scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISH METODIKASI

Xamrayeva Zarina

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlashini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, muammoni hal qilish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari tahlil qilinadi. Muallif innovatsion yondashuvlar orqali o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni faol, mustaqil va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirish usullarini taklif etadi.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 78 INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISH METODIKASI Xamrayeva Zarina Buxoro Xalqaro Universiteti Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlashini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, muammoni hal qilish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari tahlil qilinadi. Muallif innovatsion yondashuvlar orqali o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni faol, mustaqil va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirish usullarini taklif etadi. Kalit so‘zlar: Innovatsion texnologiyalar, mustaqil fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, metodika, kreativlik. Аннотация В данной статье рассматривается роль и значение инновационных технологий в формировании самостоятельного мышления учащихся начальных классов. Автор анализирует современные образовательные технологии, способствующие развитию аналитического мышления, решения проблем и творческого подхода. В работе предложены методы стимулирования активности и самостоятельности учащихся в учебном процессе. Ключевые слова: Инновационные технологии, самостоятельное мышление, начальное образование, методика, креативность Abstract This article examines the role and importance of innovative technologies in developing independent thinking among primary school students. The author analyzes modern educational technologies that promote analytical thinking, problem-solving, and creative approaches. The paper proposes methods to encourage students’ activity, independence, and critical thinking in the learning process. Keywords: Innovative technologies, independent thinking, primary education, methodology, creativity. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 79 Kirish Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayonini zamon talablariga moslashtirish dolzarb masalalardan biridir. Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir. Har bir ustoz, har bir pedagog yosh avlodni ko`p asrlik milliy madaniyatimiz va tariximiz, shuningdek zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosida tarbiyalash ishiga o`z hissasini qo`shishi, samarali maktab poydevorini qurishi, mustahkamlashi lozim. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonigamohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda innovatsion ta’lim texnologiyasidan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlash bugungi boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni oson va qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o‘qituvchining ham professional o‘sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatish, uzluksiz o`rganish uchun ma`qul muhit shartsharoit, yaratishdan iborat. Boshlang‘ich sinf bosqichi shaxsning tafakkuri, dunyoqarashi va o‘qishga bo‘lgan munosabatini shakllantiruvchi eng muhim davr hisoblanadi. Shu bois, bu bosqichda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish nafaqat dars samaradorligini oshiradi, balki ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun poydevor yaratadi. Innovatsion texnologiyalar – bu jarayonda eng samarali vositalardan biri bo‘lib, ular ta’lim jarayonini interfaol, qiziqarli va o‘quvchiga yo‘naltirilgan shaklga keltiradi. Inovatsion texnologiya - ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo`llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta`lim jarayonida o`qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o`zgartirishlar kiritish bo`lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Boshlang’ich sinf darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish - bu o`quvchilarni faolligiga, erkin va mustaqil fiklashiga chorlaydi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil ishlash ko`nikma va malakasi rivojlanadi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 80 Metodologiya Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: kuzatish, intervyu, pedagogik eksperiment, diagnostika, tahlil va sintez. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar asosida innovatsion texnologiyalarning ta’siri o‘rganildi. Eksperimental guruhda o‘qituvchilar darslarda raqamli vositalar – interaktiv doskalar, onlayn testlar, multimediali taqdimotlar va gamifikatsiya usullaridan foydalandilar. Nazorat guruhi esa an’anaviy o‘qitish usullarida tahsil oldi. Tadqiqot natijalarini tahlil qilishda statistik va sifat tahlil usullaridan foydalanildi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Bunday darslarda o`qituvchi o`quvchilarni faoliyatini dars maqsadiga yo`naltiradi bu usullarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlikjarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, dars jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlari doimiyligi ta`minlanishi, o`qituvchi va o`quvchilarning hamkorligidagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini ta`minlaydi. O’qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rish mobaynida o`quv vositalarini darsning rejadagi mavzusiga qarab tanlashi va asosiy e`tiborni qo`llaydigan metodlari va tanlagan o`quv vositalariga qaratishi lozim. Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini aniqlashga qaratilgan kompleks yondashuv qo‘llanildi. Tadqiqot quyidagi metodik asoslar va bosqichlar asosida olib borildi: 1. Nazariy tahlil metodi. Mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, pedagogik manbalar, ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilib, “mustaqil fikrlash”, “innovatsion ta’lim texnologiyalari”, “kritik tafakkur” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati tahlil qilindi. Bu bosqichda ilgari ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar o‘zaro solishtirilib, tadqiqot uchun nazariy asos yaratildi. 2. Diagnostik metodlar. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 81 O‘quvchilarning boshlang‘ich bosqichdagi fikrlash darajasini aniqlash uchun maxsus so‘rovnomalar, psixologik testlar hamda o‘quv topshiriqlari asosida dastlabki diagnostika o‘tkazildi. Diagnostika jarayonida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, muammoni hal qilish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari baholandi. 3. Eksperimental metod. Tadqiqotning amaliy bosqichida innovatsion texnologiyalar – “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Baliq skeleti”, “Debat”, “Insert”, “Venn diagrammasi” kabi metodlar asosida dars jarayonlari tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari ikki bosqichda: tajriba guruhi va nazorat guruhida olib borildi. Tajriba guruhi o‘quvchilari bilan darslarda interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), elektron ta’lim platformalari va raqamli resurslardan foydalanildi. 4. Kuzatish va suhbat metodi. O‘qituvchi faoliyati, o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtiroki, ularning fikrlash faolligi muntazam kuzatilib bordi. Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan individual va guruhli suhbatlar o‘tkazilib, ularning innovatsion metodlarga nisbatan munosabati o‘rganildi. 5. Matematik-statistik tahlil. Tajriba va nazorat guruhlari natijalari o‘rtasidagi farq matematik-statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar asosida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatgani aniqlab berildi. 6. Pedagogik tajriba natijalarini umumlashtirish. Tajriba yakunida olingan natijalar tahlil qilinib, samarador metodlar ajratib olindi va ularning amaliyotda qo‘llanishi uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijalar Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion texnologiyalar qo‘llangan darslarda o‘quvchilarning faolligi 35% ga, mustaqil fikrlash darajasi esa 40% ga oshgan. O‘quvchilar yangi mavzularni tezroq o‘zlashtirgan, muammoli vaziyatlarda yechim topishga qiziqish bildirgan. Masalan, interfaol testlardan foydalanish o‘quvchilarni Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 82 javobgarlikka o‘rgatgan, elektron platformalar orqali berilgan topshiriqlar esa ularning ijodiy yondashuvini kuchaytirgan. Darslarda 'miya hujumi', 'klaster', 'aqliy hujum' kabi metodlar bilan birga raqamli o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirgan. Muhokama Olingan natijalar innovatsion texnologiyalarning boshlang‘ich ta’limda samarali ekanligini tasdiqlaydi. Ular o‘quvchilarda bilim olish jarayonini shaxsiy tajriba bilan bog‘lash imkonini yaratadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar o‘qituvchidan yangi rolni – fasilitator, yo‘naltiruvchi va motivator rolini bajarishni talab etadi. Bu esa pedagogik jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni demokratlashtiradi. Biroq, ba’zi muammolar ham mavjud: barcha o‘qituvchilar texnologik savodxonlikka ega emas, maktablarning texnik bazasi ham yetarli emas. Shuning uchun o‘qituvchilar uchun maxsus treninglar, malaka oshirish dasturlari tashkil etish zarur. O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. Muhimi, didaktik o'yinlar jarayonida bolada o'z kuchiga ishonch shakllanadi, erkin harakat qilishga, o'z fikrlarini erkin bayon qilishga o'rganadi, mustaqil fikrlar bildira boshlaydi. Masalan, "Suratdagi xatoni top" o'yinida bola suratni mustaqil kuzatadi. Qish manzarasi tasvirlangan suratda daraxtning gullayotgani ham chizilgan bo'lsa, buni bola mustaqil topadi. Shu joyda uning tafakkuri ham ishga tushadi. Ya'ni o'rganganlari asosida har bir faslning o'ziga xosliklarini esga oladi va qishda daraxt gullamasligini asoslaydi. Xuddi shuningdek, "Bo'lishi mumkin emas", "Matndagi xatoni top" o'yinlari, rebus, boshqotirma kabilar o quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Shuningdek, darslikdagi rasm ustida ishlashga doir mashqlar ham o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Bola rasmga o'z munosabatini bildiradi, savol-javoblarda faol ishtirok etadi, rasm asosida hikoya yozish topshirig'i berilsa, u o'z tasavvurlari asosida hikoya yozadi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida bolani mustaqil fikrlashga o'rgatish imkoniyatlari keng va undan oqilona foydalanish yaxshi samara beradi. O'quvchini matn ustida ishlashga yo'llash mustaqil fikrlashga o'rgatishning eng samarali usullaridan biridir. Xulosa Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalar yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish – ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning muhim yo‘nalishidir. Bu metodika o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy va ijodiy Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 83 tafakkurini rivojlantiradi, ularni bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish uchun o‘qituvchilarni doimiy ravishda o‘qitish va zamonaviy raqamli resurslar bilan ta’minlash zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xodjayev B. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. 2. Saidova M. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2021. 3. Dewey J. Experience and Education. – New York: Macmillan, 1938. 4. OECD Report: Innovation in Education. – Paris, 2023. 5. Vygotsky L. Mind in Society. – Harvard University Press, 1978. 6. Papert S. The Children’s Machine: Rethinking School in the Age of the Computer. – New York: Basic Books, 1993. 7. Fullan M. The New Meaning of Educational Change. – Teachers College Press, 2024.