PARRANDALARDA SALMONELLA INFEKSIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA PROBIOTIK TERAPIYA
Abstract
Ushbu maqolada parrandalarning salmollioz kasalligining epizootologiyasini o‘rganish va oldini olish maqsadida probiotiklarning qo’llanilishiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan.
Full text
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 78 UDK:619:636.5:616.681.49:616.084 PARRANDALARDA SALMONELLA INFEKSIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA PROBIOTIK TERAPIYA adabiyotlar tahlili G‘ulomjonov T. magistrant Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17323022 Annotatsiya Ushbu maqolada parrandalarning salmollioz kasalligining epizootologiyasini o‘rganish va oldini olish maqsadida probiotiklarning qo’llanilishiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: salmonellioz, epizootologiya, probiotik, septisimiya, diareya, GPB, GPA, “ROSS-308” Аннотация В данной статье анализируется научная литература по использованию пробиотиков для изучения эпидемиологии и профилактики сальмонеллеза домашней птицы. Ключевые слова: сальмонеллез, эпидемиология, пробиотик, септицемия, диарея, ГПБ, ГПА, «РОСС-308» Annotation This article analyzes the scientific literature on the use of probiotics to study the epidemiology and prevention of salmonellosis in poultry. Keywords: salmonellosis, epidemiology, probiotic, septicemia, diarrhea, GPB, GPA, “ROSS-308” Kirish.O‘zbekistonda so‘nggi yillarda parrandachilik sohasini rivojlantirish va ushbu sohada yetishtirilgan mahsulotlarni oshirishga katta e’tibor qaratilgan, shuningdek quyida sohani rivojlantirishga 14.06.2021 yildagi PQ-5146-sondagi parrandachilik sanoatini rivojlantirish, respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori baqul qilindi. Mavzuning dolzarbligi. Dunyo mamlakatlarida chorvachiliknining muhim tarmogʼi boʼlgan parrandachilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini ekologik toza va tannarxi arzon parranda mahsulotlariga (parranda goʼshti, tuxum) boʼlgan talabini qondirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi, parrandachilik mahsulotlari, shu jumladan goʼsht va tuxum inson isteʼmoli uchun parhez oqsilining eng muhim manbalaridan biridir.
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 79 Dunyoda parrandachilik goʼsht isteʼmoli boʼyicha yetakchi sohaga aylangan, chunki qisqa muddatda parrandalardan parxezbop, tannarxi arzon goʼsht olish imkoniyati mavjud. Masalan, «bir birlik qoramol goʼshti yetishtirish uchun sarflangan ozuqa energiyasiga 2,3 barobar parranda goʼshti va 2,1 barobar tuxum olish mumkin» . Bunga sanoat parrandachiligini intensivlashtirish, ishlab chiqarish quvvatini va ularni saqlashda kichik yuzada bosh sonini oshirish orqali erishish mumkin. Parrandachilikda yuqori samaradorlikka erishish uchun ularda uchraydigan infektsion kasalliklar, shu jumladan salmonellyoz katta toʼsiq boʼlmoqda. Respublikamizning parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida boqilayotgan parrandalarning salmonellyozi barcha infeksion kasalliklar orasidagi salmog‘i 26-40 % ni tashkil etadi. Salmonellyozlarni epidemiologik nazoratini olib boruvchi xalqaro tashkilotning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda S.enteritides keltirib chiqargan 50% dan 90 % gacha kasallanish parranda go‘shti, parrandachilik mahsulotlari va tuxum maxsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan. Oxirgi yillarda tovuq mahsulotlarini iste’mol qilish salmonellyoz bilan kasallanishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilmoqda va bu o‘z navbatida aholi qaromog‘ida boqiladigan parrandalarning kasallanishini kamaytirish muhim ekanligidan dalolat beradi[3,9,10] Salmonellioz kasalligi ko‘pgina mamlakatlarda parrandachilik sanoatining barcha sohalarini qamrab olgan va yakuniy maqsadi parranda mahsulotlari orqali salmonella yuqishini maksimal darajada kamaytirish bo‘lgan salmonellaga qarshi to‘liq integratsiyalashgan dastur ishlab chiqilgan. Salmonella turlarining eng ko‘p qismi paratifoz guruhiga mansub. Parrandalarga xos bo‘lgan Salmonella pullorum va Salmonella gallinarum ko‘plab mamlakatlarda asosan yo‘q qilingan, ammo hali ham bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Salmonella enteritidis ushbu paratifoz guruhidagi yuzlab turlardan biri, biroq u oziqovqatdan zaharlanishga sabab bo‘lgani uchun eng ko‘p e’tiborni tortdi. Parrandachilik xo‘jaliklariga salmonellaning asosiy tashuvchisi ifloslangan ozuqa hisoblanadi. Salmonellaning yuqishi tuxum qo‘yish paytida yoki undan keyin tuxum po‘chog‘ining najas bilan ifloslanishi va keyinchalik tuxum po‘chog‘iga kirib borishi orqali sodir bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari salmonellyoz kasalligi tanrsovarial tarqalishi mumkin.[ 1,2.3] Salmonellioz kasalligi yuqumli kasalik bo’lib organizimda septisimiya va diareya shaklida nomoyon bo’ladi. Bu kasallik barcha turdagi uy va yovvoyi parrandalar, kemiruvchilar hatto inson ham kasallanadi. Yosh parrandalarda oshqozonichak, nafas olish, tizimi a’zolarinng zararlanishi va septisimiya, voyaga yetgan parrandalarda urchish a’zolarining zararlanishi, latent va surunkali kechishi bilan ifodalanadi. Kasallik bilan zararlangan xo’jaliklarda yosh parrandalarn galasining o’lim ko’rsatgichi 50-80% ni tashkil etadi. Jo’jalar orasida esa bu ko’rsatgich 80-90% gacha yetishi aniqlangan [8,10] Voyaga yetgan parrandalarning go‘shti va tuxumi insonda oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari manbai bo‘lib xizmat qiladi.Kasallik qo‘zg‘atuvchisining asosiy
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 80 manbai kasallanib sog’aygan va hozirda kasal qushlar bo‘lib, ular binolar, sayr maydonchalari, jihozlar, ozuqalar (ayniqsa, so‘yish chiqindilari) va suvni zararlaydi. Yuqish asosan hazm tizimi orqali sodir bo‘ladi. Nafas yo‘llari va ko‘z shilliq pardasi orqali yuqish holatlari ham qayd etilgan. Zararlangan xo‘jaliklarda salmonellyoz epizootiyalari ko‘pincha doimiy sodir bo’ladi va har yili yangi avlod paydo bo‘lishi davrida takrorlanadi. Kasallikdan tuzalgan parrandalarda uzoq vaqt davomida bakteriya tashuvchanligi saqlanib qoladi. Parrandaxonada parrandalarning sonini oshishi, binolardagi namlik va haroratning o‘zgarishi xo’jalikda infeksiyaning rivojlanishi va tarqalishiga qulay muhit yaratib beradi.[1,9] Kasallikka diagnoz klinik belgilar, patologoanatomik o'zgarishlar, epizootologik ma'lumotlar va albatta laboratoriyaviy: serologik, bakteriologik tekshirishlar natijasida qo'yiladi. Laboratoriyaviy tekshirish uchun 5-10 bosh yaqindagina o'lgan jo'ja yoki tovuq embrioni yuboriladi. Tuxum sarig'idan, jigar, yurak qonidan. o't xaltasi, talog'i, bosh miyasidan hamda tovuqlarning tuxumdon follikulasidan suspenziya tayyorlab oddiy va differensial ozuqa muhitlariga ekiladi[3,4] Salmonellalarning morfologik va tinktorial xususiyatlarini o‘rganish uchun quyidagi tartibda tekshirishlar o‘tkazildi. Gram usulida bo‘yalganda qo‘zg‘atuvchining bo‘yalishi, shakli, o‘lchami, bir-biriga nisbatan joylashishi, qo‘zg‘atuvchining tuzilishi, spora va kapsula hosil qilishi mikroskopda tekshiriladi. Laboratoriyada ajratilgan salmonellalar arob va anaerob sharoitda o‘sadi. Ularni o‘stirish uchun qulay harorat 35-37 °C ni tashkil etadi, ammo ular ba'zan yuqori haroratda o‘sishini hisobga olib, ba'zi kulturalar 40-43°Cda ham o‘stiriladi. Patologik namunalardan sun'iy ozuqa muhitlarigasuyuq (go‘sht-pepton bulon-GPB), zich go‘sht-pepton agar-GPA) va differensial-diagnostik oziqa muhitlarga (identifikasiyalash uchun elektiv muhitlar Endo, Ploskirev, vismut sulfit agari va Levin) ekib o‘rganiladi. [1,2,3,4] Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti probiotiklarni "tegishli miqdorda qabul qilinganda organizmga foyda keltiradigan tirik mikroorganizmlar" yoki shartli patogen deb ta’riflaydi. Probiotiklar turli xil bo‘lib, ular har xil ta’sir mexanizmlariga ega: bakteriostatik va bakteritsid moddalarning ajratishi, immunitetni modulyatsiya qilishi, ichak salomatligini yaxshilash, ichak pH darajasini pasaytirish va ichak shilliq pardasi to‘sig‘ini mustahkamlash xususiyatiga ega. Parrandalar ratsioniga Lactobacillus reuteri va Lactobacillus salivarius kabi probiotiklar har kuni qo‘shilganda, 3 haftalik jo‘jalar ichagidagi Salmonella va Campylobacter mikroorganizmlari miqdorini cheklashi aniqlangan. Boshqa probiotiklar ham o‘rganilgan bo‘lib, ularning himoya ta’siri aniqlangan. Masalan, Lactobacillus reuteri, Enterococcus faecium, Lactobacillus salivaris, Pediococcus acidilactici va Bifidobacterium kabi turli probiotik mikorblar aralashmasining qo‘llanilishi ko‘richakdagi koliform bakteriyalar sonini kamaytirishi mumkin .[7] Hozirgi kunda ishlab chiqarish sharoitida salmonellyozni davolashning samarali usullaridan biri boʼlgan antibiotikaterapiyadan foydalanish boʼlib, ular toʼqimalarda va organizmning ichki muhitida yuqori bakteritsid va bakteriostatik konsentratsiyalar
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 81 hosil qilishga qodir. Аntibiotiklar bilan davolash kasallikning qaytalanishini oldini ololmaydi, aksariyat hollarda parrandalarning yoʼgʼon ichaklarida salmonellalarning uzoq muddatli bakterial tashuvchilari sifatida saqlanib qolinishiga sabab boʼlishi mumkin [5,11] Bir qator olimlarning xulosasiga ko‘ra Salmonellyozga qarshi kurashda mavjud yondoshuvlarini qayta ko‘rib chiqib samarali antibiotik terapiyasi bilan bir qatorda ekologik xavfsiz fagoterapiyava, probiotikaterapiyaga yo‘naltirilishi kerak. Lactobacillus va Bacillus avlodi mikroorganizmlarga asoslangan probiyotik preparati mavjud bo’lib, u patogen va shartli patogen bakteriyalar keltirib chiqaradigan xo‘jalik hayvonlari va parrandalarning salmonellyoz, kolibakterioz va boshqa oshqozon-ichak kasalliklarida terapevtik va profilaktik ta’sir ko’rsatadi [5.11.13] Xulosa Olimlaning ilmiy ishlari samarasi va ilmiy adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatadiki, bu kasallik nafaqat parrandachilikda shu bilan birga boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlar salomatligiga va ularning mahsuldorligiga jiddiy xaf solmaqda. Parrandachilikda probiotiklardan foydalanishning afzal tamonlari juda ko'p bo‘lib; boshqa preparatlardan probiotiklar o'zining kimyoviy jihatdan xavfsizligi, parranda organizmida ortiqcha dozalarda qo'llanilganda ham nojo'ya ta'sirlar chaqirmasligi, parrandalarning turli infeksion kasalliklarga nisbatan immunitetini mustahkamlashi, foydalanish samarasi yuqoriligi bilan ajralib turishi ta'kidlangan. Yuqoridagilardan xulosa qilib maxalliy vositalar asosida parrandachilik uchun probiotiklar yaratish va ishlab chiqarishda samaradorligini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borish zarurati mavjud. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. А. И. Ятусевича., А. Герасимчика., ВЫРАЩИВАНИЕ И БОЛЕЗНИ ПТИЦ 2. Пименов Н.В., Куриленко А.П., Ленев СВ. Совер-шенствование борьбы с сальмонеллезом кур. // Научные основы технологии производства ветеринарных биопре-паратов: Сб. докл. Междунар. конф. мол.ученых, 5-6 дек. 2002. - Щелково: ВНИТИБП, 2002. - С. 102-105 3. А.Х.Хатамов, Х.С.Салимов, С.М.Уразалиев-. Паррандалардан ажратилган салмонелла штаммларининг културал-морфологик ва биокимёв хусусиятларини ўрганиш натижалари «Зооветеринария» илмий-оммабоп журнали. Тошкент. 2022 № 1, 29-30 bet 4. Davlatov R.B, Xudjamshukurov A.N, Rustamov B. "Parranda kasalliklari" amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish bo'yicha uslubiy qoilanma., Samarqand -2017. 5. Данилевская Н.В. Метод селективной деконтаминации и бактериотерапии с использованием пробиотического препарата лактобифадол при выращивании цыплят-бройлеров. / Данилевская Н.В., Субботин В.В. //
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 82 Новое в эпизоотологии, диагностике и профилактике инфекционных и незаразных болезней птиц в промышленном птицеводстве. Матер. Межд. науч. - практ. конф. - СПб., 2004. - С.237-238. 6. Ж.М.Сатторов, З.Б.Маматова, Ф.И.Курбанов «Зооветеринария» илмий-оммабоп журнали. Тошкент. 2023 № 2, 155bet 7. Mohamed T. El-Saadony., Heba M. Salem., Amira M. El-Tahan., Taia A. Abd El-Mageed., Soliman M. Soliman., Asmaa F. Khafaga., Ayman A. Swelum ., Ahmed E. Ahmed., The control of poultry salmonellosis using organic agents: an updated overview., 4-5 bet 8. Mamatova Z.B.,Nasimov SH.N.,Ismatova R.A., Abduolimov S.,Safarov X.A., Ibragimov U.I., Kolibakteriozni oldini olish va davolashni yangi vositalari., Education Research in Universal sciences ., 2023-yil № 2.,709-710 BET 9. Nuhad J, Daghir N.J. Daghir and R. Jones., POULTRY PRODUCTION IN HOT CLIMATES., 315-316 bet 10. Hatamov Akbar Hudoyberdiyevich., Zooveterinariya jurnali., maxsus son 2023-yil., №3., 120122 bet 11. Parrandachilik fermalarini samarali boshqarish bo’yicha qo’llanma X.A.Xamdamov,I.Maqsudov,F.A.Xudoyorova,S.Y.Yusupov ,R.I.Qambarav Toshkent -2021 (151-152) 12. Hatamov A.H., Salimov H.S., Eshimov D.I. «Зооветеринария» илмийоммабоп журнали. Тошкент. 2023 № 2 ,76 -b. 13. Бессарабов Б.Ф. Болезни голубей. - М.: ФГОУ ВПО МГАВМиБ, 2004. - 158 с. 14. Пименов Н.В., Данилевская Н.В. Антибиотикорезистентность сальмонелл, выделенных домашних голубей. // Ветеринария. - 2006. - № 9. -. С. 20-23.