scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"BOBURNOMA" - TARIXIY MEMUAR ASAR

Shomurotova Gulbahor

Abstract

Ushbu maqolada “Boburnoma”- tarixiy memuar asar ekanligi, tarixiy voqealar, mashhur shaxslar, Boburning turmush tarzi yaqqol yoritib oʻtilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 79 “BOBURNOMA” - TARIXIY MEMUAR ASAR Shomurotova Gulbahor Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti 2 OʻTA-24 guruh talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17331098 Annotatsiya. Ushbu maqolada “Boburnoma”- tarixiy memuar asar ekanligi, tarixiy voqealar, mashhur shaxslar, Boburning turmush tarzi yaqqol yoritib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: "Boburnoma", tarixiymemuar asar, tarixiy shaxslar, madaniy, ijtimoiy va siyosiy voqealar, tarixiy sayohatlar adabiy ahamiyati. Аннотация. Исторические мемуары «Бобурнома» в трёх статьях наглядно освещены события, исторические события, известные люди, образ жизни Бабура. Ключевые слова: «Бобурнома», историко-мемуарное произведение, исторические личности, культурные, общественно-политические события, литературное значение исторических путешествий. Annotation. Historical memoir "Boburnoma" in three articles, events, historical events, famous people, Babur's lifestyle are clearly covered. Key words: “Boburnoma”, historical-memoir work, historical figures, cultural, social and political events, literary significance of historical travels. 1494-1529yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar oʻta aniqlik bilan bayon qilingan Boburnoma - Jahon adabiyoti va manbashunosligodagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar - tarixiy asardir. Bu asar bevosita muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bogʻliqdir. Boburnoma bu davrning turmush tarzi, janglari, hukmdorlik yillarida duch kelgan qiyinchiliklari, sayohatlari va bir soʻz bilan aytganda uning kundaligidir. “Boburnoma” asari Zahiriddin Muhammad Boburning oʻzining tarixiy hayoti va dunyoqarashi yaqqol tasvirlangan juda qimmatli bir adabiy asar boʻlib, nafaqat oʻz davrining, balki butun Markaziy Osiyo va Hindiston tarixining oʻziga xos bebaho yodgorligidir. “Boburnoma” Boburning hukmdorlik davrlaridagi voqealar jarayoniga koʻra uchga boʻlinadi: 1. Movorounnahr (1495-1504) 2. Afgʻoniston (1504-1524) 3. Hindiston (1524-1530) Birinchi qismda: Boburning otasi - Temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461-1494) toʻgʻrisida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494yil iyun), ammo Temuriylarning davlati avj olgan davrda taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15asr 90yillari) Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangujadallari (14971501) ning behuda ketishi va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil yoritilgan. Ikkinchi qismda: Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511) lekin Shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Temur Sulton va Jonibek Sulton) san yengilib Oktabr, 2025-Yil 80 (1512) Kobulga qaytgani, soʻng Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani toʻgʻrisida bayon etilgan. Uchinchi qismida: Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib, Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani xususida maʼlumotlar keltirilgan. Boburnoma shunday mahoratli ila yozilganki, unda Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chigʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllari, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan. "Boburnoma"da faqatgina joy nomlari tasvirlanibgina qolmay unda Alisher Navoiy, Abdurrahman Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoʻja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gijjokiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlarni ta'riflab oʻtgan. Shu jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyilgan: "Alisher naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytib turlar, - hech kim oncha koʻp va xoʻp aytqon emas". Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, "Boburnoma " 15asr oʻzbek badiiy asarining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqol matallari, iboralari, ibratli oʻgitlar, sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos jozibali asar hisoblanadi. Bu asar insonni teran fikrlashga daʼvat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI VA BOSHQA JANRLAR MUNOSABATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 2. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA IFODA ETILGAN MAROSIMLARDA ARXAIK EPOS XUSUSIYATLARI TALQINI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 3. Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 4. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 5. Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 6. SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI. Journal of Research and Innovation, 1(10), 45-52. 7. Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI MAROSIMINING BADIIY TALQINI. Научный Фокус, 1(2), 1091-1095. Oktabr, 2025-Yil 81 8. Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH BOSQICHLARI, METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI. Научный Фокус, 1(2), 1096-1100. 9. Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35). 10. Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI NUTQNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32). 11. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI TASVIRI VA TALQINI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30). 12. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI TASVIRI VA TALQINI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30). 13. Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 14. Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108. 15. Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129. 16. Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1120-1124. 17. Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, 2(7), 1135-1138. 18. Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры, (3-3 (102)), 113-114. 19. Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 20. MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim. 21. Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR. Scientific progress, 2(7), 1145-1148. 22. Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 23. Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 106108. 24. Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46). Oktabr, 2025-Yil 82 25. Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The Example of the Epic “Alpomish”). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46). 26. Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 3(1), 21-29. 27. Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK TA’LIMOTI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).