scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TARIX FANI O'QITUVCHILARINING KASBIY-IJODKORLIK QOBILIYATINI RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA O'QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI

Ziyoyeva Maxfuza Soataliyevna

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati va ularni o‘quv jarayonining turli shakllariga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Maqolada ma’ruza, seminar, amaliy, mustaqil, aralash hamda masofaviy ta’lim shakllarining mazmuni, ularning raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi va kasbiy-ijodkorlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida aralash (blended learning) ta’limning afzalliklari va u orqali talabalarning mustaqil, tanqidiy hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim muhitida tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini samarali tashkil etish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot BO‘LAJAK TARIX FANI O‘QITUVCHILARINING KASBIY-IJODKORLIK QOBILIYATINI RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA O‘QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI Muallif: Ziyoyeva Maxfuza Soataliyevna 1 Affiliatsiya: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17333221 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati va ularni o‘quv jarayonining turli shakllariga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Maqolada ma’ruza, seminar, amaliy, mustaqil, aralash hamda masofaviy ta’lim shakllarining mazmuni, ularning raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi va kasbiy-ijodkorlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida aralash (blended learning) ta’limning afzalliklari va u orqali talabalarning mustaqil, tanqidiy hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim muhitida tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini samarali tashkil etish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarix o‘qituvchisi, raqamli ta’lim texnologiyalari, kasbiy-ijodkorlik, aralash ta’lim, seminar, mustaqil ta’lim, ma’ruza, masofaviy o‘qitish, kreativlik, pedagogik innovatsiya. KIRISH 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish maqsad qilingan [2]. Ushbu strategiyadagi maqsadni amalga oshirish uchun oliy ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda ayniqsa interaktiv pedagogik dasturiy vositalarning imkoniyatlaridan keng foydalanib, o‘quv adabiyotlarning elektron resurslarini yaratish bugungi kun uchun dolzarb masaladir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-son Farmonida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish vazifasi qo‘yildi [3]. Asosiy qism Zamonaviy raqamli axborot makonida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni nafaqat bilim berishga, balki ularning kasbiy-ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishga ham yo‘naltirilishi lozim. Bugungi kunda raqamli ta’lim texnologiyalari pedagogik faoliyatning innovatsion manbai sifatida qaralib, o‘quvchilarning mustaqil, kreativ va tanqidiy fikrlashini, axborotni izlab topish va uni “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, tarix fanining mazmuni o‘tmish va bugunni qiyosiy, tahliliy asosda anglashga undovchi xususiyati sababli, o‘quv jarayonida raqamli vositalar asosida ijodiy topshiriqlarni joriy etish orqali o‘qituvchi shaxsining intellektual va kasbiy salohiyatini yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyati yaratiladi. Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda ma’ruza, seminar, amaliy, mustaqil ta’lim, aralash ta’lim, masofaviy ta’lim shakllari muhim o‘rin tutadi. Quyidagi jadvalda har bir ta’lim shaklining mazmuni, raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi va kasbiyijodkorlikka ta’siri yoritilgan: 1-jadval. Raqamli ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda ta’lim shakllarining o‘rni Ta’lim shakli Mazmuni Raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi Kasbiy-ijodkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni Ma’ruza Nazariy bilimlarni tizimli tarzda berishga yo‘naltirilgan dars shakli Interaktiv taqdimotlar (PowerPoint, Prezi, Canva, Genially), video-ma’ruzalar, elektron platformalar, multimedia mahsulotlari Tanqidiy fikrlash, tarixiy faktlarni tizimli tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi Seminar Muammo asosida bilimni mustaqil tahlil qilish va baham ko‘rish Padlet, Google Jamboard, Miro, forumlar orqali guruhli muhokamalar, Kahoot!, Google form orqali interaktiv testlar bajarish Mustaqil fikrlash, tarixiy hodisalarni ijodiy talqin qilish qobiliyatini oshiradi Amaliy mashg‘ulot Nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga qaratilgan faol ta’lim shakli Timeline JS, Canva, Quizlet, virtual muzeylar va xaritalar bilan ishlash Ijodiy yondashuv, tarixiy materiallar asosida yangi ko‘rinishdagi kontent yaratish Mustaqil ta’lim Talabaning o‘z-o‘zini boshqaruvchi tarzda ta’lim olishi LMS tizimlari, platformalar, video darslar, testlar, portfoliolar O‘zini o‘zi rivojlantirish, ijodiy loyihalar ishlab chiqish ko‘nikmasi shakllanadi Aralash ta’lim (Blended learning) An’anaviy va raqamli ta’limning uyg‘unlashgan shakli An’anaviy darslar, seminar, muhokamalar, videolar, elektron darsliklar, interaktiv testlar, LMS orqali topshiriqlar Nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalarni integratsiya qilish, shuningdek, talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantiradi Masofaviy ta’lim Internet orqali ta’lim olish Zoom, Microsoft Teams, YouTube darslar, interaktiv testlar, digital library Mustaqil ishlash, ijodiy yechim topish, raqamli muhitda pedagogik yondashuvni o‘rganish So‘nggi yillarda dunyo oliy o‘quv yurtlarida aralash ta’limga qiziqish tobora ortib bormoqda. Ayniqsa raqamli texnologiyalar rivojlangan davlatlar AQSh, Yaponiya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarning ta’lim tizimiga aralash o‘qitish jarayoni jadallik bilan kirib kelmoqda. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ish beruvchilari onlayn va aralash o‘qitish usulida ta’lim olgan talabalarni ko‘proq ishga olishar ekan. Chunki ular nafaqat kompyuter texnologiyalari bilan ishlashni yaxshi bilishar ekan, balki ularda mustaqil shug‘ullanish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari kuchli rivojlangan bo‘lar ekan. Shu sababli ba’zi AQSh va Yevropa davlatlarida kollej va universitetlarni blended-learning tizimiga o‘tkazishga qiziqish tobora ortmoqda. Uning o‘ziga xosliklarini quyidagi venn diagrammasi orqali ko‘rib chiqamiz. 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Aralash ta’lim tushunchasi nisbatan yangi bo‘lganligi sababli tadqiqotchilar tomonidan turlicha ta’rif berilgan. Aralash o‘qitish haqidagi eng sodda va tushunarli ta’rif Garrison va Vogan tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ularning fikricha aralash ta’lim – bu yuzma-yuz o‘tiladigan dars jarayonlari va onlayn ta’lim tajribalarini birlashtirishdir[4]. Boshqacha qilib aytganda onlayn va yuzma-yuz o‘qitishni birlastirgan aralash o‘rganishdir[5]. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrda amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi va uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari, jumladan oliy ta’lim tizimi zimmasiga jahon andozalariga mos, iste’molchilar talabiga javob beradigan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdek ulkan vazifa yuklatilgan. Ushbu Qonunning 16-moddasida masofaviy ta’lim shakli haqida: “Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan” [1] deyiladi. Masofaviy ta’lim–masofadan turib o‘quv aхborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maхsus aхborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chеt ellik ta‘lim oluvchilarga ta‘lim хizmatlarini ko‘rsatuvchi ta‘lim majmuidir [6 ]. Xulosa qilib aytganda, raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy-ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday texnologiyalar ta’limning barcha shakllarida — ma’ruza, seminar, amaliy, mustaqil, aralash va masofaviy o‘qitishda — samaradorlikni oshiradi, talabalarni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashuvga va zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanishga o‘rgatadi. Natijada, talabalarda tarixiy tafakkur, tahliliy fikrlash va innovatsion pedagogik kompetensiyalar shakllanib, ular raqamli muhitda samarali ishlay oladigan, kasbiy va ijodiy salohiyati yuqori bo‘lgan mutaxassis sifatida yetishib chiqadilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “20222026-yillarga mo‘jallangan yangi O‘zbeksitonning taraqqiyot strategiyasi” PF-60 sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-5841063 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-son Farmoni. T.: 2019, 8 oktabr. https://lex.uz/ru/docs/-4545884 4. D.R.Garrison & D.Vaughan. Blended Learning in Higher Education: Framework, Principles, and Guidelens. John Wiley & Sons 2008. 5. G.Bank & Ch. Graham. The Handbook of Blended Learning: Global Perspectives, Local Desegn. Johhn Wiley. 2012. 6. Umarov B. Masofaviy ta’lim va undan foydalanish. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI. Volume 1 Issue 4. 01.12.2024.https://phoenixpublication.net/index.php/TTVAL/article/view/48 4/44