BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING INNOVATSION KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarning innovatsion kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda uchrayotgan muammolar, ularning sabablari va bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Pedagogik ta’limda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut, zamonaviy texnologiyalarni yetarli darajada o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, o‘quv-metodik bazaning eskiligi kabi tizimli kamchiliklar ochib berilgan. Shu asosda innovatsion tayyorgarlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi takliflar ilgari surilgan. Maqola oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 84 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION KASBIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI Shodiyev Faxriddin Teshaevich Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti, kafedra mudiri El-pochta: [email protected] Xolmonov Fayoziddin Akmal oʻgʻli Tel: +998(99)182-80-90 El-pochta: [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarning innovatsion kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda uchrayotgan muammolar, ularning sabablari va bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Pedagogik ta’limda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut, zamonaviy texnologiyalarni yetarli darajada o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, o‘quv-metodik bazaning eskiligi kabi tizimli kamchiliklar ochib berilgan. Shu asosda innovatsion tayyorgarlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi takliflar ilgari surilgan. Maqola oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: Innovatsion kasbiy tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik ta’lim, nazariya va amaliyot tafovuti, raqamli texnologiyalar, metodik baza, pedagogik kompetensiya, amaliy mashg‘ulot, bo‘lajak o‘qituvchi, ta’lim sifati. Abstract: This article examines the pressing issues encountered in the innovative professional training of future primary school teachers within the system of higher pedagogical education in Uzbekistan. The analysis focuses on the gap between theory and practice, insufficient digital literacy among students, outdated methodological resources, and the limited effectiveness of practical training. The article also proposes concrete strategies to enhance the innovative training of prospective teachers during their university education. Keywords: innovative training, primary education, teacher education, theory and practice, digital technologies, methodological base, pedagogical competence, practical training, future teacher, quality of education. Аннотация: В данной статье рассматриваются актуальные проблемы, возникающие в процессе инновационной профессиональной подготовки будущих учителей начальных классов в условиях высшего педагогического
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 85 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us образования Узбекистана. Проанализированы такие факторы, как разрыв между теорией и практикой, недостаточная цифровая грамотность студентов, устаревшая учебно-методическая база и пассивность практических занятий. В статье также предложены конкретные пути совершенствования инновационной подготовки педагогических кадров на этапе обучения в вузе. Ключевые слова: инновационная подготовка, начальное образование, педагогическое образование, теория и практика, цифровые технологии, методическая база, педагогическая компетентность, практические занятия, будущий учитель, качество образования. Hozirgi kunda barcha sohalarda boʻlgani kabi ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi Oʻzbekistonda ta’limni rivojlantirishga taraqqiyotning ustuvor yonalishi sifatida yondashilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev xalq ta’limini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni koʻrsatib berar ekan, shunday ta’kidlaydi: “Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish boʻladi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi – bola shaxsining shakllanishi va asosiy bilim ko‘nikmalarini egallash davri sifatida – zamonaviy, innovatsion yondashuvlarga ega pedagoglarni talab etmoqda. Shu bois, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi masalasi ta’lim sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi – har qanday jamiyat taraqqiyotining ilk negizini shakllantiruvchi asosiy mutaxassis bo‘lib, u bolalik davridanoq shaxs kamolotiga ta’sir ko‘rsatadigan, ularni bilim olishga, tafakkur qilishga va ijtimoiy hayotga moslashishga yo‘naltiradi. Boshlang‘ich ta’lim pedagogi yosh avlodning dunyoqarashi, ma’naviy qadriyatlari va mustaqil fikrlash salohiyatini shakllantirishda yetakchi o‘rin egallaydi. Zero, aynan shu bosqichda qo‘yilgan ta’limiy va tarbiyaviy poydevor kelgusida ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy rivojlanishga xizmat qiluvchi yetuk kadrlarning yetishib chiqishiga asos bo‘ladi. Shu boisdan, bosqichma-bosqich takomillashayotgan zamonaviy ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nafaqat dars beruvchi, balki o‘quvchining shaxsiy rivojiga yo‘naltiruvchi murabbiy, tarbiyachi, innovatsion fikr
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 86 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us yuritishga yo‘naltiruvchi mutaxassis sifatida e’tirof etiladi. Shu sababli zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faqatgina dars beruvchi emas, balki: – bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi; – kreativlikka ega; – yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oluvchi; – kommunikativ yondashuvga ega; – doimiy o‘qib-o‘rganuvchi va o‘z ustida ishlovchi shaxs bo‘lishi lozim. Shunday ekan, pedagog kadrlarni tayyorlashda an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda innovatsion va interfaol metodlardan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimining jadal rivojlanishi sharoitida pedagog kadrlarning innovatsion faoliyatga tayyorligi, o‘quvchi bilan ijodiy va samarali ishlash kompetensiyalarini shakllantirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Innovatsion kasbiy tayyorgarlik – bu o‘qituvchini ta’lim jarayonida yangicha metod va yondashuvlarni mustaqil ishlab chiqish, zamonaviy raqamli vositalarni tatbiq etish, o‘zining pedagogik faoliyatini doimiy tahlil qilish va takomillashtirishga qodir mutaxassis sifatida tayyorlash jarayonidir. Bunday tayyorgarlikka ega bo‘lgan pedagog nafaqat o‘z fanini chuqur biluvchi, balki ta’lim sifati va natijadorligini oshirishga qaratilgan ijodiy va innovatsion tashabbuskor sifatida ham shakllanadi. U kasbiy faoliyatda mustaqil qaror qabul qilish, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llash kabi zamonaviy talablarga javob beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida pedagog kadrlar malakasini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy qilish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu bois, pedagoglarni qayta tayyorlash yoki oliy ta’lim bosqichidanoq ularni ilmiyamaliy faoliyatga jalb qilish orqali innovatsion salohiyatini oshirish muhim hisoblanadi. Bu esa, fan yutuqlari, ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy elektron platformalar, laboratoriyalar va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlari orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni (2020-yil, yangi tahrir) ham bu yo‘nalishda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning doimiy kasbiy rivojlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Innovatsion kasbiy tayyorgarlik quyidagi asosiy tarkibiy jihatlarni o‘z ichiga oladi: 1) Interaktiv, modulli va raqamli ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish; 2) Mustaqil tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni yechishga oid strategiyalar ishlab chiqish;
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 87 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 3) Metodik yangiliklarni yaratish, tajribada qo‘llash va ommalashtirish; 4) Ilmiy izlanishlar olib borish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish; 5) Kasbiy refleksiya, o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qish kompetensiyasini shakllantirish; 6) Axloqiy-mehnat madaniyati, liderlik salohiyati va ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirish. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi innovatsion yondashuvlarni joriy etishni talab qilayotgan bir davrda, pedagogik kadrlarni yangicha ruhda tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni innovatsion kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirish jarayonida bir qator tizimli muammolar mavjud. Bu muammolar esa ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, kadrlar tayyorlashdagi uzviylik va amaliyotga moslashuvchanlikni susaytirmoqda. Mazkur holat mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida hanuzgacha saqlanib qolayotgan ayrim og‘riqli muammolar qatoriga kiradi. Xususan, quyidagi jihatlar bu yo‘nalishda to‘siq bo‘lib xizmat qilmoqda: 1. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut – ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida darslik va o‘quv rejalari orqali berilayotgan nazariy bilimlar maktab amaliyoti bilan yetarlicha integratsiyalashmagan. Bu esa talabalar o‘rgangan bilimlarni real ta’lim muhitida qo‘llashda qiyinchilik tug‘diradi. 2. Innovatsion texnologiyalarni yetarli darajada o‘zlashtirmaslik – ba’zi talabalarda zamonaviy raqamli platformalar (Google Classroom, Microsoft Teams, Maktab.edu, Zoom, LMS tizimlari va h.k.) bilan ishlash ko‘nikmalari sust rivojlangan. Bu esa ularni innovatsion o‘quv jarayoniga faol qo‘shila olish imkoniyatini cheklaydi. 3. O‘quv-metodik bazaning eskiligi – ayrim oliy ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan metodik adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar zamonaviy ta’lim talablariga mos emas, ya’ni yangilanmagan, innovatsion metodika va vositalarni aks ettirmaydi. 4. Amaliy mashg‘ulotlarning samarasizligi – talabalarning pedagogik amaliyoti real maktab muhiti bilan yetarlicha bog‘lanmagan. Ular dars jarayonida faol ishtirok etmaydi, mustaqil dars tashkil etish, metodik ishlanma tuzish, baholash tizimlarini qo‘llash bo‘yicha tajribaga ega emas. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun, innovatsion kasbiy tayyorgarlikni tizimli asosda takomillashtirish, fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, o‘qituvchilarni raqamli savodxonlik va ilg‘or metodikalarga yo‘naltirish zarur. Shuningdek, talabalarni pedagogik faoliyatga erta jalb etish, amaliy mashg‘ulotlarni faol
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 88 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us kuzatuvchilikdan ko‘ra interaktiv ishtirokga asoslangan formatda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kasbiy tayyorgarligi ta’lim sifati va kelajak avlod tarbiyasiga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalari mazkur yo‘nalishda chuqur islohotlar o‘tkazib, innovatsion pedagoglar tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Muammolar tizimli hal etilsa, raqobatbardosh, zamonaviy fikrlovchi o‘qituvchilar safi kengayadi. Ushbu yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagog kadrlarning innovatsion kasbiy tayyorgarligi zamonaviy ta’lim tizimi talablariga javob beruvchi, yangilikka ochiq, ijodiy fikrlovchi va raqamli savodxonlikka ega o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Biroq bugungi holatda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut, metodik bazaning yangilanmagani, zamonaviy texnologiyalarni yetarlicha egallamaslik, amaliy mashg‘ulotlarning passivligi kabi qator muammolar mavjud bo‘lib, bu kasbiy tayyorgarlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, pedagogik ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni maktab amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda innovatsion yondashuvga asoslangan darslarni loyihalashtirish ko‘nikmasini shakllantirish, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va raqamli platformalarni samarali qo‘llay olishga yo‘naltirish, o‘quv-metodik adabiyotlarni doimiy yangilab borish, amaliy mashg‘ulotlarni interaktiv va ijodiy faoliyatga asoslash zarur. Bunday kompleks yondashuv orqali kelajakdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ta’lim tizimining ishonchli, innovatsion va raqobatbardosh subyekti sifatida shakllantirish mumkin bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–2909-son qarori. “Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – 20.04.2017 y. – 5 b. 2. Xamidov A.A. Pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish. – Toshkent: TDPU, 2022. – 112 b. 3. Boltaboyeva N.S. Pedagogik texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2020. – 140 b. 4. Qo‘chqorova M.X. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Samarqand: Samarqand nashriyoti, 2021. – 128 b. 5. Xolmonov F. Boshlang‘ich sinflarda ertak janrini innovatsion o‘qitish usullari // Integration of science and education, 2024, 2-son, 205-b.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 89 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 6. Xolmonov F. Boshlang‘ich sinflarda ertak janrini innovatsion o‘qitish usullari // Integration of science and education, 2024, 2-son. 206-b 7. Murodova D.S. Oliy ta’limda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning innovatsion yondashuvlari // “Ilm-fan va taraqqiyot yo‘lida” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2022. – B. 134–138. 8. UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers. – Paris, 2018. – 86 p. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar mualliflari bilan ishlash tartibi. – Toshkent, 2023. – 21 b. 10. Xolbekova S. Oliy ta’limda raqamli pedagogikaning o‘rni // “Zamonaviy ta’lim: muammolar va yechimlar” xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. – Buxoro, 2023. – B. 89–92. 11. Anderson L.W., Krathwohl D.R. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom's Taxonomy of Educational Objectives. – New York: Longman, 2001. – 352 p.