scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIIY DISKURSDA LISONIY PORTRET

Xoliqulova Shoxista,

Abstract

Zamonaviy tilshunoslikda inson omili, xususan, «lisoniy shaxs» tushunchasi ilmiy tadqiqotlarning markazida turadi. Shu sababli, ushbu maqolada aynan shu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada badiiy matnda personajning ruhiy va emotsional holatini qanday ifodalashi, uning xarakteri va individual tomonlarini tasvirlashda aksiologik va baholovchi so‘zlarning semantik, stilistik hamda pragmatik imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Badiiy matn uchun muhim bo‘lgan emotsional taassurot yoki kognitiv obrazni yaratishda yozuvchining atrofdagi odamlar, predmetlar va voqealarni qanday qabul qilishi katta ahamiyatga ega. Bu t esa badiiy asarda personajlarning his-tuyg‘ulari orqali muallifning individual emotsiyalarini ifoda etishga yordam beradi.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 84 BADIIY DISKURSDA LISONIY PORTRET Xoliqulova Shoxista, 30-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Samarqand, O‘zbekiston E-mail: [email protected] Annotatsiya: Zamonaviy tilshunoslikda inson omili, xususan, «lisoniy shaxs» tushunchasi ilmiy tadqiqotlarning markazida turadi. Shu sababli, ushbu maqolada aynan shu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada badiiy matnda personajning ruhiy va emotsional holatini qanday ifodalashi, uning xarakteri va individual tomonlarini tasvirlashda aksiologik va baholovchi so‘zlarning semantik, stilistik hamda pragmatik imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Badiiy matn uchun muhim bo‘lgan emotsional taassurot yoki kognitiv obrazni yaratishda yozuvchining atrofdagi odamlar, predmetlar va voqealarni qanday qabul qilishi katta ahamiyatga ega. Bu t esa badiiy asarda personajlarning his-tuyg‘ulari orqali muallifning individual emotsiyalarini ifoda etishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: lingvopragmatika, til shaxsi, baho, emotsional baho, ekspressiv baho, illokutiv nutqiy akt, perlokutiv akt, nutq vaziyati, ichki nutq, predikat, modus, eksperienser, patsiens. Ma’lumki, kommunikatsiya jarayonida muloqotchilarning o‘zaro munosabati muhim o‘rin tutadi.Tilda mavjud bo‘lgan leksik, frazeologik va grammatik birliklarning muomalaga kiritilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlovchining kommunikativ maqsadi hamda nutq qaratilgan shaxsga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. Nutqiy vaziyat uchun mos keladigan til birligining to‘g‘ri tanlanishi uni emotsional-ekspressiv vositaga aylantiradi. Tilshunos olim N.Mahmudov shunday fikrlarni bildiradi: «Estetik vazifa tilning asosiy kommunikativ vazifasini qulaylashtiradi, uning imkoniyatlarini boyitadi. Til va nutq ayni shu estetik vazifasi bilan ifodalilik, ta’sir quvvatini namoyon etadi» [3]. Muomala jarayonida qo‘llanilgan leksik va frazeologik birliklar qatori antroponimlar vositasida so‘zlovchi mansub bo‘lgan xalqning milliy-ma’naviy xususiyatlari, ijtimoiy turmush tarzi va dunyoqarashi, e’tiqodi, an’analari va urfodatlari bilan bog‘liq jihatlar ham aks etadi. «Antroponimiya makroko‘lamiga kiradigan nomlar quyidagi atoqli otlardan tashkil topadi: 1) ismlar; 2) laqablar; 3) familiyalar; 4) otaismlar; 5) taxalluslar; 6) shaxsni nomlashning boshqa xil tarixiy Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 85 shakllari» [1]. Badiiy matnlarda antroponimlar asarning mazmuni, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.Yozuvchi obraz yaratar ekan, asardagi har bir voqea-hodisani unga bog‘lab talqin qiladi.Asarda yozuvchi tasvirlayotgan shaxsning nomi, lisoniy badiiy portreti, ichki kechinmalari, voqealar tizimida tutgan o‘rni o‘zaro aloqadorlikda badiiy obrazni hosil qiladi. Badiiy prozaik matnlar bo‘yicha kuzatishlar olib borgan O.A.Maltseva lisoniy badiiy portretni insonning tashqi qiyofasi personaj obrazini hosil qiluvchi vositalardan biri va tashqi ko‘rinish alohida qismlari – yuz tuzilishi, mimika, figura, gavdaning ko‘rinish holati, imo-ishora, harakatlar, kiyimlarning tavsifi sifatida belgilaydi [2]. Antroponimlar badiiy matnda qatnashgan personajni nomlashdan tashqari muallif munosabatini ham ifodalashga xizmat qiladi. Asardagi antroponim vositasida o‘quvchiga personaj to‘g‘risida berilgan dastlabki ma’lumotlar lisoniy badiiy portret tasviri bilan yanada to‘ldirilib, boyitib boriladi. Asarda personaj nomi va tashqi ko‘rinishining bir yoki bir necha tafsilotlarining aks ettirilishi o‘quvchida obraz haqida muayyan tasavvurning hosil bo‘lishiga imkon beradi. Aytish lozimki, “bugungi kunda «lisoniy shaxs» tushunchasi zamonaviy tilshunoslikning markaziy fenomen hodisasi sifatida kategorial maqomini egallamoqda. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu tushunchani tilshunoslikning yangi yo‘nalishi – antropolingvistika rivojlanishi uchun dastlabki bosqichiga xizmat qiluvchi obyekt sifatida baholamoqda”[4]. Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanida Xudoyorxon va Musulmonqulning lisoniy badiiy portreti quyidagicha chizilgan: Shu jallodlar orasida o‘tib uchunchi bo‘limga kirilsa, qarshida yarim gazlar yuksaklikda to‘rt oyog‘liq oq marmardan yasalg‘an taxt ustida oltin kamarga taqilg‘an oltin sopliq qilichini tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzul ustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq, cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik xon o‘lturar edi. Bu Xudoyor edi. Xonning so‘l tomonidag‘i oltin hallik kursi kishidan bo‘sh, o‘ngdagi — ichki saroyga kiradirgan eshikcha yonidag‘i kursi ustida O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilich taqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz— Musulmonqul o‘lturar va hozirg‘ina hudaychi tarafidan o‘ziga topshirilg‘an ariza va maktublardan ochib o‘qur edi (Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar). Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib, lisoniy portretni keng va tor ma’noda izohlash mumkin.Tor ma’noda lisoniy portretning bir jihati ta’riflansa, keng ma’noda Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 86 esa portret hosil qiluvchi vositalar jamlanmasi tushuniladi. Xudoyorning lisoniy badiiy portreti tashqi ko‘rinish alohida qismlari – yuz tuzilishi (cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik) yoshi (o‘n sakkiz yoshlar chamaliq), kiyimlarning tavsifi (qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzul ustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an) bilan xarakterlansa, Musulmonqulning lisoniy badiiy portreti shunday qismlardan tashkil topgan: yuz tuzilishi (basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang), yoshi ( o‘rta yoshliq), millati (qirg‘iz) , harakatlari (hozirg‘ina hudaychi tarafidan o‘ziga topshirilg‘an ariza va maktublardan ochib o‘qur edi), kiyimlarning tavsifi (o‘ngdagi — ichki saroyga kiradirgan eshikcha yonidag‘i kursi ustida O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilich taqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiygan). Shuni qayd etish lozimki, muallif hikoya qilish jarayonida personaj tashqi ko‘rinishini tasvirlash orqali unga o‘z munosabatini ham ifodalaydi.Yuqorida muallifning Musulmonqulning yuz tuzilishiga bergan ta’rifi ham buni tasdiqlaydi. Badiiy matnda obrazning lisoniy badiiy portretini yaratishda muallif munosabati doimo birinchi o‘rinda turadi.Bu avvalo, yozuvchining obrazni nomlashida ham seziladi.Abdulla Qodiriy romanning bosh obrazlaridan biri – Kumushning lisoniy portretini tasvirlashda poetik ta’sirchanlikni oshiruvchi vositalardan mohirlik bilan foydalangan.Tasvir quyidagicha: Biz bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib ayvonning chap tarafidagi daricha orqalik uyga kiramiz, ham uyning to‘riga soling‘an atlas ko‘rpa, par yostiq quchog‘ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg‘oq yotqan bir qizni ko‘ramiz.Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi...qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupoh atlas ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoqda edi. Turib o‘lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi.Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘ig‘an soch tolalari o‘rab olib jonso‘z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan malak qutidorning qizi — Kumushbibi edi.(24-bet) Yozuvchi Kumush portretini tildagi mavjud lingvostilistik vositalar yordamida shunday bir mahorat bilan chizadiki, uni o‘qigan kishining ko‘zi o‘ngida bu obraz Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 87 butun borligi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari Kumushning ma’naviy-axloqiy qiyofasi ham ana shunday tashqi go‘zallikka mos va yuksak darajada ekanligini ko‘rsatishda tashqi ko‘rinish alohida qismlari ham muhim uslubiy vosita sifatida ishtirok etgan. Bu qismlarning har biri o‘ziga xos baholash vazifasini bajarganligi seziladi. Kumushning tashqi ko‘rinishi quyidagicha o‘z badiiy tasviriga ega bo‘lgan: yuz tuzilishi: Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi...qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... ), mimika boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi); gavdaning ko‘rinish holati: Sariq rupoh atlas ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoqda edi); harakatlari: uyning to‘riga soling‘an atlas ko‘rpa, par yostiq quchog‘ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg‘oq yotqan... , Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi). Bu tasvirlar orqali lisoniy portretning xarakterlovchi, baholovchi ko‘rinishi yuzaga kelgan. Asarda Kumush obrazi yaratilishi uchun shart bo‘lgan shakl va mazmun birligining o‘z ifodasini topishi lisoniy birliklarning badiiy estetik imkoniyatlarini yanada kengaytirgan. Xulosa qilib aytganda, lisoniy portret badiiy asar mazmunini ochishda, uning badiiy-estetik qimmatini oshirishda, shuningdek personajlar xarakter-xususiyatlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. ADABIYOTLAR: 1.Авлақулов Я. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи. Филол.фанлари номз….дисс. автореф. -Тошкент, 2012. -Б.9-10. 2.Мальцева О.А. Семантико-стилистическая интерпретация словесного портрета и повторной номинации в художественном прозаическом тексте. Л., 1986.С.5. 3.Маҳмудов Н.Нутқ маданияти ва тилнинг эстетик вазифаси // Филология масалалари.2006, N2(11). -Б.51. 4. Pardayev Z. Modal-Axiological Type of Evaluator of Linguistic Personal Thought /American Journal of Education and Evaluation Studies https://semantjournals.org/index.php/ AJEES