KINONING TA'LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada kino-pedagogikaning nazariy asoslari, ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari hamda uning samaradorligi tahlil qilinadi. Kino vositalaridan foydalanishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi afzalliklari yoritiladi.
Full text
251 KINONING TA‟LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Egamberdiyeva Farida, Oriental universiteti professori Komilova Ominabonu, Oriental universiteti talabasi Annotatsiya Ushbu maqolada kino-pedagogikaning nazariy asoslari, ta‘lim jarayonida qo‗llanilish imkoniyatlari hamda uning samaradorligi tahlil qilinadi. Kino vositalaridan foydalanishning ta‘lim samaradorligini oshirishdagi afzalliklari yoritiladi. Kalit so'zlar: Kino pedagogika, ta'lim, tarbiya, tanqidiy fikirlash, ijodkorlik, estetik did, innavotsion ta'lim, ma'naviyat, o'quv jarayoni samaradorligi. Kinopedagogika - bu kinofilmlar, multimedia mahsulotlari, video-materiallar va ekran san‘ati orqali shaxsning ma‟naviy-axloqiy, intellektual va estetik tarbiyasini amalga oshiruvchi pedagogik yo‗nalish. XXI asr ta‘lim jarayonida yangi pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ulardan biri - kinopedagogika, ya‘ni kino san‘ati vositalaridan foydalanib ta‘lim-tarbiya berish metodologiyasi. Kino o‗zining emotsional, vizual va badiiy xususiyatlari bilan an‘anaviy ta‘lim vositalaridan tubdan farq qiladi. Shu bois, kinopedagogika pedagogika va san‘atshunoslik kesishgan nuqtasida shakllanayotgan yangi ilmiy yo‗nalish sifatida dolzarbdir. Zamonaviy jamiyatda ta‘lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki o‗quvchilarning estetik, madaniy va ijtimoiy rivojlanishini ham ta‘minlashi zarur. Shu nuqtai nazardan, kino pedagogika ya‘ni kino san‘atidan pedagogik vosita sifatida foydalanishini ta‘minlaydi. Bugungi kunda ta‘limning muhim yo‗nalishlaridan biriga aylanmoqda. Kino orqali bilimni jonli, ko‗rgazmali va emotsional tarzda yetkazish, o‗quvchilarda chuqurroq tushuncha va mustahkam xotirani shakllantiradi. Shu bois, ular tahlil qilinadi va ularning ta‘sirini, ya‘ni tomoshabin qanday qabul qilishi bo‗yicha tadqiqotlar olib boriladi. Kino pedagogikaning asosiy maqsadi: Ma‟naviy tarbiya –kino orqali insonparvarlik, ezgulik, insoniy qadriyatlarni singdirish. Estetik tarbiya – ekran san‘ati vositalari orqali go‗zallikni his qilish, badiiy didni shakllantirish Ijodiy fikrlash – kinoni tahlil qilish, syujet va obrazlar orqali yangi g‗oyalar uyg‗otish. Axborot madaniyati –yoshlarda media savodxonlik va ekran mahsulotlarini tanlash, baholash madaniyatini rivojlantirish. Kino san‘ati ta‘lim jarayonida samarali vosita hisoblanadi. U quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
252 1.Bilimlarni vizual shaklda yetkazish - kino orqali ta‘limiy ma‘lumotlar obrazli va ravshan tarzda beriladi. Kino filmlar o‗quvchi va talabalarga muayyan davr voqealarini ko‗z oldiga keltirib, ularni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Masalan “Shum bola” filmi G‗afur G‗ulomning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan bo‗lib, 1977 yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan ekranlashtirilgan. Ushbu asar o‗zbek bolalar kinosining eng yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Filmning badiiy qadri shundaki, u nafaqat bolalar uchun mo‗ljallangan, balki kattalar uchun ham chuqur tarbiyaviy va psixologik mazmunni o‗z ichiga oladi. Asosiy g‗oyasi va tarbiyaviy ahamiyati shundaki, filmda bosh qahramon — o‗ta sho‗x, qaysar va o‗ziga xos xarakterga ega bolaning turmush tarzi, oila va jamiyatdagi o‗rni tasvirlanadi. Shu orqali rejissyor bola ruhiyati va xarakter shakllanishida: oila muhiti, bolaning xarakter shakllanishi va jamiyat bilan munosabatlari kabi omillarning naqadar muhim ekanini ko‗rsatadi. ―Shum bola‖dagi qahramonning sho‗xligi oddiy xulqiy buzilish emas, balki bolaning dunyoni o‗zicha anglashga bo‗lgan ichki ehtiyoji sifatida tasvirlanadi. U ko‗pincha kattalarning qoidalari bilan to‗qnash keladi, biroq aynan shu holat bolalarning erkin fikrlashi va shaxsiy mustaqillikka intilishini yoritadi. Shuningdek, ―Shum bola‖ filmi nafaqat bir avlodning bolalik xotiralari ramzi, balki oila, tarbiya va jamiyat o‗rtasidagi uzviy bog‗liqlikni yorituvchi, bolalar psixologiyasini chuqur ochib beruvchi kino asardir. ―Mahallada duv-duv gap” kinofilmi (1983 yil) - o‗zbek kinosining eng mashhur komedik filmlaridan biri hisoblanadi. Film rejissyori Melis Abzalov tomonidan Said Ahmadning shu nomli qissasi asosida O‗zbekfilm kinostudiyasida suratga olingan. Filmda mahalla hayoti, oddiy xalqning orzu-umidlari va turmush tarzi kulgili, ammo teran mazmunli voqealar orqali tasvirlanadi. Asosiy syujet – oddiy odamlarning shaxsiy hayoti va jamiyatdagi o‗zaro munosabatlarini yumoristik ohangda ko‗rsatish, insoniy fazilatlarni madh etishdir. Mahallaning o‗ziga xos urf-odatlari, mehr-oqibat, qo‗shnichilik munosabatlari filmning asosiy g‗oyaviy qatlamini tashkil etadi. Filmda milliy qadriyatlar, mahalla hayoti va jamoaviy hamjihatlikni jonli ko‗rsatilgan bo‗lib, film yoshlar uchun juda kattanta‘limiy ahamiyat kasb etadi. 2.Muammoli vaziyatlarni ko„rsatish - pedagogik jarayonda kino yordamida turli ijtimoiy, axloqiy yoki ilmiy muammolar ko‗rsatilib, ularning yechimini muhokama qilish mumkin. Masalan, Iymon filmi (1993 yil) - insonni axloq va iymon doirasida teran mulohaza qilishga undaydi, yoshlarga hayotdagi to‗g‗ri va noto‗g‗ri yo‗llarni farqlash imkonini beradi. Bu film rejissyor Zulfiqor Musoqovning ma‘naviy-tarbiyaviy ruhdagi eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi. Filmda insonning iymon-e‘tiqodi, halollik va adolat yo‗lidan chetga chiqmaslik, har qanday sinovda ham pokiza niyatni saqlash g‗oyasi ilgari suriladi. Asarda bosh qahramonning hayotiy sinovlari, iymonini himoya qilishi va jamiyatdagi murakkab vaziyatlarga qaramay, o‗z insoniy qadrini yo‗qotmasligi dramatik voqealar orqali yoritiladi. Filmning ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ma‘naviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tomoshabinni vijdon, halollik va iymon yo‗lida sobit turishga undaydi. Jamiyatda axloqiy tarbiya masalasini ko‗taradi, yoshlar ongiga halollik va sabrning muhimligini singdiradi. Inson qanchalik qiyinchilikka duch kelmasin, iymon uni yo‗ldan adashishdan asraydi. ―Iymon‖ filmi o‗zbek kinosida ma‟naviy-tarbiyaviy yo„nalishdagi eng muhim asarlardan biri
253 bo‗lib, nafaqat o‗z davrida, balki bugun ham yoshlar uchun halollik, e‘tiqod va insoniylik darsini beruvchi kino hisoblanadi. 3.Ilmiy bilimlarni berish - hujjatli filmlar, ilmiy-ommabop kinotasmalar fan va texnologiya sohasidagi yutuqlarni sodda va qiziqarli uslubda yetkazib beradi. ―Ilm izlab‖ — bu Oʻzbekiston milliy televideniyesi hamda ―Oʻzbekfilm‖ kinostudiyasi hamkorligida yaratilgan ilmiy-ma‘rifiy hujjatli filmlar turkumi bo‗lib, u ilm-fan yutuqlari, buyuk allomalar, zamonaviy tadqiqotlar va yosh olimlarning faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirishga qaratilgan. Hujjatli filmning maqsadi va unig bosh g‗oyasi tomoshabinlarda ilm-fanga qiziqish uyg‗otish, uni qadrlashni targ‗ib qilish, o‗zbek va jahon ilm-fanidagi buyuk siymolar hayoti va merosi haqida ma‘lumot berish, zamonaviy tadqiqot yo‗nalishlari bo ‗yicha, masalan, biologiya, tibbiyot, texnika, tilshunoslik, tarixshunoslik kabi sohalardagi yangiliklarni ommalashtirishdan iboratdir. Film ma‘naviy-ma‘rifiy jihatdan, yoshlarni ilm yo‗lida intilishga, bilim olishga undaydi, ilmiy targ‗ibot sifatida esa fan va texnologiyaning hayotdagi ahamiyatini ko‗rsatadi, yoshlar ongida ―ilm izlash‖ orzusi va mas‘uliyatini uyg‗otadi, milliy allomalarimiz – Beruniy, Ibn Sino, Ulug‗bek, Zamaxshariy singari buyuk siymolar merosini targ‗ib qiladi. ―Ilm izlab‖ turkumidagi hujjatli filmlar o‗zbek yoshlarini ilmga muhabbat, intilish va izlanishga chorlaydi. Bu filmlar nafaqat hujjatli manba, balki ilm-fanning tarbiyaviy kuchini ko„rsatadigan ma‟naviy maktab sifatida ham qadrli. Kino pedagogika orqali o'quvchilarning fikrlash doirasi kengayadi va boshqa davlatlarning madaniyati, urf-odati, an'analarini, tarixini va hozirgi rivojlanayotgan bosqichlarini ko'rib to'g'ri tahlil qilishni o'rganadi. Turk pedagoglari Derelioğlu o‗zining boshlang‗ich maktab o‗quvchilari uchun olib borgan tadqiqotida, filmlardan tarix fanini o‗qitishda foydalanishning afzalliklari va kamchiliklarini sanab o‗tadi. Talabalar tanqidiy tahlil qilish ko‗nikmalariga ega bo‗lishlari va uni kelajakda samarali qo‗llay olishlari zarurligini ta‘kidlashadi. Shu bilan birga, filmlardan qo‗shimcha vosita sifatida oqilona foydalanish hamda noto‗g‗ri foydalanishning salbiy ta‘siridan himoyalash kerakligini ko‗rsatadilar. Shuning uchun, avvalo, o‗qituvchilar filmdan ta‘lim vositasi sifatida samarali foydalanish bo‗yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‗lishlari zarur. Agar imkon bo‗lsa, bir xil tarixiy mavzuni turli nuqtai nazardan yorituvchi filmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar mavzu bo‗yicha faqat bitta film mavjud bo‗lsa, o‗qituvchilar o‗quvchilarga qo‗shimcha manbalar taqdim etishlari va film namoyish etilgandan keyin, talabalardan turli qarashlarni tanqidiy tarzda solishtirish va taqqoslash talab qilinishi lozim. O‗smirlar ko‗proq mashhur tarixiy filmlardan o‗rganadilar, biroq, ular keng qamrovli va amaliy o‗quv dasturlarida ishtirok etishlari zarur (Derelioğlu. 2010, 2018–2019 betlar). Kino - ta‘lim va tarbiyani uyg‗unlashtiruvchi samarali vosita hisoblanadi. U fan, madaniyat va hayot voqeligini integratsiya qilib, o‗quvchi va tomoshabinning bilimini oshirish, ma‘naviy dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bois, kino ta‘lim tizimida ham, umumiy ma‘naviy tarbiyada ham muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, kino-pedagogika o‗quvchilarda nafaqat bilimni mustahkamlash, balki hayotiy qadriyatlarga yo‗naltirish, estetik didni rivojlantirish va jamiyatga
254 moslashishda samarali vosita ekanini tasdiqlaydi. Kelajakda raqamli texnologiyalar va global media imkoniyatlaridan foydalanish orqali kino-pedagogikaning imkoniyatlari yanada kengayib, u ta‘limning innovatsion va zamonaviy yondashuvlaridan biri sifatida yanada rivojlanib boradi. ADABIYOTLAR 1. Abidi, S. H., Madhani, S., Pasha, A., & Ali, S. (2017). Use of Cinematic Films as a Teaching/Learning Tool for Adult Education. Canadian Journal for the Study of Adult Education, 29(1), 37–48. 2. Çalıșkan, E. (2020). Avrupa Konseyi‘nin ―Shared Histories for Europe Without Dividing Lines‖ Adlı Proje Kitabında Osmanlı ve Türk İmajı. Education Journal, 9(1), 284–299. 3. SchulKinoWochen NRW 2023 | Bildungsportal NRW. (2023).