scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

G'IJJAK SINFIDA O'QUVCHILAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI: YOSH IJROCHILAR BILAN ISHLASHDA RUHIY-PSIXOLOGIK YONDASHUV

Isoqov Ahrorbek Sultonboy o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada g‘ijjak sinfida ta’lim olayotgan yosh o‘quvchilarning musiqiy motivatsiyasini oshirishga qaratilgan samarali usullar tahlil qilingan. Asosan, ruhiy-psixologik yondashuv orqali yosh ijrochilarda o‘ziga ishonch, musiqiy faoliyatga bo‘lgan qiziqish va ijodiy izlanishlarni rag‘batlantirishning amaliy jihatlari ochib berilgan. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi sog‘lom psixologik muhit, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘yinli metodlar, individual yondashuvlar va tanlab olingan repertuar orqali dars samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik tajriba asosida shakllangan tavsiyalar ham berilgan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot G‘IJJAK SINFIDA O‘QUVCHILAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI: YOSH IJROCHILAR BILAN ISHLASHDA RUHIYPSIXOLOGIK YONDASHUV Muallif: Isoqov Ahrorbek Sultonboy o’g’li 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti 2-bosqich magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17319978 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada g‘ijjak sinfida ta’lim olayotgan yosh o‘quvchilarning musiqiy motivatsiyasini oshirishga qaratilgan samarali usullar tahlil qilingan. Asosan, ruhiy-psixologik yondashuv orqali yosh ijrochilarda o‘ziga ishonch, musiqiy faoliyatga bo‘lgan qiziqish va ijodiy izlanishlarni rag‘batlantirishning amaliy jihatlari ochib berilgan. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi sog‘lom psixologik muhit, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘yinli metodlar, individual yondashuvlar va tanlab olingan repertuar orqali dars samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik tajriba asosida shakllangan tavsiyalar ham berilgan. Kalit so‘zlar: g‘ijjak sinfi, motivatsiya, yosh ijrochi, ruhiy-psixologik yondashuv, musiqiy ta’lim, o‘yinli metod, individual yondashuv, sahna madaniyati. Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo‘lib, ular o‘z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar. Abu Nasr Farobiyning (873-950) ,,Katta musiqa kitobi” (Kitob al-musiqa al-kabir), Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) “Shifo kitobi” (Kitob ush-shifo), “Osori muntaxab” nomli qomusiy asaridagi “Musiqa haqida risola”(Risolai musiqiy)si, Al-Xorazmiyning (X asr) “Bilimlar kaliti”, Safiuddin alUrmaviyning (1216-1294) ,,Oliyjanoblik haqida kitob” yoki ,,Sharafiya” kitobi, Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) ,,Musiqa haqida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan. Bulardan Safiuddin al-Urmaviyning asarlaridagi eng katta yutug‘i lad (modus) larning mukammal sistemasini ishlab chiqqanligidadir. 1 Abu Ali ibn Sino ,,G‘ijjak” cholg‘usining kosaxonasi qo‘polligini va dastasini besuluqayligini kuzatib, kosaxonasini “nos kadi”ga almashtirgan va katta cho‘mish dastasini unga o‘rnatib ajoyib kuylarni yaratgan va natijada yangi hozirgi g‘ijjakga o‘xshash ajiyib cholg‘u bunyod bo‘lganligi haqida sharq hikoyatlari mavjud. Musiqa ta’limida bolalarning qiziqishi va ichki rag‘batini uyg‘otish har qanday pedagogik faoliyatning asosiy vazifalaridan biridir. Ayniqsa, g‘ijjak kabi murakkab torli cholg‘uni o‘zlashtirishda o‘quvchining sabr-toqati, ichki intilishi va motivatsiyasi hal qiluvchi omil sanaladi. O‘quvchida musiqiy asbobga nisbatan mehr uyg‘otish, o‘z ijrosidan zavqlanish darajasini oshirish, ularning ijodiy fikrlashini rag‘batlantirishda ruhiy-psixologik yondashuv muhim o‘rin tutadi. 1 G’,M.Xudoyev. G’ijjak cholg’usi ijrochilik an’analari, Toshkent,”ma’rifat” nashriyoti;,-2014. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Maqolada shu yo‘nalishdagi samarali metod va yondashuvlar, amaliy tajribalar hamda yosh ijrochilar bilan ishlashdagi nozik psixologik jihatlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda yosh avlodni milliy san’atga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni musiqa orqali estetik didini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Xususan, an’anaviy cholg‘ularimizdan biri bo‘lgan g‘ijjak san’atini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish – nafaqat madaniy merosni asrash, balki o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. G‘ijjak sinfida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish – ularning yutuqlari va mustaqil izlanishlariga zamin yaratadi. Rag‘batlantirish va individual yondashuv Motivatsiyani shakllantirishda eng muhim omillardan biri – o‘quvchining harakatini tan olish va rag‘batlantirishdir. Har bir kichik yutuq ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Bunda ustozlar tomonidan og‘zaki rag‘bat, kichik sovg‘alar, faxriy yorliqlar berish o‘quvchida ichki ishonch va ijobiy munosabatni kuchaytiradi. Bundan tashqari, har bir o‘quvchining imkoniyati, qiziqishi va rivojlanish sur’atini inobatga olib individual yondashuv asosida mashg‘ulotlar olib borilishi zarur. Zamonaviy vositalardan foydalanish Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda o‘quvchilar uchun g‘ijjak chalish bo‘yicha video darslar, interaktiv dasturlar va mobil ilovalar orqali ta’limni yanada qiziqarli va samarali qilish mumkin. Ayniqsa, o‘zini yozib olish, tinglash, tahlil qilish imkoniyati o‘quvchining o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Konsert va chiqishlar tashkil qilish O‘quvchilarning o‘z bilim va mahoratini namoyon etishi uchun ijodiy kechalar, konsertlar va tanlovlar tashkil qilish motivatsiyani oshirishning samarali vositasidir. Har bir chiqish o‘quvchi uchun muhim bosqich bo‘lib, ular bu orqali o‘zini namoyon etadi, maqsad sari intiladi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. G‘ijjak san’ati namunalarini o‘rganish Mashhur sozandalar, g‘ijjak ustalarining hayoti va ijodi bilan tanishish o‘quvchilarda faxr, hurmat va ilhom uyg‘otadi. Buning uchun o‘qituvchi tomonidan darslarda ularning asarlari tinglatilishi, ijro tahlil qilinishi va tarixiy ma’lumotlar berilishi zarur. Guruhli ish va o‘zaro baholash O‘quvchilarni kichik guruhlarda birgalikda mashq qilishga jalb etish – ular orasida hamkorlik, mas’uliyat, va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, o‘quvchilar bir-birining ijrosini baholash orqali tanqidiy fikrlash va eshitish madaniyatini rivojlantiradi. Ota-onalar bilan hamkorlik O‘quvchilar motivatsiyasini oshirishda ota-onalar ishtiroki ham muhim omildir. Ularni farzandining yutuqlari bilan tanishtirib borish, mashg‘ulotlarga jalb qilish, konsertlarga taklif etish – o‘quvchining uyda mashq qilishiga ham turtki beradi. G‘ijjak sinfida o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish nafaqat ularning ijodiy salohiyatini rivojlantiradi, balki milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan usullar – rag‘batlantirish, texnologiyalardan foydalanish, ijodiy chiqishlar, tarbiyaviy misollar va ota-onalar bilan hamkorlik – o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni mustaqil ijod sari yo‘naltiradi. Har bir o‘qituvchi o‘z pedagogik mahorati va ijodkorligi orqali bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ҳамидов М. – Мусиқа таълимида педагогик маҳорат , Тошкент, 2020. 2. Абдуллаев А. – Ўқувчиларни мусиқага қизиқтириш усуллари , Тошкент, 2018. 3. Ryan R., Deci E. – Intrinsic and Extrinsic Motivations: Classic Definitions and New Directions , 2000. 4. Vygotsky L. – Psixologik rivojlanish nazariyasi , Moskva, 1982. 5. Зоҳидов Ш. – Гижжак ижрочилиги ва методикаси , Бухоро, 2019. 6. Юнусов А. – Ўқитувчи ва шогирд муносабатида психологик ёндашув , Самарқанд, 2021. 7. Ф.Kaроматов. Узбекская инструментальная музыка. Taшкент. 1972. 8. G’,M.Xudoyev. G’ijjak cholg’usi ijrochilik an’analari, Toshkent,”ma’rifat” nashriyoti;,-2014.110 b. 9. H. Nurmatov ―O`zbek xalq musiqasi Toshkent. O`qituvchi nashriyoti. 1998 y. 10. Yakubov Z.M. “Cholg`u ijrochiligi, g`ijjak cholg`usi”. fani bo`yicha o`quv qo`llanma.-Samarqand: SamDU nashri, 2021y.