BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILIK FAOLIYATIDA PEDAGOGIK NIZOLARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OLDINI OLISH OMILLARI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 92 BOSHLANG’ICH SINF O'QITUVCHILIK FAOLIYATIDA PEDAGOGIK NIZOLARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OLDINI OLISH OMILLARI Bazarova Shirin Desyarovna Inspiring international school boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Angren Shahar. https://doi.org/10.5281/zenodo.17331249 Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: Ta’lim tizimi, pedagogik nizo, boshlang’ich ta’lim, o’qituvchi, odob-axloq, “Mahbub – ul – qulub”. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta o’rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go’zallik, haqiqat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obro’ va hurmatga erishganlar. Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bo’lmaydi. O’zining qo’pol muomalasi bilan bolaning ko’nglini o’qishdan sovitib, dilini o’rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tug’ila boshlaydi. 1 Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch unga nisbatan qo’yilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan o’tgan va o’zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o’tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomila o’qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga juda – behudaga do’q o’rib, baqirib muomila qiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obro’ orttira olmaydilar. Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, hatto ko’pchilik holatini ham, bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yo’lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganligiga ishonadi. 1 Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
Oktabr, 2025-Yil 93 Sa‘diy She‘roziyning «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni» bobidagi hikoyatlari, Alisher Navoiyning «Mahbub – ul – qulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir. 2 Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog’lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muhtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr – toqatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. Jismoniy jarohat olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi jarohatlangan boladan yugurish musobaqasida qatnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar ham e‘tiborga oladimi? Bola javob berishni xohlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb hisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan hatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi. Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u haqida sodir bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi». 3 Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chiqadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan uzoqlashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni himoya qilaman deb, kattalar boladan kechirim so’rashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning qadr – qimmati hisobga olinmaydi. Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustaqilligini cheklashlarini yoqtirmaydi, kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa o’gil yoki qizlarining ulg’ayib qolganligini sezmagan, ularni hali ham «yosh bola» deb hisoblaydigan oilalarda o’smir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, to’qnashuvlar bo’lib turadi. Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga qat’iy, uzluksiz rahbarlik qilish, shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda - chuyda ishlarida ham kattalarning doimiy vasiyligini sezmasin. Ayniqsa, o’smir yoshida ularning hayotidagi yangi mavqelari bilan hisoblashadigan, ularni «kichkina» deb hisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o’qituvchilarni hurmat qiladilar. Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarining turli – tumanligi xarakterilidir. Ularning bu qiziqishlari to’g’ri tarbiyalansa, ular usmirning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo’lib turadi. O’quvchi atrofdagilarning ung bergan bahosiga nisbatan tanqidiy qaraydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. 2 Ibragimov.X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya (o‘quv qo‘llanma). -T., 2007. 3 Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. Toshkent, «O’qituvchi». 2001 yil. 56 – 57 betlar.
Oktabr, 2025-Yil 94 Tasodifiy muvaffaqiyat yoki kattalarning maqtab qo’yishi bolaning o’ziga ortiqcha baho berishiga, o’ziga haddan tashqari ishonuvchanlikka, maqtanchoqlikka olib keladi. Hatto, vaqtincha tasodifiy muvaffaqqiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni o’ygotishi, ikkilanish, qo’rqoqlik, jur‘atsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati alohida nazokatni talab etadi. O’smirlik yoshida zaif, mustaqil emas, kichkina deb nom chiqarishdan qo’rqish xavfi kuchayadi. Muomaladagi dangallik, talabchanlik, hurmatsizlik o’quvchiga yosh bolalarga bo’lganday muomalada bo’lish, ular yaxshi tushunaman deb hisoblagan masalalar bo’yicha o’zlarining mustaqil fikrlarini aytish huquqini mensimaslik, ularning yuqori natijalarga erishishidagi kuch va imkoniyatlariga shubxalanish kabi hodisalar, odatda norozilik yoki aniq ifodalangan boshqa bir salbiy reaksiyalar, hodisalarni hosil qiladi. Ayrim o’qituvchilar hayotida sodir bo’ladigan aniq hatolar uchrab turadi. O’qituvchilar (yosh o’qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o’quvchilarni (o’zlashtirayotgan) doim maqtaydilar, boshqalarni (o’zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o’zlashtirmayotganlarga, odatda, o’zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez–tez va qattiq tanbex beradilar, solishtiradilar, taqqoslaydilar, hatto kam o’zlashtiradigan o’quvchilarni javob berishga ham kam taklif qiladilar. Mana bunday vaziyatda o’quvchilar bir – birlariga nisbatan qaram bo’lib qoladilar, o’qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo’ladi. Kam o’zlashtirgan o’quvchiga «yomon» baho qo’yadi, buning ustiga bir necha ko’ngilbuzar achchiq, istehzoli so’zlar ham aytiladi. Bunday holat juda ko’p o’qituvchilar hayotida uchraydi va bu xatoni o’quvchi umrbod kechirmaydi. Nizolarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi hatti-harakatlarida, shaxs mansub bo’lgan millat, xalq hudud xususiyatlarida namayon bo’ladi. Pedagogik nizolarning kelib chiqish sabablarini bilish va ularning oldini olish pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik nizolarni yuzaga keltirmaslik uchun nizolarni, muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogik qobiliyati va mahorati muhim rol o’ynaydi, o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i lozim: Bilish qobiliyati. O’qituvchi o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi kerak. Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bera olish muammoli, nizoli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib bera olish: Kuzatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining tarbiyalanuvchi ichki dunyosiga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish. 4 Ta’lim jarayonida o’qituvchi nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individual xususiyatlariga ham e’tibor berish lozim. 4 Kаrimоvа.V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y.
Oktabr, 2025-Yil 95 Har bir guruh talabalarini xarakteri, tempramentiga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida nizolar yuzaga kelmaydi. To’qnashuv qarama-qarshiliklar motivi. To’qnashuv qarama-qarshilik nizolar guruhlarda, jamoalarda vujudga keladi. Shaxsning jamiyatdagi o’rni o’zini qanday tutishi egallangan mavqeyi hech sababsiz o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun motiv tushunchasiga to’xtalamiz. Motiv aniqroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. To’qnashuv qarama-qarshgilik motiviga misol. Mashhur nemis olimi Kurt Levan motivlar muammosi to’qnashuv qarama qarshiliklar asosidaligi qo’yidagicha e’tirof etadi. Masalan, texnika oliygohida “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor bo’lib, shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlicha ruy bermaydi. Hali kurs boshlanmmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talabalariga nisbatan shunday tuzulma shakllanadiki,albatta, bu kurs qiyin uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan,qattiqqo’l va hakozo degan. Bunday totiv mana necha avlod talabalar boshidan chiqayotgan holat endi aniq bir shaxs ning dars jarayoni boshlangandan keiyngi harakatlari aniq bir motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanishi, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun dangasaroq talaba uchun bu darsdan qiyin dars yo’q. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi majburiylik O’zbekiston Respublikasida ta’limni qo’yidagi turlari majburiy amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim bola shaxsnini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari qo’yidagicha boshlang’ich ta’lim (1-6 sinflar); umumiy o’rta ta’lim (1-6-sinflar). Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan saboqlarni bilim ko’nikmalar asoslarini takomillashtirishga qaratilgan. Umumiy o’rta ta’lim bilimlarining zarur hamjihatlikni beradi. Mustaqil fikrlash, takomillashgan qobiliyati va amaliy tarbiya ko’nikmalarini rivojlantirgan. Nizoning ijobiy va salbiy tomonlari. Pedagogika nizolarini salbiy tomonlari o’quvchilar bilimining baholashda jiddiy hatolarda yana biri turish guruhlarga sub’ektiv yondashishidir. Bu o’quvchi tomonidan ayni bir javob uchun ayni bir ish uchun turli o’quvchilarni baholashda tafovutlarda aks eatdi. Bunday vaziyatga e’tibor qiling. Doskada past o’zlashtiradigan o’quvchi javob bermoqda, ishonchsiz, o’rinsiz gapirmoqda. Bunday holatda o’qituvchining munosabati qanday bo’ladi ? U o’quvchi gapini shartta bo’lib, unga “ikki” qo’yadi va joyiga o’tqazadi: “Sen” hech qachon odam bo’lmaysan, “Senga o’rgatsa ham befoyda ekan deb izzat qiladi. Endi boshqa vaziyatni ko’raylik. Doska olidida yaxshi o’zlashtiruvchi kishi bugun darsga tayyor emas, ishonchsiz holda javob berayapti o’qituvchi uni ancha suyaydi. Bu vaziyatlarda nizoni salbiy tomonlarini yaqqol ko’zda tashlanadi. Nizoning ijobiy tomonlari pedagog ta’lim jarayonida aqliy hujum metodikalaridan foydalanadi. Aqliy hujum metodikasida muomoli vaziyatli savollar guruhga tashlanadi, muammoli mavzu yuzasidan har bir talaba o’z fikrlarini bildiradi. Nizolar, mojarolar to’qnashuv qaramaqarshiliklar tufayli talabalar fikrlari yanada kengayib borada. 5 Maqsadga erishishga birgalikda intilish. Ta’lim sohasida biz maqsadga erishimiz. Uchun albatta birgalikda intilishimiz lozimdir. 5 Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000.
Oktabr, 2025-Yil 96 Ta’limni tashkil etuvchi xodimlar bu pedagoglardir, shunday ekan, ta’limni samarali amalga oshishida kimlar bilan birgalikda ishlashimiz o’rinli? Ma’lumki, pedagogik kasbda maqsadga erishish uchun o’qtuvchining faqat bilimdon bo’lishi, u yoki bu fanini chuqur bilishining yetarli emas. O’qituvchi tarbiya hamdir. U bolalarning yosh va ruhiy xususiyatlarini e’tiboriga olib, biror fanni qay darajada, qanday usullar bilan o’rganishni ham, bolalarni qanday tarbiyali metodikasini ham, inson shaxsning shakllanishi qonunniyatlarini ham bilishi zarur. Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib, u yerda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. Shaxslararo nizolar, albatta, faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan, guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling, bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, mojaro, kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’g’riligini isbotlay oladilar, bunday holatlarda nizoni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida nizolarni ko’rishimiz mumkin. Shaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarning yechimini ham topadilar. Muloqot pedagogik nizolarning yechish va boshqarish usulidir. Muloqotdagi nizo shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’hshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin. O’zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga keltirmaslikning asosiy omili o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim. 6 O’qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar - yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o’quvchilarda u haqda sodir bo’lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday nizolar uzoq davom etadi va o’qituvchi foydasiga hal etiladi. O’qituvchi obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o’quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti-harakati sabab bo’lgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -Tashkent., 2011. 2. Аzizхodjаеvа N.N. Pеdаgоgik texnologiya va pеdаgоgik mаhоrаt (o‘quv qo‘llanma) . – Tashkent., 2006. 3. Ibragimov.X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya (o‘quv qo‘llanma). - Tashkent., 2007. 4. Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – Tashkent., 2000. 5. Pirmuhаmmеdоvа.M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-Tashkent.: 2001. 6. Kаrimоvа.V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -Tashkent.: - 2000 y. 6 Аzizхodjаеvа N.N. Pеdаgоgik texnologiya va pеdаgоgik mаhоrаt (o‘quv qo‘llanma) . –T., 2006.