DAVLAT BYUDJETIGA SOLIQ TUSHUMLARINING BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA FOYDA SOLIGʻI MEXANIZMI
Abstract
Foyda soligʻi nazariyasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek mavzuga doir olib borgan tadqiqotlari natijasi bo‘yicha foyda soligʻi takomillashtirishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 855 DAVLAT BYUDJETIGA SOLIQ TUSHUMLARINING BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA FOYDA SOLIGʻI MEXANIZMI Yangiboyev Husniddin Abdumajitovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti i.f.f.d., dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.17317705 Annotatsiya. Foyda soligʻi nazariyasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek mavzuga doir olib borgan tadqiqotlari natijasi bo‘yicha foyda soligʻi takomillashtirishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: soliqlar, davlat byudjeti, YΑIM, foyda soligʻi, bevosita soliqlar, soliqqa tortish, korxonalar, soliq tizimi. Foyda soligʻi iqtisodiy-moliyaviy kategoriya sifatida mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash vositasi boʻlib xizmat qiladi. Ushbu soliq turi orqali davlatning fiskal siyosatini samarali olib borish, iqtisodiy oʻsish jarayonlariga taʼsir oʻtkazish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga solish imkoniyati yaratiladi. Foyda soligʻi bevosita iqtisodiy resurslar taqsimoti, ishlab chiqarish samaradorligi va biznes muhitining shakllanishi kabi jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga oshirishda muhim moliyaviy manba sifatida namoyon boʻladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu soliq turi nafaqat byudjet tushumlarining asosiy manbalaridan biri, balki iqtisodiy siyosatning asosiy vositasi sifatida qaraladi. Mazkur soliqning o‘ziga xos jihati shundaki, u ikki tomonlama iqtisodiy manfaatni muvozanatlashtiradi: bir tomondan, davlat byudjeti uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar shakllantiriladi, ikkinchi tomondan esa, xo‘jalik subyektlarining moliyaviy barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatmasdan, ularning investitsion faolligini saqlab qolish imkonini beradi.Xulosa qilib aytganda, foyda solig‘i iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy intizomni mustahkamlash, shuningdek, davlat va korxonalar manfaatlarini uyg‘unlashtirishda muhim vosita sifatida e’tirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Ρrezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlab oʻtganidek, “soliq siyosatini takomillashtirish doirasida soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish - iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi” 1 . Soliq siyosatini takomillashtirishda esa foyda soligʻining xoʻjalik subyektlari faoliyatiga taʼsirini optimallashtirish dolzarb masala hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida foyda solig‘i bo‘yicha soliq amaliyoti sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Xususan, O‘zbekistonda foyda solig‘i bo‘yicha progressiv soliq stavkalari joriy qilingan, soliqqa tortiladigan daromadlarning turli darajalariga turli stavkalar qo‘llaniladi. Yillar davomida investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun stavkalar asta-sekin pasaytirildi. Kichik va o‘rta korxonalarga yengillik berish va ularning rivojlanishini 1 Οʻzbekistοn Respubⅼikasi Ρreziⅾentining 2018-yiⅼ 29-iyunⅾagi «Οʻzbekistοn Respubⅼikasining sοⅼiq siyοsatini takοⅿiⅼⅼashtirish kοnsepsiyasi tοʻgʻrisiⅾa»gi ΡF-5468-sοn Farⅿοni. https://ⅼyex.uz/ⅾοⅽs/3802378
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 856 rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va pasaytirilgan stavkalarning chegaralari qayta ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish va muayyan tarmoqlarni rivojlantirish uchun turli soliq imtiyozlarini taklif etmoqda. Bu imtiyozlar qatoriga qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va eksportga yoʻnaltirilgan sanoat kabi ustuvor tarmoqlar uchun soliq stavkalari pasaytirilgan va imtiyozlar kiradi. Soliq qo‘mitasi foyda solig‘i bo‘yicha ma’muriy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va soliq jarayonlarini soddalashtirish, raqamli xizmatlarni yaxshilash va soliq to‘lovchilarga ma’muriy yuklarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Ilmiy-nazariy adabiyotlarda taʼkidlanishicha, foyda soligʻi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatidan olinadigan soliqlar ichida eng adolatlisidir. Chunki, mazkur soliq tadbirkorlik subyektining jami daromadlaridan faoliyatda amalga oshirilgan barcha sarf-xarajatlari chegirib tashlanishi yoʻli bilan aniqlanadigan haqiqiy foydaga nisbatan qoʻllaniladi. Boshqacha qilib aytganda korxona oʻz xoʻjalik faoliyati yakunlariga koʻra foyda bilan chiqsagina soliq toʻlaydi. Tadbirkorlik subyektlari daromadlariga nisbatan qoʻllaniladigan boshqa soliqlar, masalan, aylanmadan soliq bunday xususiyatga ega emas. Demak, korxonalarni adolatli soliqqa tortishning eng samarali mexanizmi foyda soligʻidir. Foydani ilmiy asoslangan holda oqilona soliqqa tortishni tashkil etishga erishgan barcha xoʻjalik subyektlari tomonidan markazlashtirilmagan jamgʻarmalarni tashkil etishni toʻla darajada shakllantirilishiga imkoniyat yaratadi. Yuridik shaxslar qanchalik samarali faoliyat yuritsa, ularning moliyaviy barqarorligi, toʻlov qobiliyati, foydasi va soliq ajratmalari yigʻindisi shunchalik koʻp boʻladi 2 . Bunday holatlarning yuzaga kelish mumkinligi moliyaviy natijalarni tashkil etishdagi oʻzgarishlarni hisoblash, taqsimlash va qayta taqsimlash xarajatlar bilan real foyda natijalari oʻrtasidagi nisbat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oʻsishi, qolaversa ulardan soliq stavkalarini aniqlashda foydalanish mumkinligi haqida oʻylab koʻrishga sabab boʻlmoqda. Foyda – bu tijorat asosida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlarining soʻnggi moliyaviy natijasi boʻlishi bilan birga, respublika va mahalliy byudjetlar daromadining asosiy moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi 3 . Νarxlar barqaror boʻlganda foyda dinamikasining oʻsishi korxonaning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Foyda hajmining oʻsishi korxonaning moliyaviy qudrati, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish fondini tashkil etish hamda ishchi-xizmatchilarni moddiy ragʻbatlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Νobel mukofoti sovrindori, ingliz iqtisodchisi j.Xiks foydani maʼlum bir vaqt oraligʻida ishlatish mumkin boʻlgan va davr oxirida davr boshiga nisbatan ijobiy qoldiqqa ega boʻlishi lozim boʻlgan koʻrsatkich - deya taʼkidlaydi 4 . Ν.Ν.Seleznova, Α.F.Ionovalarning fikricha foyda – qoʻshilgan kapitalga nisbatan sof daromadning pul shaklidagi koʻrinishi 5 - deb hisoblagan. Ν.X.Haydarovning fikriga koʻra foyda – bu tijorat asosida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlarining soʻnggi moliyaviy natijasi boʻlishi bilan birga, respublika va mahalliy byudjetlar daromadining asosiy moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi 6 . S.S.Αliyevaning fikriga koʻra foydani tadbirkorlik faoliyati xizmatlari uchun toʻlov, mahsulotlarning innovatsion turlarini joriy 2 Лабынцев Н.Т., Цепилова Е.С. Исследование взаимосвязи бухгалтерского (финансового) и налогового учёта прибыли в России и за рубежом. //Проблемы экономики. 2013. №3. – с. 8. 3 Ҳайдаров Н. Солиқлар ва солиққа тортиш масалалари. – Т.: Akademiya, 2007.– 54 b. 4 Ηiⅽks Ϳ. R. Thye thyeοry οf unⅽyertainty anⅾ prοfit //Εⅽοnοⅿiⅽa. – 1931. – №. 32. – S. 170-189. 5 Селезнева Н.Н., Ионова А.Ф. Финансовый анализ. Управление финансами. Учеб. пособие для вузов – 2-е изд., перераб. и доп. –М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007 – с.159 6 Ҳайдаров Н. Солиқлар ва солиққа тортиш масалалари. – Т.: Akademiya, 2007. – 54 b.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 857 qilish, ishlab chiqarish jarayonini oʻzgartirish, shuningdek iqtisodiy risk uchun mukofot 7 deb hisoblaydi. Foyda soligʻini ilmiy oʻrganishda asosiy masalalardan biri uning soliqqa tortish bazasini toʻgʻri aniqlash boʻlib hisoblanadi. Foyda soligʻining summasini hisoblashda koʻp koʻrsatkichlarni oʻrganishni talab etadi. Bu koʻrsatkichlar va ularning har tamonlama bir biri bilan bogʻliqligi foyda soligʻi summasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarga quyidagi koʻrsatkichlar taʼsir koʻrsatadi, yaʼni mahsulotni sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulotning tannarxi, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy faoliyatning daromadlar va xarajatlari, favqulodda olingan foyda va zarar, foyda soligʻining hisobot davridagi stavkasi va boshqa omillar. Bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida foyda soligʻi joriy qilingan. Xususan, hozirgi vaqtda dunyoning 218 ta mamlakatida foyda soligʻi undiriladi. Foyda soligʻi stavkasi ushbu mamlakatlarning 44 tasida 0-10 foizgacha, 50 tasida 10-20 foizgacha, 111 tasida 20-30 foizgacha, 26 tasida 30-40 foizgacha, 2 tasida 45-55 foizgacha etib belgilangan. Foyda soligʻi tushumi dunyo YΑIMda 26,3 foizni, soliqli daromadlarning 33,0 foizini tashkil etadi. Bundan koʻrinib turibdiki, «foyda soligʻi dunyo mamlakatlari boʻyicha byudjet daromadlari shakllantiradigan asosiy soliqlar turidan biri boʻlib, mamlakatning iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi». Oʻzbekiston Respublikasida foyda soligʻining stavkasini yillar kesimida qaraydigan boʻlsak, 1997-yilda 36,0 foiz boʻlgan boʻlsa, 2000-yilda 31,0 foiz, 2005-yilda 15,0 foiz, 2010yilda 9,0 foiz, 2015 va undan keyingi yillarda 7,5 foiz boʻlgan boʻlsa, 2019-yil 1-yanvardan boshlab foyda soligʻi stavkasi 14 foizdan 12 foizga pasaytirildi. 2020 - 2025-yillarda bu koʻrsatkich 15,0 foizni tashkil etgan. Oʻzbekiston Respublikasida foyda soligʻi boʻyicha tushum yildan yilga oshib bormoqda (1-jadval). 1-jadval maʼlumotlarini tahlil qiladigan boʻlsak, 2010-2024-yillarda Oʻzbekistonda YΑIM miqdori – 605 514,9 mlrd.soʻmdan 1 454 431,0 mlrd. soʻmga, Davlat byudjeti daromadlari miqdori– 132 165,4 mlrd. soʻmdan 274 423,0 mlrd.soʻmga, bevosita soliqlar miqdori– 31 676,8 mlrd. soʻmdan 73 104,0 mlrd.soʻmga, foyda soligʻi miqdori– 28 712,3 mlrd. soʻmdan 52 620,0 mlrd.soʻmga oshgan. Mazkur davrda foyda soligʻining YΑIMdagi ulushi – 4,7 foizdan 3,4 foizga, Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi – 21,6 foizdan 19,6 foizga, bevosita soliqlar tarkibidagi ulushi – 63,5 foizdan 57,9 foizga pasaygan. 1-jadval Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2024-yillarda foyda soligʻi tushumi va uning ulushi tahlili 8 mlrd.soʻm № Koʻrsatkichlar 20 20 yil 20 21 yil 20 22 yil 2023 yil 2024 yil 1 . YΑIM miqdori 60 5 514,9 73 8 425,2 89 6 617,9 1 204 575,0 1 454 431,0 7 Алиева С.С. Совершенствование формирования и распределения прибыли предприятий в условиях модернизации экономики. Автореф.дисс. на соиск. ученой степени к.э.н. – Т.: БФА, 2011. – с. 9-10. 8 Ϳaⅾvaⅼ Οʻzbekistοn Respubⅼikasi Ιqtisοⅾiyοt va ⅿοⅼiya vazirⅼigi haⅿⅾa Οʻzbekistοn Respubⅼikasi Ρreziⅾenti huzuriⅾagi Statistika agentⅼigi ⅿaʼⅼuⅿοtⅼari asοsiⅾa ⅿuaⅼⅼif tοⅿοniⅾan tayyοrⅼangan.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 858 2 . Davlat byudjeti daromadlari 132 938,0 164 799,0 202 043,0 231 721,0 274 423,0 3 . Bevosita soliqlar 45 206,9 58 930,0 64 447,0 73 104,0 90 833,0 4 . Foyda soligʻi tushumi 28 712,3 38 363,0 37 650,0 40 779,0 52 620,0 5 . Foyda soligʻining YΑIMdagi ulushi, % 4,7 5,2 4,2 3,4 3,6 6 . Foyda soligʻining Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi , % 21,6 23,3 18,6 17,6 19,6 7 . Foyda soligʻining bevosita soliqlar tarkibidagi ulushi, % 63,5 65,1 58,4 55,8 57,9 2024-yilda foyda soligʻi boʻyicha tushumlar 52,6 trln.soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 11,8 trln.soʻmga yoki 22,4 foizga oshgan. Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda, foyda – tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromad boʻlib, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismining pul shakldagi ifodasidir. Foydaning bir qismi soliqlar orqali bevosita davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga toʻlanadi. Foyda soligʻi – jami daromaddan, daromadni olish bilan bogʻliq xarajatlarni, yaʼni isbotlangan va hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlarni shuningdek, Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq toʻlovchi tomonidan yuzaga keltirilgan zararni chiqarib tashlash bilan hisoblangan soliq tushuniladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Οʻzbekistοn Respubⅼikasi Ρreziⅾentining 2018-yiⅼ 29-iyunⅾagi «Οʻzbekistοn Respubⅼikasining sοⅼiq siyοsatini takοⅿiⅼⅼashtirish kοnsepsiyasi tοʻgʻrisiⅾa»gi ΡF-5468-sοn Farⅿοni. https://ⅼyex.uz/ⅾοⅽs/3802378 2. Лабынцев Н.Т., Цепилова Е.С. Исследование взаимосвязи бухгалтерского (финансового) и налогового учёта прибыли в России и за рубежом. //Проблемы экономики. 2013. №3. – с. 8. 3. Ҳайдаров Н. Солиқлар ва солиққа тортиш масалалари. – Т.: Akademiya, 2007.– 54 b. 4. Ηiⅽks Ϳ. R. Thye thyeοry οf unⅽyertainty anⅾ prοfit //Εⅽοnοⅿiⅽa. – 1931. – №. 32. – S. 170189. 5. Селезнева Н.Н., Ионова А.Ф. Финансовый анализ. Управление финансами. Учеб. пособие для вузов – 2-е изд., перераб. и доп. –М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007 – с.159 6. Алиева С.С. Совершенствование формирования и распределения прибыли предприятий в условиях модернизации экономики. Автореф.дисс. на соиск. ученой степени к.э.н. – Т.: БФА, 2011. – с. 9-10.