HAYDAR XORAZMIY VA "MUHABBATNOMA"SI — O'ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA ISHQIY-DIDAKTIK AN'ANALAR IFODASI
Abstract
Ushbu maqolada oʻrta asrlarda yashab oʻtgan Hofiz Xorazmiy haqida ham oʻz davrida va hozirgacha qimmatli hisoblangan “Muhabbatnoma” asari haqida maʼlumot aytib oʻtilgan. Xorazmiyning yashab ijod qilgan hayot saboqlari, uning “Muhabbatnoma” asarining til xususiyatlari, tilning fonetik xususiyatlaridan mahorat ila qay darajada foydalanilgani hamda buni oʻrgangan olimlar ishlari ham bir qatorda bayon etilgan.
Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 69 HAYDAR XORAZMIY VA “MUHABBATNOMA”SI — O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA ISHQIY-DIDAKTIK AN’ANALAR IFODASI Shomurotova Gulbahor Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti 2-OʻTA-24(K) guruh talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17332151 Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻrta asrlarda yashab oʻtgan Hofiz Xorazmiy haqida ham oʻz davrida va hozirgacha qimmatli hisoblangan “Muhabbatnoma” asari haqida maʼlumot aytib oʻtilgan. Xorazmiyning yashab ijod qilgan hayot saboqlari, uning “Muhabbatnoma” asarining til xususiyatlari, tilning fonetik xususiyatlaridan mahorat ila qay darajada foydalanilgani hamda buni oʻrgangan olimlar ishlari ham bir qatorda bayon etilgan. Kalit soʻzlar: Muhabbatnoma, Hofiz Xorazmiy, Oltin Oʻrda, Muhammad Xoʻjabek fikri, oʻzbek tili, tojik tili, fors tili. Аннотация. В данной статье упоминаются сведения о Хафизе Хорезми, жившем в средние века, и произведении «Мухаббатнама», считавшемся ценным в его время и до сих пор. Описываются также уроки жизни Хорезми, лингвистические особенности его произведения «Мухаббатнама», умелое использование фонетических особенностей языка, труды ученых, его изучавших. Ключевые слова: Мухаббатнама, Хафиз Хорезми, Золотая Орда, мнение Мухаммада Ходжабека, узбекский язык, таджикский язык, персидский язык. Abstract. In this article, information about Hafiz Khorezmi, who lived in the middle ages, and the work "Muhabbatnama", which was considered valuable in his time and until now, is mentioned. The lessons of Khorezmi's life, the linguistic features of his work "Muhabbatnama", the skillful use of the phonetic features of the language, and the works of scientists who studied it are also described. Keywords: Muhabbatnama, Hafiz Khorezmi, Golden Horde, Muhammad Khojabek's opinion, Uzbek language, Tajik language, Persian language. Haydar Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari o‘zbek adabiyotining ilk yirik epistolyar dostonlaridan biri bo‘lib, unda muhabbat, sadoqat, insoniy tuyg‘ular va ma’naviy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan. Asar o‘z davri adabiy muhitida nafaqat shaxsiy histuyg‘ularni ifodalash, balki muhabbatni ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida talqin etishi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Haydar Xorazmiy o‘zining nafis uslubi, she’riy ohangi va obrazli ifodasi orqali o‘zbek mumtoz adabiyotida yangi yo‘nalish yaratib, keyingi adabiy an’analarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. “Noma” janrining ilk namunasi boʻlgan «Muhabbatnoma» 1353 - yilda Hofiz Xorazmiy tomonidan yozilgan. Hofiz Xorazmiyning hayoti haqida aniq maʼlumotlar keltirilmagan uning hayoti haqida qisman maʼlumotlarni uning mashhur nomasi “Muhabbatnoma”dan bilib olishimiz mumkin. «Muhabbatnoma»da faqat nomalar emas, balki gʻazal, qit'a, fard va kichik lirik janrlardan iborat. «Muhabbatnoma» oʻn bir nomadan iborat boʻlgan. «Muhabbatnoma» ikki nusxada qoʻlyozma shaklida yozilgan.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 70 1. Milodiy 1432yil Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi Mansur nomli xattot uygʻur yozuvida kechirgan va bu nusxa 364 baytdan iborat boʻlgan. 2. Milodiy 1508-1509yillarda arab yozuvi asosida turkiy alifboda koʻchirilgan nusxa. Bu nusxa qisman toʻlaroq boʻlib, 474 baytdan iborat boʻlgan. Ayni damda har ikkala nusxasi ham Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. «Muhabbatnoma»da nomalardan tashqari kelgan masnaviylarni shoir alohida qilib tepasida sarlavha bilan keltirgan. Shoir asarni shu qadar mahorat bilan ijod qilganki asarda zullisonaynlik ( ikki tilda ijod qilmoq) uslubidan oxirigacha amal qilgan. Shoir dastlab oʻn nomadan iborat asar yozishni moʻljallagan, ammo keyin yana nima qoʻshgan. «Muhabbatnoma» oʻz davrida oʻzining uslubida bo‘lib, uning taʼsirida Sayyid Ahmadning «Taashshuqnoma», Xoʻjandiyning «Latofatnoma», Yusuf Amiriyning «Dahnoma» kabi asarlari yaratilgan. «Muhabbatnoma» asarining kirish qismida keltirilishicha, Oltin Oʻrda hududida hukmronlik qilgan Muhammad Xoʻjabek shoirga qarata “forsiy tilda yozgan va qalblarni rom etgan koʻp asarlaring bor, sen muhabbat mavzusini yozishda koʻplardan oʻtding, «shakartek til»ing bila olamni egallading bu qish mening yonimda boʻlib, bizning tilda bir kitob yozsang” deb aytadi. Muallif asarni shunday mahoratli ul bilan ishlaganki, bu parchalarni hukmdorga emas yorga bagʻishlab oʻqisangiz ham mano chiqaveradi, ish bu yerda hukmdorga muhabbatdan sevikli yorga, undan esa yaratgan egamga muhabbatga aylana borgan. Xorazmiy asarida maʼnodosh soʻzlarni mahorat ila qoʻllagan. U umumturkiy koʻrk va forsiy husn, arabiy Jamol va forsiy chehra, arabiy saodat va forsiy baxt soʻzlarini maʼnodosh soʻzlar sifatida qoʻllash orqali asarning taʼsirchanligini yanada oshirgan. Shoir diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuchni arabiy Haq, forsiy Xudo, Yazdon va umumturkiy Tangri, Yaratuvchi kabi sinonim soʻzlar bilan yoritgan. Asarda ayrim soʻzlar koʻchma maʼnolari bilan yanada joziba berilgan. Masalan: arabiy davlat soʻzi koʻchma maʼnosida forsiy baxt soʻzi bilan sinonim sifatida qoʻllangan. Bundan tashqari asardagi umumturkiy oʻlum (oʻlim) va arabiy hayot qadimgi turkiy uchmoq va forsiy doʻzax, forsiy dard va darmon arabiy jafo va vafo soʻzlari oʻzaro qarshilantirib tazod badiiy sanʼati voqelantirilgan. “Iltimosin aytur” fasli Muni kim is birla oʻqugʻay Haqiqat olamini munda bilay Haqiqat - Allohga yetishni anglatadi. «Muhabbatnoma» oʻz nomi bilan ham ishq-sevgi asaridir. Asarda yor sevgilini jannatdagi hurlardan ham yuqori qoʻyadi. Soching bir torina ming hur yetmas, Yuzungning nurina ming nur yetmas. Agar bersa suyurgʻab haq taolo, Kerakmas sensizin firdavsi ahli. Koʻrinib turibdiki, «Muhabbatnoma» dunyoviy mohiyatga ega. Shoir real hayotni jannat va uning hurlaridan ham yuqori qoʻyadi. Bu esa diniy -mistik adabiyotga qarshi jasoratli kurash demakdir.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 71 Xulosa qilib aytganda, shoir turkiy va forsiy tillarda she’rlar yozgan, devon tuzgan. U “Mahzan ul-Asror” dostoni (“Gulshan ul-Asror” nomi bilan ham ataladi) orqali axloqiy-falsafiy mavzularni, insoniy fazilatlarni, adolat, saxiylik, rostgo‘ylik kabi qadriyatlarni targ‘ib etgan. “Muhabbatnoma” asari — shoirning ishqiy, sevgi mavzusidagi she’riy nomalardan iborat bo‘lgan doston formatida, oshiq va mahbuba munosabatlarini uyg‘un she’riy til va didaktikestetik ohangda tasvirlagan asar sifatida adabiyotimizda o‘rin olgan. Xorazmiy she’riy hikoya (hikoya she’riy shaklda) janrini rivojlantirishda boshlang‘ichlardan biri bo‘lgan. Shuningdek, uning asarlari turkiy til boyligi va adabiy uslub jihatidan ham ahamiyatga molik bo‘lgan, forsiyturkiy she’riyatda almashinuv va ta’sirga ochiq bo‘lgan. Haydar Xorazmiy O‘zbek mumtoz adabiyotining ilk davrlarida muhabbat, axloq-odob, she’riy hikoya, noma kabi janrlarning shakllanishida muhim poydevor tashlagan shoir. Uning “Muhabbatnoma”si adabiyot tarixida sevgi-ishq mavzusini turkiy she’riy nomalar orqali ifoda etish va noma janrini rivojlantirish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Y.S. Saidov, R.R.Sayfullayeva «Eski oʻzbek tili yodnomalari tili va uslubi» Toshkent - 2021 2. Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA. Scientific Impulse, 1(4), 1426-1430. 3. Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress, 2(7), 1139-1144. 4. Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6 (51)), 58-60. 5. Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 6. Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108. 7. Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129. 8. Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1120-1124. 9. Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, 2(7), 1135-1138. 10. Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры, (3-3 (102)), 113-114. 11. Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 72 12. MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim. 13. Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR. Scientific progress, 2(7), 1145-1148. 14. Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 15. Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 106108.