Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot MUSIQA O‘QITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI Muallif: Sabirdjanova Dilnozaxon Zafar qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17326227 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada oliy ta’lim musiqa yo‘nalishi bakalavriat bosqichida musiqa o‘qitishda chet el mamlakatlarining progressiv tajriblalari tahlil qilinib, bu zamonaviy tajribalarni O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga moslashtirish masalalari va imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Dunyoning rivojlanlangan mamlakatlari Germaniya, Vengriya, Yaponiya, Amerika hamda boshqa yetakchi mamlakatlarning musiqa ta’limi va tarbiyasini olib borishdagi eng ilg‘or metodlari – Orff Shulverk metodi, Koday tizimi, Dalkroz va Suzuki usullari, guruh bo‘lib ijro etish va improvizatsiya qilish, musiqa o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish singari yondashuvlar atroflicha o‘rganilib, kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqotni olib borish davomida xorijiy tajrilabalar bilan mahalliy ta’lim jarayonlaridagi olib boriladigan yondashuvlar bir-biri bilan taqqoslanib, ijobiy tomonlari batafsil ko‘rib chiqildi. Kuzatilgan natijalarga qarab shuni aytish mumkinki, musiqa o‘qitishda mahalliy qo‘llaniladigan usullar bilan xorijiy ilg‘or tajribalarni birlashtirib, ularni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan o‘quvchi va talabalarning ijodiy intellektlarini rivojlantirish, tafakkurlarini boyitish, darslarni interaktiv metodlar bilan o‘qitish hamda ularni musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borish mumkin. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari uchun foydali bo‘ladigan xorijiy va mahalliy tajribalarni qo‘llash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: musiqa ta’limi, metodika, xorijiy tajriba, ijodkorlik, pedagogik texnologiya. KIRISH Hozirgi globllashuv sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini estetik va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish va ruhiy tomonlama rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha fanlar singari musiqa o‘qitishda ham ta’lim jarayonini olib borishda an’anaviy metodlarga tayangan holda, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ham yangi metodlar qatoriga kiritib, darsni samarali tashkil qilishda yangilangan metodlardan foydalanishni taqazo etmoqda. Xorijiy davlatdarda ta’lim jarayoni markaziga o‘quvchini qo‘ygan holda, turli xil metodik yonlashuvlar, fanga oid interfaol texnologiyalardan foydalanib interaktiv dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish keng darajada yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun ham chet el tajribalarini o‘rganish hamda ularni mahalliy ta’lim jarayonlariga moslashtirib darslarda o‘quvchilarni faollikga undagan holda tashkil qilish bugungi kunga kelib dolzarb vazifa sanalmoqda. Mamlakatimiz ta’lim tizimida bakalavriat bosqichida musiqa fanini o‘qitishda ko‘proq an’anaviy usullarga yondashgan holda olib borish biroz ustunlik qilmoqda. Dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishda nazariy bilimlarni berish ko‘pincha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilishdan ustunroq turmoqda. Buni natijasida esa talabalarda musiqiy tafakkur, ijodkorlik hamda jamoada ishlab ijtimoiy ko‘nikmalarni “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot shakllantirishda qarshilik qilmoqda. Shu bois, asosiy muammo sifatida olib qaraydigsn bo‘lsak – xorijiy ilg‘or tajribalarni atroflicha o‘rganib, ularni mamlakatimizning milliy ta’lim tizimiga tadbiq etishdan iborat. Tadqiqotimizning maqsadi shundan iboratki, musiqa yo‘nalishida xorijiy tajribalarni o‘rganib, ularni tahlil qilib, musiqa o‘qitish metodikasini takomillashtirish usullarini aniqlashdir. Tadqiqotimizning vazifalari: - Xorijiy mamlakatlarda musiqa va san’at ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan metodlarni o‘rganish; - Bu metodlarni O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan qiyoslab, ularni o‘xshash hamda farqli jihatlariga ahamiyat berish; - O‘zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish mumkin bo‘lgan metod va texnologiyalarni aniqlash; - Natijalarni aniqlagan holda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. Ingliz olimi Susan Hallam musiqa ta’limi va musiqa psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, u musiqiy psixologiya asosida musiqaning o‘quvchilar ruhiy rivojlanishiga va emotsialariga chuqur ta’sirini tahlil qilgan, juda ko‘plab maqola va kitoblarida (“The impact of making music on aural perception and language skills: A research synthesis”, “Conceptions of musical understanding”) musiqa psixologiyasi, musiqa nazariyasi va amaliyotinign jamiyatdagi o‘rni kabi masalalarni yoritib kelgan. J.Daniel Jenkins esa University of South Carolina universitetida musiqa nazariyasi bo‘yicha professor bo‘lib, u pandemiya davrida “Public Music Theory” kurs tashkil etib, uni onlayn shaklda o‘qitib, o‘quvchilar hamda talabalar musiqa o‘qitish mavzusida tajribalarni amalga oshirgan. Bundan tashqari musiqa nazariyasi fanlarini zamonaviy metodlar asosida olib boorish borasida ham keng tadqiqotlar olib brogan olimdir. Sharq mamlakatlari tajribasida Wang Danhon o‘zining “Preserving Tradition through Innovation: Northeast Folk Music in Wang Danhong's Works for Chinese National Orchestra” maqolasida aynan milliy musiqa merosini, yagilanib kelayotgan zamonaviy usullar bilan uyg‘unlashtirib borishga ustuvor yo‘nalish deb qaragan. Mahalliy olimlarimizdan Panjiyev Q.B, Karimov O.I. va boshqa olimlar esa musiqa o‘qitish metodikasini takomillashtirish, musiqiy tafakkurni rivojlantirish va dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlardan foydalanish haqida fikrlarni berib o‘tishgan. METODOLOGIYA Mazkur tadqiqotni olib borishda sifatli tahlil hamda qiyosiy tahlilni uyg‘unlikda qo‘llashdab foydalanildi. Bu tahlil davomida xorijiy ilg‘or tajribalarni batafsil o‘rganish, so‘ng ularni mahalliy ta’lim tizimidagi qo‘llanilayotgan metodlar bilan solishtirish va ularni bir-birga moslash imkonini berdi. Ma’lumotlani to‘plash jarayonida ikki xil asosiy manbaalardan foydalanildi: bular birinchi navbatda xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy maqolalarining tahlili orqali amalga oshirildi, ikkinchi navbatda bu empirik ma’lumotlar o‘qituvchilar hamda talabalar bilan suhbat va sorovnomalar vositasida to‘plandi. Shu tariqa, 11 nafar uzoq yillar davomida tajribalar orttirgan musiqa o‘qituvchilari bilan suhbat o‘tkazilib, bu mahoratli o‘qituvchilarning musiqa darslarni tashkil qilishda faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan metodlari va muammoli vaziyatlari, hamda chet el yondashuvlariga o‘qituvchilarning munosabatlari o‘rganildi. Shu qatorda xar xil kurslarda ta’lim olayotgan 60 nafar talabalar bilan so‘rovnoma tashkil qilinib, musiqiy fanlarga, nazariy va amaliy jarayonga bo‘lgan
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot qiziqishlari va dars mashg‘ulotlarida olib borilayotgan usullarga munosabatlari darajasi aniqlab chiqildi. Tanlash jarayonida talabalar darajalari bo‘yicha, o‘qituvchilar shu davrgacha orttirib kelingan tajriba yillariga qarab tasnif qilindi. Bu foydalanilgan metod asosida namunaviy guruhlarning turli xilligi ta’minlandi va olingan tahlil natijalarini yana ham ishonchliligini oshirib berdi. Olib borilgan tadqiqot jarayoni uch etapda tashkil etildi: birinchi etapda xorijiy metodlarning darslarda qo‘llanilish tizimi o‘rganildi hamda shu asosda uning nazariy asoslari tahlil qilib chiqildi; ikkinchi qismda bu xorijiy metodlar mahalliy ta’lim tizimidagi mavjud jarayon bilan taqqoslandi; uchinchi bosqichga kelib esa bu moslashtirish va bir-biriga uyg‘unlashtirish asosida amaliy tavsiya va xulosalar ishlab chiqildi. Yig‘ilgan malumotarni tahlil qilishda biz tematik tahlil hamda qiyosiy taqqoslash metodlaridan foydalandik. Birinchi navbatda tematik tahlil vositasida intervyu va mavzuni qamrab olgan sorovnomalardan olingan ma’lumotlarni tizimladik. Ikkinchi navbatda, qiyosiy taqqoslash metodida esa chet el va O‘zbekistonning mahalliy ta’lim tizimidagi yondashuvlarni o‘rtasida bir-biriga o‘xshashlik va farqli jihatlarini aniqlashga harakat qilik. Shu qatorda olib borilgan tadqiqotimizda bir necha cheklovlarni ham kuzattik. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot faqatgina ayrim umumta’lim maktablari doirasida olib borilgani, olingan natijalarni umumlashtirish imkonida biroz to‘sqinlik qildi. Bundan tashqari, chet el ta’lim tizimidagi metodlarni mahalliy tizimga to‘liq tadbiq etishda bizdagi mahalliy resurslar va mentalitetga oid farqlarni inobatga olish kerakligini aniqladik. TAHLILLAR Olib borilgan tadqiqot natijalari chel el va mahalliy ta’lim tizimidagi tajribalarni bir-biri bilan qiyosiy tahlil qilish orqali chuqur o‘rganib chiqildi. Intervyular hamda o‘tkazilgan sorovnomalardan to‘plangan ma’lumotlardan shuni aniqladikki, xorijiy usullarda texnologiyalardan erkin foydalanish, ijodiy faoliyatlar va musiqiy tafakkurni o‘quvchi o‘zi mustaqil ravishda rivojlashtirishlariga ko‘proq ahamiyat berilar ekan. mahalliy faoliyatdagi pedagoglar esa an’anaviy yondashuvdagi usullarga yondashgan holda interfaol pedagogik metodlarni ham qo‘llagan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishga intilishlari borligini namoyon etishdi. Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar esa musiqa ta’limi darslarida yangi zamonaviy metodlardan foydalanib darslar olib borilsa ularning faolligi hamda qiziqishalari oshganligi yaqqol ko‘rinib turdi. O‘tkazilgan taqqiqot natijalari ilmiy va amaliy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. Demak, xorijiy tajribalarni bevosita ko‘chirib olmasdan, balki uni mahalliy sharoitga moslagan holda foydalanish zarurligi aniqladik. Shu asosda o‘qituvchilar yangi zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llashda yanada samaraliroq yo‘nalishlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Tadqiqot natijalariga asoslangan holda quydagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: musiqa o‘qitishda, dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni keng yo‘lga qoyish, xorijiy ilg‘or tajribalardan o‘quvchi va talabalarda ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi ma’lum elementlarni mahalliy ta’lim tizimiga kiritish hamda o‘qituvchi-pedagoglar uchun muntazam ravishda ish faoliyatlarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkillashtirishidr. Bu berilgan
12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot amaliy tavsiyalar mahalliy ta’lim jarayoniga tadbiq etiladigan bo‘lsa musiqiy fanlarga qiziqish va dars samaradorligi ortishi kuzatiladi. Kelgusida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun yanada kengroq tanlash asisuda xar xil hududdagi maktablarni qamrab olib, xorijiy tajribalarni usullarni amaliy tajriba kabi sinovdan o‘tkazib, talabalarning musiqiy tafakkur, ijodkorlik ko‘nikmalarga uzoq muddat davomida ta’sirini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. NATIJALAR Olib borilgan tadqiqot davomida biz bir necha natjalarni qo‘lga kiritdik. Birinchi navbatda, xorijit ilg‘or pedagogik yondashuvlardan musiqa o‘qitishda foydalanish o‘quvci va talabalarning ijodkorlik, erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi alohida bir ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, mahalliy amaliyotda esa bu jihat biroz e’tiborga olinmayotganini kuzattik. Shu qatorda talabalar o‘rtasidagi o‘tkazilgam sorovnoma natijalariga qaraganda, dars mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilganda ularning qiziqishlari 62% dan 80% gacha oshganini aniqladik. Bu jarayon statislik tahlil qilinganda, suhbat o‘tkazilgan 11 nafar pedagogdam 6 tasi xorijiy usullarni darslarda qo‘llashga ijobiy qarash bildirgan bo‘lsa, 5 nafar o‘qituvchi bunday darslarni tashkil etish uchun resuslar yermasligini hamda dastur tomonlama moslik kamroqligini, shuning uchun ham biroz qiyinchiliklarg duch kelishi mumkinligini ta’kidlagan. Talabalarning 48 tasi esa yangi usullar vositasida darslar o‘tkazilsa ularda ko‘proq motivatsiya shakllanishiga turtki bo‘lishini bildirishgan. XULOSA Shunday qilib, darslarda maqsad xorijiy tajribalarni toliq holda tadbiq etish emas, balki mahalliy ta’lim tizimiga moslashtirib qo‘llash samarali natijalarni berishi aniqlab olindi. Tadqiqot yakuniga kelib musiqa o‘qitishni takomillashtirishda xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ularni mahalliy yondashuvlarga moslash muhim omilligi yaqqol ko‘rindi. Demak, aniqlangan ma’lumolarga qaraganda musiqiy afakkurni rivojlantirish, talabalarda ijodkorlikni oshirish, interfaol metodlardan, mutimediali darslardan va texnologiyalardan foydalanish asosiy o‘rin tutadi. Bosqichma-bosqich bu jarayonni mahalliy faoliyatga tabiq etib, sekin-asta kerakli axborot resurslarni hamda texnologiyalarni dars mashg‘ulotlarida asosiy qurol sifatida foydalanish kerak. Muammoning yechimi sifatida pedagoglarni meotdlarning zamonaviy qo‘llanilishi va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etish, musiqa darslarida ko‘proq interfaol hamda texnolgik metodlarni qo‘llash, shu orqali talabalarning mustaqil ishlashlariga va darsda faolliklarini oshirishlariga erishish mumkinkinligi tavsiya sifatida berildi. Amaliy tavsiyalar qatoriga shuni ham qo‘shish kerakki, mahlliy ta’lim tizimidadi o‘quv dasturlariga xorijiy ilg‘or yondashuvlarni bosqichma-bosqich qo‘shib borish hamda shu maqsadga moslashtirilgan turli xil metodik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida esa tizimli ravishda seminarlar, treninglar tashkil etish kerakligini ko‘rsatib o‘tdik.
13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hallam S, (2020). The psychology of music: A very Short Introduction. Oxford: Oxford University Press. 2. Jenkins, P. (2019). Technology and Music Education: A Practical Guide . New York: Routledge. 3. Wang D, (2022). Integrating National Musical Heritage with Modern Pedagogical Methods. International Journal of Music Education Research, 40 (3), 215–229. https://doi.org/10.1177/02557614221098765 4. Panjiyev Q.B. Musiqa o‘qitish metodikasi. Darslik. T.:2023. – B.262 5. Sharipova G. Musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. T.:2019 6. Karimov, O. (2021). Musiqa ta’limida ijodiy mashg‘ulotlarning o‘rni va ahamiyati. O‘zbekiston Pedagogika Jurnali, 3 (2), 45–52. 7. Zoidov, A. E. (2021). Komil inson shaxsini tarbiyalashda milliy kuy qo‘shiqlarimiz, musiqa merosimiz an’analaridan foydalanish. Zenodo . https://doi.org/10.5281/zenodo.6506988 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2020). Musiqa ta’limi davlat standarti . Toshkent: TDPU nashriyoti.