IMMUNITETNI TIKLOVCHI BIOLOGIK FAOL QO'SHIMCHA YARATISH BORASIDA TADQIQOTLAR
Full text
142 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz IMMUNITETNI TIKLOVCHI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHA YARATISH BORASIDA TADQIQOTLAR Qarshieva F.A.1 Zufarova Z.X.2 Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh, O’zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17326213 Ilmiy ishning dolzarbliligi: Barcha dori preparatlariga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi: biofaollik, sifat, mikrobiologik tozalik va turg‘unlik. Bundan tashqari bolalarga mo‘ljallangan dori preparatlarida ta’mini yaxshilash birinchi o‘rinda turadi. Bola organizmi o‘ziga xos maxsus tuzilishga ega bo‘lib, ular dori moddalariga nisbatan juda sezgir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida bolalarga mo‘ljallangan dori preparatlarini yaratishda alohida ahamiyat berilishi lozimligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari dori preparatini organizmga yuborish usullari ham alohida e’tiborga loyiq. SHu sababli biz ilmiy ishimizni bolalarga ishlatishga qulay bo‘lgan granula dori shakliga bag‘ishladik. Ishning maqsadi: ushbu ishning maqsadi qilib biz tomondan tavsiya etilayotgan yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, bolalarga mo‘ljallangan dori preparatini sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish deb belgiladik. SHuningdek sanoat miqyosida uzluksiz ishlab chiqarish uchun granulalarini sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi texnologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi. Tadqiqot uslubi va materiallari: biz tomondan tavsiya etilayotgan bolalarga mo‘ljallangan granula tadqiqotning materiali bo‘lib tanlab olindi. Belgilab olingan maqsadga erishish uchun O‘zRDF sida, mos holdagi MTHlar asosida va adabiyotlarda keltirilgan usullardan foydalanib tavsiyЩЩa etayotgan dori preparatimizni sifat ko‘rsatkichlarini o‘rgandik. Tavsiya etayotgan dori preparatimizni sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun granulalar ma’lum talab etilgan texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak. Chunki ular ishlab chiqarilayotgan granulalar sifatini belgilab beradi. Shuningdek preparat dozasini bir xilligini ta’minlaydi. Granulalarni ishlab chiqarish dastgohlaridagi ko‘rinishi o‘rganildi. Sanoat miqyosida uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida quyidagi texnologik ko‘rsatkichlar o‘rganildi: fraksion tarkib, sochilma zichlik, erkin tushish burchagi va oquvchanlik. Keyingi izlanishlar olingan granulalarni quyidagi sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganishga bag‘ishlandi: tashqi ko‘rinish, eruvchanlik kabilar. Natijalar:. Olingan granulalar – bir xil ko‘rinishga ega, aniq shaklga ega emas, oq yoki sarg‘ish oq rangga yaqin spetsifik hidga ega. Suvda yaxshi erib tiniq sharbat hosil qiladi. Tavsiya etilayotgan granulalar ijobiy fraksion tarkibga, sochilma zichlikka, oquvchanlikka va erkin tushish burchagiga ega. Bu esa o‘z navbatida granulalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishda dozaning aniqligini, saqlash muddatini ta’mienlaydi. Olingan granulalar tashqi ko‘rinishi, erish muddati va bir biriga yopishgan granulalar soni bilan talabga javob beradi. 100 ml suvda eritib tayyorlangan granulalar juda oz miqdorda xira ko‘rinadi. Bu esa talab darajasida ekanligi tajribalarda isbotlandi. Tajribaning keyingi etapi granulalar mazasini aniqlashga bag‘ishlandi. Granula tarkibiga qo‘shilgan korrigent moddasi kukunining mazasini deyarli bildirmaganligi kuzatildi. Xulosalar: olingan natijalar asosida xulosa qilib shuni aytish mumkin, tavsiya etilayotgan tarkib va tanlangan muayyan tarkib optimal va olingan tabletkalar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha granula dori preparatiga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi.