RHUS CORIARIA L. ASOSIDA OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING TEXNOLOGIK XOSSALARI
Full text
146 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz RHUS CORIARIA L. ASOSIDA OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING TEXNOLOGIK XOSSALARI Abdullayeva D.Q.1,2 Turaboyev Sh.M. 1 Sagdullaev B.T.1 1O’zR FA Bioorganik kimyo instituti, 2Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected], tel: (88) 434-06-90 https://doi.org/10.5281/zenodo.17326439 Dolzarbligi. Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunga kelib respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, har 100 ming aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda. Bu borada men amalga oshirmoqchi boʻlgan izlanishlarim asosida inson tanasining funksional holatini normallashtirish va yaxshilash uchun tabiiy biologik faol birikmalar - flavonoidlar Rhus coriaria L o’simligi quruq ekstraktidan LOR aʼzolarining yuqumli kasalliklari namoyon bo'lishini pasaytiruvchi biologik faol qo’shimcha ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish yotadi. Tadqiqotning maqsadi. Mahalliy oʻsimlik xomashyolari asosida tabletka shaklidagi biologik faol qo’shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish. Usul va uslublar: Olingan quruq ekstraktni texnologik xossalaridan saralanish tarkibi, sochiluvchanlik, sochiluvchan zichlik, tabiiy og’ish burchagi, g’ovakligi va qoldiq namligi kabi ko’rsatkichlar o’rganildi. Quruq ekstraktning fizik-kimyoviy va texnologik xossalari umumiy qabul qilingan usullar yordamida ilmiy tadqiqot izlanishlar olib borildi. Natijalar: Ilmiy tadqiqot Rhus coriaria L. quruq ekstrakti namunalari zarrachalarining shaklini qurollanmagan ko’z bilan ko’rish imkoniyati bo’lmaganligi sababli mikroskop orqali kuzatishlar olib borildi. Mikroskopik tekshiruvlar asosida zarrachalarning o’lchami va shakli anilqandi, shuningdek, sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi, tabiiy og’ish burchagi, qoldiq namligi tadqiq qilindi. Mikroskopik tekshiruvlar quruq ekstrakt zarrachalari turli o’lchamda, anizometrik shakldan tashkil topganligini ko’rsatdi. Saralanish tarkibi +1000 mkm elakda 21,82%, -1000 +800 mkm elak to’plamida 13,39%, -800 +500 mkm elakda 11,72%, -500 +300 mkm elakda 18,84%, -300 +200 mkm elakda 9,20%, -200 +150 mkm elakda 4,60%, -150+100 mkm elaklararo to’plamda 12,07% va -100 mkm elakda 8,35% ko’rsatkichlar aniqlanib, katta o’lchamlardagi elaklarda yuqoriroq foizni, kichik elaklarda nisbatan past foizni tashkil etishi namoyon bo’ldi. Quruq ekstraktning texnologik xossalari Davlat farmakopeyasida keltirilgan usullar yordamida o’rganilganda uning sochiluvchanligi 7,69*103 kg/s, sochiluvchan zichligi 0,365 g/ml, tabiiy og’ish burchagi 40 gradus, gigroskopiklik darajasi 14,5%, qoldiq namlik 6,5% ni tashkil etganligi ilmiy izlanishlar asosida o’rganib chiqildi. Xulosalar. Ilmiy izlanishlar olib borish jarayonida tajriba natijalariga asoslangan holda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, quruq ekstraktning saralanish tarkibi elaklar to’plamlariga nisbatan o’zaro teng taqsimlanmadi, bu esa quruq ekstrakt tarkibidagi zarralar shakllarni har xil bo’lganligi sabablidir va tajribadan ko’rinadiki katta o’lchamdagi elaklarda taqsimlanish yuqori foizni namoyon qildi. Sochiluvchan zichligi past, tabiiy og’ish burchagi qoniqarli, gigroskopik, qoldiq namligi meyorida ekanligi qayd etildi.