Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot SIFATLI MAKTAB TA’LIMI – BARQAROR TARAQQIYOT KAFOLATI: XORIJIY TAJRIBA VA MAHALLIY AMALIYOT Muallif: Ostonova Xurshidabonu Gafurovna 1 Affiliyatsiya: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17324066 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada sifatli maktab ta’limining barqaror taraqqiyotga ta’siri, uning asosiy omillari, hamda bu yo‘nalishda xorijiy davlatlar tajribasi va O‘zbekistondagi mavjud amaliyotlar o‘rganiladi. Jahonning ilg‘or ta’lim tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlar – Finlyandiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar misolida ta’lim sifatini ta’minlashdagi strategiyalar, metodlar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston maktab ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy o‘quv dasturlarining takomillashtirilishi, o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ishda sifatli ta’limning barqaror taraqqiyot uchun kafolat ekani, u orqali ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish, bilimli va raqobatbardosh avlodni tarbiyalash imkoniyati yuzaga kelishi asoslab beriladi. Tahlillar xorijiy tajriba va mahalliy amaliyotni solishtirish orqali istiqboldagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Sifatli ta’lim, barqaror taraqqiyot, ta’lim islohotlari, innovatsion yondashuv, pedagogik metodlar, xorijiy tajriba, mahalliy amaliyot, global ta’lim tendensiyalari, ta’limdagi raqamlashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. KIRISH Bugungi kunda globallashuv va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida har bir mamlakatning taraqqiyot darajasi, eng avvalo, uning ta’lim tizimi, ayniqsa, maktab ta’limining sifatiga bevosita bog‘liqdir. Chunki zamonaviy jamiyatda raqobatbardosh, ijodkor va tashabbuskor shaxsni shakllantirish, barqaror ijtimoiyiqtisodiy o‘sishni ta’minlashda sifatli ta’lim muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Sifatli maktab ta’limi nafaqat bilim berish, balki o‘quvchining hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axloqiy qadriyatlar va fuqarolik ongini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish va milliy amaliyot bilan solishtirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha samarali strategiyalar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. XXI asrda har bir mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligi bevosita sifatli ta’lim tizimiga bog‘liqdir. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim (maktab ta’limi) davlatning intellektual poydevorini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli maktab ta’limi – bu nafaqat bilim berish, balki bolani jamiyatga moslashgan, tanqidiy fikrlovchi va faol fuqaro sifatida shakllantirish vositasidir. Zamonaviy dunyoda har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ilm-fan salohiyati va raqobatbardoshligi, avvalo, ta’lim tizimining sifatiga chambarchas bog‘liq. Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyotning muhim kafolatidir. Bugungi “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot globallashuv davrida mamlakatlar ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni milliy tizimga moslashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga intilmoqda. Mazkur maqolada maktab ta’limida sifatni ta’minlash borasidagi xorijiy tajribalar va O‘zbekistondagi amaliy ishlar tahlil qilinadi. Maktab ta’limida sifatli ta’lim tushunchasi Sifatli maktab ta’limi – bu o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar, ko‘nikma va kompetensiyalarni berish, ularning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, inklyuzivlik, teng imkoniyatlar, xavfsiz va rag‘batlantiruvchi o‘quv muhitini yaratishdan iboratdir. Sifatli ta’limning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat: -malakali va motivatsiyaga ega o‘qituvchilar; -yangilangan, zamonaviy o‘quv dasturlari va darsliklar; -o‘quvchilarning faolligiga asoslangan interaktiv metodlar; -adolatli va rivojlantiruvchi baholash tizimi; -maktab infratuzilmasining zamonaviy holati (sinfxonalar, texnika, internet, kutubxona va h.k.). Xorijiy mamlakatlar tajribasi: Finlyandiya maktab ta’limi bugungi kunda eng muvaffaqiyatli tizimlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilar: -Maktab o‘quvchilari o‘rtasida raqobat emas, hamkorlik muhitiga urg‘u beriladi. -O‘qituvchilar oliy ta’lim darajasida tayyorlanadi va yuqori hurmatga sazovor kasb hisoblanadi. -Uyga vazifa miqdori minimal, ammo ta’lim samarali va hayotga mos. -Baholash tizimi kuchli testlar emas, balki o‘quvchining rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Janubiy Koreyada maktab ta’limi yuqori darajadagi intizom va mehnatsevarlik bilan ajralib turadi: -STEM yo‘nalishlariga (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) alohida e’tibor qaratiladi. -IT texnologiyalari dars jarayoniga chuqur joriy etilgan. -O‘quvchilar maktabdan keyin ham maxsus kurslarga qatnashadi. -O‘qituvchilarning malaka oshirish tizimi doimiy va samarali. Singapurda o‘qituvchilar tayyorlash tizimi juda puxta yo‘lga qo‘yilgan. Har bir pedagog o‘z faoliyatida metodik yangiliklar kiritishi, tahlil qilishi va doimiy malaka oshirishi talab qilinadi. Kasbiy va texnik ta’lim (dual system) orqali o‘quvchilarni amaliy hayotga tayyorlash tajribasi mavjud. Maktab bilan korxona hamkorligi asosida o‘quvchilar real ish sharoitida ko‘nikmalar oladi. Bu tajribalar O‘zbekiston uchun o‘ziga xos dars bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekistonda maktab ta’limi sohasidagi islohotlar va amaliyotlar, so‘nggi yillarda maktab ta’limini isloh qilish va sifatni oshirish borasida bir qator muhim tashabbuslarni amalga oshirmoqda: Jumladan, - Darslik va o‘quv dasturlarini yangilash bosqichma-bosqich kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ishlab chiqilmoqda. Boshlang‘ich va yuqori sinflarda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilmoqda. - O‘qituvchilarning malakasini oshirishda kredit-modul asosidagi malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. - Ta’lim sifatini baholovchi milliy va xalqaro mezonlarga asoslangan attestatsiya tizimi joriy etilmoqda.
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Infratuzilmani modernizatsiya qilishda esa, ko‘plab maktablar kapital ta’mirlanmoqda, yangi binolar qurilmoqda, elektron jurnal, elektron darsliklar, raqamli ta’lim platformalari (Bilimlar olami, EduMarket, ZiyoNET) joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etmoqda. O‘zbekiston ilk bor PISA (2022) va TIMSS (2023) dasturlarida qatnashib, o‘z ta’lim tizimidagi kuchli va zaif jihatlarni aniqladi. Bu xalqaro mezonlarga mos islohotlar olib borish uchun muhim qadam bo‘ldi. Sifatli maktab ta’limidagi muammolar va ularni hal etishdagi yo‘llar quyidagilardan iborat: • Ayrim hududlarda o‘qituvchilar tanqisligi; • O‘quvchilar sonining ko‘pligi sababli sinfda individual yondashuvga yetarli imkoniyat bo‘lmasligi; • Darsliklar sifati va ularni amaliyotga mosligi bo‘yicha muammolar; • Raqamli texnologiyalarning barcha hududlarda teng taqsimlanmaganligi. Yechimlar: • Hududlarda mobil o‘qituvchi tizimini joriy etish; • Har bir o‘qituvchi uchun raqamli metodik qo‘llanmalar yaratish; • O‘quvchilar bilan mustaqil ishlashni kuchaytiruvchi metodikalarni keng joriy etish; • Ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirishga ularni ham jalb etish. O‘qituvchilarning malaka va motivatsiyasi pastligi. OECD hisobotlariga ko‘ra, ta’lim sifatining 70% dan ortig‘i o‘qituvchi malakasi bilan bevosita bog‘liq. Malakali o‘qituvchilar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammo yechish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Xalqaro tajriba: Singapurda o‘qituvchi bo‘lish uchun kuchli tanlov bor, ular davlat tomonidan yuqori rag‘batlantiriladi. Finlandiyada o‘qituvchilar ilmiy darajaga ega va o‘zlarini mustaqil rivojlantirishga ega. O‘zbekiston amaliyoti: 2023 yildan boshlab o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, malaka toifalarini aniqlash va ularni qo‘shimcha haq bilan rag‘batlantirish joriy qilindi. Biroq bu jarayonlar hanuzda keng ko‘lamda tizimli ishlamayapti. Muammo: Qator maktablarda o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlardan xabardor emas. Maoshning pastligi va ijtimoiy himoyaning yetarli emasligi sababli yoshlar bu sohaga kam kiradi. Yechimlar: O‘qituvchilar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yaratish (modullar, onlayn kurslar, xalqaro tajriba almashinuvi). Eng yaxshi o‘qituvchilarni stimullovchi grantlar, mukofotlar bilan rag‘batlantirish. O‘qituvchilar uchun “Ustoz–shogird” modelini yo‘lga qo‘yish. O‘qituvchi tayyorlov oliy o‘quv yurtlariga yuqori reytingli abituriyentlarni jalb etish (kontrakt imtiyozlari, stipendiyalar). O‘quv dasturlarining hayotdan uzoqligi va yangilanmaganligi. Barqaror taraqqiyot maqsadlariga (SDG-4) erishish uchun ta’lim dasturlari nafaqat nazariy bilim, balki hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Avstraliyada o‘quv dasturlar “XXI-asr ko‘nikmalari” asosida tuzilgan. Kanadada har bir fan barqaror taraqqiyotga yo‘naltirilgan loyihalar bilan bog‘langan.
12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Muammo: Darsliklar hayotiy ko‘nikmalar emas, ko‘proq nazariy bilimlar berishga yo‘naltirilgan. O‘quvchilar zamonaviy iqtisodiyot va jamiyat ehtiyojlariga mos tayyorgarlikka ega emas. Yechimlar: Kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini joriy etish . Har yili o‘quv dasturlarini yangilash va baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish O‘quv dasturlariga barqaror taraqqiyot, ekologiya, raqamli savodxonlik, moliyaviy bilimlarni kiritish. Darsliklarni ishlab chiqishda ish beruvchilar, olimlar va amaliyotchilarni jalb qilish. Ota-onalar, ish beruvchilar, pedagoglar bilan hamkorlikda dasturlarni muntazam yangilash. STEAM va CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikalarini joriy qilish. Maktablar infratuzilmasining yetarli emasligi (ayniqsa, qishloqlarda)– o‘quvchilar bilim olishiga bevosita salbiy ta’sir qiladi. Estoniyada barcha maktablarda bepul internet va raqamli texnologiyalar mavjud. Germaniyada maktablar ishchi korxonalar bilan hamkorlikda zamonaviy texnika bilan jihozlanadi. Muammo: Ko‘p maktablar eski binolarda faoliyat yuritmoqda. Laboratoriyalar, kompyuter sinflari, kutubxonalar yo‘q yoki yetarli emas. Yechimlar: Har yili infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturlarni amalga oshirishi kerak. Har yili 1000 ta maktabni kapital rekonstruksiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish kerak. Davlat-xususiy sheriklik (PPP) asosida maktab infratuzilmasini rivojlantirish. “1 ta maktab – 1 ta xususiy homiy” modeli orqali infratuzilmani yaxshilash kerak. Maktablarda mobil STEAM laboratoriyalar, raqamli kutubxonalarni joriy etish. Mobil laboratoriyalar va virtual sinflar orqali chekka hududlardagi maktablarni ta’minlash kerak. Raqamli ta’lim vositalarining yetishmasligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi. Raqamli texnologiyalar – XXI-asr ta’limining ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini kuchaytiradi. Janubiy Koreyada har bir o‘quvchining shaxsiy plansheti bor, barcha darslar onlayn ham mavjud. Norvegiyada darslarining katta qismi Google Classroom yoki Moodle platformalarida o‘tiladi. Muammo: O‘qituvchilar raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega emas. Ba’zi hududlarda internet sifati past, texnika eskirgan. Yechimlar: O‘qituvchilar uchun raqamli pedagogika bo‘yicha majburiy kurslar. Har bir o‘qituvchiga raqamli pedagogika bo‘yicha sertifikatlash talabini kiritish. Maktablarga planshet, noutbuk, interaktiv doska va sifatli internet yetkazib berish. O‘quvchilar uchun raqamli savodxonlik darslarini alohida fan sifatida joriy qilish. O‘quvchilar uchun milliy onlayn ta’lim platformasini rivojlantirish (masalan, uzedu.uz ni takomillashtirish). Hududlardagi internet tezligi va texnik vositalarni davlat hisobidan yangilash. Tenglik va inklyuzivlik muammolari. BMTning SDG-4 bandida “hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyili asosiy prinsip sifatida belgilangan. AQSHda har bir maktabda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus resurs xonalar mavjud.
13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Buyuk Britaniyada maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun SENCO (Special Educational Needs Coordinators) lavozimi mavjud. Muammo: Nogironligi bo‘lgan bolalar, ijtimoiy jihatdan nochor o‘quvchilar sifatli ta’limdan chetda qolmoqda. Shahar va qishloq o‘rtasidagi farq kuchli. Yechimlar: Inklyuziv ta’lim muhitini yaratish: maxsus o‘qituvchilar, moslashtirilgan jihozlar,metodikalar. O‘qituvchilarni logoped, defektolog va psixologik ko‘nikmalar bo‘yicha tayyorlash. Har bir hududda eng kamida bitta inklyuziv maktab ochish. Har bir tuman markazida inklyuziv maktablar tashkil qilish. Qishloq maktablarini modulli darsliklar, mobil laboratoriyalar, online darslar bilan qo‘llab-quvvatlash. O‘zbek tilida braille alifbosidagi darsliklar, audio-kitoblarni keng joriy qilish Baholash va monitoring tizimining zaifligi. Ta’lim samaradorligini baholashda formativen va summativen baholash usullarining uyg‘unligi muhim. PISA baholash tizimi ko‘plab davlatlarda o‘quvchilarning funksional savodxonligini o‘lchashda qo‘llaniladi. Fransiyada o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash tizimi mavjud. Hozirda maktablarda baholash ko‘proq an’anaviy 5 balli tizimga asoslangan, amaliy va loyiha asosidagi baholash sust. Muammo: Baholash ko‘proq yod olishga asoslangan. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va rivojlanish dinamikasi inobatga olinmaydi. Yechimlar: Formativ baholash (ya’ni o‘quv jarayonida rag‘batlantiruvchi va tahlilga asoslangan masalan: loyiha, kundalik fikrlar, portfolio) tizimini joriy etish. Baholash tizimini raqamlashtirish va shaffoflashtirish. O‘quvchilarning portfoliolari asosida rivojlanishini kuzatish va baholash. Ta’limdagi barqaror taraqqiyot tamoyillarining zaifligi. UNESCOga ko‘ra, har bir o‘quvchi barqaror rivojlanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va qadriyatlarga ega bo‘lishi shart. Shvetsiyada barcha maktablarda ekologik barqarorlik dars sifatida o‘tiladi. Yaponiya maktablarida jamiyatga foyda keltirishga qaratilgan loyihalar majburiy. 2023-yildan boshlab ekologik tarbiya haqida hujjatlar ishlab chiqilmoqda, ammo maktab darajasida amaliy integratsiya hali zaif. Muammo: Maktabda ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlik mavzulari yetarli darajada yoritilmaydi. O‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ongli munosabat shakllanmagan. Yechimlar: O‘quv dasturlariga barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDG) asosida maxsus darslar kiritish. SDG-4 (sifatli ta’lim), SDG-13 (iqlim), SDG-5 (gender tengligi) kabi barqarorlik maqsadlarini darslar bilan bog‘lash. Maktablarda ekoklublar, ijtimoiy loyihalar, volontyorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Har bir maktabda “Yashil sinf”, eko-loyihalar, volontyorlik mashg‘ulotlari tashkil qilish. Har bir maktabda "Barqaror maktab modeli"ni joriy etish (energiya tejash, chiqindilarni ajratish, yashil hududlar). Qayta ishlash (recycling) bo‘yicha maktab sathida tajriba maydonlari yaratish. Yakuniy tavsiyalar:
14 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Muammo Yechim (ancha qisqacha) O‘qituvchilarning malakasi past Kasbiy rivojlanish va rag‘batlantirish tizimi O‘quv dasturlar eskirgan Kompetensiyaga asoslangan dasturlar Infratuzilma yomon Manzilli modernizatsiya va PPP Raqamli vositalar kam Internet va raqamli texnika bilan ta’minlash Inklyuzivlik zaif Maxsus pedagoglar va darsliklar Baholashda adolatsizlik Formativen baholash va portfoliolar SDG mavzulari yoritilmagan Ekologik va ijtimoiy loyihalar kiritish Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sifatli maktab ta’limiga erishish uchun quyidagi tavsiyalar muhim: • O‘qituvchilarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish; • O‘quvchilarning individual rivojlanishiga e’tibor berish; • Ta’limda tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash; • Baholash tizimini shaffoflashtirish va raqamlashtirish; • O‘quv dasturlariga ekologiya, ijtimoiy adolat, iqtisodiy barqarorlik kabi mavzularni kiritish. Shuningdek, xorijiy tajribalardan moslashtirilgan holda foydalanish zarur: masalan, Finlandiyaning tenglik yondashuvi, Germaniyaning amaliy ta’lim modeli, Koreyaning texnologik innovatsiyalari. XULOSA Maqolada sifatli maktab ta’limining barqaror taraqqiyotga ta’siri keng tahlil qilinib, bu boradagi xorijiy davlatlar tajribasi hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktab ta’limining sifati nafaqat ta’lim tizimining ichki rivoji, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ilmiy taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi. Dunyoning ilg‘or ta’lim tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlar tajribasi (Finlyandiya, Janubiy Koreya, Singapur) asosida aniqlanishicha, ta’limda innovatsion yondashuvlar, o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivoji, o‘quv dasturlarining yangilanishi va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi sifatning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. O‘zbekistonda esa oxirgi yillarda ushbu yo‘nalishda muhim qadamlar qo‘yilmoqda: milliy o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilmoqda, o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda, maktab infratuzilmasi va raqamlashtirish jarayonlari jadallashmoqda. Shu asosda aytish mumkinki, sifatli maktab ta’limini yo‘lga qo‘yish — bu faqat ta’lim sohasi islohoti emas, balki barqaror taraqqiyotning kafolati, zamonaviy va raqobatbardosh avlodni tarbiyalashning mustahkam asosi hamdir. Maqolada ilgari surilgan xorijiy tajribalar va mahalliy amaliyotlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar esa sifatli ta’limga erishish yo‘lida muhim konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va Farmonlari: “2022– 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
15 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Strategiyasi” “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 2. Ibragimov, I., & Karimov, R. (2021). Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va innovatsion yondashuvlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Mahalliy ta’limdagi zamonaviy islohotlar haqida tahliliy qarashlar. 3. Finlyandiya va OECD (2019). Future of Education and Skills 2030. Ta’limda yondashuvlar, ko‘nikmalar va barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash masalalari. 4. Tilbury, D. (2011). Education for Sustainable Development: An Expert Review of Processes and Learning. UNESCO. Barqaror taraqqiyot uchun ta’limning xalqaro nazariyasi va amaliyoti. 5. Sahlberg, P. (2015). Finnish Lessons 2.0: What Can the World Learn from Educational Change in Finland? Finlandiya ta’lim tizimi orqali sifatli ta’lim va barqaror rivojlanishga erishish tajribasi. 6. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy 7. UNICEF Uzbekistan: https://www.unicef.org/uzbekistan