scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"ALLERGIYA VA YALLIG'LANISHDA QO'LLASH UCHUN QURUQ EKSTRAKT OLISHDA O'SIMLIKLARNI TANLASH"

Cho'liyeva S.O; Safarova D.T

Full text

135 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz “ALLERGIYA VA YALLIG’LANISHDA QO’LLASH UCHUN QURUQ EKSTRAKT OLISHDA O’SIMLIKLARNI TANLASH” Cho’liyeva S.O.1 Safarova D.T.2 Toshkent Farmatsevtika instituti, Toshkent sh, O’zbekiston Respublikasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17325386 Dolzarbligi: Hozirgi davrda allergik kasalliklar va yallig‘lanish bilan kechuvchi holatlar dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi, oziqovqatlardagi kimyoviy qo‘shimchalar, dorilarga bo‘lgan individual sezuvchanlik kabi omillar inson organizmining immun javobini buzib, turli shakldagi allergiyalar va surunkali yallig‘lanish kasalliklariga olib kelmoqda. Shu bilan birga, sintetik dori vositalarining uzoq muddatli qo‘llanilishi ko‘plab nojo‘ya ta’sirlar, jumladan, doriga allergik reaksiya, organizmning susayishi va disbakterioz holatlariga sabab bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda xavfsiz, tabiiy va samarali vositalar — ayniqsa dorivor o‘simliklardan tayyorlangan ekstraktlar — muqobil yechim sifatida ko‘rilmoqda. Tadqiqot maqsadi: Allergik va yallig‘lanish bilan bog‘liq holatlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan quruq ekstrakt tayyorlashda farmakologik jihatdan faol, xavfsiz va samarali o‘simliklarni ilmiy asosda tanlash, ularning ekstraksiya uchun yaroqliligini baholash hamda birgalikdagi qo‘llanilish imkoniyatlarini aniqlash. Usul va uslublar: Adabiyot tahlillariga asosan bir qancha o’simliklar allergiya va yallig’lanishga qarshi samarali ta’sir ko’rsatadi, jumladan, moychechak, zubturum, gazanda, qora zira, zanjabil, aloe, shalfey, uch bo’lakli qoraqiz kabi bir qancha tabiiy xomashyolar o’rganildi. Tanlangan o‘simliklarning biologik faol moddalar tarkibi, farmakologik xususiyatlari, xalq tabobati va zamonaviy ilmiy manbalardagi qo‘llanilish tajribalari tahlil qilindi. Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, farmakopeyalar va fitoterapiya bo‘yicha nashrlar asos qilib olindi. Natijalar: Adabiyotlar tahlili asosida allergiya va yallig’lanishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan 15 dan ortiq dorivor o’simlik turlari o’rganildi. Ular orasidan farmakologik faolligi, xavfsizligi va kombinatsiya qilish imkoniyatlariga ko’ra shalfey (Salvia officinalis), ikki uyli gazanda (Urtica dioica), uch bo’lakli qoraqiz ((Bidens tripartita), zanjabil (Zingiber officinale) kabi o’simliklar tanlab olindi. Ushbu o’simliklar tarkibida mavjud bo’lgan flavonoidlar, efir moylari, taninlar, polisaxaridlar va organik kislotalar allergik va yallig’lanish reaksiyalarni kamaytirishi aniqlangan. O’simliklarning farmakologik ta’siri bir-birini to’ldiradi va sinergik kombinatsiya uchun qulay sharoit yaratadi. Xulosalar: Quruq ekstraktlar yuqori konsentratsiyalangan, dozalash qulay, saqlash muddati uzoq bo‘lgan tabiiy preparatlar bo‘lib, zamonaviy farmatsevtikada ularga talab ortib bormoqda. Ushbu o’simliklardan oqilona foydalanish allergik va yallig‘lanish kasalliklarining tabiiy vositalar orqali davolanishiga zamin yaratadi, tanlangan o‘simliklarning farmakologik jihatdan asoslangan tahlilini beradi, mahalliy xom ashyolardan foydalanish orqali arzon, samarali va ekologik toza preparat ishlab chiqish imkonini yaratadi.