mamarasulov Z. Kasbiy etika va etiket. Darslik. – Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2021. 226-b 4. Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. Darslik. – Toshkent: “Ta’lim nashriyoti”, 2009. 156-b. 5. Nadim Muhammad Humayun. Nutq madaniyati (o‘quv qo‘llanma). – Termiz: TerDU NMM nashri, 2025. 6. Raxmatova G. Kasbiy o‘zini rivojlantirish asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2023.