Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 44 MUSTAQILLIK YILLARIDA TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR Yuldosheva Feruza Yashin qizi Osiyo xalqaro Universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17316739 2016-yil “Tez yordam” tizimida har bir chaqiriqqa sarflangan mablagʻ oʻrtacha 745 soʻmni tashkil etgani soʻzimiz tasdigʻi, albatta. Sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida tizimdagi mavjud koʻpgina muammolar butkul barham topdi. Xususan, “Tez yordam”da bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 10 barobardan ziyodga oshib, oʻrtacha 7 ming 700 soʻmni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda 2016-yilda 800 ta “tez yordam” shoxobchalari va 1 ming 648 ta tez tibbiy yordam brigadalari faoliyat yuritgan boʻlsa, ayni paytda ularning soni mos ravishda 1 ming 666 ta va 2 ming 685 taga yetkazildi. Qolaversa, 2016-yilda Toshkent shahri tez yordam tarmogʻida bor-yoʻgʻi 24 ta reanimobil boʻlib, birgina oʻtgan 2020-yilning 4 oyi davomida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 dona “Ford” rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilindi. Bugungi kunda respublika tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud boʻlib, 13 ming aholiga bitta avtomashina toʻgʻri kelmoqda. Vaholanki, bu raqam ham bundan bir necha yil avval 15 ming nafardan iborat edi 1 . 2018-yilda Buxoro viloyati kesimida oladigan bo’lsak, shoshilinch (tez) tibbiy yordam bo‘yicha rasmiy statistikasida tez yordam birliklari (jami): 111 tani, bajarilgan chaqiriqlar 463 968 tani, tibbiy yordam ko‘rsatilgan shaxslar: 510 704 kishini tashkil etganligi sohadagi ijobiy o’zgarishlarni isbotidir 2 . Umuman olganda, 2018-yilda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimida muassasalar sonining ortishi, moddiy-texnika bazaning mustahkamlanishi, kadrlar salohiyatining oshishi va aholining kasallikka chalinish ko‘rsatkichlarining qisqarishi hududda olib borilgan islohotlarning amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etdi. 2019yilda viloyat bo‘yicha 82 ta shifoxona muassasalari faoliyat olib borgan. Yil davomida ularda 352839 nafar bemor davolangan. Shifokorlar soni o‘tgan 2018yilga nisbatan 102,5 % ga, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 102,2 % ga ortgan. Viloyatda ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 536 tani tashkil etadi. Ulardan 93 tasi qishloq vrachlik punktlari hisoblanadi. O‘tgan 2018yilga nisbatan ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 50 taga ortgan. Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam 2018-yil davomida bajarilgan chaqiriqlar soni 589073, tibbiy yordam ko'rsatilgan shaxslar 627232 kishini tashkil etgan 3 . 2018-yilda Buxoro viloyatida amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash 1 https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_3195.pdf 2 https://www.buxstat.uz/uploads/press-relizlar/2018/cots/sogliqni_saqlash.pdf 3 https://www.buxstat.uz/uploads/press-relizlar/2018/cots/sogliqni_saqlash.pdf
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 45 tizimidagi islohotlar natijalari tahlili hududiy sog‘liqni saqlash siyosatining amaliy samaradorligini ko‘rsatadi. Avvalo, sog‘liqni saqlash muassasalari sonining ko‘payishi va ularning moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirishga xizmat qilgan. Xususan, ambulatoriya-poliklinika muassasalari sonining ortishi birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish, profilaktik xizmatlarni kuchaytirish va davolash jarayonining samaradorligini oshirish imkonini berdi. Kadrlar ta’minotida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari sonining o‘sdi, xususan jami shifokorlar soni 5798 nafarni tashkil etgan. Shu bilan birga, o‘rta tibbiyot xodimlari sonining yuqoriligi tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aholi sog‘lig‘iga oid ko‘rsatkichlarda, xususan birinchi marta tashxis qo‘yilgan kasalliklar sonining kamayishi, profilaktika ishlarining kuchaygani va davolash tizimining samarali tashkil etilganidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijobiy natija berayotganini tasdiqlaydi. Biroq, tizimdagi ijobiy natijalarga qaramay, mavjud muammolarni ham inobatga olish lozim. Jumladan, kadrlar taqsimotida tibbiyot xodimlarining shahar va qishloq hududlari o‘rtasida notekis joylashuvi, ayrim tibbiyot muassasalarida yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, aholining ayrim qatlamlari uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklangani dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Umuman olganda, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi 2018-yilgi islohotlar qisqa muddatda sezilarli ijobiy natijalarni bergan bo‘lsa-da, ularni yanada barqaror va samarali qilish uchun tizimli yondashuv, resurslardan oqilona foydalanish va tibbiy xizmatlarda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zarur edi. Ilmiy izlanish davomida o‘rganilgan holatlar asosida quyidagi tavsiya va takliflar ishlab chiqildi: 1. Viloyat sog‘liqni saqlash tizimini rejalashtirishda mahalliy xususiyatlar demografik omillar hisobga olinishi zarur. Bu xizmatlarning yanada maqsadli va samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi. 2. Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish va ularning davlat tibbiy tizimi bilan samarali integratsiyasini yo‘lga qo‘yish kerak. Bu xizmatlar sifatini oshirib, raqobatni kuchaytiradi. 3. Elektron sog‘liqni saqlash tizimlarini (EHR – electronic health record) to‘liq joriy etish va barcha muassasalar o‘rtasida integratsiyalashgan raqamli tarmoq yaratish taklif etiladi. 4. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni zamonaviy davolashdiagnostika uslublariga o‘rgatish bo‘yicha muntazam treninglar tashkil etilishi lozim. 5. Sog‘liqni saqlash sohasida tarixiy-tarixiy-taqqoslov tadqiqotlar olib borish va viloyat sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanish bosqichlarini ilmiy asosda tahlil qilishni davom ettirish muhim ahamiyatga ega. 2018-yilda Buxoro viloyatida amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar tahlili xulosasi shuni ko‘rsatadiki, hududiy tibbiyot tizimi nafaqat miqdoriy, balki sifat jihatidan ham sezilarli darajada rivojlandi. Muassasalar sonining ortishi, moddiy-texnika bazaning
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 46 mustahkamlanishi, yangi diagnostika va davolash usullarining joriy etilishi, tez tibbiy yordam xizmatining takomillashtirilishi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qamrovi va samaradorligini oshirdi. Xususan, ambulatoriya-poliklinika muassasalari sonining ko‘payishi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yaqinlashtirilishiga, profilaktika va davolash xizmatlarining yaxshilanishiga olib keldi.Kadrlar ta’minotida ham ijobiy siljishlar kuzatilib, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari sonining ko‘payishi (5798 nafar) sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, xususiy tibbiyot muassasalari va kichik korxonalar faoliyatining kengayishi sog‘liqni saqlash sohasida raqobatni kuchaytirib, xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam berdi. Shu bilan birga, ilmiy izlanish davomida ayrim dolzarb muammolar ham aniqlandi. Jumladan, shahar va qishloq hududlari o‘rtasida tibbiyot xodimlarining notekis taqsimlanishi, ayrim muassasalarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarning yetarlicha rivojlanmaganligi, Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun sog‘liqni saqlash tizimini yanada chuqurroq raqamlashtirish, elektron tibbiy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, kadrlar malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zarur. Umuman olganda, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi 2018-yilgi islohotlar qisqa muddat ichida sezilarli natija berdi. Va bu natijalarni uzoq muddatli barqaror rivojlanishga aylantirish uchun tizimli yondashuv, samarali boshqaruv va xalqaro tajribadan oqilona foydalanish talab etiladi. Mazkur maqola natijalari esa hududiy sog‘liqni saqlash siyosatini ilmiy asosda takomillashtirish, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda kelgusida olib boriladigan islohotlarga metodologik asos yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3973-son qarori. 2. 2.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.- O‘zbekiston, 2017. – B. 592 3. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.- Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2017. 4. Nazarov B., Akbarov A. Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2017. 5. Buxoro viloyati statistika boshqarmasi rasmiy hisobotlari (2017-2018 yil). — www.buxstat.uz 6. Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axboroti. 2018-yilgi rasmiy press-reliz. – Buxoro: 2018 7. Buxoro viloyati hokimligi. “Salomatlik yillari” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida hisobot. – Buxoro, 2005. B.34 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-dekabrdagi PQ-3450-sonli qarori, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”. http://lex.uz//docs/- 3480494