XILODINELLYOZNING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI (adabiyotlar tahlili)
Abstract
Ushbu maqolada baliqlarda xilodinellyoz kasalligining boshqa protozooz kasalliklar bilan differensial diagnostika qilishda patologoanatomik xususiyatlari, klinik belgilarining adabiyotlar tahlili keltirilgan. Adabiyotlar tahlili asosida xilodinellyozning boshqa protozooz infeksiyalar bilan o‘zaro o‘xshashlik va farqlari aniqlanadi, shuningdek, ilg‘or molekulyar va immunologik metodlarning qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
Full text
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 73 УДК: 619:639.3:576.8:616.002 XILODINELLYOZNING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI (adabiyotlar tahlili) Satiyeva F.R. magistr Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17322445 Annotatsiya Ushbu maqolada baliqlarda xilodinellyoz kasalligining boshqa protozooz kasalliklar bilan differensial diagnostika qilishda patologoanatomik xususiyatlari, klinik belgilarining adabiyotlar tahlili keltirilgan. Adabiyotlar tahlili asosida xilodinellyozning boshqa protozooz infeksiyalar bilan o‘zaro o‘xshashlik va farqlari aniqlanadi, shuningdek, ilg‘or molekulyar va immunologik metodlarning qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Protozooz, differensial diagnostika, xilodinellyoz, ixtiobodoz, kriptobioz, trixodinoz. Аннотация В статье представлен обзор литературы, посвященный патологоанатомическим особенностям и клиническим проявлениям хилодинеллеза рыб в дифференциальной диагностике с другими протозойными заболеваниями. На основании обзора литературы определены сходства и различия между хилодинеллёзом и другими протозойными инфекциями, а также рассмотрено применение современных молекулярно-иммунологических методов исследования. Ключевые слова: простейшие, дифференциальная диагностика, хилодинеллёз, ихтиободоз, криптобиоз, триходиноз. Annotation This article presents a literature review of the pathoanatomical features and clinical signs of chylodinellosis in fish in the differential diagnosis of other protozoan diseases. Based on the literature review, the similarities and differences between chylodinellosis and other protozoan infections are determined, and the application of advanced molecular and immunological methods is considered. Keywords: Protozoa, differential diagnosis, chylodinellosis, ichthyobodiasis, cryptobiosis, trichodinosis. Mavzuning dolzarbligi. Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, tabiiy va sun’iy suv havzalaridan oqilona foydalanish, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, tabiiy va sun’iy
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 74 suv havzalarini elektron onlayn auksion orqali shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda realizatsiya qilish tartibini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2023 yildagi PQ-281-son “Baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo‘yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bunda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida baliqchilik loyihalarini amalga oshirish maqsadida, baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi oilalarni suv bilan ta’minlash choralari, Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan baliqchilik sohasida seminar va treninglarni tashkil etish, Uyushma xodimlarining xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash va ularni moddiy rag‘batlantirish kabi tizimlar yo‘lga qo‘yildi va amalga oshirib kelinmoqda. Protozooz kasalliklar baliqlarda turli patogenetik muammo bo‘lib, ularning to‘g‘ri aniqlanishi va davolanishi epidemiyalarni nazorat qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xilodinellyoz – boshqa protozooz infeksiyalar bilan klinik va laborator natijalar jihatidan ko‘plab o‘xshashliklarga ega kasallik bo‘lib, uni to‘g‘ri differensial diagnostika qilish murakkabligi shubhasiz. Shu sababli, ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili to‘g‘ri diagnostika qilish imkonini beradi. Adabiyotlar tahlili. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar va ilmiy maqolalar asosida baliqlarda xilodinellyozning klinik ko‘rinishi va patologoanatomik xususiyatlari boshqa protozooz kasalliklar bilan o‘xshash ekanini ko‘rsa bo‘ladi. Va ko‘p hollarda protozoozlar aralash holda kechganda davolash qiyinlashib iqtisodiy zararni keltirib chiqaradi. Eng ko‘p uchraydigan xilodinellyoz bilan birgalikda kechadigan quyidagi kasalliklarning klinik ko‘rsatkichlarini hamda patologoanatomik o‘zgarishlarini yaxshilab o‘rganish kasallikni erta aniqlashda va davolashni samarali olib borishda yordam beradi. XILODONELLYOZ - hovuz baliqlarining invazion kasalligi bo‘lib, teri qoplami va jabra apparatining zararlanishi bilan xarakterlanadi. Xilodonellyoz kasalligining qo‘zg‘atuvchilari Chilodonella piscicola (cyprini), Chilodonella hexasticha bo‘lib, Chilodonella cyprini – kattaroq diametri 33–100 × 24–60 µm boʻlib, har bir tomonida 10 dan ortiq qatorli kipriklar joylashganligi Chilodonella hexasticha – diametri 30–65 × 20–50 µm boʻlib, har bir tomonda 6–8 qatorli kipriklar mavjudligi aytilgan. Qo‘zg‘atuvchilari morfologiyasiga kelsak, Chilodonella spp. hujayrasi dumaloq-oval shaklda boʻlib, ventral yuzasida kipriklar qatorlari joylashgan, makronukleus doira yoki oval shaklga ega, parazitning oyoqcha qismi yoʻq, shu sababli suyak hujayralarga juda mahkam yopishadi va epiteliy hujayralarini mexanik tarzda ezib, sezilarli shikast yetkazishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. [1;5;8] Klinik belgilari. Qishlash davrida kasal baliq suv tubidan suv yuzasiga ko‘tarilishi, havoni yutishi, aylanma harakatlar qilishi aytilgan. Tanasida ko‘kimtirkulrang dog‘lar, ayniqsa boshning yuqori qismida yaxshi ko‘rinishi, jabralari shilimshiq bilan qoplanishi keltirilgan. [1;8]
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 75 Patologoanatomik o‘zgarishlarda teri va jabralar shilimshiq bilan qoplanganligi va oriqlash kuzatilgan. [1;8] Differensial diagnostika. Mikroskopik tekshiruvlar asosida ixtiobodoz, kriptobioz, trixodinoz kabi kasalliklardan farqlash lozim. IXTIOBODOZ - yosh baliqlarning terisi va jabralarining shikastlanishi bilan tavsiflanadigan invaziv kasallik. [1;8] Klinik belgilari. Jabralarda shilimshiq hosil bo‘lishining kuchayishi va ularning anemiyasi, tanasida xira, ko‘kimtir-kulrang dog‘lar bo‘lib, ular bir-biriga qo‘shilib, yaxlit karash hosil qilishi aytilgan. Suzgichlar to‘qimasining yemirilishi, baliq holdan toyib, irmoqda to‘planib qolishi, ta’sirotlarga sust javob berishi kuzatilgan. [1;8] Patologoanatomik o‘zgarishlarda jabralar anemiyasi, jabralar shilliq bilan qoplangani, suzgichlar to‘qimasining yemirilishi, tanasi kulrang-havorang karash bilan qoplangani, ozib ketishi aytib o‘tilgan. [6;7;8] KRIPTOBIOZ - baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, jabralarning zararlanishi va umumiy anemiya bilan harakterlanadi. 2 xil ko‘rinishda uchraydi. [9] Ektoparazitar kriptobiozda anemiya boshlanib, jabralarda nekrozga uchragan joylar paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi. [7;8] Klinik belgilari. Baliq holsiz, ozuqadan bosh tortadi. Jabralar kasallikning boshida kuchli qizargan bo‘ladi, keyinchalik anemiya va shilimshiq hosil bo‘lishining kuchayishi, jabra to‘qimasining nekrozi, tana rangi qoramtir bo‘lib qolishi kuzatilgan. Patologoanatomik o‘zgarishlarda jabra yaproqlari anemiyasi, jabralar shilliq bilan qoplanishi, jabra nekrozi, terining shilliqlanishi, umumiy holdan toyish kuzatilgan. Endoparazitar kriptobioz qonning zararlanishi va yaqqol ifodalangan anemiya rivojlanishi bilan harakterlanadi. [7;8] Klinik belgilari. Baliq holdan toygan, jabralari kamqon, tana biroz giperemiyalanishi aytilgan. Periferik qonda eritrotsitlar sonining kamayishi, qon ivishining pasayishi kuzatilgan. Patologoanatomik o‘zgarishlarda jabra anemiyasi, teri giperemiyasi, teri osti kletchatkasida pushti ekssudatli pufakchalar mavjudligi, ichki a’zolar anemiyasi va distrofiyasi kuzatilgan. TRIXODINOZ - teri qoplami va jabralarning zararlanishi bilan kechadigan invazion kasallik. [3;4;10;] Klinik belgilari. Tanasida ko‘kimtir-kulrang dog‘lar, tanasi xiralashishi, jabralari kamqon, shilimshiq bilan qoplanganligi aytilgan. Baliq holdan toyib, irmoq bo‘yida turib qolishi, havoni yutib, tashqi ta’sirlarga javob bermasligi kuzatilgan. Patologoanatomik o‘zgarishlarda jabra anemiyasi, teri va jabralarning shilliqlanishi, ozib ketish kuzatilgan. Yuqorida keltirilgan klinik belgilar hamda patologoanatomik o‘zgarishlar differensial diagnostika qilishda yordam beradi. Yana bir usullardan biri mikroskopik usul bo‘lib, bunda har bir qo‘zg‘atuvchining baliq terisida joylashuviga qarab qirindi
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 76 olinadi, ularning harakati va morfologik tuzilishiga e’tibor qaratiladi. Trichodina disk shaklida bo‘ladi, tez harakat qilishi bilan xilodonelladan farq qilishi aytilgan [8;10]. Costia juda kichik (10–15 mkm) bo‘ladi, harakati sustligi farqlanadi. Kriptobia esa tanada xilodonellyozga nisbatan boshqa xil shakllarda bo‘lishi, harakatini suzish orqali amalga oshirishi bilan, va kichik hajmda (10-20 mkm) ekani bilan farqlanadi. [7;8] Xulosa Adabiyotlar tahlili natijasi shuni ko‘rsatadiki, xilodinellyoz bilan birgalikda kechishi mumkin bo‘lgan boshqa protozooz kasalliklarning klinik belgilari hamda patologoanatomik o‘zgarishlari 80-90% holatlarda o‘xshash bo‘lib, agar bu kasalliklar bir vaqtda kuzatilsa, ularning davolash ishlari qiyinlashadi. Shuning uchun diagnostika usuli faqat mikroskop ostida teri va jabralardan olingan surtmalarda va qonda qo‘zg‘atuvchilarini topish orqali qo‘yilishi shart va umumiy davolash ishlarini olib borish ma’quldir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. S. Daminov, Sh. N. Nasimov, V. A. Gerasimchik, S. B. Eshburiyev, F. I. Qurbonov, “Baliq kasalliklari”, 2020. 2. Sh. Agasiev, F. I. Sulaymonov, E. V. Suya, Pskov viloyatidagi chuchuk suv baliqlarining protozoonozlari va araxnoentomozlari bilan zararlanishi tahlili, 2020 yil. 3. Курбанов Ф., Хушназарова М., Саттаров Д. Методы лечения и профилактики триходиноза рыб меры //in Library. – 2023. – Т. 4. – №. 4. – С. 2126. 4. ENATILLAYEVICH K. F. BALIQLARDA XILODINILLIOZ, TRIXODINIOZ, KRASNUXANING ARALASH OQIMDA KECHISHI //Scienceweb academic papers collection. – 2022. 5. Satiyeva F. R., Kurbanov F. E. AKVARIUM BALIQLARI XILODONELLYOZINING DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA QARSHI KURASHISH CHORA-TADBIRLARI (adabiyotlar tahlili) //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 146150.. 6. Gulxumor A. BALIQLARDA UCHROVCHI EKTOPARAZITLAR //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 5. – №. 47. – С. 430-432. 7. Rahkonen R. et al. Здоровая рыба: Профилактика, диагностикa и лечение болезней. – 2013. 8. Skurat E.K., Grebneva E.I., Degtyarik S.M., Asadchaya R.L. va boshqalar, Ciliates - ektoparazitar baliq kasalliklarining qo‘zg‘atuvchisi va ularga qarshi kurash choralari, 2008 yil. 9. Головин П. П., Зайцев Н. В. Криптобиоз лососевых рыб //Ветеринария. – 2005. – №. 6. – С. 36-39.
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 77 10. Кулясова О. В. Триходиноз аквариумных рыб : дис. – Москва : [Моск. гос. акад. вет. медицины и биотехнологии им. КИ Скрябина], 2005. 11. https://www.elibrary.ru/. 12. https://studfile.net/. 13. https://aquariumok.ru/content/hilodonellez/. 14. https://cyberleninka.ru/