scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHAMCHA DORI SHAKLINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Habibullayeva N.H; Ziyamuhamedova M.M

Full text

132 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz SHAMCHA DORI SHAKLINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Habibullayeva N.H.1 Ziyamuhamedova M.M.2 Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi e-mail [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17325238 Dolzarbligi: Zamonaviy farmatsevtika sanoatida dori vositalarining yangi shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish soha rivojining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Dorilarni qabul qilish qulayligi, biokirishuvchanligi, terapevtik samaradorligi va xavfsizligini oshirish muhim ilmiyamaliy masala bo‘lib qolmoqda. Farmatsevtika sanoatida shamcha dori shakli o‘zining qulayligi va farmakokinetik xususiyatlari sababli dolzarbligini yo‘qotmayapti. Chunki shamchalar orqali yuborilgan preparatlar me’da-ichak fermentlari ta’siridan va jigar orqali birlamchi metabolizmdan qisman chetlab o‘tadi. Bu esa dori moddasining biokiraolishligini oshiradi. Bolalar, yoshi katta va yutish qiyin bo‘lgan bemorlarda shamcha eng maqbul dori shakli hisoblanadi. Ayniqsa pediatriyada tez va samarali ta’siri uchun keng qo’llaniladi. Shamchalar orqali yuborilgan dori moddasi to‘g‘ri ichak shilliq qavati orqali tez so‘riladi va qisqa vaqt ichida terapevtik konsentratsiyaga erishadi. Og‘iz orqali yuborilgan preparatlarda kuzatiladigan me’da-ichakni bezovta qiluvchi ta’sirlar shamcha qo‘llanganda deyarli uchramaydi. Hozirgi vaqtda shamchalarning yangi turdagi asoslari (polimer asosli, bioeriydigan, modifikatsiyalangan chiqarilishli) ishlab chiqilmoqda. Ular dori moddasini uzoq muddatli ajratish, yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish va bemor uchun maksimal qulaylikni ta’minlashga qaratilgan. Shu bois, shamcha dori shakli nafaqat klassik pediatriya va terapiyada, balki ginekologiya, proktologiya va infeksion kasalliklarni davolashda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Farmatsevtik texnologiyalar rivojlanishi bilan shamchalarning yangi avlod turlari kelgusida yanada kengroq qo‘llanishi kutilmoqda. Tadqiqotning maqsadi: Shamcha dori shaklining farmatsevtik va klinik afzalliklarini chuqur tahlil qilish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlanish istiqbollarini asoslab berish. Usul va uslublar: Ilmiy adabiyotlar va O’zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi ma’lumotlarini tahlil qilish, dori vositalarining farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarini qiyosiy baholash, shamcha ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari – bioeriydigan polimer asoslar, nanotizimlar, kombinatsiyalangan formulalar va 3D-printer texnologiyalarini o‘rganish, klinik amaliyotda shamchalarning samaradorligi va xavfsizligini baholovchi tajribalar natijalarini tahlil qilish. Natijalar: Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, shamchalar bir qator farmatsevtik afzalliklarga ega: Peroral qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda (qusish, yutish refleksi buzilishi, hushsizlik) samarali alternativ dori shakli hisoblanadi, rektal yo‘l bilan yuborilganda “birinchi o‘tish effekti”ni chetlab o‘tadi va dorilarning biokirishuvchanligini oshiradi, lokal va tizimli ta’sirni uyg‘unlashtirib, yon ta’sirlarni kamaytiradi, bolalar va qariyalar uchun qo‘llash qulayligi yuqori. So‘nggi ilmiy ishlanmalar natijasida, bioeriydigan va bioyo’qotiladigan asoslar (polietilenglikol, polivinilpirrolidon va boshqalar) keng qo‘llanila boshlagan. Nanotexnologik supozitoriylar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular dorini kerakli joyga yetkazib berish va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish imkonini beradi. Kombinatsiyalangan shamchalarda esa bir nechta faol moddalar sinergetik ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. 3D-printer texnologiyasi asosida tayyorlangan individualizatsiyalashgan shamchalar bemorning yoshi, vazni va kasallik turiga mos aniq dozani ta’minlamoqda. Klinik tadqiqotlarda 133 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz xavfsizligi yuqori, ayniqsa pediatriya va akusherlik amaliyotida qo‘llash uchun mos yangi formulalar ishlab chiqilgan. Xulosa: Shamcha dori shaklining rivojlanish istiqbollari farmatsevtika sanoati va klinik amaliyot uchun strategik ahamiyatga ega. Yangi polimer asoslar, nanotizimlar va 3D-printer texnologiyalarining qo‘llanilishi shamchalarning sifat ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaydi, bioo‘zlashtirilishini oshiradi va xavfsizligini ta’minlaydi.