CHOLG'U IJROCHILIGI FANINI O'QITISHDAGI INNOVATSIYALAR VA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR
Abstract
Mazkur zamonaviy ta’lim tizimida san’at va madaniyatning ahamiyatini oshirishga qaratilgan muhim tadqiqotdir. Ushbu ishda, cholg‘u ijrochiligini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar, texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot CHOLG‘U IJROCHILIGI FANINI O‘QITISHDAGI INNOVATSIYALAR VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR Muallif: Yuldashev Umidjon Yuldashevich 1, Ikromjonova Madina Fahadjon qizi 2 Affiliatsiya: Xalqaro Nordik universiteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti, PhD 1, Xalqaro Nordik universiteti “Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333107 ANNOTATSIYA Mazkur zamonaviy ta’lim tizimida san’at va madaniyatning ahamiyatini oshirishga qaratilgan muhim tadqiqotdir. Ushbu ishda, cholg‘u ijrochiligini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar, texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Ta’lim, shaxs, o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlar, maorif, o‘qituvchi, YUNESKO, nuendo. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, ta’lim tizimining barcha shakldagi muassasalarida ta’lim jarayonini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy uslubiyat bilan amalda ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga ko‘ra fan, texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishi va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va ular egallagan bilimlarini o‘quv -tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim. Mazkur maqsadni amalga oshirishda ta’lim mazmuni va o‘qitish uslubiyotini takomillashtirishda musiqa ta’limining milliy, an’anaviy va hozirgi zamon yutuqlariga hamda ilg‘or tajribalarga ijodiy tayanish maqsadga muvofiqdir. Barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish, ularni musiqiy merosimizga hurmat hissini muhabbatga, qiziqishga, mehrga aylantirish musiqiy ta’lim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Yoshlarimizni kun sayin oshib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot g‘oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning ijtimoiy tuzumiga xizmat qiladi. Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu millatning musiqa madaniyati, tili va madaniy an’analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasining tuzilishi, tizimi va ilmiy-metodik yutuqlari boshqa millatning ma’rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Xorijiy mamlakatlarda yagona o‘quv reja va dasturga amal qilinmaydi. Davlat maktablari bilan birga shaxsiy maktablar, kollejlar va oliy ta’lim dargohlari mavjud bo‘lib ularda turlicha darajada estetik tarbiyani amalga oshirishda o‘qituvchiga keng ijodiy erkinlik berilgan. O‘qituvchi o‘z davlatining maktab sharoiti, imkoniyatlari va o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab dasturga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin . Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda san’at orqali hayotni o‘rganish va unga shaxsiy munosabat bildirish, ijodiy munosabatda bo‘lish malakalarini rivojlantiradi. Musiqa darslarida yuksak rivojlangan texnik vositalaridan keng foydalaniladi. O‘quvchilar elektro organlarda chalib kuylaydilar, turli faoliyatlarni (aytishuv, harakatlar, bir-biriga jo‘rnavozlik qilishlarni) bajaradilar. Bunda asosan o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatni ro‘yobga chiqarishdan iborat. YUNESKO qoshidagi musiqiy tarbiya xalqaro jamiyati o‘z faoliyatini rivojlantirmoqda. Bu jamiyat o‘z oldiga dolzarb va ezgu maqsadlarni qo‘yib, butun jahonda bolalar va o‘smirlarni musiqiy tarbiyalash, bu jarayonni yosh avlodni axloqiy, intellektual va estetik jihatdan shakllatirishda qudratli vosita sifatida o‘rganadi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy shakllaridan biri xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan anjumanlar bo‘lib, bularning ichida kompozitorlar, yetakchi tashkilotlar, amaliyotchi-pedagoglar, bolalar xor jamoalarining rahbarlari ishtirok etadilar. ISME anjumanlari ikki yilda bir marta o‘tkazilib, jahonning turli mamlakatlaridagi musiqiy tarbiya tajribalari bilan turli mamlakatlardagi musiqiy tarbiya tajribalari bilan tula tanishish imkonini beradi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida bolalarga musiqiy tarbiyani berish, xor san’ati yordamida barkamol, mukammal rivojlangan shaxsni rivojlantirishida boy tajriba orttirilgan. Qator mamlakatlarda maktab hamda maktabdan tashqari tashkil topgan o‘quv jarayoni, uning shakl va usullari shubhasiz katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Cholg‘u ijrochiligi” fani amaliy mashg‘ulotr shaklida olib boriladi. Bitiruv ishida “Cholg‘u ijrochiligi” fanini o‘qitish jarayonida ta’limning quyidagi zamonaviy metodlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundankunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa ular egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Pedagog bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bu interaktiv (elektron) doskalardir. Interaktiv doskabu kompyuterdagi tasvirlarni proyektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va obektlar hamda Internet resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi. Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni, balki barcha
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot turdagi ma’lumotlarni berish bilan birga odatiy matn yozish, dars jarayonida keltirilgan barcha ma’lumotlar va yozuvlarni dars yakunida fayllar ko‘rinishida yozib olish va undan keynchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari interaktiv doskadan videodarslarni yozishda foydalanish mumkin. Interaktiv doskalar ma’lumot olish samaradorligini oshiradi. Ayniqsa, musiqachilarni ta’lim muassasalarida tarbiyalashda audio-vizual jihozlarga tayanib o‘quv-tarbiyaviy, uslubiy va ilmiy-tadqiqiy ishlarni rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish, o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi va teranligini aniqlash va musiqa olami hodisalarini mustaqil anglash ko‘nikmalarini singdirish, o‘quv jarayonini, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-tarbiyaviy va ilmiy ishlarni tashkil etishning ilg‘or tajribalarini umumlashtirish va keng yoyish allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Kompyuterda multimedia (audio, video) ma’lumotlarini namoyish etish. Kompyuter hozirgi kunda hisoblashlarni bajaribgina qolmay, balki musiqa va video ma’lumotlarni ham qayta ishlash va namoyish qilish imkoniyatiga ega. Kompyuterda musiqa tinglash uchun kompyuterga qo‘shimcha karnay (kolonka) yoki quloqqa taqiladigan maxsus uskuna ulangan bo‘lishi talab qilinadi. Shundan so‘ng musiqalarni namoyish etishga mo‘ljallangan maxsus dastur (Winamp) yordamida musiqa tinglash mumkin. Hozirgi kunda kompyuterlarda musiqalarning MP3 formati keng tarqalgan. Kompyuterlarda video namoyishi uning ekrani orqali amalga oshiriladi. Bunda videofilmlarni namoyish etishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar (Media player) yordamida filmlarni kompyuter ekranida tomosha qilish va uning ovozini karnaylar orqali eshitish mumkin. Hozirgi kunda kompyuterlarda video ma’lumotlarning MPG va AVI turlari keng tarqalgan. Bunday olatlarda o‘shichilar kompozitor va aranjirovkachilarga murojaat ilib, audio yozuvdan musiiy tovushlarni “ko‘chirish” bilan boli bo‘lgan ijodiy ishni bajarishni so‘raydilar. Bir olib araganda bu oson ish yemas, o‘ziga yarasha iyinchiliklari bor, albatta. Birinchi navbatda elektron aranjirovka jo‘rnavozligini yaratish uchun tanlangan o‘shining (yoki cholu kuyini) berilgan audio yozuvini ko‘p marta ay-ayta tinglash zarur. Barcha komponentlarini ulo bilan anilab, partitura misolida tasavvur ilish joiz. Asardagi o‘ziga xoslik nimadan iboratligini tushunish kerak. Shundan so‘ng, uyidagi birin-ketinlikda ishlar bajariladi: “NUENDO” dasturida yangi proekt ochib o‘lchov va temp aniqlanadi (nota matniga mos ravishda), uning 1-treyki (yo‘li)ga asarning to‘liq audio yozuvi versiyasi import qilinadi va saqlash uchun nomlanadi; eshitilib turgan ovoz va fortepiano (yoki boshqa cholg‘ular) jo‘rligiga mos ravishda, asarning xarakteridan kelib chiqib boshqa yangi treyklarga zarbli cholular semplerlari (luplar) import ilinadi; notada berilgan garmoniyaga mutanosib ravishda akkordlar anilanib, klavishli midi cholu yordamida yana yangi treykda biror cholg‘ular guruida (ko‘pchilik torli-kamonli cholg‘ularni tanlaydi) fon yozib olinadi; bas gitaraning melodik yo‘li midi choluda jozibador ilib chalinadi va yoziladi; tanlangan tembrli cholu asbobida garmonik-ritm usul tuzilmasi chalinadi va yoziladi; bas gitaraning melodik yo‘li midi choluda jozibador ilib chalinadi va yoziladi; tanlangan tembrli cholu asbobida garmonik-ritm usul tuzilmasi chalinadi va yoziladi; - ko‘shining aytim yo‘li notaga asosan aranjirovka yeskizlari ustiga biror chol uda chalinib, yozib o‘yiladi; zarur effektlar tanlanadi; elektron ko‘rsatkichlar yordamida tovush treyklari mutanosiblashtiriladi, ya’ni svedenie ilinadi; “mastering”dan o‘tkazilib, yangrash kompressiya ilinadi; -tayyor bo‘lgan masulot “Audio-miksdaun” bajarish dasturi yordamida belgilangan papkaga yeksport ilinadi va ijrochilik
12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot faoliyatida foydalanish uchun taratiladi. Musiqalar va videolar odatda kompakt disklar yordamida tashiladi va ularda saqlanadi. Disklardagi musiqa va videolar esa kompyuterning disk talaba qurilmasi yordamida namoyish etiladi. Bunday jihozlar yordamida axborotni izlash, tanlab olish, almashish va foydalanishni tizimlashning oqilona vositalarini qo‘llash, uning tekshiruvini va manbalarni tasniflashni yo‘lga qo‘yiiygan, albatta. Ta’lim yo‘nalishi va yondosh masalalar yuzasidan chop etilayotgan maxsus o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarga foydalanish odat tusiga kirgan. Ijodiy jarayonlarda shunday olatlar am uchraydi-ki, o‘z repertuarini bosha ijrochilarning shlyager o‘shilari bilan boyitish masadida ayrim xonandalarga jo‘rnavozlik aranjirovkalari zarur bo‘lib oladi. Aksariyat tanili o‘shichi “yulduz”lar yesa o‘z o‘shilarining jo‘rnavozlik aranjirovkalarini taratmaydilar, yech kimga bermaydilar, ya’ni yakka yegalik iladilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Постановление президента республики Узбекистан о совершенствовании деятельности центра среднего специального, профессионального образования министерства высшего и среднего специального образования республики Узбекистан. г. Ташкент,3 февраля 2018 г.,№ ПП-3504 2. Постановление президента республики Узбекистан о мерах по повышению качества образования и развитию научных исследований в области математики. г. Ташкент,7 мая 2020 г., № ПП4708 3. Об утверждении нatsiональной программы по развитию народного образования в 2022 — 2026 годах. Указ Президента Республики Узбекистан, от 11.05.2022 г. № УП-134. 4. Джумаев М.И. Реализaция профессиональной компетентности педагогов как средство методико-математической подготовки в колледжах. Профессиональное образование Арктических регионов № 4/2022.7-9 ст. 5. https://lex.uz/ru/docs/6008668