scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTERNET IZOHLARIDA KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK NIYAT VA ADRESANT–ADRESAT MUNOSABATLARI

Djurayeva Maxbuba Usmanovna

Abstract

Maqolada oʻzbek tilidagi internet izohlarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari, xususan, foydalanuvchining nutqiy maqsadi (niyati) va adresant–adresat oʻzaro munosabatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot antroposentrik paradigma doirasida olib borilib, virtual muloqotdagi subyektlarning nutqiy pozitsiyasi, ijtimoiy roli hamda ularning nutqiy strategiya va taktikalari aniqlanadi. Shuningdek, izoh matnlarida baholovchi, tanqidiy, ijobiy yoki neytral niyatlar qanday ifodalanishi lingvopragmatik mezonlar asosida izohlanadi.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 34 INTERNET IZOHLARIDA KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK NIYAT VA ADRESANT–ADRESAT MUNOSABATLARI Djurayeva Maxbuba Usmanovna Termiz shahridagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘zbek tili fani o'qituvchisi Annotatsiya: Maqolada oʻzbek tilidagi internet izohlarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari, xususan, foydalanuvchining nutqiy maqsadi (niyati) va adresant–adresat oʻzaro munosabatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot antroposentrik paradigma doirasida olib borilib, virtual muloqotdagi subyektlarning nutqiy pozitsiyasi, ijtimoiy roli hamda ularning nutqiy strategiya va taktikalari aniqlanadi. Shuningdek, izoh matnlarida baholovchi, tanqidiy, ijobiy yoki neytral niyatlar qanday ifodalanishi lingvopragmatik mezonlar asosida izohlanadi. Kalit soʻzlar: kommunikativ niyat, adresant, adresat, nutqiy strategiya, pragmatika, interaktiv muloqot, baholovchi tildan foydalanish. Kirish Zamonaviy axborot makonida internet tarmoqlari insonlar oʻrtasidagi muloqotning eng faol maydoniga aylangan. Ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, yangiliklar saytlarida qoldiriladigan izohlar (kommentariyalar) esa kommunikativ jarayonning yangi, dinamik shakli sifatida eʼtirof etiladi. Bu jarayonda izoh matnlari nafaqat fikr bildirish vositasi, balki ijtimoiy kayfiyat, shaxsiy pozitsiya, nutq madaniyati va axborot almashinuvi darajasining koʻrsatkichi sifatida namoyon boʻladi. Shuning uchun izoh matnlarini tahlil qilish — zamonaviy lingvistikaning, xususan, pragmalingvistika va diskurs tahlilining dolzarb yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Internet izohlarida kommunikativ-pragmatik niyat muallifning maqsadli nutq strategiyasini belgilaydi. Har bir izoh maʼlum ijtimoiy, madaniy yoki hissiy motivatsiyaga ega boʻlib, muallifning kommunikativ niyatini – xabar berish, fikr bildirish, bahslashish, eʼtiroz yoki qoʻllab-quvvatlashni ifodalaydi. Bu jarayonda adresant (izoh muallifi) va adresat (izoh oʻquvchisi yoki javob beruvchi) oʻrtasidagi munosabatlar lingvopragmatik tizimning markaziy elementlaridan biri sifatida shakllanadi. Ushbu munosabatlar koʻpincha bevosita (dialogik) yoki bilvosita (guruhli, kollektiv) muloqot shaklida namoyon boʻladi. Shuningdek, internet izohlarining oʻziga xosligi shundaki, ularning kommunikativ muhiti real vaqtli muloqotga asoslangan boʻlsa-da, yozma shaklda kechadi. Bu esa yozma va ogʻzaki nutq belgilarining sintezini yuzaga keltiradi. Natijada, izoh matnlarida shaxsiylik (subyektivlik), hissiylik, kinoya, ironik ifoda, emodji va qisqartmalar kabi zamonaviy lingvistik belgilar faol ishlatiladi. Shunday xususiyatlar, oʻz navbatida, internet kommunikatsiyasida adresant va adresatning oʻzaro taʼsirini aniqlash, ularning til vositalari orqali namoyon boʻladigan niyatini tahlil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Mazkur tadqiqot Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 35 internet izohlaridagi kommunikativ-pragmatik niyat va adresant–adresat munosabatlarini aniqlash, ularning lingvopragmatik xususiyatlarini tahlil qilish hamda bu jarayonning oʻzbek tilidagi ifoda vositalarini yoritishga qaratilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, internet muloqotida shakllanayotgan yangi nutq madaniyati, til birliklarining ijtimoiy-semantik yuklamasi va foydalanuvchilar oʻrtasidagi interaktiv aloqaning tabiati hozircha yetarlicha oʻrganilmagan. Shu bois, bu yoʻnalish oʻzbek tilshunosligi uchun nazariy va amaliy jihatdan ham muhim ilmiy masala hisoblanadi. Asosiy qism Kommunikativ niyat — izoh muallifining til orqali amalga oshirmoqchi boʻlgan maqsadi boʻlib, bu niyat izoh matnining lingvistik vositalarida turlicha ifodalanadi. Masalan, izoh muallifi tanqid, maqtov, maslahat berish yoki savol yoʻllash niyatida boʻlishi mumkin. Bunday niyat turli pragmatik strategiyalar — implikatura, illokatsion aktlar yoki tonlov (modality) yordamida namoyon boʻladi Shuningdek, izoh matnlarida koʻplab hollarda niyat yashirin qoladi — yaʼni muallif toʻgʻridan-toʻgʻri aytmaydi, balki kontekst yoki qoʻshimcha iboralar orqali anglatadi. Bunday holatlar implikatura, presuppozitsiya va subtekst darajasida kichadi [Yus, Pragmatics and the Internet, ch.1]. Izohdagi niyatni aniqlashda kontekst, koʻp hollarda ilgari yuzaga kelgan suhbatlar va auditoriyaning bilim darajasi muhim rol oʻynaydi. Izoh muallifi auditoriyani taxmin qila olsa, u oʻz niyatini qisqaroq, murakkab boʻlmagan shaklda ifodalashga harakat qiladi. Bu — virtual diskursda samarali kommunikatsiya tamoyili [Kamsinah, Pragmatic Analysis in Digital Communication. -B. 380]. Adresant va adresat oʻrtasidagi munosabat — izoh matnida kim gapiradi va kimga qaratilgan — kommunikativ-pragmatik tahlilning muhim elementi. Internet izohlarida bu munosabat, odatda, bevosita (muallif-oʻquvchi) yoki bilvosita (muallif-jamoatchilik) dialog tarzda kechadi. Bu pozitsiyani aniqlashda muallif muloqot markazida joylashganligini his qilish va auditoriyani “siz” shaklida qaratish, yoki kollektiv auditoriyani nisbatan umumiy tarzda jalb qilish strategiyalari qoʻllaniladi. Masalan, blog post ostidagi izohlar koʻplab oʻquvchilarga qaratilgan boʻlishi mumkin, shuning uchun muallif “sizlar”, “hammasi” kabi koʻplik shakllardan foydalanadi. Adresat javobi yoki koʻp izohli muloqotda, auditoriyaning fikr-mulohazalari muallif pozitsiyasiga taʼsir qilishi mumkin. Bunday oʻzaro taʼsir izoh matnining shaklini, qoʻshimcha izohlar qoʻshilishini va niyatni oʻzgartirishni keltirib chiqaradi. Pragmatik tahlil uchun bu dinamik jihatni eʼtiborga olish muhim. Shuningdek, adressant–adresat oʻrtasidagi muloqotda “implied audience” tushunchasi ham muhim — yaʼni muallif ideal auditoriyani oldindan taxmin qiladi va izohni aynan oʻsha auditoriyaga yoʻnaltiradi. Bu taxmin maʼno oʻqilishida va interpretatsiyada muhim rol oʻynashi mumkin. Internet izohlarida kommunikatsiyani yanada silliq qilish uchun turli pragmatik strategiyalar qoʻllaniladi. Masalan, “politeness strategy” — muloyimlik strategiyasi, yumshatish konstruktsiyalari orqali muallif Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 36 auditoriyaga hurmat koʻrsatadi . Niyatning amalga oshirilishi uchun implikaturalardan foydalanish keng tarqalgan: muallif soʻzlarni ortiqcha izohlamasdan, kontekstga tayanib maʼno hosil qilishga undaydi [Ayuwọ & Mandah, The Pragmatics of Social Media Posts and Comments, -B. 11]. Emoji, hashtag, skriptlar va intertekstual iboralar ham komunikativ strategiya vositasi sifatida ishlatiladi — ular matnga qoʻshimcha niyat yoki tuygʻu yuklashga imkon beradi [ICCMS, An Analysis of Pragmatic Cues in Online Communication, -B. 3]. Shuningdek, baʼzan muallif “face saving” strategiyasini qoʻllaydi — yaʼni oʻz fikrini yumshoqroq shaklda, tinchlik va hurmat muhiti saqlangan holda ifodalaydi. Bu, ayniqsa salbiy baho yoki tanqid izohlarida oʻzini koʻrsatadi. Izoh matnlaridagi niyat va adresant–adresat munosabatlarini tahlil qilishda kontekstual inferensiya, yaʼni oʻquvchining kontekstni toʻldirish qobiliyati muhim rol oʻynaydi. Internet muloqotida kontekst baʼzan matndan tashqarida boʻlishi mumkin, shuning uchun auditoriya ilgari qurilgan bilim bazasi va shaxsiy tajribaga tayanadi. Baʼzan izoh matni qisqa boʻlishi sababli, muallif tomonidan tushunilmagan qismlar auditoriya tomonidan talqin qilinadi. Bunday hollarda inferensiya va pragmatik strategiyalar yordamida maʼno qayta quriladi. Bu jarayon “skriptli inferensiyalar” deb ataladi. Niyat va kontekst oʻrtasidagi qarama-qarshilik — izoh matni auditoriyani anglashda qanday imkoniyat va cheklovlarga ega boʻlishi — pragmatik tahlil uchun markaziy masala hisoblanadi. Virtual muloqotda bu qarama-qarshilik tez-tez yuz beradi. Pragmatika va internet kommunikatsiyasining kesishmasi, yaʼni internetpragmatika nazariyasi, kontekstual voqealarga, auditoriyaning angalanish mexanizmlariga hamda niyat–interpretatsiya modellariga yondashadi. Oʻzbekiston olimlari tomonidan oʻtkazilgan “Oʻzbek tilida bildirgan fikrlarni aspektli sentiment tahlil qilish” loyihasi izoh matnlarida kommunikativ niyatning turli jihatlarini, xususan baho (sentiment) va aspekt (masalan, mahsulot sifati, xizmat) kabi elementlar orqali auditoriyaga murojaat usullari tahlilini taqdim etadi [Matlatipov & Komilova, Oʻzbek tilida bildirgan fikrlarni aspektli sentiment tahlil qilish, -B. 2-4]. Bundan tashqari, D.Elova va S.Allanazarova ijtimoiy tarmoqlardagi sharh va postlarda ishlatiladigan his-tuygʻu (sentiment) ifodalari va ularning auditoriyaga qanday taʼsir qilishini ‒ yaʼni adresant-adresat munosabatlarini tahlil qilgan. Bu ishda leksik-sentiment usullari va mashinaviy oʻrganish modellari yordamida izohlarni ijobiy, salbiy va neytral kategoriyalarga ajratish boʻyicha natijalar keltirilgan. Shuningdek, soʻz turkumlari asosida izoh matnlarida emotsional intensivlik va kontekstual elementlarning rolini oʻrganish boʻyicha B. Elov, Z. Xusainova va A.Abdullayevlar tadqiqotlari tajriba natijalarini eʼlon qildi. Ular, xususan, sifat (adjective), feʼl (verb) va ravish (adverb) turkumlarining baho va niyat ifodasida qanday farq qilishi, adresant-adresat munosabatida soʻz tanlovi qanchalik aniqlikni oshirishi masalasini koʻrib chiqdi [Elov, Xusainova, Abdullayev, Oʻzbek tilidagi matnlarni soʻz turkumlari orqali sentiment tahlil qilishda gap modellarini ishlab chiqish, -B. 4-6]. Va nihoyat, “Oʻzbek tilidagi hissiy soʻzlar lugʻati uchun korpus asosida bilimlar bazasi tuzish Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 37 tamoyillari” nomli maqolada H. Rahimov hissiy soʻzlarning auditoriyaga maʼno etkazishida, yaʼni adresant-adresat munosabatlaridagi oʻrni va niyatga bogʻliq pragmatik yuklamasi qanday ifodalanishini korpus texnologiyalari yordamida nazariy-amaliy jihatdan yoritadi [Rahimov, Oʻzbek tilidagi hissiy soʻzlar lugʻati uchun korpus asosida bilimlar bazasi tuzish tamoyillari. -B. 117-119]. Internet izohlarining kommunikativ-pragmatik tahlili shuni koʻrsatadiki, virtual muloqotda ishtirokchilar oʻz nutqiy niyatlarini ifoda etishda yangi, dinamik va koʻp qirrali vositalardan foydalanadilar. Ularning nutq aktlari, adresant–adresat oʻrtasidagi munosabatlar, pragmatik strategiyalar va kontekstual omillar birgalikda ijtimoiy-psixologik holatni ifoda etuvchi yagona kommunikativ tizimni shakllantiradi. Oʻzbek olimlari tomonidan bu borada olib borilgan tadqiqotlarda pragmatikaning oʻzbek tili kontekstida talqini, muloqotdagi illokutsion va perlokutsion aktlarning milliy-madaniy koʻrinishlari, shuningdek, axloqiy-meʼyoriy qadriyatlarning til orqali ifodalanishi masalalari keng yoritilgan. Bu tadqiqotlar asosida internet izohlarining milliy mentalitet, ijtimoiy qadriyat va kommunikativ madaniyat bilan uzviy bogʻliqligini koʻrish mumkin. Xususan, G.Yuldasheva oʻzbek tilidagi onlayn muloqotda qoʻllaniladigan pragmatik markerlarning sotsiokommunikativ funksiyalarini ochib beradi, M.Abdurahmonova esa muloqot etikasining raqamli maydondagi buzilishi bilan bogʻliq pragmatik muammolarni tahlil qiladi. Sh.Tursunov esa tilning pragmatik imkoniyatlari orqali nutqiy niyatlarni aniqlashning metodologik asoslarini ishlab chiqadi. Xulosa Mazkur tadqiqotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, internet izohlarida adresant–adresat oʻrtasidagi muloqot jarayoni ijtimoiy va madaniy omillar bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu holat oʻzbek tilshunosligida antroposentrik yondashuvning dolzarbligini yanada oshiradi. Shuningdek, virtual muhitda nutq aktlari orqali shaxsning nutqiy strategiyasi, niyati va hissiy holatini aniqlash, ularni lingvopragmatik tahlil asosida oʻrganish oʻzbek tilining zamonaviy kommunikativ tizimini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Shu bois, internet izohlarining kommunikativ-pragmatik tadqiqi nafaqat lingvistik, balki sotsiopsixologik, madaniyatshunoslik va etik jihatdan ham keng ilmiy tahlil talab qiladigan masaladir. Kelgusida bu yoʻnalish boʻyicha oʻzbek tilidagi izohlarning milliy muloqot madaniyatiga xos xususiyatlarini tahlil qilish va korpus asosida ularning tipologiyasini yaratish ilmiy-amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdurahmonova M. Lingvopragmatika va nutq madaniyatining oʼzaro bogʼliqligi. — Toshkent: TDYUU nashriyoti, 2021. — 112 b. — URL: https://tsul.uz/library/articles/lingvopragmatika-va-nutq-madaniyati.pdf 2. Ayuwọ J., Mandah, A. The Pragmatics of Social Media Posts and Comments. — Global Academic Star Publications, 2021. — P. 11. — URL: https://www.globalacademicstar.com/download/article/the-pragmatics-of-social-mediaposts-and-comments.pdf 3. Elov B., Xusainova Z., Abdullayev A. Oʻzbek tilidagi matnlarni soʻz turkumlari orqali sentiment tahlil qilishda gap modellarini ishlab chiqish. — Computational Linguistics Conference Proceedings, Navoiy Universiteti, 2024. —P. 4–6. — URL: https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1208 4. Elova D., Allanazarova S. Oʻzbek tili matnlarida sentiment tahlil usullari. — Uzbek Language and Culture Journal, 2023. — P. 1–3. — URL: https://uzlc.tsuull.uz/index.php/uzlangcult/article/view/91 5. ICCMS. An Analysis of Pragmatic Cues in Online Communication. — International Conference on Communication and Media Studies, 2024. — P. 3. — URL: https://iccms.ifrel.org/index.php/ICCMS/article/view/30 6. Kamsinah K. Pragmatic Analysis in Digital Communication: A Case Study of Language Use on Social Media. — ResearchGate, 2024. — P. 380. — URL: https://www.researchgate.net/publication/385900672_Pragmatic_Analysis_in_Digital_Com munication_A_Case_Study_of_Language_Use_on_Social_Media 7. Matlatipov B., Komilova N. Oʻzbek tilida bildirgan fikrlarni aspektli sentiment tahlil qilish. — Computational Linguistics Conference Proceedings, Navoiy Universiteti, 2023. — P. 2–4. — URL: https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1140 8. Noor S. A Pragmatic Analysis of Social Media. — Journal of Applied Linguistics and Translation (JALT), 2025. — P. 7. — URL: https://jalt.com.pk/index.php/jalt/article/view/365 9. Rahimov H. Oʻzbek tilidagi hissiy soʻzlar lugʻati uchun korpus asosida bilimlar bazasi tuzish tamoyillari. — Zenodo, 2024. — P. 117–119. — URL: https://zenodo.org/records/15774239 10. Tursunov Sh. Pragmatik tahlil tamoyillari va metodlari. — Til va adabiyot, 2019. — №2. — B. 33–39. — URL: https://tilvaadabiyot.uz/articles/2019/pragmatik-tahlil-tamoyillari.pdf 11. Yuldasheva G. Sh. Kommunikativ-pragmatik munosabatlarda muloqot strategiyalari. — Filologiya fanlari jurnali, 2020. — №3(1). — B. 45–53. — URL: https://uzjournals.edu.uz/philology/vol3/iss1/5