scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMALARDA TIL VA USLUB MASALALARI: TARJIMONLAR TAJRIBASI VA MUAMMOLAR

Abdullayeva Marxabo

Abstract

Mazkur maqolada Xolid Xusayniyning “Togʻlar ham sado berdi” asarining Munira Norova tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi misolida badiiy tarjimada til va uslub masalalari tahlil qilinadi. Avvalo, muallifning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari va ularni tarjimada qay darajada saqlash mumkinligi masalasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Asarda qo‘llanilgan metaforalar, xalqona iboralar, intertekstual unsurlar, milliy kolorit va madaniy realiyalarni o‘zbek tiliga ko‘chirishda tarjimon duch kelgan qiyinchiliklar hamda ularning yechim yo‘llari tahlil etiladi. Maqolada tarjimonning ijodiy yondashuvi, muallif matnining ruhini va obrazlarning individual nutqiy xususiyatlarini saqlab qolishdagi izlanishlari alohida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tarjimachiligida badiiy asarlarning yuqori darajada tarjima qilinishida tarjimonning til sezgirligi va uslubiy mahorati muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.

Full text

193 TARJIMALARDA TIL VA USLUB MASALALARI: TARJIMONLAR TAJRIBASI VA MUAMMOLAR Abdullayeva Marxabo, https://orcid.org/0000-0001-9868-599X Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Garb tillari kafedrasi dotsenti Tel: 99.0116106 Annotatsiya Mazkur maqolada Xolid Xusayniyning “Togʻlar ham sado berdi” asarining Munira Norova tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi misolida badiiy tarjimada til va uslub masalalari tahlil qilinadi. Avvalo, muallifning o„ziga xos uslubiy xususiyatlari va ularni tarjimada qay darajada saqlash mumkinligi masalasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Asarda qo„llanilgan metaforalar, xalqona iboralar, intertekstual unsurlar, milliy kolorit va madaniy realiyalarni o„zbek tiliga ko„chirishda tarjimon duch kelgan qiyinchiliklar hamda ularning yechim yo„llari tahlil etiladi. Maqolada tarjimonning ijodiy yondashuvi, muallif matnining ruhini va obrazlarning individual nutqiy xususiyatlarini saqlab qolishdagi izlanishlari alohida ko„rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari o„zbek tarjimachiligida badiiy asarlarning yuqori darajada tarjima qilinishida tarjimonning til sezgirligi va uslubiy mahorati muhim omil ekanligini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: Xolid Xusayniy, “Togʻlar ham sado beradi”, tarjima nazariyasi, lingvistik ekvivalentlik, milliy kolorit, madaniy realiyalar, tarjimon tajribasi, ijodiy jarayon. Abstract This article analyzes the issues of language and style in literary translation using the example of the translation of Khalid Husseini's "And the Mountains Echoed" by Munira Norova. First of all, the author's specific stylistic features and the extent to which they can be preserved in translation are discussed from a scientific point of view. The difficulties encountered by the translator in transferring the metaphors, folk expressions, intertextual elements, national color and cultural realities used in the work into the Uzbek language and their solutions are analyzed. The article highlights the translator's creative approach, his efforts to preserve the spirit of the author's text and the individual speech characteristics of the images. The results of the study confirm that the translator's linguistic sensitivity and stylistic skills are an important factor in the high-quality translation of literary works in Uzbek translation. Keywords: Khalid Husseini, "And the Mountains Echoed", translation theory, linguistic equivalence, national color, cultural realities, translator's experience, creative process. Kirish qismi: Tarjima nazariyasi va amaliyoti bugungi globallashuv davrida adabiy-madaniy aloqalarning eng muhim ko„priklaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, badiiy tarjima sohasida til va uslub masalalari tarjimon oldiga o„ta mas‟uliyatli 194 vazifalarni qo„yadi. Har bir badiiy asar muallifning o„ziga xos dunyoqarashi, individual uslubi, madaniy-tarixiy manzarasi bilan ajralib turadi. Shunday ekan, tarjimon faqatgina matnni bir tildan ikkinchisiga ko„chirish emas, balki muallifning uslubiy xususiyatlari va milliy koloritini ham asrab qolishi lozim. Xolid Xusayniy asarlari zamonaviy jahon adabiyotida insoniylik, mehr-oqibat, jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlar va tarixiy xotiraning badiiy talqini bilan ajralib turadi. Muallifning “Togʻlar ham sado berdi” romani insoniy munosabatlarning murakkabligi, oilaviy qadriyatlar va vijdon azobi kabi umuminsoniy mavzularni keng yoritadi. Asarning badiiy uslubi obrazlilik, lirizm va psixologik tahlilning kuchliligi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur asarning o„zbek tiliga Munira Norova tomonidan tarjima qilinishi nafaqat o„zbek kitobxonlari uchun yangi adabiy ufqlarni ochdi, balki tarjimashunoslik nuqtai nazaridan ham muhim tajriba bo„lib xizmat qildi. Chunki bunday asarlarda muallif uslubini saqlash, madaniy realiyalarni adekvat yetkazish, milliy ruhni to„g„ri talqin etish masalalari murakkab ilmiy va amaliy muammolarni yuzaga keltiradi. Shu jihatdan, maqolada tarjimada til va uslub masalalarining ilmiynazariy asoslari, Munira Norova tarjimasida uchraydigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo„llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o„zbek tarjimachiligida badiiy tarjimaning sifatini oshirish, tarjimon mahoratini baholash va yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy qism: Tarjimada asosiy maqsad – matn mazmunini boshqa tilga to„g„ri ko„chirish bilan birga muallifning uslubiy xususiyatlarini saqlashdir. Badiiy matnlarda metaforalar, obrazlar, milliy kolorit va estetik vositalar juda muhim o„rin tutadi. Shuning uchun tarjimon lingvistik ekvivalentlikni izlash bilan cheklanib qolmay, matnning estetik ruhini ham qayta yaratishi kerak. Xusayniy asarlarida kuchli emotsional ohang, obrazli ifodalar, xalqona iboralar va milliy madaniy realiyalar keng qo„llanadi. “Tog„lar ham sado berdi” romanida qahramonlarning ichki kechinmalari, oilaviy munosabatlar, insoniy orzu va iztiroblar chuqur psixologik tahlil orqali tasvirlanadi. Bu jihatlar tarjima jarayonida saqlab qolinsa, kitobxon muallifning ruhiy dunyosiga yaqinlasha oladi. Munira Norova asarni tarjima qilishda milliy realiyalarni kitobxon uchun tushunarli shaklda berib, murakkab obrazli iboralarni o„zbek tiliga mos metaforalar orqali ifodalagan. Qahramonlarning nutqiy individualligini saqlagan holda o„zbek tilining grammatik va uslubiy normalariga moslashtirish orqali tarjimada asarning psixologik tasvirlaridagi chuqurlikni va xalqona ohangini imkon qadar asrab qolishga harakat qilgan. Badiiy tarjimada metaforalarni so„zma-so„z tarjima qilish mumkin emasligi, madaniy realiyalarni tushuntirish yoki moslashtirish zaruriyati, qahramonlarning nutqiy farqlarini yo„qotib qo„ymaslik, matnning umumiy estetik ta‟sirini saqlash kabi ko„plab muammolar uchraydi Munira Norova bu muammolarni ijodiy yondashuv, kompensatsiya va uslubiy moslashtirish orqali hal qilgan. Bu esa tarjimaning kitobxonga tabiiy va ravon yetib borishini ta‟minlagan. Mazkur tarjima tajribasi shuni ko„rsatadiki, o„zbek tarjimachiligida badiiy matnni yuqori sifatda tarjima qilish uchun nafaqat lingvistik bilim, balki estetik sezgi ham zarur. Munira Norovaning ish uslubi kelajakdagi tarjimonlar uchun metodik 195 namuna bo„lib xizmat qiladi. Quyidagi misollarning bevosita tarjimasida ingliz tilidagi o„ziga xos so„z o„yini asliyatdagisiga muvofiq tiklangan: “The mountains echo the cries of the past.” O„zbekcha tarjima: “Tog„lar o„tmishning nidosini sado beradi.” Ingliz tilidagi “echo the cries” iborasi bevosita tarjimada “qichqiriqlarni aks sado qiladi” bo„lishi mumkin edi. Ammo tarjimon “o„tmishning nidosi” deb badiiyroq, poetikroq yechim topgan. Bu yerda metaforaning kuchi o„zbek kitobxoni uchun tushunarli va ohangdor shaklda ifodalangan. Munira Norova “o„tmishning nidosi” deb poetikroq variantni tanlab, ikki narsaga erishadi: Ma‟noni chuqurlashtiradi – “cry” so„zining bevosita qichqiriq ma‟nosi yumshatilib, “nido” shaklida umumlashgan, falsafiy ohang kasb etadi: Uslubiy uyg„unlik yaratadi – romanning umumiy lirizmi va tarixiy xotira mavzusiga mos, ohangdor va kitobxonga yaqin ifoda paydo bo„ladi. “She covered her head with a chador before leaving the house.” Bevosita tarjima: “U uydan chiqishdan oldin boshiga ro„mol o„rab oldi.” Ingliz matnidagi “chador” atamasi Eron va Afg„on madaniyatiga xos kiyim turini bildirib, o„zbek kitobxoni uchun bu so„z notanish bo„lishi mumkinligi sababli tarjimon uni “ro„mol” shaklida berishni tanlagan. Bu yondashuv madaniy moslashtirish (domestikatsiya) usuli hisoblanib, o„quvchi uchun tushunarlilikni ta‟minlaydi, chunki “ro„mol” o„zbek madaniyatida keng qo„llanadi. Matnning umumiy ruhini saqlaydi, ya‟ni ayolning boshini yopishi faktini to„liq yetkazadi. Uslubiy izchillikka erishadi, matn o„zbek kitobxoni uchun begona bo„lib qolmaydi. Agar tarjimon “chador” so„zini o„z holicha qoldirganida, qo„shimcha izoh berish zarur bo„lardi. Norova esa matnning ravon va kitobxon uchun qulay bo„lishini afzal ko„rgan. “I swear on my mother‟s grave, I will find you again.” Bevosita tarjima: “Onam qabrini guvoh qilib aytamanki, seni yana topaman.” Bu jumlada qahramonning his-tuyg„ulari kuchli emotsional ohangda ifodalanadi. Ingliz tilidagi “swear on my mother‟s grave” iborasi bevosita tarjimada og„ir va sun‟iy ko„rinishi mumkin edi. Tarjimon “guvoh qilib aytaman” deb o„zbekcha nutqdagi tabiiy variantni tanlagan. Natijada qahramonning dramatik ohangi saqlanib qolgan, jumla esa kitobxonga ishonarli eshitiladi. “Her silence was heavier than any words she could have spoken.” Bevosita tarjima: “Uning sukuti aytishi mumkin bo„lgan har qanday so„zidan ham og„irroq edi.” Asl jumladagi lirizm – “Her silence was heavier than any words she could have spoken” – o„zbek tilida ham ohangdorlik va psixologik og„irlikni saqlab qolgan. Semantik aniqlikda ma‟no buzilmagan, “silence” → “sukut”, “heavier” → “og„irroq” kabi ekvivalentlar aniq ishlatilgan. Estetik uyg‘unlikda esa tarjima faqat ma‟noni emas, balki badiiy tasirni ham olib o„tadi. “Sukut” so„zining o„zbek tilida poetik yuklamasi kuchli, shu sabab u kitobxonni hissiy jihatdan romanga yaqinlashtiradi. Agar bu jumla so„zma-so„z qilinganida, masalan: “Uning jimligi har qanday so„zidan ham ko„proq vaznga ega edi”, matn og„irroq va g„alati chiqqan bo„lardi. Norova esa soddalik va poetiklikni uyg„unlashtirib, asardagi psixologik dramatizmni tabiiy ko„rinishda o„zbek tiliga ko„chirgan. 196 Ushbu tahlillar shuni ko„rsatadiki, Munira Norova tarjima jarayonida faqat lingvistik ekvivalentlik bilan cheklanmay, balki madaniy moslashtirish, kompensatsiya va estetik uyg„unlik usullaridan ham keng foydalangan. Shu orqali u Xolid Xusayniyning “Tog„lar ham sado berdi” romanini o„zbek kitobxonlari uchun tabiiy, ravon va badiiy ta‟sirchan matn sifatida taqdim etishga erishgan. Xulosa qismi: Xolid Xusayniyning “Tog„lar ham sado berdi” romani Munira Norova tarjimasida o„zbek kitobxonlari uchun yangi adabiy ufqlarni ochib berdi. Asarning murakkab kompozitsiyasi, psixologik teranligi va lirizmi tarjima jarayonida til va uslubiy jihatdan chuqur yondashuvni talab qildi. Tarjimon asarning mazmuniy qatlamlarini saqlab qolish bilan birga, uning badiiy-estetik ohangini ham o„zbek tilida tabiiy tarzda qayta yaratishga erishdi. Tahlillar shuni ko„rsatadiki, tarjima jarayonida uchraydigan asosiy muammolar – metafora va timsollarni ko„chirish, madaniy realiyalarni moslashtirish, qahramonlarning nutqiy individualligini asrab qolish va lirizmdagi psixologik tasvirlarni yetkazishdan iboratdir. Munira Norova bu muammolarni ijodiy yondashuv, kompensatsiya va domestikatsiya kabi usullar orqali samarali hal qildi. Natijada, o„zbek tilidagi tarjima nafaqat o„quvchi uchun ravon va tushunarli bo„ldi, balki asarning estetik kuchini ham saqlab qoldi. Ilmiy-nazariy nuqtai nazardan qaralganda, mazkur tarjima tajribasi badiiy tarjimada til va uslub uyg„unligi naqadar muhim ekanini tasdiqlaydi. Badiiy matnni so„zma-so„z tarjima qilish mumkin emasligi, balki uning ruhiy-estetik mazmunini qayta yaratish lozimligi Norova tarjimasi misolida yaqqol namoyon bo„ladi. Shu bilan birga, o„zbek tarjimachiligida bunday asarlar tarjimasi kelajak avlod tarjimonlari uchun metodik manba bo„lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, Munira Norovaning “Tog„lar ham sado berdi” tarjimasi o„zbek tarjimashunosligida badiiy tarjimaning eng muhim tamoyillarini – semantik aniqlik, estetik uyg„unlik va madaniy moslashtirishni birlashtirgan ibratli tajriba sifatida qadrlanishi lozim. Ushbu tajriba tarjimonlik san‟atining nafaqat lingvistik, balki ijodiy va estetik jihatlarini ham yuksak darajada namoyon etadi. ADABIYOTLAR 1. Salomov G„. Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: O„qituvchi. - 1983. 2. Хусайни Х. Tog„lar ham sado berdi. Tarjimon: Munira Norova. – Toshkent: Sharq, 2014. – 320 b. 3. And the Mountains Echoed Q&A with Khaled Hosseini Archived November 2, 2013, at the Wayback Machine page 2, khaledhosseinifoundation.org 4. Nida E.A. Toward a Science of Translating. – Leiden: E.J. Brill, 1964. – 331 p. 5. Venuti L. The Translator‟s Invisibility: A History of Translation. – London & New York: Routledge, 1995. – 353 p. 6. G„afurov I. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2010. – 245 b. 7. Abdullayeva, Marxabo. "DUNYONING ISHLARI INGLIZ TILIDA (Mark Riss tarjimasi tahlili)." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 5.20 (2025): 374-377. 197 8. Saidov B. Til va uslub masalalari tarjimada. – Toshkent: O„zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020. – 198 b. 9. Tarjima nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'lIanma. I. G'ofurov, O.Mo'minov, N.Qambarov. - Toshkent : Tafakkur-Bo'stoni, 2012. 216 b. 10. Абдуллаева, Мархабо. "НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПЕРЕВОДА ПРОЗЫ (на примере прямых переводов с английского языка конца XX-начала XXI века)." Предпринимательства и педагогика 3.4 (2024): 3-10. 11. Abdullayeva, Marxabo. "Inglizchadan o„zbekchaga nasriy tarjimaning milliy-madaniy xususiyatlari (XX asr oxiri XXI asr boshlarida ingliz tilidan bevosita tarjimalar misolida)." Tadqiqotlar. uz 50.5 (2024): 80-84. 12. Hamidov X., & Abdullayeva M. (2024). FRAZEOLOGIZMLARNING O„ZBEKCHA MUQOBIL VARIANTLARI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI. In Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No. 8, pp. 14-21). 13. Abdullayeva M. BADIIY TARJIMADA MUQOBIL VARIANTLARNI SHAKLLANTIRISH MASALASI (“Dunyoning ishlari” asari misolida). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2024;4(27):66-73.