scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQA TA'LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Xudayberganova Malika

Abstract

Ta’lim tizimini isloh qilish, yangicha metod va innovatsiyalarni dars jarayoniga olib kirish, xalqaro darajadagi yetuk kadrlarni tayyorlash bugungi kunda eng asosiy maqsadlarimizdan biridir. Sifat haqida gapirar ekanmiz, albatta rivojlangan mamlakatlar tajriba va malakalarini imkon qadar o’zlashtirishga, o’z qadriyat va shart-sharoitlarimizdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimida xalqaro tajribalardan foydalanishga zaruratimiz bor. San’at fanlari, xususan musiqa ta’limini yanada yaxshilash, Yevropa musiqa ta’lim tizimini o’rganish, xalqaro tajriba almashish dasturlari va loyihalariga keng imkoniyatlar yaratish va shu orqali tizimni yanada isloh qilishga harakat qilinmoqda. Ushbu maqolada O’zbekiston musiqa ta’lim tizimida xalqaro tajribalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini ko’rib chiqiladi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot MUSIQA TA’LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSION YONDASHUVLAR Muallif: Xudayberganova Malika 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333015 ANNOTATSIYA Ta’lim tizimini isloh qilish, yangicha metod va innovatsiyalarni dars jarayoniga olib kirish, xalqaro darajadagi yetuk kadrlarni tayyorlash bugungi kunda eng asosiy maqsadlarimizdan biridir. Sifat haqida gapirar ekanmiz, albatta rivojlangan mamlakatlar tajriba va malakalarini imkon qadar o’zlashtirishga, o’z qadriyat va shart-sharoitlarimizdan kelib chiqqan holda ta’lim tizimida xalqaro tajribalardan foydalanishga zaruratimiz bor. San’at fanlari, xususan musiqa ta’limini yanada yaxshilash, Yevropa musiqa ta’lim tizimini o’rganish, xalqaro tajriba almashish dasturlari va loyihalariga keng imkoniyatlar yaratish va shu orqali tizimni yanada isloh qilishga harakat qilinmoqda. Ushbu maqolada O’zbekiston musiqa ta’lim tizimida xalqaro tajribalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini ko’rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: san’at fanlari, musiqa ta’limi, pedagogik shart-sharoitlar, innovatsiya, xalqaro tajriba. TADQIQOT MAVZUSI VA MAQSADI Musiqa – inson his-tuyg’ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o’ziga hos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg’ulariga faol ta’sir etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir.[1] Darhaqiqat, musiqa inson ruhiyatining ozuqasi, yetuk va komil inson bo’lib shakllanishiga yordam berguvchi, ma’naviy yuksaklikka yetkazuvchi vositadir. Musiqa ta’limi, musiqiy cholg’u asboblarida kuy ijro eta olish qobiliyati azal-azaldan qadrlangan. Tarixiy manbaalarga yuzlanadigan bo’lsak, qomusiy allomalarimiz tomonidan ham musiqaning inson rivojlanishidagi, ruhiyatidagi o’rni haqida o’z fikrlarini yozib ketishgan. Xususan, sharq pedagogikasi otasi Abu Nasr Forobiy (858950y) musiqa ilmi shunday tariflanadi: “Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o’z muvozanatini yo’qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lgan (odamlar) xulqining muvozanatini saqlab turadi”[2] Bu bilan Forobiy musiqa ilmini shaxs o’zida mujassam qilishi lozim bo’lgan axloqiy xislatlarni shaklantiruvchi tarbiya vositasi sifatida yuksak baholaydi. Jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi sifatida taraqqiy etib kelgan musiqaning shaxsni ahloqan barkamol, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda juda muhim va zarurati baland omil ekanligi turli tarixiy davrlarda takidlangan bo’lib, keyinchalik bu mo’jizaviy voqealikka nisbatan ijtimoiy talab - ehtiyojlarning ortib borishi uning mustaqil fan tarzida shaklanib, ilmiy nuqtai-nazardan o’rganilishiga olib keldi. Markaziy Osiyo alloma-olimlari tafakkurida mazkur fanning pedagogik ilmlar sirasida ilk talqin etilishi esa sharq xalqlari madaniy hayotining yuksak cho’qqisi - “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Sharq uyg’onish davriga to’g’ri kelib, undagi ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy tizimda yuzaga kelgan ma’naviy muhit bu muhim hodisaning ro’y berishiga yetarlicha shartsharoit yaratib bergan edi.[3] Zamonaviy texnologiyalar asri kirib kelgan bo’lsa-da, bugungi kunda ham musiqaning ahamiyati va inson hayotidagi roli hali hanuz o’zgarmagan. To’g’ri hozirda dolzarb sohalar qatoriga musiqa va san’at fanlarini qo’shishmaydi. Chunki bu sohani kam daromadli yoki shunchaki ko’ngilochar faoliyatdek qarash shakllanib qolgan. Lekin texnologiyalar davrida ham inson ruhiyatiga ozuqa, ruhiy tayanch kerak, buni inkor qila olmaymiz. Shu sabab, musiqa ta’limini yanada rivojlantirish, axborot texnologiyalar asrida san’at fanlarini zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar bilan integratsiya qilishni maqsad qilganmiz. TADQIQOT MUAMMOSI Xorijiy tajribalar, dasturlar, turli loyihalarni ko’rib chiqar ekanmiz, ta’lim tizimining tashkil etilishi va takomillashishi uzoq davom etadigan jarayonlarigini aytib o’tish zarur. Xususan, tizimning to’g’riligi va izchilligini sinashga, tajribalardan o’tkazishga ko’p vaqt talab etiladi. Shu sabab, ta’lim tizimini yanada yaxshilash uchun rivojlangan davlatlarda ushbu jarayon qanday kechganligi va ular qanday bosqichlarni bosib o’tgani va oxirida qanday xulosa qilishganini o’rganish tezroq samaradorlikka erishishda yordam beradi. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlaridagi kabi, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ham ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda. Mavjud ta’lim usuli chuqur tahlil qilinmoqda, kelajakka oid omillar ishlab chiqilmoqda hamda chet el ta’lim tizimlari o‘rganilmoqda va baholanmoqda. Ayniqsa, xalqaro ta’lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq vaqtdan beri yuqori natijalarga erishgan mamlakatlardan ilhom olinmoqda. Yevropa Ittifoqi mutaxassislarining baholashiga ko‘ra, Finlyandiya ta’lim tizimi Yevropadagi eng samarali tizimlardan biri hisoblanadi.[4] Musiqa ta’limi nuqtai nazaridan, bu O’zbekiston Respublikasidagi musiqa ta’limini takomillashtirish uchun ham namuna sifatida qaralmoqda, pedagogik shart-sharoitlari o’rganilmoqda. Finlyandiya va O’zbekistonda boshlang‘ich maktablarda ta’limning majburiy asoslari davlat va maktab darajasidagi o‘quv hujjatlarida belgilangan. Finlyandiyaning Boshlang‘ich ta’lim uchun Milliy o‘quv dasturi O’zbekistonda asosan ta’lim uchun Davlat ta’lim standartlari (DTS) vazifasini bajaradi. Alohida maktablarda o‘qitish amalga oshiriladigan hujjatlarga mos ravishda Finlyandiyada munitsipal o‘quv dasturi qo‘llaniladi. Davlat hujjatlarida musiqa ta’limi fanining ta’lim davomiyligi, soatlik ajratma, maktab o‘quv dasturining mazmuni va musiqa ta’limi jarayonida har bir o‘quvchidan kutilayotgan natijalar bo‘yicha ta’rifi, albatta berilayotgan material va milliy qadriyatlarini hisobga olmaganda shakl jihatdan deyarli bir xildek. 2014-yildan boshlab Finlyandiya milliy o‘quv dasturida musiqa ta’limi uchun haftalik eng kam soatlar soni quyidagicha belgilangan: 1-6-sinflarda haftasiga bir soat, 7-sinfda ikki soat, 8-9-sinflarda esa musiqa ta’limi majburiy emas. O‘quvchilar majburiy tanlov fanlari doirasida qo‘shimcha musiqa darslarini tanlashlari mumkin. Ustuvor vazifa maktab o‘quvchisining musiqaga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga ko‘maklashish, ularni musiqa faoliyatiga faol jalb etish, o‘zlarining musiqiy ijodkorligi uchun sharoit yaratish va ularning umumiy shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Milliy o‘quv dasturlarida musiqa ta’limining ta’rifi kam farq qilgani sababli, O’zbekiston va Finlyandiya boshlang‘ich maktablarida musiqa 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot ta’limi sifatidagi farqni rasmiy hujjatlarga emas, balki o‘qitish usullari, o‘quvchilarning motivatsiyasi, musiqa ta’limi uchun yaratilgan sharoitlar va o‘qituvchilarning malakasiga bog‘lash mumkin. Finlyandiya musiqa ta’limidagi qanday noan’anaviy va innovatsion usullarni O’zbekiston maktablari boshlang‘ich sinflardagi musiqa ta’limida samarali qo‘llash mumkin? Finlyandiya va O’zbekiston maktablaridagi boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga musiqa o‘rgatishdagi asosiy farqlarni aniqlash, zamonaviy fin musiqa ta’limining noan’anaviy usullarini tavsiflash hamda ularni O’zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini baholash, tahlil qilishga harakat qilamiz. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda Finlyandiya va O’zbekiston musiqa ta’lim uchun o‘quv dasturi hujjatlari taqqoslandi. Bunda o’qitish muhiti, sinfdagi muloqot iqlimi, fan uchun ajratilgan soatlar, musiqa darsining vaqt tuzilmasi, o’quv dasturi, o’qitish usullari va tashkiliy shakllari, va albatta baholash jarayonlari solishtirildi, tahlil qilindi. ASOSIY NATIJALAR O‘zbekistonda musiqiy ta’lim, musiqa san’atida professional kadrni shakllantirish ma’lum bir bosqichlarni qamrab oladi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1-sinfdan 7-sinfgacha musiqa darsi o‘tiladi. Bunda asosan 4 ta faoliyat bilan darslar qamrab olingan: kuylash, tinglash, ijro qilish, nazariy bilimlarni egallash. Shuningdek, musiqa san’ati bilan chuqurroq shug‘ullanishni istovchi bolalar uchun Respublikaning barcha hududlarida “Bolalar musiqa va san’at maktab”lari “Ixtisoslashgan san’at maktab”lari ham tashkil etilgan bo‘lib, ushbu muassasalarda musiqa san’ati, cholg‘u asbobini mutahasis darajasida o‘rganish imkoniyati mavjud. O’zbekistonda musiqa ta’limiga e’tibor ko’pincha erta bolalikdan boshlanadi. Qo’shiq kuylash, ritm mashqlari, musiqa tinglash, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlarni bajarish kabi faoliyatlar bolalarga maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o’rgatiladi. Boshlang’ich sinflardan musiqa darsi majburiy fan hisoblanib, unda bolalar asosiy musiqa savodxonligi, musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, ritmik harakatlar bajarish va bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish kabi 5 ta faoliyat orqali darslar olib boriladi. Xususan, umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida umumiy o’rta ta’lim bosqichida “o‘quvchilar musiqa madaniyatiga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — har bir mahalliy uslubda o‘ziga xos ijrochilik uslublari va cholg‘u asboblarini bilish; — Farg‘ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik)ni bilish, ularning mashhur ijrochilarini bilish; — maqom haqida tushuncha, o‘zbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari, shashmaqom, uning cholg‘u ashula yo‘llari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg‘u va aytish yo‘llarini bilish; — O‘zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko‘p tarmoqli va mahalliy an’analarga ega ekanligi, ularning o‘xshashligi va o‘ziga xosligi, mahalliy musiqiy an’analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo‘lishini bilish; — ikki ovozli qo‘shiqlarni sof ohangda kuylash, major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o‘ta olish; 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot — kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o‘zi va o‘rtoqlari ijro etgan qo‘shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish; — mashhur qo‘shiq va ashulalar, yor-yorlar hamda ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish; — kuylash va tinglash madaniyatiga ega bo‘lish; — musiqa naqadar qadimiy san’at ekanligi, o‘zbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asrlar, yillar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirishini va nihoyat, o‘zbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi ekanligini tasavvur qila olish” [5] kabi talablar yuklatilgan. Finlyandiyada musiqa ta’limning har bir bosqichida o‘rganiladi. Umumta’lim maktabi yetti yoshdan boshlab barcha maktab yoshidagi bolalar uchun to‘qqiz yillik ta’lim dasturini taqdim etadi. Finlyandiya musiqa maktablari va muassasalari Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi kabi tashkil etilgan. Bola dastlab musiqa maktabida cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadi va uni odatda o‘n besh yoshida yaxshi baholar bilan tugatgach, musiqa institutiga o‘tishi mumkin. Keyinchalik eng iqtidorli talabalar Sibelius akademiyasida professional musiqa ta’limini davom ettirishlari mumkin. Munitsipal musiqa institutlarida o‘qitish deyarli to‘liq klassik musiqaga qaratilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ommabop musiqani o‘rgatadigan tijorat musiqa maktablari soni tobora ortib bormoqda. [6] Finlyandiya musiqa fani dasturida dastlab musiqa o‘qitishning asosiy g‘oyalari va umumiy maqsadlari keltirilgan. Musiqa dasturi ikkita asosiy bosqichga bo‘lingan: 1-4 va 5-9-sinflar, har ikkala bosqich uchun umumiy maqsadlar, mazmun va o‘quv natijalari berilgan. Bu aslida har bir o‘qituvchiga muayyan sinflar uchun dasturni amalga oshirish va mazmunni tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish imkonini beradigan asosga (dasturga) o‘xshaydi. Finlyandiyaning musiqa o‘quv dasturida yangi asosiy o‘quv rejasidagi musiqa ta’limi vazifasi ta’limning ijtimoiy-madaniy qarashiga asoslanadi. Musiqa ta’limining asosiy maqsadlari o‘quvchilarga musiqada o‘z qiziqishlarini topishga yordam berish, ularni musiqiy faoliyatga jalb qilish, musiqiy o‘z-o‘zini ifodalash vositalarini berish va ularning umumiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Musiqa ta’limi o‘quvchilarga musiqaning vaqt va vaziyatga bog‘liqligini, u madaniy va ijtimoiy jihatdan o‘zgaruvchanligini hamda turli davrlarda turli odamlar uchun turli ma’noga ega ekanligini tushunishga yordam beradi.[7] XULOSA VA TAVSIYALAR Finlyandiya boshlang‘ich maktablarida maxsus musiqa sinflarida ta’lim olish imkoniyati mavjud. Ba’zi maktablarda bu sinflar birinchi sinfdan boshlanadi, ammo ko‘pincha o‘quvchilar boshlang‘ich maktabda ikki yillik ta’limdan so‘ng musiqiy qobiliyat sinovidan o‘tib tanlanadi. Musiqa sinflari oddiy umumta’lim maktablariga kiritilgan bo‘lib, 3-sinfdan 9-sinfgacha o‘quv dasturida qo‘shimcha musiqa darslari bilan asosiy ta’limning bir qismini tashkil etadi. Finlyandiya maktablarida musiqa sinflari muhim ahamiyatga ega; - birinchidan, ular jonli musiqa madaniyatini oddiy maktab hayotiga olib kiradi, - ikkinchidan, musiqiy iste’dodli o‘quvchilar uchun xor, orkestr va keyingi musiqiy ta’lim uchun ajoyib o‘quv muhitini yaratadi.[7] Finlyandiyadagi musiqa sinfi o‘quvchilarini o‘rgangan. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich maktablarda musiqiy iste’dodli bolalarni tarbiyalash va maktab muhitida fin madaniy an’analari hamda uning estetik-pedagogik shakllarini asrab-avaylash 13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot uchun musiqa sinflari zarur. Ammo so‘nggi paytlarda Finlyandiyadagi musiqa o‘qituvchilari o‘quv dasturining har bir o‘zgarishida barcha bolalar uchun musiqa darslarining qisqarishidan tashvishlanmoqda. O‘zbekiston sharoitida musiqa darslarini yaxshilash, darslar sifatini yanada oshirish bo‘yicha ko‘plab so‘rovnomalar, taklif va mulohazalar muhokama qilinmoqda. Fin ta’lim tizimi, umuman xorijiy tajribalarni o‘rganish, uni musiqa darslarida tatbiq etishga bu borada maktab o‘qituvchilarining fikri va qiziqishlari ham o‘rganib chiqildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi maktab musiqa o‘qituvchisi yangiliklarga, zamonaviy texnologiyalarga, xorijiy tajribalarga ochiq, musiqa darslari sifatini yanada oshirishni xohlashmoqda.[8] Ikkala mamlakatda ham musiqa ta’limini rivojlantirish butun ta’lim tizimini takomillashtirish nuqtai nazaridan va uzluksiz jarayon sifatida yanada izchil ko‘rib chiqilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Асафьев Б.В. Музыкальная форма как процесс. Л.: Гусуд. Муз, изд., 1973г,, -24 стр. 2. Xayrullayev M.M. Forobiy va uning falsafiy risolalari. Toshkent:Uzfanakadnashr,1963. 281 b. 3. Xayrullayev M.M. Forobiy va uning falsafiy risolalari. Toshkent:Uzfanakadnashr,1963. 281 b. 4. Jan Průcha. Modern Pedagogy., Praha :Portal, 488p. 978-80-262-1228-7 5. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i, 19.10.2021 yildagi 35-2021-son 6. Anttila, M. (2005). Challenges for Music Schools and Institutions in Finland. Siauliai University Kurybos Erdves, the Spaces of Creation nr. 2, 7–12. . 7. Anu Sepp, Inkeri Ruokonen va Heikki Ruismäki. (2012) Comparing some aspects of Estonian and Finnish music educational systems and curricula. 2nd International Journal of Intercultural Arts Education Conference: Post-Conference Book.Helsinki,176p.3-22p. 8. Ruokonen, I., & Muldma, M. (2007). “What music means to me”: Estonian and Fin nish eighth-grade pupils’ opinions on music. In Education and Sustainable development. First Steps Toward Changes. Vol. 2. Daugavpils University, 175–190. 9. Xudaybergenova Malika Oybekovna. Xalqaro tajribalar asosida musiqa darslari sifatini yaxshilash: finlyandiya va estoniya ta’lim tizimlari tahlili. https://doi.org/10.5281/zenodo.17039718