YEVROPA FONDLARIDAGI XORAZM ADABIY MANBALARI
Abstract
Soʻnggi yillarda qadim tariximiz va boy madaniyatimizni tiklash, buyuk allomalarimiz qoldirgan ma'naviy merosni chuqur oʻrganish va targʻib qilish, yosh avlodni shu ezgu an'analar ruhida tarbiyalash boʻyicha koʻp xayrli ishlar qilindi. Navbat bu yoʻnalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga etib keldi. Ayniqsa, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qadim qoʻlyozmalarimiz xazinasini boyitish, xorijda saqlanayotgan ilmiy merosimizni, buyuk mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizasiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini targʻib etish kabi dolzarb vazifalar turibdi.
Full text
198 YEVROPA FONDLARIDAGI XORAZM ADABIY MANBALARI Adambayeva Nargiza, PhD, dotsent, Oriental universiteti Tillar – 2 kafedrasi 91 424 5115 Annotatsiya Soʻnggi yillarda qadim tariximiz va boy madaniyatimizni tiklash, buyuk allomalarimiz qoldirgan ma'naviy merosni chuqur oʻrganish va targʻib qilish, yosh avlodni shu ezgu an'analar ruhida tarbiyalash boʻyicha koʻp xayrli ishlar qilindi. Navbat bu yoʻnalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga etib keldi. Ayniqsa, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qadim qoʻlyozmalarimiz xazinasini boyitish, xorijda saqlanayotgan ilmiy merosimizni, buyuk mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizasiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini targʻib etish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Kalit so‘zlar: adabiy muhit, madaniyat, manba, qo`lyozma, adabiyot, kutubxona, nasr, nazm. Abstract In recent years, much good work has been done to restore our ancient history and rich culture, to deeply study and promote the spiritual heritage left by our great scholars, and to educate the younger generation in the spirit of these noble traditions. The time has come to raise work in this area to a qualitatively new level. In particular, higher education and research institutions face urgent tasks such as enriching the treasury of our ancient manuscripts, promoting our scientific heritage preserved abroad, and the incomparable contribution of our great thinkers to the development of world science and civilization. Keywords: literary environment, culture, source, manuscript, literature, library, prose, poetry. Har bir millat adabiyoti badiiy tafakkurning ajralmas qismini tashkil etadi. Jahon xalqlarining qiziqishi va oʻqishi badiiy adabiyot ahamiyatini belgilovchi asosiy mezonlardan hisoblanadi. U yoki bu xalqning jahonda tanilishi, eng avvalo, oʻsha xalq madaniyati, san'ati va adabiyotining qanday miqyosda tarqalishi va tan olinishiga bogʻliqdir. Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi ―Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori ham ana shu vazifalarni bajarishga qaratilgan va buning uchun mustahkam huquqiy asoslarni yaratib berishi bilan ahamiyatlidir. Ayni damda bu vazifalar innovasion loyihalar doirasida amalga oshirilmoqda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilayotgan ―Yevropa fondlarida saqlanayotgan, Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan turkiy qoʻlyozmalarning ma'lumotlar bazasini va ―Yevroturcologica.uz‖ elektron platformasini yaratish‖ deb nomlangan innovasion loyiha doirasida bir qancha professor olimlar faoliyat yuritadi.
199 Mazkur loyiha ob’ekti — Yevropa fondlarida saqlanayotgan, Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan turkiy qoʻlyozmalar boʻlib, ilmiy maqsad — ular haqidagi ma'lumotlar bazasini yaratish. Ushbu yangiliklarni aniqlash maqsadida 2021 yil dekabr oyida Germaniya, 2022 yil mart oyida Fransiya, Vengriya kutubxonalariga ilmiy safar uyushtirildi. Natijada Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan bir qancha qoʻlyozmalar aniqlandi, ayrimlarining fotonusxalari olib kelindi. Germaniyada turkiy qoʻlyozmalarni toʻplash va oʻrganish XVII asrning oxirgi choragidan boshlangan. Siyosiy arbob Fridrix Velgelm tashabbusi bilan 1661 yilda barcha xususiy kutubxonalar birlashtirilib, Berlinda yirik kutubxona tashkil etiladi. Bu maskan hozirda Berlin davlat kutubxonasi deb nomlanadi. Unda sharq boʻlimi mavjud boʻlib, fondida 41 ming 600 ta arabiy, forsiy, turkiy, yapon, koreys kabi sharq qoʻlyozmalari, jumladan, oʻzbek adabiyotining nazmiy va nasriy durdonalari saqlanadi. Bu kutubxonadan tashqari Gota, Myunxen, Drezden shaharlaridagi kutubxonalar fondida ham turkiy qoʻlyozmalar mavjudligi ma'lum boʻldi. Xususan, Oʻzbekistonda yoʻq jami 19 ta qoʻlyozma aniqlandi. Ularni oʻrganish barobarida nemis olimlari bilan tajriba almashildi. Umuman olganda Germaniya kutubxonalarida jami 239 ta turkiy qoʻlyozma koʻzdan kechirildi. Shundan 43 tasi Navoiy asarlari, qolganlari tarix, falsafa, til, adabiyotga oid asarlar edi. Ular orasida Bobojon Sanoiyning Xorazm tarixiga oid asari ham boʻlib, u boshqa qoʻlyozma fondlarida mavjud emasligi, asl nusxaligi bilan ajralib turadi. Bobojon Sanoiy bu asarini ―Ma'orif un-nasab‖ deb nomlagan. Unda Xorazm tarixiga oid mulohazalar nasriy va nazmiy usulda yozilgan boʻlib, tarix va adabiyot fani uchun qimmatli ahamiyat kasb etadi, tarixiy faktlar bayonida turli xil rivoyatlar, she'rlardan foydalanilgan. Bu asarni sharqshunos olim Vasiliy Bartold 1929 yilda Germaniya kutubxonalariga ilmiy safari chogʻida koʻradi va ilm-fanga birinchi boʻlib axborot beradi. Olim asarning umumiy xususiyatlari haqida oʻz fikrini bildirar ekan, Bobojon Sanoiy katta iqtidor egasiligini, uning qoʻlyozma asari Germaniyada emas, oʻz yurtida yoki Leningradda saqlanishi kerakligini ta'kidlagan edi. Oʻzbekistonda Bobojon Sanoiyning adabiy-irfoniy merosi ma'lum darajada oʻrganilgan, ammo aynan bu asari tadqiq qilinmagan. Oʻzbek adabiyotshunosligidagi dastlabki ma'lumotlarni Najmiddin Komilov yozib qoldirgan. Shohida Shakirova tadqiqotida Bobojon Sanoiyning ―Kanz ul-maorif‖ va ―Hadiqai azhor‖ asarlari matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yoʻnalishida tadqiq etilgan. Xullas, tadqiqotlar jarayonida Xorazm tarixining noyob durdonasi — 400 betdan iborat qoʻlyozmani topishimiz oson boʻlmadi. Chunki Vasiliy Bartold asar nomini ―Tavorixi Xorazmshohiya‖ deb keltirgan. Ammo Berlin kutubxonasi katalogida asar nomi ―Ma'orif un-nasab‖ deb yozilgan. Bu farqning sababini qoʻlyozmani oʻzimiz koʻrgach aniqlashtirishga muvaffaq boʻldik. Haqiqatda qoʻlyozma boshida muallif asar nomini ―Ma'orif un-nasab‖ deb atagan, asar oxirida esa tarixiy tafsilotlar xarakteridan kelib chiqib ―Tavorixi Xorazmshohiya‖ deb yozilgan. Asar va uning muallifi haqidagi barcha ma'lumotlar: yaratilish tarixi, tarkibi, tili, ibtidosi va intihosi xususida qoʻlyozmaning oʻzidan bilib olish mumkin. Masalan, muallif oʻzi va taxallusi haqida shunday yozadi: ―Chun bu faqir Mullo Bobojon ibn Xudoyberdibek manqit Eshbugʻa qabilasidin, ma'no ahli eshiklarining gadoyi, al-mutaxallus bil
200 Sanoiy gʻafarallohu ta'olo...‖. Demak, asar muallifining ismi Bobojon, taxallusi Sanoiy boʻlgan. Mazkur asargacha ham Xorazm tarixiga oid asarlar boʻlgan. Masalan, Abulgʻozi Bahodirxonning ―Shajarai turk‖, Munis va Ogahiyning ―Firdavs ul iqbol‖ asarlari shular jumlasidandir. Bobojon Sanoiyning bu asari oʻzigacha boʻlgan tarixga oid asarlardan koʻra sodda, tushunarli tilda yozilgan. Sababi asarni yozishga undagan, oʻsha davrda vazir boʻlgan Hasanmurod Qushbegi (1864) bu asarning tili oddiy xalq uchun ham tushunarli boʻlishi kerakligi talabini qoʻyadi: ―....Lekin koʻb-koʻb i'boratda fasohat va balogʻat izhor etib soʻzga tatvil va takmil berib hikoyatini el fahmidin uzoq qilibdurlar. Ondogʻkim, bu zamon ahlining zehnlari ul ma'oniylar vaqtidin qosir va ojizdur. Ul sababdin san bir torix jam' etgilkim, soʻzi muvxabar va oʻzi muxtasar boʻlsun. Ul tariqadakim, zamon ahlining hushlari etushgudek, balkim avom ahli tushgudek nusxa yozgʻil, tokim sandin va bizlardin yodgor boʻlsun‖ . Asar an'anaviy hamdu sano bilan boshlangan, muqadima, beshta bobdan iborat. Muallif yozgan quyidagi izohdan ma'lum boʻlishicha, asar soʻnggida xotima yozish ham rejalashtirilgan, ammo bu qism qoʻlyozmada oʻz aksini topmagan. ―Emdi, bu kitobi mustatob bir muqaddima birla besh bob va bir xotimagʻa taqsim topdi. Muqaddima Hazrati Sohibqiron Eltuzarxoni jannatmakonning xonligʻ zamonlaridagʻi ba'zi oʻzlarigʻa xos boʻlgʻon voqe'alar bayonidadurkim, sohibqironligʻ iqbolining osori erdi. Avvalgʻi bob Hazrati Odam alayhissalomdin to Nuh alayhissalomgʻacha bayon topar. Ikkilanji bob Yofas bin Nuh alayhimussalomdin to Qoʻngirot jamoasining zikri va magʻul podshohlarining voqe'alarining bayoni turur. Uchlanji bob Qurlos avlodidin podshoh boʻlgʻonlarning marotiblari bayonida turur. Toʻrtlanji bob Hazrati podshoh sohibqiron ya'ni Eltuzarxonning obovu ajdod va ato bobolarining bayonida turur. Beshlanji bob Eltuzarxonning anodin boʻlgʻonlaridin to bu zamongʻacha va bu kitob yozilgʻon vaqtgʻa tegru har ne ishlar, bu Xevaq va Xorazm dorus-saltanasida paydo boʻlubdur, oning bayonida turur. Xotimai kitob har avliyoi i'zom va ulamoi kirom va umaroi zavial ehtirom va sohibi davlat beklar va pokiza tabi'at tabi'at shoirlar va donishmand fozillar va falotun fikrat hakimlar va yana bir nechta ajoyib va gʻaroyib ishlarkim, Eltuzarxonning vaqtida va ondin soʻngra to bu kungacha boʻlub oʻtubdur, borchasi mujmalan hikoyat etilur inshaallohu ta'olo vahidihal a'ziz‖. Xorazm tarixiga oid ―Ma'orif un-nasab‖ qoʻlyozmasini oʻqish va oʻrganish jarayonida Bobojon Sanoiyning haqiqatda ham iqtidor egasi ekanligiga amin boʻldik. Asarda tarixiy voqealar bayoni barobarida ming misradan ortiq she'riy parchalar ham berilgan. Galdagi izlanishlar ushbu qoʻlyozmani toʻliq tabdil, tahlil va talqin qilishni taqozo etadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ilmiy safarimiz davomida Germaniya kutubxonalarida Alisher Navoiy asarlarining 43 ta qoʻlyozma nusxasi borligini aniqladik. Ularning eng koʻpi (35 ta) Berlin davlat kutubxonasida saqlanadi. Ular orasida shoirning ―Xamsa‖, ―Lison ut tayr‖, ―Majolis un nafois‖, ―Xamsat ul mutahayyirin‖, ―Mahbub ul qulub‖ kabi asarlari, devonlari mavjud boʻlib, turli davrlarda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxalar sanaladi. Qoʻlyozmalar orasida ―Mahbub ul qulub‖ asarining 1238 hijriy yilda koʻchirilgan noyob nusxasi ham mavjud. Germaniyaning Myunxen shahridagi kutubxonada Navoiyning 4 ta qoʻlyozma asari
201 borligi ma'lum boʻldi. Ular shoirning ―Majolis un nafois‖, ―Tarixi mulki ajam ― asarlari va 2 ta she'riy devonidan iborat. Parij milliy kutubxonasi ham Sharq qoʻlyozmalari boʻyicha yirik fondlardan biri sanaladi. U erda jami 2010 ta turkiy qoʻlyozma borligi aniqlandi. Ular orasida qadim oʻzbek (chigʻatoy), turk, qozoq, qirgʻiz, turkman va bosha turkiy xalqlarga oid qoʻlyozmalar bor. Qoʻlyozmalarning eng qadimiysi XIII asrga taalluqli. Biz kutubxonada kuzatgan asarlar tarixiy, badiiy, diniy, tilshunoslik, etnografiya, musiqa va hokazalarga oid turkiy qoʻlyozmalardir. 229 ta turkiy qoʻlyozma orasidan, jami 22 ta Oʻzbekistonda yoʻq qoʻlyozmalar aniqlandi. Ularni oʻrganish asnosida Sorbonna universiteti sharqshunos ustozlari, talabalari bilan uchrashildi, tajriba almashildi va akademik hamkorlik masalalari kelishib olindi. Parij milliy kutbxonasida topilgan eng noyob qoʻlyozmalardan biri Kamoliddin Husayn Xorazmiyning (1466-1551) ―Nasihatnomai Shohiy‖ asaridir. Husayn Xorazmiy Kubraviya tariqatining Husayniya silsilasi asoschisi, oʻz davrining olimu ulamosi, shoiri davroni boʻlgan. Ogahiy Husayn Xorazmiy haqidagi ―Miftohut tolibin― asarini forschadan turkiyga oʻgirgan. Samarqandda bir muddat yashab ijod etgan Husayn Xorazmiy sharafiga ―Maxdumi Xorazmiy‖ (2002) jamgʻarmasi tashkil etilgan. Husayn Xorazmiyning ibratli hayoti va ijodi dunyo tasavvufshunos olimlari tomonidan koʻp bor e'tirof etilgan, ammo oʻzbek filologiyasida adib ijodi deyarli oʻrganilmagan. Biz ―Evropa fondlarida saqlanayotgan, Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan turkiy qoʻlyozmalarning ma'lumotlar bazasini va ―Yevroturcologica.uz‖ elektron platformasini yaratish‖ loyihasi asosida Finlyandiya, Avstriya, Niderlandiya, Italiya kabi Yevropa davlatlarida saqlanayotgan turkiy qoʻlyozmalarni oʻrganishni ham rejalashtirganmiz. Loyihaning ilmiy ahamiyati shundaki, xorijiy fondlardagi turkiy qoʻlyozmalarning ilmiy istifodaga olib kiritilishi bilan qadimiy va boy tarixga ega oʻzbek tili va adabiyotining teran ildizlarini, mumtoz tafakkur olamida ajdodlarimiz koʻtarilgan choʻqqilarni XXI asr zaminida real his qilish imkoni paydo boʻladi. Loyiha doirasida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi ―Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi, 2017 yil 14 avgustdagi ―Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖ qarorlarida hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan barcha me'yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish imkoni mavjud. Yevropada saqlanayotgan qoʻlyozma asarlarni oʻrganish barobarida va eng yangi texnologik metodlar asosida Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan turkiy qoʻlyozmalarning ma'lumotlar bazasi va ―Yevroturcologica.uz‖ elektron platformasi yaratiladi. ADABIYOTLAR 1. Xalliyeva G.I., Adambayeva N.K., Sharq Renessansining buyuk vakili Husayn Xorazmiy. Sharq-u G`arb Renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari. 2022;1(1).
202 2. Yusupalieva S. Developing Students Communicative Competence using Authentic Materials with Information Technologies //International Journal of Industrial Engineering, Technology & Operations Management. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 59-62. 3. Egamberdieva, F., & Egamberdieva, S. (2024). Cognitive and neurolinguistic aspects of advertising discourse perception. International Journal of Industrial Engineering, Technology & Operations Management, 2(2), 52-58. 4. Browne E. G. A Literary History of Persia. Vol. I–IV. – Cambridge: Cambridge University Press, 1902–1924.