QADIMGI O'RTA OSIYO XALQLARINING MADANIY MEROSI
Abstract
Bu mavzu ko‘pgina tarixchi, arxeolog, etnograf olimlar kishilik madaniy taraqqiyoti darajasini davrlashtirish muammosi ustida bosh qotirib, ilmiy izlanishlari natijasi hamda turli xil manbalarga tayangan holda, kurrai zaminda 5 marta yirik sivilizatsiya yuksalishlari ro‘y berganligini e’tirof etadilar.
Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 58 QADIMGI O‘RTA OSIYO XALQLARINING MADANIY MEROSI Sultonova Husanboy Qahramon oʻgʻli Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi Elektron pochta: [email protected] Tel: + 998901137071 https://doi.org/10.5281/zenodo.17316756 Dolzarbligi: Bu mavzu ko‘pgina tarixchi, arxeolog, etnograf olimlar kishilik madaniy taraqqiyoti darajasini davrlashtirish muammosi ustida bosh qotirib, ilmiy izlanishlari natijasi hamda turli xil manbalarga tayangan holda, kurrai zaminda 5 marta yirik sivilizatsiya yuksalishlari ro‘y berganligini e’tirof etadilar. Kalit so‘zlar: xalq, madaniyat, milliy meros, musiqiy meros, ma’naviyat, tarbiya, jarayon, faoliyat, nafosat. Kirish: O‘rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o‘rtalarida bronza (mis, qalay va qo‘rg‘oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug‘i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo‘jaligi yangi yerlarda, jumladan O‘zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi. O‘rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi yerlarni keng o‘zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g‘arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog‘i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4 - 3 ming yilliklarda) Afg‘onistonning shimoli - sharqida Hind - Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi: Bronza davrida O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo‘yli, boshi cho‘zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O‘rta Osiyoning shimoliy dasht va cho‘l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq bo‘lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O‘rta yer dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog‘iston va O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga yerlarigacha tarqalganlar. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O‘rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar. O‘zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so‘g‘dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o‘zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo‘lib, ular haqida ayrim ma'lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan. Usul va uslublar: Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy - tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o‘rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo‘lgan. Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O‘rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo‘lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o‘rganish
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 59 juda murakkab muammo bo‘lsa ham, shubhasiz aytib o‘tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O‘rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko‘ra ahmoniylar O‘rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O‘rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarningchegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to‘plangan edi. Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar paydo bo‘lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko‘pgina qabilalar va elatlar davlatchilik bosqichiga ko‘tarila olmadilar. Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4 - ming yillikda Ikki daryo oralig‘ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq buyerda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni yetishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish - chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik bu yerdan qo‘shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3 - 2 - ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o‘rtasida qalin tarixiy - madaniy aloqalar mavjud edi. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2 - ming yillik o‘rtalarida O‘zbekiston (Surxon vohasi) da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bujarayon bosqichma - bosqich rivojlanishining o‘ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi.Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan yerlar va sug‘orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o‘zlashtirilgan, xo‘jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug‘orma dehqonchilik vohalarida paydo bo‘lgan. Bunday vohalar aholisi uchuntashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni yechish muhim va hayotiy zaruriyat edi. Shu tariqa, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat - e’tiborga bo‘lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo‘lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo‘jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy - badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro‘ - e’tibori sabab bo‘lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to‘q oilalarning paydo bo‘lishiga olib keldi va asta - sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o‘g‘ilga o‘ta boshladi. O‘rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo‘ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi. O‘rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar yo‘q. O‘zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to‘liq ochib
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 60 bera olmaydi. Miloddan avval III asrning o‘rtalarida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Parfiya davlati hozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o‘z ichiga olgan. Bu davlatning birinchi hukmdori Arshak bo‘lib, u miloddan avval 247 - yili taxtga o‘tiradi. Miloddan avval 235 - yildan boshlab, Parfiya podsholari o‘z yerlari hududlarini kengaytirib bordilar. Milodiy III asrning birinchi choragida sosoniylar arshakiylar hukmronligini tugatib, Parfiyada hokimiyatni qo‘lga oldilar. Antik davr Parfiyaning qishloq xo‘jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Miloddan avval III asr o‘rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi O‘zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi. Undan tashqari, parfiyaliklar besh asr davomida Hindiston, O‘rta Osiyo va Xitoyning g‘arb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy (Niso hujjatlari) yozuvi bo‘lib, zardo‘shtiylik diniga e’tiqod qilishgan.Qadimgi Farg‘ona turli davrmanbalarida Dovon, Boxan, Polona, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Ma’lumotlarga qaraganda Ershi (Marhamat) shahri Dovonning poytaxti edi. Natijalar: Antik davr Dovon aholisi dehqonchilik, uzumchilik, yilqichilik bilan shug‘ullanishgan. Dovonning “samoviy otlari” o‘lkadan tashqarida ham ma’lum va mashhur bo‘lgan. Miloddan avval II asrning oxirlarida Xitoy hukmdorlari Dovon yerlarini bosib olishga harakat qildilar. Ammo qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab - quvvatlangan dovonliklar o‘z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Miloddan avval III asrlar boshlarida paydo bo‘lgan Qang‘ davlatining hududlari Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar edi. Miloddan avval II - I asrlarda Qang‘ davlati yerlari kengayib, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlar va Xorazmni o‘z ichiga oladi. Antik davrida Qang‘ davlati ancha rivojlangan davlat edi. O‘troq aholi asosan vodiylarda yashab, dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelishgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita edi. Ular yozni O‘trorda (hoz. Aris va Turkiston oralig‘ida), qishlovni esa Qang‘a (hoz. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) shaharlarida o‘tkazar edilar. Xulosa: Miloddan avval I asrga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida antik davrning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan Kushon davlati tashkil topadi. Dastlabki hukmdorlar Kadfiz I va Kadfiz II lar davlat yerlarini kengaytirib, pul islohoti o‘tkazadilar. Antik davr O‘rta Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mil. avv. IV - II asrlar oromiy yozuvi asosida Xorazm, Parfiya va So‘g‘d yozuvlari paydo bo‘ldi. Kushon davriga kelib yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi shakllanadi. O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hududidagi arxeologik tadqiqiotlar antik davr madaniyatining gullab yashnaganidan dalolat beradi. Ayritom va Ko‘hna Termizda Budda ibodatxonalari ochilgan. Fayoztepa, Quva, Xolchayon, Dalvarzin kabi ko‘hna shaharlarda ham saroylar, ibodatxonalar ochilib, ular yuksak madaniyatga ega ekanligi kuzatilgan. 1972 yilda Dalvarzintepadan (Surxondaryo) tilla buyumlar xazinasi (32 kg) topilgan. Bu xazina orasida antik davrga oid bilaguzuk, halqalar, to‘g‘alar, bo‘yin taqinchoqlari kabi san’at buyumlari ham bor. Umuman, antik davr Qang‘, So‘g‘d, Farg‘ona yerlarida mavjud bo‘lgan madaniyat o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tariladi.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 61 Adabiyotlar: 1. Saidiy S. B. Markaziy Osiyo madaniyati tarixi urma zarbli cholg‘ular.//. O ‘quv qo‘llanma. “Musiqa” nashriyoti. Toshkent - 2008 yil. (8), 217 - 2233. 2. Ibragim Fayzullayevich Kayumov. Xalq qo‘shiqlari asosida boshlangich sinf o‘quvchilarining nutqiy malakasini o‘stirish usullari // Scientific progress. 2021. No 3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/xalq - qoshiqlari - asosida - boshlang‘ich - sinf - o‘quvchilarining - nutqiy - malakasini - o‘stirish - usullari (дата обращения: 26. 10. 2023). 4. Каюмов И.Ф. и др. Санъатнинг турлари ва уларнинг тарбиявий аҳамияти //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - No. 1. - С. 849 - 854. 5. Kayumov I. F. Formation of composing art in uzbek music //Researchjet journal of Analysis and Inuentions. - 2021. - Т. 2. - No. 12. - С. 61 - 65.