QISSA JANRIDA MILLIY KOLORITNING BADIIY TALQINI (RAXSHONA AHMEDOVANING "HAYOT HAQIQATI" VA "SEVGIM MENING" QISSALARI MISOLIDA)
Abstract
Maqolada o‘zbek qissa janrining shakllanishi va unda milliy koloritning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. “Hayot haqiqatı” va “Sevgim mening” qissalarida xalq turmushi, urf-odatlar, oilaviy qadriyatlar, kiyinish madaniyati, tabiat manzaralari va xalqona ruh badiiy vositalar orqali yoritilgan. Qissalardagi milliy kolorit o‘zbek xalqining ma’naviy olami, hayotiylik tamoyili va insoniy fazilatlarini ochib beruvchi badiiy mezon sifatida ko‘riladi. Kalit so‘zlar: qissa janri, milliy kolorit, xalqona ruh, qadriyat, urf-odat, oilaparvarlik, ayol fidoiyligi, mehnatsevarlik
Full text
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 18 QISSA JANRIDA MILLIY KOLORITNING BADIIY TALQINI (RAXSHONA AHMEDOVANING “HAYOT HAQIQATI” VA “SEVGIM MENING” QISSALARI MISOLIDA) Mohidil Sobirjonova O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi Annotatsiya: Maqolada o‘zbek qissa janrining shakllanishi va unda milliy koloritning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. “Hayot haqiqatı” va “Sevgim mening” qissalarida xalq turmushi, urf-odatlar, oilaviy qadriyatlar, kiyinish madaniyati, tabiat manzaralari va xalqona ruh badiiy vositalar orqali yoritilgan. Qissalardagi milliy kolorit o‘zbek xalqining ma’naviy olami, hayotiylik tamoyili va insoniy fazilatlarini ochib beruvchi badiiy mezon sifatida ko‘riladi. Kalit so‘zlar: qissa janri, milliy kolorit, xalqona ruh, qadriyat, urf-odat, oilaparvarlik, ayol fidoiyligi, mehnatsevarlik. Annotation The article analyzes the formation of the Uzbek novella genre and the artistic expression of national color in it. In the novellas “Hayot haqiqatı” and “Sevgim mening”, the way of life, traditions, family values, clothing culture, natural landscapes, and the folk spirit of the Uzbek people are vividly depicted. The national color in these works serves as an artistic element revealing the spiritual world, realism, and moral qualities of the nation. Keywords: novella genre, national color, folk spirit, values, traditions, family orientation, female devotion, diligence. Аннотация В статье анализируется становление жанра узбекской повести и особенности выражения в нём национального колорита. В повестях «Hayot haqiqatı» и «Sevgim mening» художественно отражены быт народа, традиции, семейные ценности, культура одежды, природные пейзажи и народный дух.
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 19 Национальный колорит рассматривается как художественное средство, раскрывающее духовный мир, реализм и нравственные качества узбекского народа. Ключевые слова: жанр повести, национальный колорит, народный дух, ценности, традиции, семейность, женская преданность, трудолюбие. Qissa janri dastlab xalq og`zaki ijodi sifatida shakllangan va ijro qilingan. Shu sababli qissalar ,,xalq kitoblari’’sifatida tanilgan.Qissa poetik qurilishi jihatidan maqsadi, qahramonga qaratilganligi bilan begilaniladi.Qissa adabiyotda keng tarqalgan nasriy janridan biri hisoblanadi, u odatda bir voqea,hodisa va shaxs hayoti haqida yoziladi. Milliy kolorit adabiy asar yoki san`at asarida ma`lum bir xalqning o`ziga xosligi,urf-odati,turmush tarzi,kiyinish uslubi,til va so`zlsh ohangi,tabiat manzaralari,xalqona hazil-mutoyibalari kabi belgilarning badiiy tasviridir.Shu sababli milliy kolorit asarda shu xalqning ruhi va milliy bo`yoqlarini sezadi. Qissalarda milliy koloritning bo`lishi asarning xalqchilligi,tabiiyligini va hayotiyligini ta`minlaydi.Chunki qissa xalq hayotidan uning turmushi va taqdiridan olingan voqealarni aks ettiradigan janr hisoblanadi,shuning uchun unda milliy bo`yoq kuchli bo`lish kerak. “Hayot haqiqatı” qissasida xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari badiiy ifoda topib, o‘quvchiga xalqona muhitni his qilish imkonini beradi. Asarda milliy koloritning asosiy jihatlari qishloq hayoti, oilaviy munosabatlar, tabiat manzaralari va xalq madaniyatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Qissa qishloq manzaralari va turmush tarzini jonli ifodalaydi. Hovli, choyxona, qoriq va adirlar, qumshuvoqdan qurilgan uylar, chorpoyada o‘tirgan qahramonlar – bularning barchasi o‘quvchini milliy muhitga tortadi. Milliy turmush tarzidagi oddiylik, poklik va tabiiylik koloritning asosiy belgilaridir. Asarda xalqning mehnatsevarligi va ro‘zg‘or tashvishlari keng o‘rin olgan. Dala-dashtdagi mehnat, qishloqdagi kundalik tashvishlar, xo‘jalik ishlari milliy
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 20 qadriyat sifatida namoyon bo‘lib, xalqning hayotga ishtiyoq bilan qarashi ifodalangan. Milliy kiyim va urf-odatlar ham qahramonlar orqali ko‘rsatilgan.Dildora obrazi orqali qizlarga xos odob, kiyinish madaniyati, uzun kofta va an’anaviy liboslar, ularning nafosati yoritilgan. Bu orqali xalqimizga xos odatlar va ma’naviy yuksaklik ifoda topadi. Oilaparvarlik va ota-onaga hurmat milliy koloritning muhim qismi hisoblanadi. Nodirning onasi uning shoir bo‘lishini orzu qiladi va bu orzu qahramonning ichki dunyosida katta ahamiyat kasb etadi. Bu holat xalqimizdagi ota-ona so‘zini ulug‘lash, farzandning ota-ona oldidagi mas’uliyati kabi qadriyatlarni namoyon qiladi. Qissada tabiat manzaralari alohida ahamiyatga ega. Tog‘lar, adirlardagi lolaqizg‘aldoqlar, shamolning uvillashi, qish sovuqlari xalqning tabiat bilan uyg‘un yashashini aks ettiradi. Bu tasvirlar orqali xalq ruhiyati va tabiatning chiroyi uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Mehmondo‘stlik va choy madaniyati ham milliy koloritning ajralmas qismi sifatida ko‘rsatilgan. Oddiy choynak, piyola, dasturxon atrofidagi samimiy suhbatlar xalqning mehr-oqibatli va samimiy munosabatlarini aks ettiradi. “Sevgim mening” qissasida xalqning oilaviy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari va ayolning jamiyatdagi o‘rni badiiy ifodalanib, milliy kolorit yorqin tarzda namoyon bo‘ladi. Asar qahramonlari hayotidagi iztiroblar va orzular orqali o‘zbek xalqining ma’naviy olami va qadriyatlari ko‘rsatib berilgan. Qissada birinchi navbatda oilaparvarlik va sadoqat qadriyati asosiy o‘rinni egallaydi. Klaraning eriga va farzandlariga bo‘lgan mas’uliyati, oilasini asrabavaylash yo‘lida qilgan fidoyiligi xalqimizga xos oilaparvarlik ruhini ifodalaydi. Bu holat ayolning oila barqarorligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va fidoyilik ko‘rsatishini milliy qadriyat sifatida yoritadi. Shuningdek, qissada qo‘ni-qo‘shnichilik va jamoa fikri ham tasvirlangan. Asarda qo‘shni va tanish-bilishlarning gap-so‘zlari oilaning obro‘siga ta’sir qilishi,
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 21 mahalliy muhitning inson hayotidagi roli aks ettiriladi. Bu xalqimizning qadimdan shakllangan mahalla tizimi va jamoa fikriga hurmat qadriyatini ko‘rsatadi. Ayolning fidoyiligi va sabr-bardoshi qissada muhim mavzu sifatida namoyon bo‘ladi. Klara hayotidagi qiyinchiliklarga qaramay farzandlari uchun o‘z baxtidan kechishga tayyorligi, sabr bilan yashashi milliy ruhiyatimizga xos jihatlarni ochib beradi. Bu orqali ayolning nafaqat oila, balki jamiyatda ham o‘z o‘rnini topishga intilishi aks ettiriladi. Ushbu qissalardan shuni anglash mumkinki,milliy kolorit xalqimizning turmush tarzi,oilaviy qadriyatlari,an`analari,tabiat manzaralari va insoniy fazilatlai orqali namoyon bo`lgan.Har ikkala asarda ham o`zbek xalqiga xos mehnatsevarlik,oilaparvarlik,ota-onaga hurmat,ayolning fidoiyligi, mehmondo`stlik va jamoaviylik qadriyatlari asosida g`oya ilgari surilgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Nazarov B. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. 2. Jo‘rayev M. Nasrda milliylik masalalari. – Toshkent: Fan, 2015. 3. Karimov N. Zamonaviy o‘zbek qissachiligi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. 4. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tafakkur va xalq ruhiyati. – Toshkent: Sharq, 2012. O‘rganilgan “Hayot haqiqatı” va “Sevgim mening” qissalari matnlari