scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSHTARAK MEROS VA ADABIY UYG'UNLIK: O'ZBEK VA UYG'UR ADABIY ALOQALARI MISOLIDA (XX ASR BOSHLARI)

Karimova Shaxloxon

Abstract

Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Shinjongdagi adabiy muhit va bunda yashab ijod qilgan uyg‘ur-o‘zbek shoirlarining adabiy faoliyati, merosi va o‘zbek adabiyotiga yaqinligi, mushtarak jihatlari tekshirildi. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda yuz bergan adabiy jarayonlar, ayniqsa, o‘zbek va uyg‘ur xalqlari o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi tahlil etiladi. Tarixiy va ijtimoiy omillar fonida yuzaga kelgan adabiy uyg‘onish, shoir va yozuvchilarning ijodiy hamkorligi, milliy uyg‘onish va xalqparvarlik g‘oyalarining adabiyotdagi ifodasi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Uyg‘ur va o‘zbek adabiy merosining mushtarak jihatlari, til va ruhiy-ma’naviy yaqinlik asosida rivojlangan ijodiy integratsiya jarayonlari tadqiq etilib, adabiy aloqalarning badiiy-estetik va ijtimoiy falsafiy ildizlari yoritiladi. Maqola, ikki xalq adabiy tafakkurini qiyosiy o‘rganish orqali ularning umumiy madaniy merosini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Full text

276 MUSHTARAK MEROS VA ADABIY UYG‘UNLIK: O‘ZBEK VA UYG‘UR ADABIY ALOQALARI MISOLIDA (XX ASR BOSHLARI) Karimova Shaxloxon, Oriental Universiteti dotsenti, PhD. Tel: 90-185-69-13, [email protected] Аннотация Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Shinjongdagi adabiy muhit va bunda yashab ijod qilgan uyg‗ur-o‗zbek shoirlarining adabiy faoliyati, merosi va o‗zbek adabiyotiga yaqinligi, mushtarak jihatlari tekshirildi. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda yuz bergan adabiy jarayonlar, ayniqsa, o‗zbek va uyg‗ur xalqlari o‗rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi tahlil etiladi. Tarixiy va ijtimoiy omillar fonida yuzaga kelgan adabiy uyg‗onish, shoir va yozuvchilarning ijodiy hamkorligi, milliy uyg‗onish va xalqparvarlik g‗oyalarining adabiyotdagi ifodasi ilmiy asosda ko‗rib chiqiladi. Uyg‗ur va o‗zbek adabiy merosining mushtarak jihatlari, til va ruhiyma‘naviy yaqinlik asosida rivojlangan ijodiy integratsiya jarayonlari tadqiq etilib, adabiy aloqalarning badiiy-estetik va ijtimoiy falsafiy ildizlari yoritiladi. Maqola, ikki xalq adabiy tafakkurini qiyosiy o‗rganish orqali ularning umumiy madaniy merosini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Tayanch so‘zlar: Sharqiy Turkiston, o‗zbek-uyg‗ur adabiy aloqalari, XX asr adabiyoti, milliy uyg‗onish, adabiy integratsiya, xalqparvarlik, tanqidiy realizm, mushtarak madaniyat, ijodiy hamkorlik. Аннотация В данной статье рассмотрена литературная среда Синьцзяна во второй половине XIX - начале XX века, а также литературная деятельность, наследие и общие черты живших и творивших в нем уйгуро-узбекских поэтов, а также их близость к узбекской литературе. В данной статье рассматриваются литературные процессы, происходившие в Восточном Туркестане в начале XX века, с особым акцентом на развитие литературно-культурных связей между узбекским и уйгурским народами. Анализируются влияние исторических и социальных трансформаций на формирование литературной среды, а также отражение идей национального пробуждения и гуманизма в творчестве поэтов и писателей того времени. Особое внимание уделяется общности духовных, культурных и языковых ценностей, которые способствовали взаимному обогащению и творческой интеграции. Через сравнительное исследование выявляются эстетические, идеологические и культурные аспекты литературного взаимодействия, что позволяет по-новому осмыслить общую культурную память и интеллектуальное наследие двух народов. Ключевые слова. Восточный Туркестан, узбекско-уйгурские литературные связи, литература XX века, национальное пробуждение, литературная интеграция, гуманизм, критический реализм, общая культура, творческое сотрудничество. 277 Annotation This article examined the literary environment of Xinjiang in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century, and the literary activity, heritage, and common aspects of the Uyghur-Uzbek poets who lived and created in it, as well as their proximity to Uzbek literature. This article examines the literary processes that took place in Eastern Turkestan at the beginning of the 20th century, with a particular focus on the development of literary and cultural relations between the Uzbek and Uyghur peoples. It analyzes how historical and social transformations influenced the literary environment and fostered a spirit of national awakening and humanism in the works of poets and writers. The article explores the shared elements of Uzbek and Uyghur literary heritage, such as linguistic proximity, spiritual and cultural affinity, and common philosophical views, which contributed to mutual enrichment and creative integration. Through a comparative study, the research highlights the aesthetic, ideological, and cultural dimensions of this literary collaboration, offering new insights into the collective cultural memory and intellectual history of the two peoples. Keywords. Eastern Turkestan, Uzbek-Uyghur literary relations, 20th century literature, national awakening, literary integration, humanism, critical realism, shared culture, creative cooperation. Sharqiy Turkiston o‗zining boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy adabiy an‘analari hamda xalqona ruh bilan sug‗orilgan badiiy ijodi bilan Markaziy Osiyo adabiy manzarasida alohida o‗rin egallaydi. Ayniqsa, XX asr boshlarida ushbu hududda yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy o‗zgarishlar adabiy hayotning jadallashishiga va yangi bosqichga ko‗tarilishiga sabab bo‗ldi. Bu davrda uyg‗ur va o‗zbek xalqlari o‗rtasidagi tarixan shakllangan madaniy-adabiy aloqalar yanada mustahkamlanib, ikki xalq og‗zaki va yozma ijodi o‗zaro boyib bordi. Mushtarak tarix, ruhiy-ma‘naviy yaqinlik, diniy va axloqiy qarashlarning o‗xshashligi, til uyg‗unligi ushbu aloqalarning tabiiy va barqaror rivojlanishiga asos bo‗ldi. XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda shakllangan adabiy muhit — bu faqat she‘riy yoki nasriy ijod mahsuli emas, balki xalqning ichki ruhiy holatini, erkinlikka intilishi va adolatga chanqoqligini ifodalagan ijtimoiy-badiiy hodisa sifatida namoyon bo‗ladi. Mazkur davr adabiy jarayonlarida uyg‗ur va o‗zbek ijodkorlari faol ishtirok etgan bo‗lib, ular nafaqat o‗z xalqining, balki bir-birining estetik tafakkuriga ham sezilarli ta‘sir ko‗rsatganlar. Xususan, Dilafkor, Zarif Qori Toshkandiy, Bilol Aziziy, Nasrulloh Qori Farhatiy kabi ijodkorlar asarlarida zamon ruhi, xalq taqdiri, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurash g‗oyalari kuchli ifodasini topgan. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda kechgan adabiy jarayonlar, o‗zbek va uyg‗ur adabiy aloqalarining shakllanishi va rivoji, ikki xalq orasidagi ma‘naviy mushtaraklik, shoir va yozuvchilar o‗rtasidagi ijodiy hamkorlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Sharqiy Turkiston adabiy muhitining o‗ziga xos xususiyatlari, undagi tanqidiy-realistik yo‗nalishlar, xalqparvarlik va milliy uyg‗onish g‗oyalari asosida yaratilgan asarlarning mohiyati va ularning zamonaviy adabiyotshunoslikdagi o‗rni ham ko‗rib chiqiladi. 278 Shuningdek, maqolada ikki xalq adabiy merosini qiyosiy tahlil qilish orqali ularning o‗zaro ruhiy-ma‘naviy yaqinligi ochib beriladi. Tarixiy voqealar fonida shakllangan adabiy tafakkur darajasi, badiiy-estetik qarashlar tahlili, adabiy aloqalarning ijtimoiy, madaniy va falsafiy ildizlari zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‗rganiladi. Bu tadqiqot faqat adabiy faktlarni emas, balki ularning zamiridagi ijtimoiy-ma‘naviy kontekstni ham yoritishga qaratilgan bo‗lib, o‗zbekuyg‗ur adabiy aloqalarini yangi nuqtai nazardan baholash imkonini beradi. XX asr boshlarida Sharqiy Turkiston hududi nafaqat siyosiy va ijtimoiy, balki madaniy-adabiy hayotda ham muhim o‗zgarishlar yuz bergan maskanlardan biri bo‗ldi. Bu davrda xalqning ruhiy uyg‗onishi, milliy o‗zligini anglash, zamonaviy ta‘lim va madaniyatga intilish kabi omillar adabiyotda o‗zining yorqin ifodasini topdi. Ayniqsa, uyg‗ur va o‗zbek xalqlari o‗rtasidagi tarixiy, madaniy va adabiy yaqinlik bu jarayonni yanada kuchaytirdi. Bu davrda yozilgan ko‗plab asarlar xalqni uyg‗otishga, unda milliy g‗urur, erkinlikka intilish va o‗zligini anglash tuyg‗ularini shakllantirishga xizmat qildi. Adabiyot vositasida savodsizlikka qarshi kurashildi, ayollar ta‘limi, diniy-ma‘rifiy islohotlar, milliy qadriyatlarni tiklash kabi mavzular ilgari surildi. Asarlar orasida erkin fikr, ijtimoiy adolat, milliy birdamlik, ma‘rifat va taraqqiyot g‗oyalari asosiy o‗rinni egalladi. Bu jarayonda o‗zbek adabiyotidagi jadidchilik harakati muhim rol o‗ynadi. Toshkent, Andijon va Farg‗ona shaharlari uyg‗ur ziyolilari uchun ilhom manbaiga, bilim va tajriba maktabiga aylandi. Ular bu shaharlarda yangi uslubdagi maktablarda tahsil olib, zamonaviy fikr va ma‘rifat ruhida tarbiya topdilar. Keyinchalik o‗z yurti — Sharqiy Turkistonga qaytgan ziyolilar adabiy va ijtimoiy hayotga faol aralasha boshladilar. Yangi darsliklar, uyg‗ur tilidagi kitoblar, gazeta va jurnallar nashr etildi. Bu vositalar orqali ilm, ma‘rifat, erkin fikr, ayollar ta‘limi, ijtimoiy tenglik kabi g‗oyalar targ‗ib qilindi. Uyg‗ur va o‗zbek xalqlari o‗rtasidagi adabiy aloqalar chuqur ildizlarga ega. 140 Ularning tili, dini, madaniyati va urf-odatlari ko‗p jihatdan o‗xshash bo‗lib, bu yaqinlik XX asr boshlarida ayniqsa kuchaydi. Uyg‗ur yozuvchilari o‗z asarlarini o‗zbek tiliga tarjima qilishdi yoki bevosita o‗zbek matbuotida chop ettirdilar. Shu bilan birga, o‗zbek yozuvchilari ham uyg‗ur adabiyoti bilan yaqindan tanishib, umumturkiy birlik g‗oyalarini ilgari surishdi. Adabiy kechalar, madaniy anjumanlar, yozuvchilar qurultoylarida ikki xalq adiblari bir sahnada ishtirok etib, mushtarak dardlar va orzularni ifodaladilar. O`zbek umtoz adabiyotidan ilhomlandi, Navoiy, Mashrab, Huvaydolarni o`zlariga ma`naviy ustoz tutdi. 141 Ular mustamlakachilikka qarshi kurash, ma‘rifat, xalqparvarlik kabi umumiy mavzular atrofida fikr almashdilar. Bu adabiy muloqot ikki xalq adabiyotining o‗zaro boyishiga xizmat qildi. 140 Маматохунов У. Уйғур адабиѐти классиклари. – Тошкент, 1960 (Mamatoxunov U. Classics of Uyghur literature. - Tashkent., 1960). 141 Розиева Д. Низорий ижодида Навоий традицияси. Тўплам: Уйғур адабиѐтидики традиця ва наваторлиқ масилилири. – Алмута, 1976 6. Солиҳова Х. Уйғур достончилиги ва насри тараққиѐтида Алишер Навоий ―Ҳамса‖сининг ўрни //фил.ф.док.... диссертацияси. – Тошкент: ЎзМУ 1995 279 Bu davrda Qashqar, Urumchi, Yorkent kabi shaharlarda uyg‗ur tilidagi gazetalar va jurnallar faoliyat ko‗rsata boshladi. Ular orqali siyosiy, diniy, ijtimoiy va madaniy masalalar yoritilib, keng qatlamlarni fikrlashga chorlovchi maqolalar chop etildi. Ijtimoiy muammolarni ochib beruvchi qisqa hikoyalar, tanqidiy maqolalar, maqola va nasriy asarlar matbuot orqali keng ommaga tarqatildi. Ayniqsa, ayollar mavzusi – ularning savodxonligi, jamiyatdagi o‗rni, ta‘limga bo‗lgan huquqi — adabiy jarayonda alohida o‗rin egalladi. Bu davr uyg‗ur adabiyotida milliy ongning yangi bosqichda shakllanishiga sabab bo‗ldi. Ilg‗or ziyolilar asarlari orqali xalqni uyg‗otishga, ijtimoiy hayotni tahlil qilishga, jaholat va zulmga qarshi kurashishga intildilar. Badiiy asarlar real hayotni aks ettirishga, xalq og‗zaki ijodi bilan zamonaviy adabiyotni uyg‗unlashtirishga harakat qildi. Shuningdek, bu jarayon uyg‗ur adabiy tilining rivojlanishiga, Chig‗atoy tilidan yangi, jonli tilga yaqin adabiy tilga o‗tishga turtki berdi. Sharqiy Turkiston adabiy muhitini tahlil qilish orqali biz nafaqat XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlarning badiiy in‘ikosini, balki milliy uyg‗onish ruhining qanday shakllangani va xalq tafakkurida qanday aks etganini chuqur anglaymiz. Bu davr adabiyoti orqali xalq o‗zining erkinlikka intilishi, ijtimoiy adolatga bo‗lgan chanqoqligi va milliy o‗zligiga qaytish istagini ifoda etdi. Ayniqsa, o‗zbek va uyg‗ur adiblarining mushtarak ma‘naviy qadriyatlar asosida olib borgan ijodiy hamkorligi ikki xalq o‗rtasidagi badiiy-estetik uyg‗unlikni, ruhiy mushtaraklikni yanada mustahkamladi. Adabiy jarayonlarda namoyon bo‗lgan tanqidiy realizm, xalqparvarlik, milliy g‗urur va o‗zlikni anglash kabi motivlar xalq hayotining og‗riqli jihatlarini ochib berish, jamiyatni uyg‗otish va madaniy yuksalishga chorlash vazifasini bajardi. Bu esa adabiyotning faqat estetik emas, balki ijtimoiy-falsafiy va tarbiyaviy ahamiyatini ham namoyon etadi. 142 Zero, adabiyot — bu xalqning ruhiy tarixidir. Uni chuqur tahlil qilish esa o‗tmishni anglash, hozirgi davr ma‘naviy jarayonlarini to‗g‗ri talqin qilish va kelajak avlodda milliy o‗zlikni shakllantirish yo‗lida muhim qadamlardan biridir. Sharqiy Turkiston adabiy tajribasi o‗zbek va uyg‗ur adabiy aloqalarining mustahkam poydevoriga asoslangan bo‗lib, bugungi kunda ham adabiyotshunoslik uchun dolzarb ilmiy manba bo‗lib xizmat qiladi. ADABIYOTLAR 1. Маматохунов У. Уйғур адабиѐти классиклари. – Тошкент, 1960 (Mamatoxunov U. Classics of Uyghur literature. - Tashkent., 1960). 2. Маллаудов С. Тарихий достонлар. Тўплам: Уйғур адабиѐти ва фольклоридаги жанрлар. Алмута, 1980 (Mallaudov S. Historical epics. Collection: Genres in Uyghur Literature and Folklore. Almuta, 1980). 3.Мугинов А. Описание уйгурских рукописей инс-та народов Азии. – М., 1962 (Muginov A. Description of Uyghur manuscripts of the Institute of Asian Peoples - M., 1962). 142 Murodov G`., D.O`rayeva. Adabiyotshunoslik metodologiyasi. Buxoro, 2023.48-bet. 280 4.Мухлисов Ю. Уйғур классик қўлѐзмаларининг каталоги. – Урумчи, 1956 (Muxlisov Yu. Catalog of Uyghur classical manuscripts. – Urumchi, 1956). 5.Розиева Д. Низорий ижодида Навоий традицияси. Тўплам: Уйғур адабиѐтидики традиця ва наваторлиқ масилилири. – Алмута, 1976 6. Солиҳова Х. Уйғур достончилиги ва насри тараққиѐтида Алишер Навоий ―Ҳамса‖сининг ўрни //фил.ф.док.... диссертацияси. – Тошкент: ЎзМУ 1995 7. ﺪﻴﺘﺎﻴﺪﺎﺟﺌ ﻰﺮﻟﺮﺌﻟﺸ ﻚﻴﺒﺯﯢﺌ ﮛﻠﺨﻧﺸ ﻩﺯﻩﺗ ﻰﻴﻘﯟﻩ ﻯﺎﻨﺮﯗﮊ ﻯﻳﻤﺎﺌ ﻯﺗﻳﺗﺳﺮﻴﯟﻨﯝ ﯓﺎﺟﻨﻳﺸ .ﻰﺮﻴﺳ﴿ﭘﻩﺳﺎﻩﭘ ﻩ -ﭘ ﯽﺌﺎﻣﺗﺟﺌﻩ .)ﯽﻣﺴﻗ ﻦ4ﻦﺎﺳ0220ﯽﻟﻴ20 Ш.г оонрШ . воаираК ўзбек шоирлари ижодиѐтида Завқий таъсири. Шинжонг Давлат университети хабарномаси. 2012-yil, 4-son. 8.Қодирий Р. Уйғур адабиѐтида Навоий анъаналари / ―Адабий мерос‖. 1963. 1-китоб. 52-60 б 9. ﻚېبﺯۆئ ﯓﺎجﻨىشﺒﺪﮥﺸىﻠىﻗ ﺮشﻪﻧ .ﻯﺮىﻟ ﻰﺗﺎﻴىﺮشﻪﻧ قﻟﻪخ ﯓﺎجﻨىش .رﻪﺒكﻪئ ﺮىدﺎﻗ :ﻥﺎغﻧلارﺎﻴﻳﻪﺗ ﺎﻘ2191 Шинжонг ўзбек адиблари. Нашрга тайѐрловчи: Қодир Акбар. Шинжонг халқ нашриѐти.1989 й., 114 – 140 бетлар. 10. Ҳурматжон Фикрат, Қодир Акбар. Ўзбек адабиѐти тарихи. Урумчи: Шинжонг халқ нашриѐти, 2005. (уйғур тилида) (Hurmatjon Fikrat., Qodir Akbar. History of Uzbek literature.Urumchi: Xinjiang People‘s Publishing House, 2005. (in Uyghur). 11. Каримова Ш. Ўзбек мумтоз шеъриятида поэтик мазмун ва янгиланишлар (Завқий ва Муҳсиний ижоди мисолида). Филология фанлари номз. ...дисс. – Тошкент, 2018.