scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ANTROPOTSENTRIK PARADIGMADA KOGNITIV TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Muratxodjayeva Feruzaxon

Abstract

Mazkur maqola Antropotsentrik paradigmada kognitiv tilshunoslik nazariyasi til va inson tafakkuri o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan. Bu nazariyada insonning bilish jarayoni markaziy o‘rinda turadi va til insonning dunyo haqidagi bilimini qanday shakllantiradi hamda uni qay tarzda o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi, degan savollarga javob izlanadi. Kognitiv tilshunoslik inson ongidagi bilim tuzilmalari va ularning til orqali ifodalanishini o‘rganadi. Bu paradigmaga ko‘ra, til faqat aloqa vositasi emas, balki inson tafakkurini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida qaraladi. Darhaqiqat, lisoniy faoliyat faqatgina insonga xos faoliyatdir hamda u yana bir insonga xos boylik – tafakkur bilan bevosita bog‘liqdir.

Full text

85 ANTROPOTSENTRIK PARADIGMADA KOGNITIV TILSHUNOSLIK NAZARIYASI Muratxodjayeva Feruzaxon, PhD, dotsent. Oriental universiteti. +998881986777 Annotatsiya Mazkur maqola Antropotsentrik paradigmada kognitiv tilshunoslik nazariyasi til va inson tafakkuri o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni o‗rganishga qaratilgan. Bu nazariyada insonning bilish jarayoni markaziy o‗rinda turadi va til insonning dunyo haqidagi bilimini qanday shakllantiradi hamda uni qay tarzda o‗zaro munosabatlarda qo‗llaydi, degan savollarga javob izlanadi. Kognitiv tilshunoslik inson ongidagi bilim tuzilmalari va ularning til orqali ifodalanishini o‗rganadi. Bu paradigmaga ko‗ra, til faqat aloqa vositasi emas, balki inson tafakkurini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida qaraladi. Darhaqiqat, lisoniy faoliyat faqatgina insonga xos faoliyatdir hamda u yana bir insonga xos boylik – tafakkur bilan bevosita bog‗liqdir. Kalit so‘zlar: Antropotsentrik,paradigma, kognitiv tilshunoslik, ong, tafakkur, kognitiv psixologiya Abstract This article is an anthropocentric paradigm that studies the complex relationship between language and human thought, based on the theory of cognitive linguistics. This theory focuses on the human cognitive process and seeks answers to the questions of how language shapes human knowledge about the world and how it is used in interpersonal relationships. Cognitive linguistics studies the structures of knowledge in the human mind and their expression through language. According to this paradigm, language is not only a means of communication, but also one of the main factors shaping human thought. Indeed, linguistic activity is a uniquely human activity and is directly related to another human asset - thinking. Key words: Anthropocentric, paradigm, cognitive linguistics, consciousness, thinking, cognitive psychology Antropotsentrik paradigma – bu tadqiqotchining qiziqishlarini bilim obyektlaridan subyektga o‗tkazish, boshqacha qilib aytganda, ushbu paradigma doirasida tildagi shaxs va shaxsdagi til tahlil qilinadi. Paradigma atamasi o‗rganilayotgan ma‘lum bir hodisa ko‗rib chiqiladigan ilmiy tushunchalar to‗plami sifatida tushuniladi. Antropotsentrik paradigma insonni birinchi o‗ringa qo‗yadi, bunda til insonning asosiy xarakteristikasi, uning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tilshunoslik fani ham, barcha fanlar singari, turli xil rivojlanish bosqichlarini o‗z boshidan o‗tkazadi. Antropotsentrik yondashuvda til insonning hissiy, ijtimoiy va intellektual xususiyatlari bilan chambarchas bog‗liqdir. Shuningdek, til madaniyat va insonning ruhiy olamiga bog‗langanligini va inson tajribasining tilida qanday aks etayotganini tushunish uchun muhim deb hisoblanadi. Zero, ―Eng so‗nggi antropotsentrik 86 paradigmada til va uning markazida inson qo‗yilib, fanlararo kesimlarda turli ilmiy tadqiqot ishlari manbaiga aylandi‖[1] Kognitiv tilshunoslik ―kognitiv psixologiya va kognitiv sotsiologiya bilan birgalikda kognitologiyani tashkil etib, inson ongi qanday tashkil etilgan, inson dunyoni qanday anglaydi, dunyo haqidagi qanday ma‘lumotlar bilimga aylanadi, qanday qilib mental makonlar yaratiladi‖ kabi savollarga javob berishga harakat qiladi [2]. Bu fikrdan osonlik bilan tushunib olish mumkinki, ushbu fanning diqqat markazida inson (aniqrog‗i, uning ongi) til bilan bog‗liq holda turadi. Lingvokognitologiyaning rivojlanishi antropotsentrizmga asoslangan ilmiy bilim paradigmasi doirasida rivojlanadi va falsafa, kognitiv psixologiya, kognitiv sotsiologiya, etnova psixolingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, madaniyatlararo kommunikasiya kabi fanlarni qamrab oladi: ―Bugungi kunda o‗zbek olimlari tomonidan antropotsentrizm doirasida kognitiv tilshunoslik, lingvopragmatika va lingvomadaniyatshunoslik masalalarini yorituvchi ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda [3] Tilshunoslikda ilmiy bilim paradigmasi turli yo‗sinda talqin qilinadi, bu esa lingvistik paradigmalar tipologizasiyasiga turli yondashuvlarda aks etadi. Masalan, Yu.N.Karaulov tarixiy, psixologik, tizimli-strukturaviy va ijtimoiy paradigmalarni ko‗rib chiqishni taklif etadi [4]. Yu.S.Stepanov esa tilni o‗rganish nuqtayi nazaridan semantik, pragmatik va sintaksik bo‗lgan uchta asosiy ilmiy paradigmani ajratib ko‗rsatadi [5]. XX asr еtakchi olimlaridan biri, amerikalik tarixchi va faylasuf T.Kun ilm-fan rivojlanishining davriyligini o‗rganish mobaynida ―ilmiy bilimlar paradigmasi‖ atamasini kiritdi. Ilk bor paradigma atamasi "sossyurcha" tushunchada emas, balki kengroq ma‘noda T.Kunning ―Ilmiy inqiloblar tuzilishi‖ (birinchi nashri 1962 yil) kitobida qo‗llanilgan [6]. Kitob muallifi paradigmani ilmiy hamjamiyat sifatida ko‗rib chiqishni taklif qiladi, bu hamjamiyat o‗z ilmiy faoliyatida ma‘lum bilimlar to‗plami va tadqiqot obyektiga yondashuvdan foydalanadi. Uning fikricha, ilmiy bilimlar ilmiy inqiloblar orqali rivojlanadi. Har qanday mezon faqat ma‘lum bir paradigma — qarashlarning tarixan o‗rnatilgan tizimi doirasida mantiqan to‗g‗ri keladi. Paradigma – bu ilmiy jamoatchilikning barcha a‘zolari tomonidan tan olingan muammolarni topish va ularni hal qilish uchun modeldir. Paradigmalar o‗z ichiga qonunlar, nazariyalar, qo‗llash usullari va zarur qurilmalarni oladi. Mavjud konseptual modellar, umumiy qarorlar, qiymat yo‗nalishlari, aniq vazifalar va muammolarni hal qilish namunalari ilmiy jamoatchilikning rasmiy belgilari hisoblanadi. Bu fanga yondashuvni an‘ana sifatida talqin etishni anglatadi. Tilshunoslikda uchta ilmiy paradigma ajratiladi: qiyosiy-tarixiy, tizimlistruktural va antropotsentrik paradigmalar. Tilni o‗rganishning birinchi maxsus metodi qiyosiy-tarixiy metod bo‗lib, XIX asr ushbu paradigma ostida o‗tdi. Bu davrda tilshunoslik tillarning kelib chiqishi masalalarini ishlab chiqdi, qadimgi tilni qayta tikladi, qarindosh tillar o‗rtasidagi bog‗liqlikni aniqladi, ularning evolyusiyasini tasvirlab berdi, qiyosiy-tarixiy grammatikalar va lug‗atlar yaratildi. 87 Tizimli-struktural paradigmaga oid asosiy g‗oyani XX asr tilshunosligining ustunlaridan biri Ferdinand de Sossyur ilgari surdi: tilshunoslikning obyekti til ―o‗zida va o‗zi uchun‖ bo‗lishi kerak. Tizimli-struktural paradigmaning diqqat markazi predmet, narsa, ismga qaratilgan bo‗lib, tadqiqot obyekti so‗z edi. Tizimlistruktural paradigma tilning tuzilishi va uning tashkil etilishini o‗rgandi. Hozirgi asrda ham bu yo‗nalish tarafdorlari ko‗p bo‗lib, ular fundamental tadqiqotlar, o‗quv qo‗llanmalari va akademik grammatika, turli ma‘lumotnoma nashrlarini yaratmoqdalar. Bu nashrlar boshqa paradigmalar ustida ishlaydigan tadqiqotchilar uchun asosiy material bo‗lib xizmat qiladi. Zamonaviy tilshunoslikning asosiy g‗oyasi antropotsentrik paradigmaning paydo bo‗lishiga olib kelgan tilning antropotsentrikligi g‗oyasidir. Antropotsentrik paradigma – bu tadqiqotchining qiziqishlarini bilim obyektlaridan sub‘ektga o‗tkazishi, ya‘ni tildagi shaxs va insondagi til tahlil qilinadi, I.Boduen de Kurtenening fikriga ko‗ra, ―til faqat individual ongda, faqat qalblarda, faqat ma‘lum bir lisoniy jamiyatni tashkil etuvchi shaxslar ruhiyatida mavjud‖.[7] Antropotsentrik paradigma nuqtai nazaridan, inson o‗zini va o‗zining ideal va moddiy faoliyatini anglashi orqaligina olamni anglaydi. Olamning inson prizmasi orqali idrok etilishiga ko‗plab lingvistik dalillar mavjud. Antropotsentrik paradigma doirasida zamonaviy tilshunoslikning asosiy yo‗nalishlari kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik hisoblanadi. Kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalari axborot tushunchasi va uni inson ongi tomonidan qayta ishlanishi; bilish tuzilmalari tushunchasi va ularning inson ongi va lingvistik shakllarida namoyon bo‗lishidir. Kognitologiya fani va uning tarkibida kognitiv tilshunoslik, kognitiv psixologiya va kognitiv sotsiologiya, inson ongining tashkil etilishi, inson tomonidan dunyoni bilish usullari, insonning bilim olishi, ichki tafakkur hududining tuzilishi kabi savollarga javob berishga harakat qiladi. Antropotsentrik paradigmaning shakllanishi bilan tilshunoslik tahlilining markazida inson va uning madaniyatdagi mavjudligi, ya‘ni tilga oid shaxsning barcha xilma-xil jihatlari: Men – jismoniy, Men – ijtimoiy, Men – intellektual, Men – emotsional, Men – nutq-mulohaza ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Inson faoliyatining mahsuloti sifatidagi matn inson fikri dinamikasi natijasi bo‗lib, turli yo‗llar bilan til resurslari orqali ifoda etilgan ichki olamlarni aks ettiradi. Hozirgi tilshunoslikning asosiy yo‗nalishlari, antropotsentrik paradigma doirasida, kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik hisoblanadi. Falsafiy tilshunoslikda kognitiv burilish logik-semantik modellarning torligiga barham berish va navbatdagi antropotsentrik burilishni amalga oshirish uchun yuz bergan. R. Jekendoff Tarskiy ruhidagi an‘anaviy haqiqat mezonlarini tushunishni gapiruvchining olam manzarasi va nutqi o‗rtasidagi munosabat sifatida talqin qilish kerakligini ta‘kidlaydi. Til ifodasining mazmuni insonning aqliy va jismoniy tabiati bilan ajralmasdir. Aynan tilshunoslikdagi antropotsentrik burilish ongning psixofizik tabiati masalasini semantika muammolari kontekstida yangi tarzda ko‗ndalang qo‗ydi. Til tuzilmalari ong faoliyatini natijalaydi va bir vaqtning o‗zida uning ishini ta‘minlaydi, ongning jismoniy tashuvchisiga xos xususiyatlarni ―singdirib oladi‖.[8] Tilning semantik xususiyatlari miyaning, tana, ijtimoiy va tabiiy muhitning, madaniytarixiy kontekstning va boshqa omillarning xususiyatlarini o‗z ichiga oladi. Shunga 88 qaramasdan, kognitiv fanlararo еchim rasionalistik an‘anadan chiqib ketishga har doim ham yo‗l bermaydi. Masalan, J.Fodor: ―zamonaviy sharoitlarda falsafa va kognitiv fan o‗rtasida farq qilish kerak emas: falsafaning muammolaridan qochish uchun realizm, reduksionizm, nativizm, semantik atomizm va ongning reprezentasion nazariyasini aralashtirish kerak deya ta‘kidlaydi. Boshqacha aytganda, ong mental holatlarining mazmuniy tomonini tushuntirish uchun til universaliyalarini izlash davom etmoqda. Sh.Safarov ta‘biri bilan aytganda: ―…kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mental strukturalarning lisoniy ifoda topishini ta‘minlovchi mexanizmlar qamrovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o‗ringa ko‗chadi. Tushuncha – mental tuzilma, u aqliy faoliyatning o‗ziga xos shaklidir‖.[9] Kognitiv paradigma doirasida bilimning o‗ziga xos talqini mavjud. Bu еrda bilim inson organizmining xususiyatlarini strukturaga bog‗liq ―jonli bilim‖, ―bilimharakat sifatida‖ kabi tizimlar asnosida ifodalovchi tabiiy holat sifatida tushuniladi. Shu bilan birga, bir paradigma doirasida tilning turli ontologik asoslari ajratiladi: - ayrim mualliflar prototipik mental leksikon (―tafakkur tili‖) ahamiyatini ta‘kidlaydilar. - boshqa ishlar tilning mustaqil ravishda diskurs muhitini o‗zgartirish qobiliyatiga ega ekanligiga e‘tibor qaratadi. - tilni hissiy holatlar va jismoniy ifodali vositalar bilan bir butun sifatida tushunish mavjud. Tilshunoslikdagi kognitiv yondashuvni tavsiflab, Ye.Kubryakova va V.Demyankov tilni umumiy kognitiv mexanizm va kognitiv vosita sifatida, ―ma‘lumotlarni aks ettirish (kodlash) va o‗zgartirishda rol o‗ynaydigan belgilar tizimi‖ deb ta‘riflaydilar.[10] Kognitologiya turli fan sohalari chorrahasida yuzaga kelgan fandir va uning tadqiqot sohasi ―bilimni to‗plash va qo‗llash usullarini tadqiq qilish‖ sifatida belgilanadi.[11] ―Tilshunoslik ushbu fanlar chorrahasida mustahkam o‗rin olgan va barcha qavm sohalar bilan bevosita munosabatdadir. Shu sababli kognitiv tilshunoslik insonning bilish qobiliyati haqidagi fan – kognitologiyaning markaziy sohalaridan biri sifatida e‘tirof etiladi. Xulosa qilib aytganda, Kognitiv tilshunoslikning asosiy jihatlaridan biri shundaki, til faqatgina tashqi voqelikni ifoda qilmasdan, balki insonning ichki ruhiy va intellektual jarayonlari bilan ham bog‗liq. Bu nazariya til va tafakkur o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sirni ham, shuningdek, madaniyat va jamiyatning bu jarayonlarga ta‘sirini o‗rganishga ham qaratilgan. ADABIYOTLAR 1. Baxronova D. K. Olamning lisoniy manzarasi: til, tafakkur va madaniyat. – UK: GlobeEdit, 2023. – B. 72. 2. Маслова В.А. Лингвокультурология. – Москва: Издательский cентр «Академия», 2001. – 208 с. 3. Нормуродова Н.З. Инглиз бадиий дискурсида антропоцентризмнинг лисоний воқеланиши. Филол. фан.... докт. (DSc) дисс. автореф. – Тошкент, 2020. – Б. 9. 4. Караулов Ю.Н. Русский язык и языковая личность. – Москва: Наука, 2010. – С. 14. 89 5. Бодуэн де Куртэне И.А. Избранные труды по общему языкознанию. – Москва, 1963. – с. 59–6. 6. Kuhn Thomas S. The Structure of Scientific Revolutions. – USA: University of Chicago, 1970. – 222 p 7. Степанов Ю.С. В трехмерном пространстве языка. – Москва: Ленанд, 2021. – 334 с 8. Jackendoff R. Languages of the mind. – Cambridge (Mas.) // MIT Press, 1995. – 200 p 9. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик.– Жиззах: Сангзор, 2006. – Б. 15. 10. Кубрякова Е.С. и др. Краткий словар когнитивных терминов / Е.С. Кубрякова, В.З.Демьянков, Ю.Г.Панкрац, Л.Г.Лузина. – Москва, 1996. – 245 с. 11. The Blackwell Dictionary of Cognitive Psychology. 1990. 12. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик.– Жиззах: Сангзор, 2006. – Б. 19.