scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR UMUMIY KO'RINISHDA

Yuldashev Shukurillo

Abstract

Maqolada xorijiy mamlakatlarda, xususan Finlyandiya ta’lim tizimida kreativ fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha shakllangan yondashuvlar tahlil qilinadi. Kreativ kompetensiyani shakllantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli o‘qitish, loyihaviy faoliyat va raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘zbek olimlarining nazariy qarashlari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot natijasida kreativ fikrlashni rivojlantirishda o‘qituvchining innovatsion faoliyati, erkin o‘quv muhiti va refleksiv tahlilning ahamiyati yoritiladi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR UMUMIY KO‘RINISHDA Muallif: Yuldashev Shukurillo 1 Affiliatsiya: Xalqaro Nordik universiteti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333140 ANNOTATSIYA Maqolada xorijiy mamlakatlarda, xususan Finlyandiya ta’lim tizimida kreativ fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha shakllangan yondashuvlar tahlil qilinadi. Kreativ kompetensiyani shakllantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli o‘qitish, loyihaviy faoliyat va raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘zbek olimlarining nazariy qarashlari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot natijasida kreativ fikrlashni rivojlantirishda o‘qituvchining innovatsion faoliyati, erkin o‘quv muhiti va refleksiv tahlilning ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, xorijiy tajriba, Finlyandiya modeli, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kompetensiya, muammoli o‘qitish, ijodiy tafakkur, pedagogik innovatsiyalar. KIRISH Zamonaviy ta’lim tizimi shaxsning ijodiy, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreativ fikrlash bugungi kunda inson kapitalini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. N.A. Muslimov (2007) ta’kidlaganidek, ta’lim jarayonida mustaqil va ijodiy faoliyatni tashkil etish o‘quvchining ichki motivatsiyasini faollashtiradi va shaxsiy o‘sishga turtki beradi. Shu nuqtai nazardan, xorijiy tajribalarda, ayniqsa Finlyandiya ta’lim tizimida, kreativ fikrlashni rivojlantirish masalalari ta’lim siyosatining markazida turadi. Finlyandiya modeli “o‘quvchining o‘zini o‘zi anglash, fikrini erkin ifoda etish va muammoga noodatiy yondashish” tamoyillariga tayanadi. Bunda o‘quv jarayoni faqat bilim olishga emas, balki o‘z bilimini yaratish va qo‘llashga yo‘naltiriladi. D. Saidova (2019)ning fikricha, kreativlikni rivojlantirish uchun ta’lim muhiti erkin, interfaol va refleksiv bo‘lishi lozim. Bu Finlyandiya tajribasining asosiy xususiyatiga hamohangdir. Finlyandiyada o‘qituvchi ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi yetakchi shaxs sifatida qaraladi. O‘qituvchining avtonomiyasi va metodik erkinligi natijasida u o‘quvchilarning individual ehtiyojiga mos dars shakllarini yaratadi. B.A. Akbarov va Sh.T. Maxmudov (2024) o‘z tadqiqotlarida ham aynan shu jihat – o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatini ta’limning kreativ komponenti sifatida ta’riflaydilar. G.A. Joldasova (2024) tadqiqotlarida esa xususiy universitetlar tajribasida kreativ topshiriqlar va loyihalarning talabalarda mustaqil tafakkur, tahliliy yondashuv va innovatsion qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini asoslab bergan. Finlyandiya tizimi ham “project-based learning” orqali o‘quvchini faol subyektga aylantiradi, bu esa o‘quv jarayonini ijodiy izlanish maydoniga aylantiradi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot M.Tursunova (2020) o‘z tadqiqotlarida kreativlikni pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyalash zarurligini qayd etgan. Bu hol Finlyandiya tajribasida raqamli vositalar — multimedia, simulyatsiya va dizayn-fikrlash metodlarining keng joriy etilishi orqali namoyon bo‘ladi. Shuningdek, F.X. Rasulova (2024) mobil ta’lim vositalarining kreativ fikrlashga ijobiy ta’sirini o‘rganib, zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish o‘quvchi faoliyatining mustaqilligi va ijodkorligini oshirishini ilmiy asoslagan. O‘zbekiston tajribasida ham kreativ fikrlashni rivojlantirish yo‘nalishlari izchil takomillashmoqda. “ O‘zbekiston – 2030 ” strategiyasida yoshlarning innovatsion salohiyatini kuchaytirish, ularni ijodiy faoliyatga keng jalb etish ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu jarayonda Finlyandiya modelining demokratik, erkin va o‘quvchi markazli yondashuvi o‘zbek pedagogik amaliyotiga moslashtirilishi mumkin. M. Tursunova (2020) va D. Saidova (2019)larning ishlarida ham kreativ kompetensiyani shakllantirish uchun integrativ, fanlararo va interfaol ta’lim zarurligi ta’kidlangan. Finlyandiya modelining asosiy yutuqlari - o‘quvchi mustaqilligi, o‘qituvchi erkinligi va tahliliy muhit - O‘zbekiston ta’lim siyosatidagi kompetensiyaviy yondashuvga to‘liq mos keladi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida aynan shu yo‘nalishda - kreativ topshiriqlar, loyiha asosida o‘qitish, AKT asosida baholash tizimlari joriy qilinmoqda. Bunda muslimovlik yondashuvi (shaxsning o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi faoliyatini shakllantirish) Finlyandiya tajribasining asosiy falsafiy tamoyiliga uyg‘un keladi. XULOSA Xorijiy, xususan Finlyandiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kreativ fikrlashni rivojlantirish nafaqat metodik jarayon, balki ta’lim falsafasining yangilanishidir. Bu jarayonda o‘qituvchining ijodiy erkinligi, o‘quvchining mustaqil faoliyati va raqamli muhitning uyg‘unligi asosiy o‘rin tutadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida bu tamoyillarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali o‘quvchilarni yangicha tafakkurga, muammolarga innovatsion yechim topishga va mustaqil qaror qabul qilishga tayyorlash mumkin. Kreativ fikrlashni rivojlantirishning muvaffaqiyati pedagogning metodik mahorati, o‘quv muhiti va ta’lim jarayonining erkinlik darajasiga bog‘liq. Shunday ekan, Finlyandiya tajribasi O‘zbekiston ta’limida ijodkor, raqobatbardosh va innovatsion shaxsni shakllantirish uchun muhim nazariy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Akbarov, B. A., & Maxmudov, Sh. T. (2024). Talabalarda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning tizimli-funksional modeli. Science and Education, 5(11), 360–365. 2. Ernazarova, G. O., & Isroilov, Q. T. (2022). O‘qituvchilarda kreativlikni rivojlantirish. Academic Research in Educational Sciences, 3(1), 1048–1056. 3. Joldasova, G. A. (2024). Pedagogik texnologiyalar yordamida kreativ fikrlashni rivojlantirish. Eurasian Journal of Academic Research, 4(4), 108– 111. 4. Muslimov, N. A. (2007). Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Toshkent: TDPU. 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot 5. Rasulova, F. X. (2024). Mobil ta’lim texnologiyalarining kreativ fikrlashga ta’siri. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari, 2(4), 47–50. 6. Saidova, D. (2019). Kreativ kompetentligini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika akademiyasi. 7. Tursunova, M. (2020). Maktabgacha ta’limda kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etish. Toshkent: Pedagogika akademiyasi.