scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SIFATLI KASBIY TA'LIM – MEHNAT BOZORI TALABLARIGA JAVOB BERUVCHI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH KAFOLATI

Shoyqulov Baxtiyor Bakirovich

Abstract

Maqolada kasbiy ta’limning sifat mezonlari, mehnat bozori bilan o‘zaro uyg‘unlikdagi islohotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda milliy amaliyot tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va barqaror rivojlanish uchun zarur kadrlar salohiyatini shakllantirishda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot SIFATLI KASBIY TA’LIM – MEHNAT BOZORI TALABLARIGA JAVOB BERUVCHI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH KAFOLATI Muallif: Shoyqulov Baxtiyor Bakirovich 1 Affiliyatsiya: Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktor o‘rinbosari, t.f.n., dotsent 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17331110 ANNOTATSIYA Maqolada kasbiy ta’limning sifat mezonlari, mehnat bozori bilan o‘zaro uyg‘unlikdagi islohotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda milliy amaliyot tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va barqaror rivojlanish uchun zarur kadrlar salohiyatini shakllantirishda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy ta’lim, sifatli ta’lim, mehnat bozori, raqobatbardosh mutaxassis, dual ta’lim, barqaror rivojlanish. KIRISH Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy taraqqiyot va innovatsion rivojlanishning asosiy omili sifatida inson kapitali alohida ahamiyat kasb etmoqda. Inson kapitalining sifatini oshirish esa, eng avvalo, ta’lim tizimining samaradorligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli, ta’lim tizimini, xususan, kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish va sifat jihatdan takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Kasbiy ta’lim tizimi mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va zamonaviy talablarga moslashtirish orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Mehnat bozoridagi tezkor o‘zgarishlar, yangi kasb va yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, raqamli texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ta’lim tizimidan uzluksiz yangilanish, innovatsion yondashuv va xalqaro tajribalarni tatbiq etishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, sifatli kasbiy ta’lim – iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi strategik omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, unga xalqaro standartlarni joriy etish, dual ta’lim mexanizmlarini kengaytirish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli huquqiy-tashkiliy islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, shuningdek, xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish orqali kasbiy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Sifatli kasbiy ta’lim – jamiyat va mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh kasb egalari hamda kichik mutaxassislar tayyorlash jarayonini anglatadi. Bu jarayon samaradorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan huquqiy asoslarni mustahkamlash, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash va tizimli qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Buning amaliy isboti sifatida so‘nggi yillarda kasbiy ta’lim tizimiga qaratilgan bir qator Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini misol qilish mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-sonli Farmoni bu sohadagi huquqiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [1]. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-sentabr kuni o‘qituvchi va murabbiylar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bildirgan fikrlari ham bu jarayonning amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Xususan, “investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida dual ta’limning joriy etilishi, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlarini kasbiy ta’lim tizimiga integratsiya qilish, dual ta’lim qamrovini 5 barobarga oshirish, xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlarni 4 barobar ko‘paytirish kabi vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, har yili 500 nafar o‘qituvchini ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustalarini esa yirik xorijiy korxonalarga stajirovkaga yuborish rejasi belgilangani ham sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichidir. Sifatli kasbiy ta’limning mazmun-mohiyati, avvalo, mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti, innovatsion salohiyati va mehnat bozorining barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda namoyon bo‘ladi. U mehnat bozori talablari va ish beruvchilar ehtiyojlari bilan uyg‘unlikda shakllanib, raqamli texnologiyalar, elektron ta’lim platformalari, dual ta’lim tizimi hamda simulyatsion modellardan samarali foydalanishni talab etadi. Shu bilan birga, sifatli kasbiy ta’lim xalqaro standartlarga muvofiq ravishda tashkil etilishi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanishi lozim. Shu nuqtai nazardan, sifatli kasbiy ta’limning mazmun-mohiyati – raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, innovatsion tafakkurli hamda mehnat bozori talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlaydigan, jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga xizmat qiladigan va inson kapitali sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan strategik omil sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat bozorida ishchi kasb va kichik mutaxassislarga bo‘lgan talablar doimiy o‘zgarib boradi. Masalan, ilgari muhim hisoblangan kasblar zamonaviy sharoitda o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin, shu bilan birga, yangi sohalarda yangi kasblar shakllanadi. Shundan kelib chiqqan holda har yili mehnat bozori talablariga ko‘ra Kasbiy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatoriga tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritib boriladi. Masalan, 2025-yilda amaldagi klassifikatorga 32 ta yangi kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilgani bu jarayonning izchil va dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu sababli, kasbiy ta’lim tizimining mehnat bozori bilan uzluksiz hamkorlikda faoliyat yuritishi zarur. Mehnat bozoridagi talablar tezkor sur’atlar bilan yangilanib borayotgani uchun kasbiy ta’lim tizimi ham muttasil ravishda modernizatsiya qilinishi, zamonaviy talablarga uyg‘unlashtirilishi lozim. O‘quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotining uzviy uyg‘unligi bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Buning uchun dual ta’lim tizimini joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. Dual ta’lim modeli Germaniya professional ta’lim tizimida keng qo‘llanilib, shuningdek, Avstriya, 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Shveysariya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallaydi. Dual ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtiriladi, bu esa o‘quvchilarda ish joyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ushbu tizim o‘quvchilar uchun qator afzalliklarni taqdim etadi: o‘qish bilan bir vaqtda ish tajribasi ortishi, korxonadan maosh olish imkoniyati, zamonaviy texnologiya va uskunalarda ishlash, jamoa bilan hamkorlikda faoliyat yuritish hamda ta’limni yakunlagandan so‘ng davlat namunasidagi diplomga ega bo‘lish. Korxonalar uchun esa dual ta’lim tizimining ustunliklari malakali mutaxassislarni tayyorlash, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishda namoyon bo‘ladi. Ish beruvchilarning bevosita ishtiroki orqali o‘quv dasturlarini shakllantirish ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarining uyg‘unligini ta’minlaydi. Bu yo‘nalishda kasbiy ta’lim tizimida joriy etilayotgan ta’lim dasturlari ish beruvchilar ishtirokida ishlab chiqilgan kasbiy standartlar asosida takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda respublikada faoliyat olib borayotgan 598 ta texnikumlarda 329 ta kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Jahonning ko‘plab davlatlari kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga zamonaviy ta’lim dasturlari va xalqaro standartlarni integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim jarayoniga xalqaro standartlar va innovatsion dasturlarni joriy etish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Xususan, Muhtaram Prezidentimizning “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish, tegishli kvalifikatsiyalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ta’lim dasturlaridan kelib chiqib, kasbiy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasb va mutaxassisliklar klassifikatoriga tegishli o‘zgartirishlar kiritib borish, xalqaro ta’lim dasturlari va adabiyotlarni xarid qilish hamda tarjima qilish ishlarini tashkil qilish, tarjima qilingan xalqaro ta’lim dasturlarini milliy o‘quv dasturlari mazmuniga singdirgan holda yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish, kasbiy ta’limda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilab berilgan. Kasbiy ta’lim tizimida ta’lim sifati, avvalo, o‘quv dasturlarining mazmun jihatdan takomillashganligi va metodologik asoslanganligiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Zamonaviy o‘quv dasturlari mehnat bozoridagi keskin o‘zgarishlar, ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real ehtiyojlari hamda kasbiy standartlar talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Bu jarayonda nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti va kompetensiyaga asoslangan yondashuvga alohida e’tibor qaratilishi muhimdir. Ilg‘or xorijiy tajribada ta’lim dasturlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, o‘quv jarayoni to‘g‘ridanto‘g‘ri ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirilgani natijasida yuqori samara bermoqda [2, 3]. Shu bois, O‘zbekistonda ham ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ish beruvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni joriy etish kasbiy ta’lim sifatini oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Natijada, ta’lim 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot muassasalari bitiruvchilari mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lib, yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanadilar. Shu o‘rinda xorijiy mamlakatlarning kasbiy ta’lim tizimiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, masalan, Germaniyada dual ta’lim tizimi keng joriy etilgan bo‘lib, o‘quvchilar ta’limning 50% ini ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashadi. Bu ularning mehnat bozoriga tezkor moslashishiga imkon beradi. Finlyandiyada kasbiy ta’limning modulli tizimi joriy qilingan bo‘lib, o‘quvchi shaxsiy qobiliyat va qiziqishlaridan kelib chiqib ta’lim traektoriyasini belgilaydi. Janubiy Koreyada IT va injenerlik yo‘nalishlarida xalqaro dasturlar asosida o‘quv markazlari tashkil etilgan. Turkiyada “Anadolu” kasbiy va texnik litseylari orqali xalqaro sertifikat dasturlari joriy etilgan. Bu turli sohalarda diplom yoki sertifikat orqali mehnat bozoriga chiqish imkoniyati yaratilgan. Ushbu tajribalar O‘zbekiston uchun ham dolzarb bo‘lib, milliy sharoitga moslashtirilgan holda tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda, rivojlangan 8 ta xorijiy davlatlar ya’ni Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvesariya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya davlatlarining 50 ga yaqin xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 5 minga yaqin kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Farmonga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda 14 ta texnikumda Buyuk Britaniyaning “Pearson” kompaniyasi talablari asosida “BTEC” xalqaro dasturlari joriy etildi. Ushbu texnikumlar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, 9 ta BTEC kvalifikatsiyasi bo‘yicha ikki mingga yaqin o‘quvchi qabul qilinishi belgilangan. Xalqaro ta’lim dasturlarining O‘zbekistonda joriy etishning afzalliklari quyidagilardan iborat: o‘quvchilarning xorijiy mamlakatlarda ta’lim olish va mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi; olgan diplomlari rivojlangan Yevropa davlatlarida tan olinadi; o‘quvchilarning jahon mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi; xorijiy tajriba va xalqaro standartlar mahalliy ta’lim tizimiga integratsiya qilinadi; ta’lim sifatiga kafolat yaratadi; o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiya va metodikalarni joriy etish imkonini ta’minlaydi; o‘quv jarayoni xalqaro mezonlar va standartlar asosida tashkil etiladi; o‘quvchilarda muloqot, tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalar shakllanadi va rivojlanadi. Biroq, texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish jarayonida bir qator tashkiliy va metodik muammolar mavjud. Masalan, birinchi navbatda, xalqaro dasturlarni milliy ta’lim dasturlari bilan uyg‘unlashtirish muammosi mavjud. Buning sababi – o‘quv rejalari va fanlar tarkibidagi farqlarning borligi, ikkinchi yirik muammo pedagog kadrlar salohiyatining yetarli emasligi, uchinchidan, zamonaviy laboratoriyalar, simulyatorlar va amaliyot bazalarining yetarli emasligi, to‘rtinchidan, xalqaro dasturlarni amalga oshirishda huquqiy va me’yoriy to‘siqlar, jumladan, akkreditatsiya va sertifikatlash jarayonlarining yetarli yo‘lga qo‘yilmaganligi, beshinchi muammo - moliyaviy cheklovlar mavjudligi, oltinchi yana bir masala – ish beruvchilar bilan hamkorlikning sustligi ham dasturlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Qayd etilgan ushbu muammolarning yechimi xalqaro dasturlarni modulli tarzda milliy standartlarga integratsiya qilish, milliy sharoitga moslashtirish, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini xalqaro talablar asosida yo‘lga qo‘yish, davlat-xususiy sheriklik asosida moddiy-texnika bazani 13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot mustahkamlash, byudjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro grantlar va investorlarni jalb etish, xalqaro standartlarga muvofiq normativ bazani takomillashtirish, ish beruvchilarni ta’lim jarayoniga kengroq jalb qilish va dual ta’lim shaklini bir necha barobarga oshirish orqali O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi. Bu esa barqaror taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanish uchun muhim kadrlar salohiyatini ta’minlaydi. Sifatli kasbiy ta’lim mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh va ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlashning asosiy kafolati hisoblanadi. Milliy amaliyotda xorijiy tajribalarni moslashtirish, ta’lim va ishlab chiqarish uyg‘unligini kuchaytirish hamda sifatni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish orqali barqaror rivojlanish uchun zarur kadrlar salohiyati yaratiladi. XULOSA Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, sifatli kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti, innovatsion salohiyati va jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydigan strategik omil sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy mehnat bozoridagi tezkor o‘zgarishlar, raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va yangi kasblarning shakllanishi sharoitida raqobatbardosh, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan huquqiy-tashkiliy chora-tadbirlar, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek, xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim dasturlarini joriy etish sohada sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, ish beruvchilar ishtirokida o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyati yaratilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnika bazani mustahkamlash va moliyaviy-tashkiliy to‘siqlarni bartaraf etish orqali O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi. Bu esa barqaror iqtisodiy rivojlanish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun muhim zamin yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158son Farmoni. 2. Euler, D., & Severing, E. (2014). Implementation of Dual Training Systems in International Contexts. GIZ, Bonn. 3. Asian Development Bank (2020). Technical and Vocational Education and Training in the Age of Digitalization. Manila. 4. https://president.uz/uz/lists/view/8482