scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QUYONLARDA KALSIY-FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHINING PROFILAKTIKASI

Eshburiyev S.B.; Qarshiyev U.T.; Aliyarov S.; Qirg'izboyev M.; Shirinov R.; Marufov N.

Abstract

Ushbu maqolada quyonlarda kalsiy-fosfor almashinuvi profilaktikasi klinik belgilari, gematologik ko’rsatkichlari va o’zgarishlar bayon yetilgan. Ona quyonlarni bo’g’ozlik davrida to’yimliligi past, sifatsiz oziqlantirish, ona quyonlar organizmining vitaminlar va makro-mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirilmasligi hisoblanadi. Teri qoplamasining xurpayishi, yaltiroqlikning pasayishi, shilliq pardalarning kuchli darajada oqarishi, tana vaznining kamayishi, ishtahaning o’zgarishi kabi simptomlar bilan kechadi Quyonlarda kalsiy va fosfor almashinivi buzilishlarining oldini olish uchun Nova Marks primiksi bilan boyitilgan granulali omuxta yemlarni berish, Innoprovet probiotigi suvga aralashtirib berish usullari ishlab chiqilgan. Ushbu profilaktika usuli quyonlarda kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishlarini oldini oladi.

Full text

RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 34 QUYONLARDA KALSIY-FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHINING PROFILAKTIKASI Eshburiyev S.B. veterinariya fanlari doktori, dotsent Qarshiyev U.T. assistent Aliyarov S. assistant Qirg’izboyev M. assistent Shirinov R. talaba Marufov N. talaba Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17320493 Annotatsiya Ushbu maqolada quyonlarda kalsiy-fosfor almashinuvi profilaktikasi klinik belgilari, gematologik ko’rsatkichlari va o’zgarishlar bayon yetilgan. Ona quyonlarni bo’g’ozlik davrida to’yimliligi past, sifatsiz oziqlantirish, ona quyonlar organizmining vitaminlar va makro-mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirilmasligi hisoblanadi. Teri qoplamasining xurpayishi, yaltiroqlikning pasayishi, shilliq pardalarning kuchli darajada oqarishi, tana vaznining kamayishi, ishtahaning o’zgarishi kabi simptomlar bilan kechadi Quyonlarda kalsiy va fosfor almashinivi buzilishlarining oldini olish uchun Nova Marks primiksi bilan boyitilgan granulali omuxta yemlarni berish, Innoprovet probiotigi suvga aralashtirib berish usullari ishlab chiqilgan. Ushbu profilaktika usuli quyonlarda kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishlarini oldini oladi. Kalit so’zlar: quyonlar, kalsiy, fosfor, Nova Marks, premiksi, Innoprovet, gipokalsiyemiya, gipofosforemiya, gipoglikemiya, gipogemoglobinemiya. Аннотация В данной статье описаны клинические признаки, гематологические показатели и изменения, возникающие при профилактике нарушений кальциевофосфорного обмена у кроликов. Это является следствием неполноценного питания крольчих в период лактации, некачественного кормления, неполного удовлетворения потребностей крольчих в витаминах, макрои микроэлементах. Заболевание сопровождается такими симптомами, как повышенная шероховатость кожи, снижение блеска, выраженное побледнение слизистых оболочек, снижение массы тела и изменение аппетита. Для профилактики нарушений кальциево-фосфорного обмена у кроликов разработаны методы кормления их гранулированными комбикормами, обогащенными премиксом Нова Маркс и пробиотиком Иннопровет, разведенными с водой. Данный метод профилактики позволяет предотвратить нарушения кальциево-фосфорного RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 35 обмена у кроликов. Ключевые слова: кролики, кальций, фосфор, Нова Маркс, премикс, Иннопровет, гипокальциемия, гипофосфоремия, гипогликемия, гипогемоглобинемия. Annotation This article describes the clinical signs, hematological indicators and changes in the prevention of calcium-phosphorus metabolism in rabbits. It is a consequence of poor nutrition of mother rabbits during the lactation period, poor-quality feeding, incomplete satisfaction of the mother rabbits' needs for vitamins and macroand microelements. It is accompanied by symptoms such as increased skin roughness, decreased gloss, severe blanching of mucous membranes, decreased body weight, and changes in appetite. To prevent calcium and phosphorus metabolism disorders in rabbits, methods have been developed to provide granular mixed feeds enriched with Nova Marks premix and Innoprovet probiotic mixed with water. This preventive method prevents calcium-phosphorus metabolism disorders in rabbits. Keywords: rabbits, calcium, phosphorus, Nova Marks, premix, Innoprovet, hypocalcemia, hypophosphoremia, hypoglycemia, hypohemoglobinemia. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo miqyosida zotli quyonlar orasida moddalar almashinuvi buzilishlari, shu jumladan kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi kasalliklari, uning oqibatida nimjon va hayotchanligi past bo‘lgan yoki o‘lik quyon bolalarining tug‘ilish holatlari ko‘p uchramoqda. O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturda «quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sifatli quyon go‘shti iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilgan bo‘lib, quyon go‘shtini yetishtirish hajmini 100 tonnadan 23 ming tonnaga, aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish hajmini 3 kilogrammdan oshirishga erishish kabi muhim vazifalar belgilangan. Ushbu dolzarb vazifalarni samarali bajarish uchun quyonlarning modda almashinuvi buzilishi kasalliklari, xususan mineral moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari katta to‘siqlardan biri bo‘lmoqda. Quyonlar organizmining o‘sishi va rivojlanishi, suyaklarning qattiqligi va ularda modda almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishini ta’minlashda kalsiy va fosfor elementlarining ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi. Quyonlarda kalsiy va fosfor minerallari almashinuvining buzilishlari o‘sish va rivojlanishdan qolish, raxit, Dgipovitaminoz mahsuldorlikning hamda organizm rezistentligining pasayishiga sabab bo‘ladi [3,4]. Mis ham mikroelement sifatida hayvon organizmi uchun zarurdir, chunki u to‘qimalarning nafas olish va qon aylanish jarayonlarida ishtirok etadi. Tanadagi mis yetishmasligi terining shikastlanishiga olib keladi, o‘sayotgan yosh hayvonlarda o‘sishni kechiktiradi va anemiya rivojlanadi. Marganesning hayvonlar ko‘payish RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 36 qobilyati faolligini yaxshilashida, shuningdek skeletning shakllanishida tutgan o‘rni yuqori ekanligi qayd etilgan. O‘sib borayotgan yosh quyonlarning ratsionida uning yetishmasligi suyaklarning deformatsiyasiga va ularni o‘sishining sekinlashishiga olib keladi [5,8,9] Marganes o‘simliklarning yashil barglarida va bug‘doy kepagida juda ko‘p miqdorda saqlanadi. Kobalt B12 vitamini sintezida muhim rol o‘ynaydi va gemapoez jarayonlarida ishtirok etadi. U quyonlar junining sifatiga ijobiy ta’sir qiladi [1,2,4] Mineral moddalar singari vitaminlar ham quyonlar organizmi uchun zarur bo‘lgan murakkab birikmalar hisoblanadi. Vitaminlar quyonlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur. Vitaminlar yetishmasligidan (gipovitaminoz) va ularning ortiqcha miqdori (gipervitaminoz) paydo bo‘ladi. Ushbu ikkala omil ham hayvonning hayotiga salbiy ta’sir qiladi va har xil kasalliklarning sababi, shuningdek quyonlarning reproduktiv xususiyatiga ta’sir qiladi [6,7] Ozuqa tarkibidagi mineral moddalar hayvonlarning ko‘payish jarayoniga, o‘sish suratining yuqori ko‘rsatkichiga ega bo‘lishiga, sog‘lom nasl olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonning jinsi va yoshini hisobga olgan holda mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyoj va me’yor ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Belgilangan me’yorda mineral elementlardan foydalanish organizmning chidamligiga, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga, ozuqa moddalarining hazm bo‘lishiga va ozuqa sarflarining pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [6]. Tadqiqotlar joyi, ob’yekti va uslublari. Ilmiy tadqiqotning eksperimental qismi Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi “Kumushkent-xumo qushi”, quyonchilik xo‘jaliklarida o‘tkazildi. Xo‘jaliklardagi tekshirilgan bo‘g‘oz ona quyonlardan 10 bosh ajratilib klinik ko‘rikdan o‘tkazish orqali umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari bilan umumiy holat, ishtahasi, semizlik darajasi, tashqi ta’sirlarga javob reaksiyasi, shilliq pardalar rangi, teri qoplamasi, teri va harakat a’zolarining holati, tana harorati, 1 daqiqadagi nafas va puls soni aniqlandi. Quyonlar qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlari “Genru GS300 Plus va CYANSmart” biokimyoviy apparatlarida ekspress usulida aniqlandi. Quyonlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarini profilaktika qilish vositalarini tanlash, ularni quyonlar organizmiga va mahsuldorligiga ta’sirini o‘rganish hamda profilaktika usulining iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida ilmiy – amaliy laboratoriya tajribalari o‘tkazildi. Olingan natijalar tahlili. Quyonlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarining etiologiyasi asosan ularni saqlash sharoitlari, oziqlantirish tipi, ratsionlarning to‘yimliligi, quyonlar organizmining biologik faol moddalar makro va mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Bo‘g‘oz quyonlarda dispanser tekshirishlar o‘tkazish bilan organizmda moddalar almashinuvi darajasi va quyonlar ratsionining tarkibi va to‘yimlilik darajasini o‘rganish va tahlil qilish asosida quyonlar organizmida gemoglobin miqdori, RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 37 glyukoza, umumiy oqsil, karotin, anorganik fosfor, umumiy kalsiy yetishmasligi aniqlandi. Tajribalar uchun “Nurniyoz ota” fermer xo‘jaligidan keltirilgan xikol zotiga mansub ona quyonlar Universitet vivariyasidagi quyonxonada saqlanib, ularda tajribalar olib borildi. Tajribalarimiz yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarning bo‘g‘oz quyonlar klinik, gematologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganishni davom ettirish va shu asosda quyonlarda kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishiga qarshi profilaktik vositani ishlab chiqish maqsadida o‘tkazildi. Tajribalar uchun har birida 5 boshdan 4-4,5 oylik quyonlardan iborat bo‘lgan uchta guruh tashkil etildi. Tajribalar uchun tanlangan quyonlar suniy urug‘lantirildi. Birinchi tajriba guruhiga granulali omuxta yem baktovit probiotigi bilan boyitilgan (1tonna yemga 1 kg kukun holida) berib oziqlantirildi. Ikkinchi tajriba guruhiga granulali yem (1tonna yemga 1 kg Nova Marks premiksi bilan boyitilgan) + Innoprovet 1 ml 1 litr suv bilan (7 kun davomida). Nazorat guruhi xo‘jalik ratsionida oziqlantirildi. Tajribalar bir oy davomida o‘tkazildi. Quyonlar bo‘g‘ozligining 10-, 20va tug‘ishdan keyingi 10kunlarida klinik va gematologik tekshirishlar o‘tkazildi. Ulardan tug‘ilgan quyon bolalarining tug‘ilgandagi tana vazni aniqlandi. Tajribadagi ona quyonlarning bolalari 25 kunlikdan so‘ng sutdan ajratilib, mustaqil oziqlana boshlagandan so‘ng har birida 5 boshdan bo‘lgan 3 ta guruhda ona quyonlarga berilgan tartibda profilaktik vositalar qo‘llanilib tajribalar davom ettirildi. Tajribalar davomida quyon bolalarining o‘sishi, klinik va gematologik ko‘rsatkichlari har 10 kunda bir marta tekshirildi. Tajribalar 30 kun davom etdi. Quyonlarga qo‘llanilgan profilaktik vositalarning suyaklarning morfometrik o‘lchamlariga ta’siri ham o‘rganildi. Har bir tajriba guruhidan tajribalar oxirida 3 boshdan jami 9 bosh quyonlar so‘yildi va son va yelka suyaklari muskullardan ajratilib, og’irligi, uzunligi va enining o‘lchamlari aniqlandi. Tajriba quyonlarida klinik va gematologik tekshirishlar o‘tkazildi. Quyonlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish orqali umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari bilan umumiy holat, ishtaha, semizlik darajasi, tashqi ta’sirlarga javob reaksiyasi, shilliq pardalar, teri qoplamasi, teri va harakat a’zolari holati, tana harorati, 1 daqiqadagi puls va nafas soni aniqlandi. Olingan raqamli ma’lumotlarga biometrik ishlov berildi. Olingan natijalar me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslandi. Tajribadagi quyonlarda bo‘g‘ozlikning 1020-kunidan tuqqandan keyingi 10kunda bir o‘tkazilgan klinik tekshirishlar natijasiga ko‘ra barcha tajriba guruhlaridagi quyonlarning tana harorati tajribalarning boshida fiziologik me’yorlar chegarasida bo‘lib, ishtahaning pasayishi, shilliq pardalarning oqarishi, semizlik darajasining o‘rtadan pastligi, quyonlarda tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasining pasayishi, teri qoplamasining hurpayishi, yaltiroqlikning pasayishi kuzatildi. Tajribalar davomida bu o‘zgarishlar tajriba guruhlarida ijobiy tomonga o‘zgarishi qayd etilgan bo‘lsa, nazorat guruhida tajriba boshida aniqlangan simptomlarni tajribalar davomida ham takrorlanib RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 38 borishi kuzatildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, quyonlarda mineral moddalar almashinuvi buzilishlari bo‘g‘ozlikning oxirlashishi bilan chuqurlashib borishi kuzatildi. Tajribadagi quyonlarning klinik ko‘rsatkichlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 1tajriba guruhida tana harorati tajriba boshida o‘rtacha 38,3±0,01, bo‘g‘ozlikning 20kuni 37,2±0,03 va tuqqandan keyingi 10kuni 38,1±0,03 ◦C ni, 2 - tajriba guruhida shunga mos ravishda o‘rtacha 38,8±0,02 ◦C, 38,9±0,03 ◦C va 38,7±0,04 ◦C ni tashkil etdi. Nazorat guruhida 38,6±0,01 ◦C, 38,2±0,01 ◦C va 38,1±0,03 ◦C ni tashkil (P<0,05) etdi. Barcha guruhlarga nisbatan 2tajriba guruh quyonlarida ko‘rsatkichlar fiziologik me’yorlar darajasida namoyon bo‘ldi. 1 daqiqadagi puls soni birinchi guruhdagi quyonlarda tajriba boshida o‘rtacha (me’yorda 1daqiqa 120-200 marta) 129,4±3,1 marta, tajribalarning oxirida o‘rtacha 126,2±4,7 martani tashkil etdi. 2 – tajriba guruhida mos holda o‘rtacha 132,7±4,2 va 122,2±4,5 marta, nazorat guruhida 128,4±4,2 va 146,9±3,6 martani tashkil (P<0,01) etdi. Granulali yem (1tonna yemga 1 kg Nova Marks premiksi bilan boyitilgan) + Innoprovet 1 ml 1 l suv bilan (7 kun davomida) berilgan 2-tajriba guruhida puls soni boshqa guruhlarga nisbatan yaxshiroq namoyon bo‘lganligi aniqlandi. 1-jadval Tajribadagi quyonlarning klinik ko‘rsatkichlari (n=15). M±m Tajriba guruhlari Tekshirish vaqti Tana harorati, 0C Puls soni, 1 daqiqada Nafas soni, 1 daqiqada Meyorda 38,5-39,5 120-200 50-60 1-tajriba A 38,3±0,01 129,4±3,1 55,4±0,8 B 37,2±0,03 128,3±3,1 52,2±0,05 C 38,1±0,03 126,2±4,7 54,3±0,03 2-tajriba A 38,8±0,02 132,7±4,1 58,7±0,10 B 38,9±0,03 129,5±3,8 57,6±0,9 C 38,7±0,04 122,2±4,9 52,3±0,07 Nazorat A 38,6±0,01 128,4±3,7 55,6±0,04 B 38,2±0,01 132,6±4,8 58,5±0,06 C 38,1±0,03 146,9±3,9 61,9±0,02 P< (P<0,05) (P<0,01) (P<0,05) Izoh: Atajriba boshida; Btajriba o‘rtasida; Ctajriba oxirida. Tajribadagi quyonlarda 1 daqiqadagi nafas olish soni (me’yor 1 daqiqada 50-60 marta) 1guruhda tajriba boshida o‘rtacha 55,4±0,8, o‘rtasida 52,2±0,05 va oxirida 54,3±0,03 martani, 2 - guruhda shunga mos ravishda o‘rtacha 58,7±0,10, 57,6±0,09 va RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 39 52,3±0,07 martani, nazorat guruhida o‘rtacha 55,6±0,04, 58,5±0,06 va 61,9±0,02 martani (P<0,05) tashkil etdi (1.-jadval). Birinchi tajriba guruhidagi quyonlardan o‘rtacha 10 tadan bola olindi, shundan 2 ta o‘lik tug‘ilganligi, ikkinchi tajriba guruhidagi quyonlardan 12 tadan bola olinib o‘lik tug‘ilishi kuzatilmadi. Nazorat guruhidagi quyonlardan o‘rtacha 8 tadan bola olindi va jami guruh bo‘yicha 3 ta o‘lik tug‘ilishi kuzatildi. Tajribadagi xikol zotli quyonlardan tug‘ilgan bolalarining tana vazni me’yorda tug‘ilgandagi tirik vazni 50-90 gr bo‘lishi belgilangan holda 1tajriba guruhidagi quyonchalarning vazni o‘rtacha 58,2±11,1 grammni va nazorat guruhida o‘rtacha 54,8±10,7 grammni, 2tajriba guruhida o‘rtacha 76,3±16,3 grammni tashkil etdi. Bu guruhdagi quyonlardan tug‘ilgan quyon bolalarining tug‘ilgandagi vazni boshqa guruhlarga nisbatan ustunligi qayd etildi. 10 kunlikda mos holda (me’yor bo‘yicha 130-260 gr) guruhlar bo‘yicha o‘rtacha 196,7±22,4, 186,5±20,1 va 214,3±18,2 grammni tashkil qildi va bu yerda ham 2-guruh quyon bolalarinin tana vazni nazorat guruhi hamda 1tajriba guruhiga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Quyon bolalarining 20 kunligida (me’yor 250-500 gr) o‘rtacha tana vazni 1tajriba guruhida 267,5±28,2, 2-tajriba guruhida 458,7±32,6 va nazoratda 256,5±18,4 grammni, 30 kunlikda (me’yorda 400-900 gr) mos holda 452,8±38,1, 648,3±46,2 va 436,4±30,2 ni tashkil etdi. Innoprovet probiotigi va boyitilgan granulali omuxta yem berilgan 2-tajriba guruhidagi quyonlardan tug‘ilgan bolalarining tirik vazni 1-tajriba guruhi va nazoratga nisbatan yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etdi (2.-jadval). 2-jadval Tajribadagi quyonlardan tug‘ilgan bolalarining tana vazni (n=15), M±m. Tajriba guruhlari Tug‘ilgandagi tana vazni, g 10 kunlikda, g 20 kunlikda, g 30 kunlikda, g Me’yorda 50-90 130-260 250-500 400-900 1 - tajriba 58,2±11,1 196,7±22,4 267,5±28,2 452,8±38,1 2 - tajriba 76,3±16,3 214,3±18,2 458,7±32,6 648,3±46,2 nazorat 54,8±10,7 186,5±20,1 256,5±18,4 436,4±30,2 Tajribadagi ona quyonlar tana vaznini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, tajriba boshida quyonlarning tirik vazni bo‘yicha katta farq kuzatilmadi, ammo bo‘g‘ozligining 30 kunlik davriga borib, 2-guruh quyonlarda tana vazni o‘rtacha 5,46±1,48 kgni tashkil etib, boshqa guruhlarga nisbatan ustunlik qilganligi aniqlandi. RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 40 3-jadval Tajribadagi quyonlar tana vaznining o’zgarishi (kg) Tajriba guruhlari Tajriba boshida 30 kuni 1 - tajriba 4,22±0,25 4,86±0,54 2 - tajriba 4,08±1,06 5,46±1,48 nazorat 4,18±0,43 4,71±0,34 Bu ko‘rsatkich, 1-guruhda bo‘g‘ozlikning 30kuni o‘rtacha 4,86±0,54 kg va nazorat guruhida o‘rtacha 4,71±0,34 kgni tashkil etdi (3jadval). Tajribadagi quyonlarda gematologik ko‘rsatkichlar gemoglobin miqdorining tajribalarning oxiriga kelib 1tajriba guruhida o‘rtacha 99,5±2,6g/l gacha, 2tajriba guruhida gemoglobin miqdori tajribalarning boshida o‘rtacha 101,2±3,6 g/l ni tashkil etib, tajriba oxiriga kelib o‘rtacha 101,5±5,1g/l gacha oshishi, nazorat guruhida 104,3±3,2 g/l dan 88,4±2,3 g/l ga (P<0,001) kamayishi bilan xarakterlandi. Qon zardobidagi umumiy oqsil miqdori tajribalarning boshida 1tajriba guruhida o‘rtacha 54,25±1,52 g/l ni, tajribalarning oxiriga kelib o‘rtacha 62,6±1,48 g/l gacha, 2-tajriba guruhida shunga mos ravishda o‘rtacha 53,15±1,54 g/l dan 68,32±1,48 g/l gacha oshganligi aniqlandi, nazorat guruhida bu ko‘rsatkichning tajribalar oxiriga kelib o‘rtacha 52,26±1,76 g/l dan 51,72±2,84 g/l gacha (P<0,05) kamayganligi aniqlandi. Tajribadagi quyonlar qonidagi glyukoza miqdorining tahliliga ko‘ra, 1-tajriba guruhida tajriba boshida o‘rtacha 3,45±0,421 mmol/lni, oxirida o‘rtacha 3,76±0,422 mmol/l, mos holda 2-tajriba guruhida o‘rtacha 3,32±0,245 mmol/l dan 4,73±0,232 mmol/l gacha oshganligi, nazorat guruhida o‘rtacha 3,36±0,582 mmol/l dan 3,18±0,453 mmol/l gacha (P<0,05) kamayishi kuzatildi. Qon zardobidagi umumiy kalsiy 1-guruhda tajribalarning boshida o‘rtacha 2,22±0,250 mmol/l, oxirida o‘rtacha 2,66±0,050 mmol/l gacha, 2-guruhda o‘rtacha 2,34±0,451mmol/l dan 3,54±0,216 mmol/l gacha ko‘payishi, nazorat guruhida 2,23±0,184 mmol/l dan 2,06±0,086 mmol/l gacha P<0,01) kamayishi kuzatildi. Anorganik fosfor miqdori tajriba boshida 1guruhdagi quyonlarda o‘rtacha 1,46±0,0253 mmol/l va oxirida 1,62±0,054 mmol/l gacha, mos holda 2guruhda o‘rtacha 1,38±0,074 mmol/l dan 1,95±0,053 mmol/l gacha oshishi, nazorat guruhida o‘rtacha 1,48±0,024 mmol/l dan 1,26±0,069 mmol/l gacha (P<0,01) kamayishi kuzatildi. Tajribalarning boshida tajriba va nazorat guruhlaridagi quyonlarda klinikfiziologik, gematologik ko‘rsatkichlarida sezilarli farqlar kuzatilmagan bo‘lsada, tajribalarning oxiriga kelib, tajriba guruhidagi quyonlarga berilgan profilaktik vositalarni quyonlar organizmiga ijobiy ta’sir etishi natijasida moddalar almashinuvi RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 41 jarayonlari, klinik, gematologik ko‘rsatkichlari me’yorlar darajasida yaxshilanishi, nazorat guruhidagi quyonlarda esa bu ko‘rsatkichlarning salbiy tomonga o‘zgarishi bilan xarakterlanib, tajribalar oxirigacha ham quyonlarda kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishi klinik belgilari (ishtahaning o’zgarishi, umumiy holsizlanish, kamqonlik tana qoplamasi yaltiroqligining pasayishi) qayd qilindi. Xulosalar 1. Quyonlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzulishlarini profilaktika qilishda ular bug‘ozligining 10 kunidan boshlab tug‘ishdan keyingi 10 kunlikgacha bo‘lgan davrda granulali yem va innoprovet probiotigini qo‘llashning samarasi yuqori bo‘lib, quyonlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi, klinik va gematologik ko‘rsatkichlarni me’yorlar darajasida bo‘lishini ulardan tug‘ilgan bolalarining tug‘ilgandagi tana vaznini nazorat guruhiga nisbatan 28,4% ga yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. 2. Ona quyonlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarining oldini olishda bo‘g‘ozligining 10-kunidan boshlab tug‘ishdan keyingi 10 kunigacha bo‘lgan davrda granulali yem (1tonna yemga 1 kg Nova Marks premiksi bilan boyitilgan) va innoprovet 1 ml 1 litr suv bilan (7 kun davomida) qo‘llashning samarasi yuqori bo‘lib, qondagi gemoglobin miqdorini o‘rtacha 104,3±5,1g/l, qon zardobidagi umumiy oqsilni - 68,32±1,48 g/l, umumiy kalsiyni - 3,54±0,216 mmol/l va anorganik fosforni 1,95±0,053 mmol/l gacha oshishi aniqlandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Norboyev Q.N., Bakirov B., Eshburiyev B.M. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. Darslik. SamDU bosmaxonasi. Samarqand, 2020.435-b. 2. Juykova, M. Myasnaya produktivnost i kachestvo myasa krolikov pri ispolzovanii svetovыx voln raznoy dlinы / M. Juykova, O. Gorelik // Materialы mejdunar. nauchn. – prakt. konfer.: «Razrabotka i vnedreniye novыx texnologiy polucheniya i pererabotki produksii jivotnovodstva». – Troisk: UGAVM. – 2014. – S. 80-83. 3. Gematologiya. Uchebnoye posobiya. I.I. Nekrasova, A.I. Kvochko, R.A.Ziyagaskiy. Sankt -Peterburg : Lan, 2021.-208 s. 4. Nozdrin, G.A. Nauchnыye osnovы primeneniya probiotikov v ptisevodstve / G.A. Nozdrin, A.B. Ivanova, A.I. Shevchenko, A.G. Nozdrin. – Novosibirsk. – 2005. – 224 s. 5. Eshburiyev S.B., Z.B.Mamatova, Sattorov J, Qarshiyev U, Azimova D. Yovvoyi va ekzotik hayvonlar kasalliklari diagnostikasi fanidan amaliy-laborator mashg‘ulotlar. Uslubiy qo‘llanma. «Nasimov» XK. Samarqand. 2021. 196-b. RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 42 6. Eshburiyev, S. B., Qarshiyev, U. T., & Baxtiyorov, S. (2024). QUYONLARDA KALSIY FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHLARINI PROFILAKTIKASI. TADQIQOTLAR. UZ, 1(1), 140-145. 7. Toshmurodov, D., Eshimov, D., Eshburiyev, S., Aliyarov, S. M., & Fayzullayev, I. (2024). The use of Chitosan hydroxyapatite in improving the Clinicophysiological indicators of broiler chicks, as well as in increasing productivity and preservation. In BIO Web of Conferences (Vol. 95, p. 01030). EDP Sciences. 8. Eshburiyev, S., Mamatova, Z., Achilov, O., Karshiyev, U., Eshimov, D., Kholbekova, G., & Sattorov, J. (2024). Causes and prevention of disorder of calciumphosphorus exchange in rabbits. In BIO Web of Conferences (Vol. 118, p. 01013). EDP Sciences. 9. Norboyev, K. N., Rakhmanov, U. A., Ata-Kurbanov, A. E., & Eshburiyev, S. B. (2023). The use of Vitatonik feed additives and Bio-S3 probiotic on the productivity and resistance of laying hens. In E3S Web of Conferences (Vol. 462, p. 01009). EDP Sciences.