scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KLARITROMITSIN SUBSTANSIYASI ASOSIDA TABLETKA TARKIBINI ISHLAB CHIQISH

Maksudova F.X; Nusratova N.N

Full text

109 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz KLARITROMITSIN SUBSTANSIYASI ASOSIDA TABLETKA TARKIBINI ISHLAB CHIQISH Maksudova F.X.1 Nusratova N.N.2 Toshkent farmasevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17324008 Dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-sonli Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoniga ko’ra: biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor konyunkturasini o‘rganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalariga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga ko‘maklashish vazifalari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi reyestrining 2024-yilgi nashri tahlil qilinganda 26% antibiotiklar mahalliy, 74 % xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi. Tadqiqotning maqsadi: Yuqoridagilarni inobatga olib taqdiqotmiz obyekti bo’lgan klaritromitsin antibiotikigini mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish maqsadida klaritromitsin asosida tarkib ishlab chqildi. Usul va uslublar: Adabiyotlar tahlili natijalari va farmakologlar tavsiyasiga koʻra klaritromitsin substansiyasining struktura-mexanik va texnologik xosslarini yaxshilash maqsadida tarkib ishlab chiqildi. Klaritromitsin substansiyasi o’ziga xos hid va ta’mga ega bo’lgan oq rangdagi kukun bo’lib suvda erimaydi, etil spirtida qisman metilen xloridda yaxshi eriydi. Tadqiqotlar O’zR DF 1-jild va DF XIV nashri (RF) da belgilangan usullar bo’yicha amalga oshirildi Natijalar: Klaritromitsin substansiyasining sochiluvchanligi, tabiiy og’ish burchagi, sochiluvchan zichligi ijobiy bo’lmaganligi sababli maqsadga muvofiq bo’lgan tabletka ishlab chiqish belgilab olindi. Bunda albatta yordamchi moddalardan foydalanish va donadorlash uslini qo’llash kerak. Farmakologlar tavsiyasi bilan klaritromitsinning terapevtik dozasi 250mg bolalar uchun va 500mg kattalar uchun deb belgilandi. Antibiotik asosida tabletka tarkibini tanlashda, bugungi kunda farmatsevtika sanoatida keng qo‘llanilib kelayotgan yordamchi moddalardan: to‘ldiruvchi sifatida makkajo‘xori kraxmali, mikrokristalliksellyulozaning 101,102,103 navlaridan, dekstroza, laktoza monogidrat, izomalt, saxaroza kalsiy karbonat, natriy kraxmal glikolyat, kartoshka kraxmali, g’ovaklovchilardan: natriy kroskarmelloza, kraxmal gilikalyat natriy, bog’lovchilardan: povidon, MKS, antifriksion moddalardan: talk, aerosil, magniy stearat, kalsiy stearat kabi yordamchi moddalar bilan birgalikda olib borildi. Shu bilan birga massani nam donadorlash uchun namlantiruvchi modda sifatida tozalangan suv, turli konsentratsiyadagi spirtlardan foydalanildi. 250 va 500mg terapevtik dozalar uchun jami 10 ta tarkiblar tayyorlandi ammo hamma tarkiblar ham ijobiy texnologik koʼrsatkichlarga ega bo’lmadi. Ulardan 3dan 6 ta tarkib mo’tadil texnologik xossalarga ega bo’ldi. Barcha tarkiblarda texnologik xossalar ijobiy boʼlgan. ichida Klaritromitsin - 250 mg, laktoza monogidrat - 133.5 mg, MKS – 63 mg, kalloid silikon dioksid - 4 mg, natriy kroskarmelloza -20mg, povidon K-3017mg, magniy stearat7,5mg, tozalangan suv bilan donadorlangan tarkibda mos ravishda sochiluvchanlik 5,22±092 kg/s, sochiluvchan zichlik 622±20,43 kg/m3, tabiiy og’ish burchagi 35,22±1,65 gradius, o’lchami 0,2-0,5mmgacha bo’lgan fraksiyalar ulushi 94,32±1,09%, qoldiq namlik 4,18±0,28%, parchalanish daqiqasiga 9,22±0,19 daq ko’rsatdi. Klaritromitsin - 500 mg, laktoza monogidrat - 117 mg, MKS – 60,5 mg, kalloid silikon dioksid - 4 110 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz mg, natriy kroskarmelloza -30mg, povidon K-3027mg, magniy stearat11,5mg, tozalangan suv bilan donadorlangan tarkibda mos ravishda sochiluvchanlik 5,16±098 kg/s, sochiluvchan zichlik 619±20.37 kg/m3, tabiiy og’ish burchagi 36,42±1,63 gradius, o’lchami 0,2-0,5mmgacha bo’lgan fraksiyalar ulushi 97,52±1,72%, qoldiq namlik 4,16±0,25%, parchalanish daqiqasiga 9,07±0,18 daq tashkil qildi. Substansiya kislotali muhida beqarorligi, ishqoriy muhitda terapevtik faolligi yuqoriligini inobatga olgan holda ichakda eruvchi maxsus aralashmadan tarkib topgan Opadry White qobig’i bilan qoplandi Xulosalar: Klaritromitsin substansiyasi yordamchi moddalar aralashmasidan so’ng ijobiy texnologik xossalarni namoyon qildi. 250mg va 500mg ta’sir etuvchi modda saqlagan umumiy og’irligi 495mg va 750mg bo’lgan tabletkalar uchun optimal tarkib tuzildi.