scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING INGLIZ TILIDAGI NUTQIY KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVISTIK ASOSLARI

To`rayeva Dilafruz Maxammadjonovna

Abstract

Mazkur tezisda o‘quvchilarning ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining lingvistik asoslari tahlil qilinadi. Til tizimining fonetik, leksik, grammatik va pragmatik qatlamlari o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning har biri nutqiy kompetensiyani shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 42 O‘QUVCHILARNING INGLIZ TILIDAGI NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVISTIK ASOSLARI To`rayeva Dilafruz Maxammadjonovna Andijon viloyati Marxamat tumani 47-IM Annotatsiya: Mazkur tezisda o‘quvchilarning ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining lingvistik asoslari tahlil qilinadi. Til tizimining fonetik, leksik, grammatik va pragmatik qatlamlari o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning har biri nutqiy kompetensiyani shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Annotation: This paper explores the linguistic foundations of developing students’ English speaking skills. It focuses on the interrelation among phonetics, lexis, grammar, and pragmatics, emphasizing how each linguistic aspect contributes to communicative competence. Аннотация: В работе рассматриваются лингвистические основы развития речевых навыков учащихся по английскому языку. Анализируется взаимосвязь фонетического, лексического, грамматического и прагматического уровней языка, а также их роль в формировании коммуникативной компетенции. Kalit so‘zlar: nutqiy ko‘nikma, kommunikativ kompetensiya, fonetika, leksika, grammatika, lingvistik asos, pragmatika. Kirish Bugungi globallashuv sharoitida ingliz tili xalqaro muloqot, ta’lim, fan va texnologiyalar tili sifatida muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli maktab o‘quvchilarining ingliz tilida to‘liq muloqot qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Til o‘rganish jarayonida lingvistik bilimlar — ya’ni fonetik, leksik va grammatik asoslar — nutqiy malaka va kompetensiyani shakllantirishning poydevorini tashkil etadi. O‘quvchi bu komponentlarni mukammal o‘zlashtirmas ekan, kommunikativ kompetensiyaga erishish mushkul bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ham aynan tilni amaliy o‘rganish, ya’ni so‘zlash, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Shunday ekan, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda lingvistik asoslarni chuqur o‘rganish zarur. O`quvchilarning ingliz tilidagi nutqiy ko`nikmalarini rivojlantirishning lingvistik asoslari. Nutq murakkab jarayondir, uni o‘rganishda va ifodalashda ko‘plab nazariy hamda amaliy Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 43 bilimlarga tayangan holda ish yuritish lozim. Og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirish masalasi yuqori sur’atdagi jarayon hisoblanadi. Bu jarayon aqliy faoliyat hisoblanadi va u nutqni tinglash qobiliyatini, o‘ylash, mulohaza qilish kabi psixologik mexanizmlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, ingliz tilida og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishda tilning leksik, grammatik va fonetik jihatlarini o‘rganish hamda tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq mahorati kundalik hayotda qo`llaniladigan til qobiliyatlaridan biridir. Nutq mahorati ikki jihatni o`z ichiga oladi: lingvistik jihat va nolingvistik jihatdan iborat. (1-jadval) Lingvistik jihat Nolingvistik jihat 1.Nutqning aniqligi 1. Munosabat. 2.Bosim, ohang, bo`g`inlar va davomiylik joylashuvi. 2.Taqlid qilish va ovoz balandligi 3.Diksiya 3. Ravonlik 4.Suhbat maqsadining aniqligi 4.Fikrlash Nutq qobiliyatlariga ta`sir ko`rsatadigan ba`zi asosiy lingvistik omillar: 1.Fonologik ong. 2.Lug`at. 3.Grammatika va sintaksis. 4.Pragmatika. 1.Fonologik jihatdan-bu til tovushlarini tanib olish va boshqarish qobiliyati. Bu so`zlarni tshkil etuvchi alohida tovushlar yoki fonemalardan xabardor bo`lishni, shuningdek, so`zlar ichidagi tovushlarni aralashtirib, segmentlarga bo`lish va boshqarish kabi harakatlar orqali ushbu tovushlarni boshqarish qobiliyatini o`z ichiga oladi. Nutq ko`nikmalarini rivojlantirish uchun fonologik ongni rivojlantirish muhimdir. Fonologik idrok o`qish va yozishni rivojlantirishning asosiy qobiliyatidir, chunki u o`quvchilarga tilning tovush tuzilishini tushunishga yordam beradi. Fonologik jihatdanning ba`zi bir tarkibiy qismlari mavjud. (2-jadval) Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 44 2jadval. Fonologik jihatdan o`rganishning tarkibiy qismlari 1.Qofiyalash: qofiyadosh so`zlarni tanib olish va hosil qilish (masalan, cat –cap,map, runfun, cry - dry …) 2.Alliteratsiya: bir xil tovush bilan boshlangan so`zlarni aniqlsh (masalan, big bear, busy bee, big bag, dirty desk, purple pencil…) 3.Aralashtirish: so`zlarni hosil qilish uchun alohida tovushlarni birlashtirish (masalan, /c/ /a/ /t/ = cat, /d/ /o/ /g/ =dog, /b/ /e/ /a/ /r/ =bear …) 4.Segmentatsiya: so`zlarni alohida tovushlarga ajratish (masalan, cat =/c/ /a/ /t/, bat = /b/ /a/ /t/, dog = /d/ /o/ /g/, bear =/b/ /e/ /a/ /r/…) 5.Manipulyatsiya qilish: so`zlar ichidagi tovushlarni o`zgartirish (masalan, cat /c/ ni /b/ = bat ga o`zgartirish). Grammatika - gaplar tuzish uchun so`zlarni tuzilishi va tashkil etilishini tartibga soluvchi qoidalarni bildiradi. U so`z tartibi, fe`l zamoni, fe`l kelishigi, tinish belgilar haqida ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. To`g`ri grammatika aniq vq samarali muloqot qilish uchun muhimdir. Sintaksis - tilda yaxshi tuzilgan gaplar yaratish uchun so`z va iboralarni joylashishini bildiradi. Jumla tuzilishini, so`z tartibini va jumla ichidagi nutqning turli qismlari o`rtasidagi munosabatni tushinishni o`z ichiga oladi. Sintaksis tilde ma`no va izchillik yetkazishga yordam beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida grammatikani o`qitish va o`rgatish uchun mashqlar qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalam bor o`quvchilarda grammatik ko`nikma hosil qilish orqali nutqiy potensiallarini o`stiriladi. Grammatik materiallarni mashq qilish orqali dastavval og`zaki matn tanlab olinadi va o`sha matnni taqlidiy, takroran aytish orqali mustahkamalanadi. Muallim: I see a cat. I can speak English. Fonologik jihatdan o`rganishning qismlari: 1.Qofiyalash 2.Alliteratsiya 3.Aralashtirish 4.Segmentatsiya 5.Manipulyatsiya qilish Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 45 Oquvchi: I see a cat too. I can speak English too. Pragmatika tilning ijtimoiy qoidalarini: navbat berish va turli kontekslarda mos tildan foydalanishni anglatadi. Pragmatik ko`nikmalarni rivojlantirish samarali muloqot qilish hamda boshqalar bilan o`zaro munosabatda bo`lish uchun muhimdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari grammatika va sintaksis bo`yicha mustahkam poydevor yaratib, nutq ko`nikmalarini oshirishlari, yozish qobiliyatlarini yaxshilashlari va samarali muloqot qilishlari mumkin. Og`zaki va yozma muloqotda ravshanlik, izchillik va aniqlikka erishish uchun grammatika qoidalari va jumla tuzilishini tushunish va qo`llash juda muhimdir. Xulosa Ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish fonetik, leksik, grammatik va pragmatik asoslarning uyg‘unligiga tayanadi. Til tizimini chuqur o‘zlashtirish o‘quvchining fikrni to‘g‘ri, ravon va madaniyatga mos tarzda ifodalashini ta’minlaydi.Lingvistik asosga tayanilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarni real hayotdagi muloqotga tayyorlaydi hamda ularning kommunikativ kompetensiyasini shakllantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hymes, D. (1972). On Communicative Competence. 2. Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. 3. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. 4. Nunan, D. (1991). Communicative Tasks and the Language Curriculum. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini o‘qitishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–5117-son qarori. 6. Jalolov, J. (2020). Chet tillar o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti. 7. Crystal, D. (2003). The Cambridge Encyclopedia of the English Language.