285 ERGASHGAN QO„SHMA GAPLARNI TURLI METODLAR ASOSIDA O„RGATILINISHI Voxidova Muqaddas, Oriental universiteti Uzluksiz ta‘lim pedagogikasi kafedrasi v.b.,dotsenti tel: +998948424020
[email protected] Badriddinova Hilola, Oriental Unversiteti talabasi Tel: +99894 6914347 Annotatsiya Ushbu maqolada ona tili o‗qitish metodikasi doirasida ergashgan qo‗shma gaplarni o‗quvchilarga samarali o‗rgatish masalalari yoritiladi. Maqolada mazkur gap turining grammatik tuzilishi, mantiqiy-sintaktik bog‗lanishi va uslubiy xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi hamda bu bilimlarni o‗quvchilarga yetkazishda qo‗llaniladigan metodik yondashuvlar — an‘anaviy, interfaol, muammoli ta‘lim, kommunikativ metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‗rganiladi. Maqolada ergashgan qo‗shma gaplarni o‗zlashtirishda o‗quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirish, mantiqiy fikrlashini shakllantirish va yozma-nutq malakasini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimi, didaktik vositalar va metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xususan, dars jarayonida klaster, insert, ―aqliy hujum‖ kabi usullardan foydalanish samaradorligi amaliy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ergashgan qo‗shma gaplarni ona tili darslarida zamonaviy metodik yondashuvlar asosida o‗rgatish bo‗yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit so„zlar: Ergashgan qo‗shma gap, metodika, ona tili, interfaol metodlar, muammoli ta‘lim, klaster, insert, til kompetensiyasi, yozma nutq, sintaksis. Аннотация В данной статье рассматриваются вопросы эффективного преподавания придаточных сложноподчинѐнных предложений в рамках методики преподавания родного языка. В исследовании подробно анализируются грамматическая структура, логико-синтаксическая связь и стилистические особенности данных предложений, а также методические подходы к их обучению — традиционные, интерактивные, проблемное обучение, коммуникативные методы и информационно-коммуникационные технологии. В статье предлагается система упражнений, методические рекомендации и дидактические средства, направленные на развитие языковой компетенции учащихся, формирование логического мышления и укрепление навыков письменной речи при изучении придаточных сложноподчинѐнных предложений. В частности, обоснована эффективность использования таких методов, как кластер, ИНСЕРТ, мозговой штурм в учебном процессе. Результаты исследования могут послужить основой для разработки практических рекомендаций по преподаванию придаточных
286 сложноподчинѐнных предложений на уроках родного языка с использованием современных методических подходов. Ключевые слова: Придаточные сложноподчинѐнные предложения, методика, родной язык, интерактивные методы, проблемное обучение, кластер, ИНСЕРТ, языковая компетенция, письменная речь, синтаксис. Abstract This article explores effective methods for teaching complex sentences with subordinate clauses within the framework of native language teaching methodology. The study provides a detailed analysis of the grammatical structure, logical-syntactic relationships, and stylistic features of such sentences, and examines methodological approaches to their instruction — including traditional methods, interactive techniques, problem-based learning, communicative approaches, and information and communication technologies (ICT). The article proposes a system of exercises, methodological recommendations, and didactic tools aimed at developing students' language competence, enhancing their logical thinking, and strengthening their written language skills in the process of learning subordinate complex sentences. In particular, the effectiveness of using methods such as clustering, INSERT, and brainstorming in the classroom is substantiated. The findings of the research serve as a foundation for developing practical recommendations for teaching subordinate complex sentences in native language classes based on modern methodological approaches. Keywords: Subordinate complex sentences, methodology, native language, interactive methods, problem-based learning, clustering, INSERT, language competence, written speech, syntax. Har birimiz davlat tiliga bo‗lgan e‘tiborni mustaqillikka bo‗lgan e‘tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, - dedi. Shavkat Mirziyoyev Ergashgan qoʻshma gaplar teng boʻlmagan qismlarning tobelanish orqali birikuvidan tuziladi. Bu qismlar orasida fikriy, grammatik va intonation butunlik mavjud boʻladi. Ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi har bir sodda gap mazmunan nisbiy mustaqildir. Bu predikativ qismlar, bosh gap, ergash gap deb yuritilishidan qat‘i nazar, bir-biriga mazmunan bogʻlanadi, bir-birini ifodalaydi, aniqlaydi, toʻldiradi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap esa, mustaqilday koʻrinsa ham, ergash gap tomonidan ifodalanadi. Shuning tufayli ularni alohida-alohida mustaqil gap deb boʻlmaydi. Ergashgan qoʻshma gaplardagi soda gaplarning bogʻlanishida nisbiy soʻzlarning roli ahamiyatlidir. Qismlari ergashtiruvchi bog‗lovchilar yoki shunday bog‗lovchilar vazifasidagi so‗zlar yordamida bog‗langan qo‗shma gaplar ergashgan qo‗shma gaplar hisoblanadi: Olim bo‗lsang, olam seniki. Ildiz oziq bersa, novda ko‗karar.
287 Ergashgan qo‗shma gaplar tarkibida nechta gap bo‗lishidan qat‘iy nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1 Bosh gap (hokim) mazmuni izohlayotgan gap. 2 Ergashgan gap (tobe) bosh gapning mazmunini izohlab, to‗ldirib, aniqlab keladigan gapdir. Endi bu qoidani mustahkamlash uchun shu asosida misollar keltiramiz: Singlim kelgandan keyin, mashg‗ulotni boshlaymiz. Guruh sardori kirgach, hamma tinchlandi. Kamtar bo‗l, chunki kamtarlik insoni kamolotga boshlaydi. Aziza darsga kirolmadi chunki kech qolib keldi. Kesim tarkibida -ki, tarkibida shuning uchun bog‗lovchisi qatnashgan gaplar bosh gap hisoblanadi. Kesim tarkibida –sa, -sa ham -gach, -ganda, - guncha, bog‗lovchi vositalar hamda ko‗makchilar, chunki, go‗yo (ki) toki bog‗lovchilari qatnashgan gaplar esa har doim ergash gap hisoblanadi 148 .Endi so‗zli tasavvur metod asosida bolalar bilan birgalikda yuqoridagi bog‗lovchi, ko‗makchilar asosida ergash gaplar tuzamiz. Inson nimagaki erisholmasa, o‗sha aziz tuyuladi. Yaxshilab ta‘zirini berish kerak, toki boshqalarga namuna bo‗lsin. Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo‗ladi. Quyosh bugun chiqsa, bog„imizda gullar ochiladi. Nodira darsga kelmadi chunki, kasal bo‗lib qoldi. Ergash gaplar tuzilishiga bo‗yicha so‗z birikmalariga o‗xshaydi. So‗z birikmasi tarkibidagi so‗z nechta bo‗lishidan qat‘iy nazar, doimo ikki qismdan iborat bo‗lib tobe va hokim so‗zdan tashkil topadi. Eslatma. Yozma nutqda bosh gapning tagiga to‗g‗ri chiziq va ergashgan gapning tagiga to‗lqinli chiziq chiziladi. Ergash gapni bosh gapga bog„lovchi vositalar Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog„lanadi: Bunda oson usulda tushuntirish uchun chiroyli olti qirrali gul tasvirini chizamiz va har bir yaprog‗iga bog‗lovchi vositalarni yozib chiqamiz. 1 Ergashtiruvchi bog‗lovchilar 2 Ko‗makchili qurilmalar ( shuning uchun, shu sababli, shu tufayli ) 3 Yuklamalar ( ki) 4 Nisbiy so‗zlar ( kim - o‗sha, nima – shu ) 5 Deb so‗zi 6 Shart mayli. 1. Ergashtiruvchi bog‗lovchili ergashgan qo‗shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmuni sababi, maqsadi, sharti, kabilarni bildirgan ergash gaplar bosh gapda sabab ( chunki, negaki ) Maqsad (toki), shart ( agar, agarda, basharti, mabodo ) ergashtiruvchi bog‗lovchilar yordamida bir biriga bog‗lanadi. Bugun men mabodo kelmay qolsam ustozga aytib qo‗y. 148 Hamrayev M. Ona tili qo‗llanma va mashqlar to‗plami. Sharq nashriyoti – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2014. 330-bet.
288 Agar Akmalning yoniga yuboradigan bo‗lishsa, sira o‗ylanib o‗tirmasdim. Hamma joy xo‗l bo‗ldi, chunki yomg‗ir yog‗di. Bu muammoni guruhda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. Charos gapira olmadi, negaki u aybdor edi. Quyidagi gaplarni doskaga yozib ergashtiruvchi bog‗lovchilarning qanday mazmuni ifodalanganini o‗quvchilar bilan birga tahlil qilamiz. 2. Ko‗makchili qurilmali ergashgan qo‗shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmuning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli, kabi ko‗makchili qurilmalar yordamida bog‗lanadi: Muhabbatning ishi shoshilinch emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi. Shifokorlikka menda havas uyg‗ondi, shu sababli uning sirlarni o‗rganishga bel bog‗ladim. Salima bugun darsga kelmadi, shuning uchun uning bahosi pasaydi. Ko‗ngil chiroqlari mustaqil O‗zbekiston mehridan nurlanib turar ekan, shu tufayli istiqlol yo‗llari tobora ravshanlashib boradi. Har bir ma‘lumotlar berilganda ularga mos qilib gaplar tuzish, gaplarda o‗quvchilarning ham ismi ishtirok etishi yodda saqlab qolishga. Darsni yanada mustahkam bo‗lishga yordam beradi. 3. Aniqlovchi ergash gap (ki) yuklamasi Bosh gapda aniqlovchi bo‗lib kelgan olmosh va ayrim sifatlarni ifodalab kelgan ergash gapdir. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo‗shma gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan -ki bog‗lovchisi yoki shart mayli qo‗shimchasi –sa yordamida bog‗lanadi: Kimning ko‗ngli to‗g‗ri bo‗lsa, uning yo‗li ham to‗g‗ri. Odam borki, hayvon undan yaxshiroq. Kim yalqov bo‗lsa, qo‗lida obod yer ham xarob bo‗ladi. SHunday odamlar borki, kelajakni oldindan ayta oladilar. Odam borki, odamlarning naqshidir. 4. Nisbiy so‗zli ergashgan qo‗shma gaplar Bosh va ergash gaplar tarkibida savol – javob juftligini hosil qilib bir –biriga nisbatan qo‗llanuvchi kim –u, nima-o‗sha, qanday –shunday, qayerda-o‗sha, qanday –shunday, kabi nisbiy so‗zlarga –sa qo‗shimchasi yordamida o‗zaro bog‗lanadi: Kim harakat qilsa, u baraka topadi. Kimki boshqalar hayotiga o‗z hayotidek, boshqalar quvonchi va qayg‗usiga o‗z quvonchi va qayg‗usidek qarar ekan, u chinakam odamdir. Eslatma nisbiy so‗zli va ko‗rsatish olmoshli ergashgan qo‗shma gaplar havola bo‗lakli qo‗shma gaplar ham deb ataladi: Kimniki qo‗lidan yaxshilik kelmasa, u yomonlik qilishdan saqlansin. 5. Deb so‗zi yordamida ergashgan qo‗shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmuning sababini, maqsadini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‗pincha deb so‗zi yordamida bog‗lanadi. Ergash gap yozuvda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Dildora ham shunday o‗ylamasin deb,hanuz gapirganim yo‗q.
289 Deb bog‗lovchisi 3 shaxs buyruq mayli va shart mayli kelasi zamon fe‘lidan keyin kelsa, asosan, maqsad ma‘nosini ifodalaydi: Singillarim bezovta bo‗lmasin deb, Kenja botir to‗qayning chekkasiga qochdi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so‗zi uchun ko‗makchisi bilan ma‘nodosh hisoblanadi,shuning uchun bir –biri bilan erkin almashina oladi: Yovlar yakson bo‗lsin uchun,yigitlar jang boshladi. Deb bog‗lovchisi o‗tgan zamon fe‘lidan keyin kelsa ko‗proq sabab ma‘nosini ifodalaydi: Odamlar ko‗radi deb, ko‗chaga chiqmadi. 6. Shart mayli yordamida ergashgan qo‗shma gaplar. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe‘llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo‗shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‗lovchi vositasi hisoblanadi. Qismlari ergash gap kesimi tarkibida keladigan –sa qo‗shimchasi yordamida bog‗lanadi: Bola o‗qisa, foydasi o‗ziga, keyin ota-onasiga tegadi. Ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmuning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini ifodalaydi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul yordamida ajratiladi: Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi. Mavzuni mustahkamlash uchun ―Orfografik o‗yin‖ metodini qo‗llaymiz. Bunda darsda o‗tilgan mavzuni so‗rash qismida bu o‗yin turidan foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo‗ladi. Mavzuga doir so‗zlar yozib qo‗yiladi, o‗quvchilar ularni ikki ustunlarga to‗g‗rilab yozib chiqadilar va imlo savodxonligi ham tekshiriladi. Darslardagi samarali metodlarni qo‗llay olish o‗quvchilarning bilim salohiyatni oshiradi. Xulosa qilib aytganda ushbu uslublarni turli tuman qilib qo‗llash bolalarning darsga bo‗lgan qiziqishini oshirib o‗qib o‗rganishga undaydi. Ushbu mavzuyimiz murakkab bo‗lish mumkin uni chiroyli nutq,hamda qiziqarli qilib yetkazib berish bu ustozning mahoratiga bog‗liqdir. Buning uchun kuchli bilim va kasbga bo‗lgan mehr bo‗lish kerak. Mavzu: Ergashgan qo‗shma gaplarni turli metodlar yordamida o‗rgatish Sinfi: 9-sinf (yoki xohlagan sinf) Vaqti: 45 daqiqa Fan: Ona tili (metodikasi) Dars maqsadi: Ergashgan qo‗shma gaplarni tushunish va tuzish ko‗nikmalarini shakllantirish. Til kompetensiyasini va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Klaster, INSERT va brainstorming usullaridan foydalanib faol o‗quvchi ishtirokini ta‘minlash. Dars vazifalari: Ergashgan qo‗shma gaplarning asosiy tuzilishini tushuntirish. O‗quvchilarni mustaqil fikrlashga undash. O‗quvchilarni guruhlarda hamda yakka tartibda samarali faoliyatga jalb qilish. Kerakli jihozlar: Doska va markerlar Matn namunasi (INSERT uchun)
290 Ish varaqalari Slaydlar (agar imkoniyat bo‗lsa) Dars bosqichlari: 1. Tashkiliy qism (5 daqiqa) Salomlashish, dars mavzusini e‘lon qilish. O‗quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‗otish uchun qisqa savollar berish. 2. Nazariy qism (10 daqiqa) Ergashgan qo‗shma gap tushunchasi, tuzilishi va grammatik xususiyatlari haqida tushuntirish. Oddiy misollar keltirish, gap qismlarini ajratish. 3. Klaster usuli bilan mashq (10 daqiqa) Doskada ―Ergashgan qo‗shma gap‖ markazida yoziladi. O‗quvchilardan asosiy tushunchalar, bog‗lovchi so‗zlar, tuzilish turlari, ma‘nolarni doskaga klaster shaklida yozishni so‗rash. Har bir guruh yoki o‗quvchi o‗z klasterini qisqacha taqdim etadi. 4. INSERT usuli bilan matn o„qish (8 daqiqa) O‗quvchilarga ergashgan qo‗shma gaplardan iborat qisqa matn taqdim etiladi. Matnni o‗qib, har bir o‗quvchi quyidagi belgilar bilan yozadi: ✔ – yangi ma‘lumot, ? – tushunarsiz joy, – – oldin bilgan ma‘lumot, ! – qiziqarli yoki hayratlanarli fakt. Belgilangan joylar bo‗yicha qisqa muhokama. 5. “Aqliy hujum” (brainstorming) (7 daqiqa) O‗quvchilardan ergashgan qo‗shma gaplarni bog‗lovchi so‗zlar va ularning ishlatilish imkoniyatlari haqida fikrlar yig‗ish. Olingan g‗oyalar doskada yozib boriladi, guruhlash va qisqacha tahlil qilinadi. 6. Amaliy ish va yakuniy mustahkamlash (5 daqiqa) O‗quvchilardan ergashgan qo‗shma gaplardan foydalanib 2-3 gap tuzish so‗raladi (og‗zaki yoki yozma). Dars haqida qisqacha xulosa, savol-javob. 7. Uyga vazifa berish Ergashgan qo‗shma gaplarni topish va tahlil qilish bo‗yicha matn o‗qish yoki mustaqil mashqlar bajarish. ADABIYOTLAR 1 Hamrayev M. Ona tili qo‗llanma va mashqlar to‗plami. Sharq nashriyoti – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2014. 2 Qo‗shma gaplarni o‗rgatish metodikasi / T.X.Rahimova. – Toshkent: O‗qituvchi, 2018. – 112 b. 3 O‗zbek tilining grammatikasi / O.Qodirov, N.Mamatqulov. – Toshkent: Fan, 2015. – 360 b. 4 Ona tili o‗qitish metodikasi: nazariya va amaliyot / Sh. Ismoilov. — Toshkent: O‗qituvchi, 2020. – 240 b.
291 5 Til o‗qitishning interfaol metodlari / A.Tursunov. – Toshkent: Movarounnahr, 2017. — 190 b. 6 Muammoli ta‘lim metodologiyasi / R. Karimov. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 2019. – 150 b. 7 Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press. 8 Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching (4th ed.). Pearson Longman. 9 Celce-Murcia, M. (2001). Teaching English as a Second or Foreign Language (3rd ed.). Heinle & Heinle Publishers. 10 Ellis, R. (2003). Task-based Language Learning and Teaching. Oxford University Press. 11 O‗zbekiston Respublikasi ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ona tili o‗qitish dasturlari, 2022. 12 https://kompy.info/2-mavzu ergashgan qo‗shma-gaplar