scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQA VA RITMIK HARAKATLAR ORQALI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH VA IJTIMOIY KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Haytbayeva Sayyora Raximberganovna; Muminova Feruza Farxodovna

Abstract

Ushbu maqolada musiqa va ritmik harakatlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy hamkorlikni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Metodologiya sifatida ilmiy adabiyotlar tahlili, kuzatish, suhbat va so‘rovnomalar qo‘llanildi, shuningdek 4-sinf o‘quvchilari bilan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda ijodiy ritmik improvizatsiya va harakat orqali hikoya qilish metodlari sinovdan o‘tkazildi. Dastlabki natijalar mazkur yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy tasavvur va guruhda hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda. Maqola yakunida boshlang‘ich ta’limda musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni tizimli joriy etish hamda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot MUSIQA VA RITMIK HARAKATLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH VA IJTIMOIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Mualliflar: Haytbayeva Sayyora Raximberganovna 1, Muminova Feruza Farxodovna 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti “Pedagogika”, kafedrasi v/b dotsent, p.f.f.d (PhD) 1, Xalqaro Nordik universiteti 2 –bosqich magistranti 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17319024 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada musiqa va ritmik harakatlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy hamkorlikni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Metodologiya sifatida ilmiy adabiyotlar tahlili, kuzatish, suhbat va so‘rovnomalar qo‘llanildi, shuningdek 4-sinf o‘quvchilari bilan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda ijodiy ritmik improvizatsiya va harakat orqali hikoya qilish metodlari sinovdan o‘tkazildi. Dastlabki natijalar mazkur yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy tasavvur va guruhda hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda. Maqola yakunida boshlang‘ich ta’limda musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni tizimli joriy etish hamda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: musiqa ta’limi, ritmik harakatlar, ijodiy fikrlash, ijtimoiy ko‘nikmalar, boshlang‘ich ta’lim. KIRISH Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilardan faqatgina tayyor bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon eta olish talab qilinmoqda. XXI asr ta’limining asosiy chaqiriqlaridan biri – bolalarda kreativ tafakkurni shakllantirish va ularni jamiyatga faol, ijodiy shaxs sifatida tayyorlashdir. Shu nuqtayi nazardan, musiqa va ritmik harakatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun nafaqat estetik tarbiya vositasi, balki shaxsning aqliy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llabquvvatlovchi muhim pedagogik mexanizm sifatida qaraladi. Ritmik mashqlar va musiqiy faoliyatlar bolalarning diqqatini jamlash, motorik ko‘nikmalarini mustahkamlash, ijodiy tasavvurini boyitish va ijtimoiy muloqotini faollashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, bunday faoliyat ularni hayotiy vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilishga, jamoada ishlashga va o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rgatadi. Shu sababli musiqa va ritmik harakatlar integratsiyalashgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishida beqiyos imkoniyatlar yaratadi. Mazkur jarayonni amalga oshirish davlat siyosati darajasida ham qo‘llabquvvatlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot noyabrdagi qarorida ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, shuningdek, o‘qituvchilarning metodik faoliyatini modernizatsiya qilish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Shuningdek, PF-5847-son Farmonda (2019-yil) “Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlanib, unda yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, ularni san’at va madaniyatga keng jalb etish, kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ustuvorliklardan biri sifatida qayd etilgan. TADQIQOT MUAMMOSI Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarda nafaqat bilimlarni egallash, balki ijodiy fikrlash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Biroq boshlang‘ich ta’limda musiqiy ritmik mashqlar va harakatlarning mazkur maqsadlarga erishishdagi imkoniyatlari yetarlicha chuqur tadqiq qilinmagan. Mavjud darslik va metodik qo‘llanmalar ko‘proq musiqiy savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, musiqaning kognitiv rivojlanish, ijodiy tafakkur va ijtimoiy ko‘nikmalarni mustahkamlashdagi roliga kamroq e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ritmik harakatlarning stressni kamaytirish, motorika ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quvchilarda ijtimoiy faoliyatni kuchaytirishdagi ta’siri yetarli darajada tizimli asosda o‘rganilmagan. Shu sababli tadqiqotning asosiy muammosi — musiqa va ritmik harakatlarni boshlang‘ich ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini aniqlashdan iborat. ADABIYOTLAR SHARHI Mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida, milliy an’analarimizga hurmat bilan tarbiyalash va ularni madaniyat hamda san’at sohasiga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, bolalarni san’at va madaniyatga jalb qilish ularning shaxsiy rivojlanishida muhim omil sifatida qaralib, maktablarda musiqiy ta’lim jarayoniga ritmik mashqlarni kiritish orqali samaradorlikka erishish zarurligi ta’kidlanmoqda. Musiqa ta’limi o‘quvchilarning estetik, ruhiy, kognitiv va jismoniy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa nafaqat san’at, balki inson ruhiyati va xotirasini rivojlantirishda ham samarali vosita hisoblanadi. Shu sababli musiqa savodi boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning musiqiy bilimlarini ongli takomillashtirish, musiqiy asarlarni idrok etish va ularni ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi (Forobiy, 2004). Kuchli nazariy manbalardan biri sifatida O. Yu. Kucherova (2016) musiqiy-ritmik tarbiya o‘quvchilarning ritm tuyg‘usi, motorik ko‘nikmalari hamda jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, musiqiy o‘yinlar va raqslar o‘quvchilarda nafosat tuyg‘usi, emotsional barqarorlik, diqqatni jamlash va eslab qolish qobiliyatlarini mustahkamlashda muhim vosita sifatida talqin etiladi. Shuningdek, musiqiy ritmik harakatlar orqali o‘quvchilarda irodaviy sifatlar ham rivojlanishi kuzatiladi. Masalan, marsh musiqasi ostida bajariladigan harakatlar tetiklik va g‘ayratni uyg‘otsa, raqs elementlari quvonch va ichki his-tuyg‘ularni ifodalash imkonini beradi. Shu jihatdan musiqiy tanaffuslar qo‘l va oyoq motorikasini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega (Sickler-Voigt, 2023). 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Chernigovskaya (2020) esa musiqaning neyropsixologik asoslarini o‘rganib, uning miya faoliyatiga, xususan, xotira, tafakkur va ijodkorlik jarayonlariga ta’sirini tahlil qiladi. Olimaning ta’kidlashicha, ritmik harakatlar va musiqiy faoliyatlar o‘quvchilarda neyron aloqalarni faollashtirib, ijodiy tafakkurni rivojlantiradi va ijtimoiy muloqotni mustahkamlaydi. Haytbayeva (2025) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda STEAM yondashuvi tabiiy fanlarni o‘qitishda samarali metod sifatida e’tirof etiladi. Xususan, san’atni boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, murakkab muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqolada keltirilgan misollarda, masalan, biologiya darsida fotosintez jarayonini nafaqat nazariy o‘rganish, balki uni san’at uslubida vizual ifodalash o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishi va ularni amaliy bilimlarga yanada yaqinlashtirishi ko‘rsatilgan. San’at elementlari bilan boyitilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning kognitiv faoliyati bilan bir qatorda, ularning emotsional rivojlanishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan, san’atni fan bilan integratsiya qilish o‘quvchilarning nafaqat bilimlarini mustahkamlash, balki ularni kengroq dunyoqarashga ega, ijodkor va muammolarni hal qila oladigan shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradi. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, musiqiy-ritmik ta’lim o‘quvchilarning intellektual va emotsional rivojida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, uni maktab ta’limi jarayonida samarali qo‘llash strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda musiqa va ritmik harakatlarning ta’sirini aniqlash maqsadida bir qator metodlardan foydalanildi. Avvalo, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va davlat darajasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar nazariy jihatdan tahlil qilindi. Bu jarayon musiqiy ta’limning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishga ta’sirini konseptual asosda yoritishga yordam berdi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf musiqa darslari kuzatilib, o‘quvchilarning ritmik harakatlarga bo‘lgan qiziqishi, faoliyati va hamkorlik ko‘nikmalari o‘rganildi. Tajriba jarayonida musiqiy o‘yinlar va ritmik mashqlar qo‘llanilib, ularning o‘quvchilarda motorika, ijodkorlik va ijtimoiy muloqotga ta’siri dastlabki bosqichda kuzatildi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbat va so‘rovnomalar tashkil etilib, musiqiy ritmik mashg‘ulotlarning samaradorligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar yig‘ildi. Hozirgi bosqichda jarayon muntazam kuzatilib borilmoqda, to‘liq ilmiy xulosalar esa tajriba-sinov ishlari yakunlangach aniqlanadi. DASTLABKI KUZATISHLAR VA ISTIQBOLLAR Tadqiqotning asosiy bosqichida biz 4-sinf o‘quvchilari bilan musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni tashkil etdik. Mashg‘ulotlarda integrativ yondashuv asosida ikki metod qo‘llanildi. Birinchidan, ijodiy ritmik improvizatsiya metodi orqali o‘quvchilarga musiqa ohangiga mos mustaqil harakatlar yaratish va ularni guruh bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati berildi. Bu jarayon bolalarning ijodiy fikrlashini faollashtirdi, chunki ular musiqaga mos o‘ziga xos harakat majmualarini ishlab chiqishda muammoni hal qilish, tanlov qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etishdi. 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Ikkinchidan, harakat orqali hikoya qilish metodi qo‘llanildi. Ushbu usulda o‘quvchilar musiqiy asarlar mazmunini harakatlar orqali ifodalashga intildilar: ular ritm va melodiyaga mos obrazlarni yaratib, kichik sahna ko‘rinishlari shakllantirdilar. Bu metod ularning tasavvurlarini boyitdi, emotsional ifodani rivojlantirdi va nutq bilan bog‘liq fikrlash jarayonlarini qo‘llab-quvvatladi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur metodlar nafaqat musiqiy qobiliyat va estetik didni, balki mantiqiy izchillik, ijodiy tafakkur va ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qildi. O‘quvchilar musiqiy mashg‘ulotlarda o‘z g‘oyalarini erkin bildirishga, guruhdagi tengdoshlari bilan kelishgan holda qarorlar qabul qilishga intildilar. Mazkur kuzatuvlar hozircha dastlabki bosqich xulosalarini tashkil etadi. Keyingi nazorat so‘rovnomalari va tahlillar natijasida musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarning ijodiy tafakkur va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi roli yanada chuqurroq ochib berilishi kutilmoqda. DASTLABKI NATIJALAR Tadqiqotning asosiy bosqichida biz 4-sinf o‘quvchilari bilan musiqiy-ritmik mashg‘ulotlar tashkil etdik. Mashg‘ulotlarda integrativ yondashuv asosida ijodiy ritmik improvizatsiya va harakat orqali hikoya qilish metodlari qo‘llanildi. Ushbu metodlar orqali o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratildi. O‘quvchilarning fikrlash ko‘nikmalarida yuz bergan o‘zgarishlar bir necha usullar orqali aniqlab borildi. Avvalo, mashg‘ulot jarayonida kuzatuv asosida o‘quvchilarning mustaqil g‘oya taklif etishi, qaror qabul qilishda faol ishtiroki va guruhda o‘z fikrini bildira olishi qayd etildi. Shu bilan birga, suhbat va qisqa so‘rovnomalar yordamida ularning mashg‘ulotlardan keyingi taassurotlari, yangi g‘oya ishlab chiqish tajribalari va hamkorlikda ishlashga bo‘lgan munosabatlari o‘rganildi. Bundan tashqari, musiqiy ritm asosida o‘quvchilarning o‘zlari yaratgan ijodiy harakat majmualari tahlil qilindi. Bu jarayon o‘quvchilarning tasavvur qilish, muammoni yechish va mantiqiy izchillikda fikrlash qobiliyatlarining rivojlanayotganini ko‘rsatdi. Mazkur natijalar hali dastlabki xulosalar bo‘lib, tajribaning keyingi bosqichida o‘tkaziladigan nazorat so‘rovnomalari va qo‘shimcha tahlillar yakuniy ilmiy xulosalarni shakllantirish imkonini beradi. XULOSA VA TAVSIYALAR Tadqiqot jarayonida musiqa va ritmik harakatlar orqali o‘quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash, hamkorlik va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi tasdiqlanmoqda. Dastlabki natijalar shuni ko‘rsatadiki, musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarda qo‘llangan ijodiy ritmik improvizatsiya va harakat orqali hikoya qilish metodlari bolalarda mustaqil g‘oya ishlab chiqish, guruhda ishlash va o‘z fikrini erkin ifodalash qobiliyatini rag‘batlantirmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning diqqatini jamlashi, emotsional faolligi va ijodiy tasavvurini boyitishga xizmat qiluvchi ko‘plab elementlar kuzatildi. Shuningdek, musiqiy faoliyatlar orqali o‘quvchilarda tasavvur qilish, muammoni badiiy harakat orqali ifodalash, mantiqiy izchillikda harakatlar majmuasini yaratish ko‘nikmalari bosqichma-bosqich rivojlanayotgani qayd etildi. Bu holat musiqiy- 13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot ritmik mashg‘ulotlarning o‘quvchilarda nafaqat estetik, balki aqliy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik vosita ekanini ko‘rsatmoqda. Shu bois, boshlang‘ich sinflarda musiqa darslarini ritmik harakatlar bilan uyg‘unlashtirish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilishi muhimdir. O‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos, ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi musiqiy o‘yinlar, guruhiy mashqlar va improvizatsion topshiriqlar dars jarayonida muntazam qo‘llanishi lozim. Shuningdek, musiqa o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va ularni san’at hamda boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish bo‘yicha seminarlar tashkil etish o‘z samarasini beradi. Kelgusida tajriba-sinov ishlarini kengroq auditoriyada o‘tkazib, natijalarni taqqoslab ko‘rish orqali metodikaning samaradorligi yanada chuqurroq aniqlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). PF-5847-son Farmon: Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 6-noyabr). Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida qaror. Toshkent. 3. Forobiy, A. N. (2004). Katta musiqa kitobi. Toshkent: Fan. B. 43–44. 4. Haytbayeva, S. R. (2025). STEAM yondoshuvining tabiiy fanlarni o‘qitishdagi ahamiyati. International Conference of Science & Technology, B.38–43. 5. Kucherova, O. Yu. (2016). Музыкально-ритмическое воспитание. Могилев: МГУ имени А.А. Кулешова. 6. Ortiqov, T. (2010). Musiqa metodikasi: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent: B.27-34. 7. Sharipova, G. (2008). Musiqa va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent: B.37-41. 8. Sharipova, G. M., Asamova, D. F., & Xodjayeva, Z. I. (2014). Musiqa o‘qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari: O‘quv qo‘llanma. Toshkent: B.53-55. 9. Sickler-Voigt, D. (2023). STEAM teaching and learning through the arts and design. pp. 45–48New York: Routledge. 10. Mustafoyev, B. Musiqa o‘qitish metodikasi. Toshkent: B. 7-9. 11. Chernigovskaya, T. V. (2020). Музыка и мозг: Нейропсихологический взгляд на творчество. Вопросы психолингвистики, 44(2), B.15–25.