RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JALB QILGAN HOLDA STATISTIK KUZATUVLARNI TAKOMILLASHTIRIB BORISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Ushbu maqolada statistika faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻllari oʻrganilgan. Statistika faoliyatini zamonaviy AKT asosida tartibga solish va ulardan unumli foydalanish, ushbu faoliyatning axborot tizimini shakllantirish hamda statistik maʼlumotlarni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishdagi mavjud muammolar tahlil qilingan.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JALB QILGAN HOLDA STATISTIK KUZATUVLARNI TAKOMILLASHTIRIB BORISH ISTIQBOLLARI Muallif: Abdusalomova Istoraxon Ilhom qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi PhD katta oʻqituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17340508 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada statistika faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻllari oʻrganilgan. Statistika faoliyatini zamonaviy AKT asosida tartibga solish va ulardan unumli foydalanish, ushbu faoliyatning axborot tizimini shakllantirish hamda statistik maʼlumotlarni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishdagi mavjud muammolar tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: raqamli texnologiyalar, Statistika agentligi, rivojlanish, istiqbollar, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya. KIRISH Tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, milliy statistikamizni yanada rivojlantirish va uning barcha jabhalarini yanada takomillashtirishda aso-siy omil boʻlib raqamlashtirish hisoblanadi. Isteʼmolchilarning statistik axborotlarga boʻlgan talabining kundan-kunga ortib borishi va tezkor axbo-rotlarga ham talabning yuksalishi bir vaqtning oʻzida statistika tizimi ol-diga yangi talablarni qoʻyib, bu oʻz oʻrnida respondentlarning statistik yuk-lamasini kamaytirish ham dolzarb boʻlib qolmoqda. Yaqin yillargacha mamla-katimiz statistikasi asosan davlat organlarining ehtiyojini qondirishga oʻz faoliyatini yoʻnaltirilgan edi. Hozirgi kunga kelib tijorat, ilmiy va taʼ-lim tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va jismoniy shaxslar sifat-li hamda detallashgan tezkor statistik axborotlarga boʻlgan talabi keskin ortib ketdi. Shuning uchun ham respublikamiz milliy statistika tizimi yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda natijaviy statistik axborot-larni qayta ishlash va tarqatish boʻyicha oʻz yondashuvlarini tubdan oʻzgarti-rishlari kerak boʻladi. Buni respondentlardan statistik hisobotlarni yi-gʻishning davriyligini oʻzgartirish va ularga ortiqcha yuklamalarni qoʻyish hisobiga amalga oshirish kerak emas. ASOSIY QISM Hozirgi kunda respondentlar statistik hisobotlarini elektron va qogʻoz shaklda ham topshirish huquqlari bor. Birlamchi statistik maʼlumot-larda xatoliklarni paydo boʻlishiga, ularni qogʻoz koʻrinishda shakllantirish bosqichida arifmetik-mantiqiy nazoratning yoʻqligidir. Ular odatda, bux-galteriya hujjatlari asosida statistik hisobotlarni kompyuter orqali toʻl-dirish jarayonida mavjud xatoliklarni aniqlashadi. Shuning uchun ham res-pondentlar tomonidan statistik hisobotlarni elektron shaklda topshirish byudjet harajatlarini qisqartiradi va birlamchi statistik maʼlumotlar “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari sifatini yuksaltiradi. Statistik hisobotlar aniqliligini yuksaltirish uchun har bir hisobot shakli boʻyicha respondentlarga yoʻriqnomalar ishlab chi-qilgan va e-stat 4.0 axborot tizimining har bir darajasida joylashtirilgan boʻlishi kerak. Shuni taʼkidlash joizki, respondentlar tomonidan e-stat 4.0 axborot tizimi orqali statistik hisobotlarni qoʻlda toʻldirish oʻrniga, birlamchi buxgalteriya hujjatlari asosida hisobotlarni avtomatlashtirilgan rejimda shakllantirish, nafaqat birlamchi statistik maʼlumotlar ishonchliligini oshiradi, balki statistik hisobotlar taqdim qilishda respondentlar hara-jatlarini qisqartiradi. Statistik maʼlumotlarni taqdim qilish jarayonlarini raqamlashtirish statistik hisobotlar toʻliqligi va ishonchliligini tubdan yuksaltiradi, statistik hisobotlarni yigʻib olish va birlamchi statistik maʼlumotlarni qayta ishlash muddatlarini qisqartiradi, jumladan: - buxgalteriyaning birlamchi hisobini avtomatlashtirish va uning asosida statistik hisobotlarni avtomatik ravishda shakllanishi hisobiga oylik, choraklik va yillik davlat statistika hisobotlarini topshirish muddatla-rini 4-5 barobargacha qisqartirish mumkin boʻladi; - kelib tushgan birlamchi statistik maʼlumotlarni qayta ishlash va ras-miy statistik axborotlarni shakllantirish jarayonlarini 2-3 barobargacha qisqartirishga zamin yaratib beradi; - e-stat 4.0 axborot tizimining boshqa vazirlik va idoralarning turdosh axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasi hisobiga statistik hisobotlar-dagi ayrim koʻrsatkichlarni avtomatik shakllantirish imkoni yaratiladi. Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, statistik hisobotlarni yigʻish respon-dentlar tomonidan birlamchi statistik maʼlumotlarni tayyorlash va tanlanma statistik kuzatuvlar shaklini toʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qilishlariga toʻgʻri keladi. Bizning ekspert baholashlarimiz boʻyicha faqat yillik hisobot davrida barcha statistik hisobotlar shaklini qogʻoz koʻrinish-da topshirishlari uchun respondentlar 2,5-3,1 mlrd. soʻm atrofida harajat qi-lishib kelishgan. Raqamli texnologiyalarning ushbu jarayonlarga keng joriy qilinishi ushbu harajatlarni tubdan qisqartirishga olib kelmoqda. Raqamli texnologiyalar asosida statistik hisobotlarni shakllantirish, onlayn joʻna-tish va qabul qilib olish hamda qayta ishlash jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish hisobiga olinadigan iqtisodiy samaradorlikni quyidagi omil-lar taʼminlab beradi: - raqamli texnologiyalar tezligining yuqoriligi hisobiga ananaviy operatsiyalarni bajarish tezligining yuqori boʻlishi; - yagona statistik maʼlumotlar bazasining barpo etilishi va undan koʻp marta foydalanish hisobiga statistik ishlarni bajarish sifatining yuksa-lishi; statistik hisobotlarni topshirish va qabul qilib olish davrining qis-qarishi hisobiga statistika tizimining turli boʻgʻinlariga axborot xizmat koʻrsatishni yaxshilash. XULOSA Bizning fikrimizcha, statistik hisobotlarni topshirish bilan bogʻliq boʻlgan respondentlarning yuklamasini kamaytirishning istiqbolli yoʻna-lishlaridan biri boʻlib rasmiy statistik axborotlarni shakllantirish uchun asos boʻlmish maʼlumotlarni alternativ manbalardan olish va ulardan mak-simal foydalanish hisoblanadi. Bundan tashqari, statistik hisobotlarni vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish orqali maqbullashtirish vazifasi ham qoʻyilgan.
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Tahlillarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, statistik kuzatuvlarni samarali tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishda bir qator muammolarga duch kelinmoqda. Lekin, shunga qaramasdan statistika hisobot-larini taqdim etishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishning qu-yidagi afzalliklarini koʻrsatmoqda, yaʼni hisobotlarni topshirishda vaqtni tejash, shakllar talablariga muvofiq toʻldirishning toʻgʻriligi boʻyicha bir-lamchi nazorat tufayli xatolar sonini kamaytirish, statistik hisobot shakl-larini tez va oʻz vaqtida yangilab turish, uzatiladigan maʼlumotlarning max-fiyligini taʼminlash va statistika organlariga shaxsan tashrif buyurish zarur emasligi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida statistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–6071-son Farmoni. – Toshkent, 2020. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. “Statistika tizimini raqamlashtirish dasturi” rasmiy sayti. – https://stat.uz 3. Karimov, A. “Raqamli iqtisodiyot va uning statistik kuzatuvlardagi ahamiyati”. – Toshkent moliya instituti ilmiy jurnallari, 2021 y. 4. Xonkeldieva, D. “Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish”. – “Iqtisod va innovatsiya” jurnali, №4, 2022. 5. Begimqulov, U.Sh. “Raqamli transformatsiya jarayonida milliy statistika tizimi”. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nashriyoti, 2022 y. 6. United Nations Statistics Division (UNSD). “Handbook on the Use of Digital Technology in Official Statistics”. – New York, 2021. 7. OECD. “Digital Transformation in Statistics: Challenges and Opportunities”. – Paris, 2020. 8. Mikhaylov, A. “Digitalization of Official Statistics: Global Trends and Perspectives”. – Journal of Digital Economy, 2021.