scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OCHIQ KON ISHLARIDA QAZUVCHI-YUKLOVCHI MASHINALAR RATSIONAL TURINI TADQIQ QILISH VA ASOSLASH

Jumaqulov Diyorbek Shodi o'g'li; Qurolov Adiz Asraqulovich

Abstract

Mazkur tezisda ochiq kon ishlarida qo‘llaniladigan qazuvchi-yuklovchi mashinalarning ratsional turini tanlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kon sharoitlariga mos ravishda yuqori samaradorlikka ega elektr-gibrid ekskavatorlarning qo‘llanishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berildi. Bundan tashqari, mashinalarning texnik parametrlarini taqqoslash asosida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning yuqori moslashuvchanligi orqali foydali qazilma qazib olish hajmi samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari ochiq kon ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlashda ilmiy asoslangan yondashuvni ishlab chiqishga xizmat qiladi va konchilik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 73 OCHIQ KON ISHLARIDA QAZUVCHI-YUKLOVCHI MASHINALAR RATSIONAL TURINI TADQIQ QILISH VA ASOSLASH Jumaqulov Diyorbek Shodi o’g’li Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti, Foydali qazilma konlarini qazish yo’nalishi 2-bosqich magistranti. Qurolov Adiz Asraqulovich Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, dotsent Muassasa: Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti, Foydali qazilma konlarini qazish yo’nalishi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17331021 Annotatsiya. Mazkur tezisda ochiq kon ishlarida qo‘llaniladigan qazuvchi-yuklovchi mashinalarning ratsional turini tanlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kon sharoitlariga mos ravishda yuqori samaradorlikka ega elektr-gibrid ekskavatorlarning qo‘llanishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berildi. Bundan tashqari, mashinalarning texnik parametrlarini taqqoslash asosida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning yuqori moslashuvchanligi orqali foydali qazilma qazib olish hajmi samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari ochiq kon ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlashda ilmiy asoslangan yondashuvni ishlab chiqishga xizmat qiladi va konchilik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: ochiq kon, qazuvchi-yuklovchi mashinalar, ratsional tanlov, unumdorlik, energiya samaradorligi. Kirish. Navoiy viloyatining Qizilqum hududi O’zbekiston Respublikasining eng yirik konchilik markazi bo’lib, ko’plab oltin, fosfotit va qurilish materiallari konlari mavjud. Bunday turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda ochiq kon ishlarida qazuvchi yuklovchi mashinalar muhim rol o’ynaydi. Asosiy qism. Ochiq konchilik ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning foydali qazilmani qazib olish jarayoniga ta’siri va ahamiyati sezilarli darajada, xususan, qazuvchi-yuklovchi mashinalar konchilik korxonalarida ikki asosiy vazifani bajaradi: tog’ jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklash. Ularning ishlash samaradorligi butun texnologik siklning tezligi va ishlab chiqarish hajmiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Qizilqum hududi sharoitida tog’ jinslari asosan yarim qattiq va qattiq jinslar bo’lganligi, iqlim sharoiti yozda issiq, qishda sovuq bo’lganligi sababli ishlatiladigan texnikalar bunday sharoitlarda ishlashga chidamli va xavfsiz bo’lishi kerak. Bunda biz taklif etadigan qazuvchi-yuklovchi mashinalarning ochiq kon ishlarida qo’llash uchun kam miqdorda energiya sarfidan foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishish va yuqori moslashuvchanlik orqali foydali qazilma miqdorini qazib olishda yo’qotilish, sifatsizlanish kabi holatlarni kamaytirilishiga erishiladi. Bunday hollarda elektr yoki zamonaviy gibrid texnologiyalarga asoslangan qazuvchi yuklovchi mashinalarni qo’llashdan iborat. Oktabr, 2025-Yil 74 Bunda biz quyidagi ananaviy EKG tipidagi ekskavatorlarni yangi turdagi gibrid ekskavatorlari bilan parametrlarini solishtirib quyida ko’rib chiqamiz: 1-rasm. Ochiq konchilik ishlarida qo’llaniladigan ekskavator turlari Volvo EC500 H EKG-5A 1-jadval. Parametrlari Volvo EC500 Hybrid EKG-5A Turi Gibrid ekskavator Elektrik ekskavator Kovsh sig’imi 1.15-3.31 m3 5.2 m3 Quvvati 318 kVtli gibrid motor 250 kVtli elektr motor Ishchi og’irligi 52 tonna 196 tonna Maks. Qazish radiusi 11.3 m 14.5 m Maks. Kovshlash balandligi 7 m 10.3 m Energiya turi Dizel + gibrid energiya To’liq elektr Atrof-muhitga ta’siri Zaharli gazlari bor, ammo gibrid rejimda kamayadi Zaharli gazlarni chiqarmaydi Bu qazuvchi yuklovchi mashinalarni bir biriga solishtirish orqali quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: Volvo EC500 Hybrid ekskavatori o’rtacha kattalikdagi konlarga, ochiq kon ishlariga mos keladi. Yoqilg’i tejash imkoniyatiga ega, odatiy bunday parametrdagi ekskavatorlarga nisbatan 17% -20% gacha yoqilg’i tejaydi va yuqori moslashuvchanlik xususiyatiga ega. EKG-5A esa yirik va o’rtacha kattalikdagi ochiq konchilik ishlarida qo’llaniladi, lekin katta infratuzilma va logistikani talab qiladi. Xulosa Ochiq kon ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning ratsional turini tanlash kongeologik sharoitlari, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib amalga oshirilishi zarur. To‘g‘ri tanlangan texnika ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimum darajaga tushiradi. Shunday qilib, ochiq konchilik ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalar ratsional turini tadqiq qilish va asoslash konchilik sanoati rivojida muhim ilmiy va amaliy vazifalardan biri hisoblanadi. Oktabr, 2025-Yil 75 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. www.nkmk.uz 2. https://ekg-5.com 3. https://www.volvoce.com 4. https://actual.ngmk.uz